O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

ISBN 978-9943-4418-2-8
© Sano-standart, 2017


SO‘Z BOSHI
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va adabiyot tarixiga mu-
nosabat. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, hamma sohalar qatori, 
ma’naviy jarayonga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy 
jarayon ma’lum bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o ‘ynab 
kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatning ruhan barqaror, sog‘lom 
fikrli avlodlari ma’naviy jarayon tufayligina o‘z g‘oyalarini, aqidalarini 
yaratib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan.
Sharq azaldan ma’naviy jarayon beshigi edi. Qadimgi Simmer, 
Misr, Xitoy, Hindiston, Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yod- 
gorliklami eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, Turonzaminning osori- 
atiqalari, yozuv madaniyati, arixitektura inshootlari hamon jahon ahlini 
hayratga solib kelmoqda.
Zotan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shunday deyiladi: 
sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik material- 
laming kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o ‘rtasidagi puxta 
o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tay- 
yorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi”.1 Das- 
turda aytilgan bu kamchiliklar o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim 
tizimida o‘qitishga ham bevosita va bilvosita aloqadordir. Ayniqsa, das- 
turda “Xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash”2ga 
qaratilgani o ‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga 
alohida e’tibor berish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Chunki Dastur- 
da ta’kidlangan “xalqning boy va ma’naviy merosi”ning katta qismini 
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Ikki ming yillik ta- 
rixga ega mumtoz adabiyotni izchil o'rgatadigan qo'llanmaning yo‘qligi 
ham “Kadrlar tayyorlash Millik dasturi”da qo‘yilgan vaziflami amalga 
oshirishni bir oz qiyinlashtirmoqda.
0 ‘zbek adabiyoti tarixi, umuman, o‘zbek tili va adabiyoti fanlariga 
hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani ham bu fanning 
oliy ta’lim tizimida, qolaversa, jamiyatimizda katta mavqega ega ekanini 
ko‘rsatadi. Xususan, 2016-yilning 13 may kuni 0 ‘zbekiston Respublika- 
sining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan chiqarilgan “Alisher
1 Oliy ta ’lim. M e’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to‘plami. - “Istiqlol” nashriyoti sho‘ba kor- 
xonasi Bosh tahririyati. Toshkent- 2004, 10-b.
2 Yuqoridagi to ‘plam. 17-b.
3


Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini 
tashkil etish to‘g‘risida” Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Far- 
monda ta’kidlanishicha, “Har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning 
milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining 
asosi hisoblanadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har 
bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va 
adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning ruhini yo‘qotmakdur” 
degan hikmatli so‘zlari ham bu fikmi yaqqol tasdiqlaydi”. Shuningdek, 
Farmonda o‘zbek tilining qadimiy ildizga va boy tarixga ega ekani, uzoq 
tarixiy taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgani to‘g‘risida ham aytilgan. 
Qo‘llanmada, mazkur farmondan kelib chiqilgan holda, har bir davrdagi 
adabiy tilning adabiy manbalami shakllantirishdagi roliga ham alohida 
e’tibor qaratilgan.
“0 ‘zbek adabiyoti tarixi” kursini o‘qitish muntazam ravishda ada- 
biyotshunoslik va metodika fanlariga doir so‘nggi yutuqlar bilan boyitib 
borilishi talab etiladi. Aks holda, talabalaming mumtoz adabiyot tarixi 
haqidagi tasavvurlari adabiyotshunoslik fani taraqqiyotidan ortda qolib 
ketadi. Shuningdek, bo‘lajak filologlar egallagan bilimlarini yosh avlod- 
ga o‘rgatishning samarali didaktik usullaridan bexabar qolishlari mum- 
kin. Yosh filologlar ertangi kunga yaroqsiz eski adabiy qarashlar tizi- 
mi bilan qurollanib qolmasliklari uchun ko‘p asrlik tarixga ega o‘zbek 
adabiyotiga tamomila yangicha nuqtai nazardan yondashish zaruriyati 
paydo bo‘ldi. Chunki bizda, shu vaqtga qadar, umuman, adabiyot tarixi- 
ni, xususan, mumtoz adabiyot tarixini sogiom ilmiy asoslarda o‘rganish 
tamoyillari ishlab chiqilmagan edi.
Ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixi o‘tmishda alohida mustaqil fan 
va yaxlit tizimli badiiy-estetik hodisa sifatida emas, balki eng yetuk ada­
biy siymolaming alohida asarlari ko‘proq badiiy mahorat nuqtai nazari- 
dan lokal yo‘sinda o‘rganib kelingan bo‘lsa, Sho‘ro davrida adabiyotga 
sinfiy-partiyaviy nuqtai nazar bilan qarash oqibatida bir millatning ya- 
gona adabiyotiga bir-biriga zid bo‘lgan ikkita adabiyot sifatida qaraldi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish