O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot;
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Biz ikki jilddan iborat “0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari”ni3 
tuzganimizda, o ‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillarining o‘ziga 
xos jihatlari, mezonlari, tamoyillari haqida qisqacha so‘z yuritib, 
o'zimizning davrlashtirishimizni taqdim qilgan edik. Keyingi izlanishlar 
natijasida o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat badiiy asarlami 
emas, balki tarixiy-adabiy asarlami, sof tarixiy asarlar va ulaming tar-

Qarang: 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari, 1 jild (eng qadimgi davrlardan X l l l asr oxiri- 
gacha). Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi filologiya fanlari doktori, professorN. Rahmonov, Tosh­
kent, «Fan», 2005; O 'zbek mumtoz adabiyoti namimalari, 
IJ
jild (XIV-XV asr boshlari), Tuzuvchi, 
izoh va sharhlar muallifi filologiya fanlari doktori, professor N. Rahmon, Toshkent, «Fan», 2007.
5


kibida istifoda etilgan ma’lum adabiy janrlami ham jalb etish lozimligi 
ma’lum bo‘ldi.
Ammo o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat turkiy yoki 
o‘zbek tilidagi asarlaming o‘zi ham kifoya emas. 0 ‘rta Osiyodagi, xusu- 
san, Turonzamindagi arab tilidagi adabiyot ham o‘zbek adabiyoti tarixida 
alohida davmi tashkil qilishi haqida biz o‘z qarashlarimizni ilgari surgan 
edik.4 Bu davr adabiyotini biz «G'aznaviylar davri adabiyoti» degan nom 
bilan atash maqsadga muvofiqiigini va buning sabablarini ham tahlil qil- 
dik. G'aznaviylar davlatining o‘z qo‘li ostidagi davlatlarda olib borgan 
siyosati ilmiy va madaniy muhitga keskin ta’sir o'tkazdi. G‘aznaviylar 
davlatining ilmiy, madaniy va adabiy muhiti XI asming buyuk qomusiy 
olimi Abu Rayhon Beruniy merosida namoyon bo‘ladi. Aytish mum- 
kinki, G‘aznaviylar davlatining butun yutuqlari, ilmdagi, adabiyotdagi 
muvaffaqiyatlarini belgilovchi omil - Beruniyning asarlaridir. Eng mu- 
himi, G‘aznaviylar davlati adabiyotini alohida davr sifatida o‘rganishda 
Beruniyga tayanish mumkin. Soddaroq qilib aytganda, 
“G‘aznaviylar
davri adabiyoti"
degan nom ostida alohida davmi Beruniyning badiiy 
adabiyotga, adabiy janrlarga bo‘lgan munosabati, uning qarashlari bel- 
gilaydi. Biz uchun muhimi shu - uning ilmiy faoliyati, G‘aznaviylar su- 
lolasida yaratgan adabiyot va adabiyoshunoslikka oid qarashlari alohida 
adabiy davr haqida so‘z yuritish imkonini berganidir. Shu bois, birinchi 
navbatda, “G‘aznaviylar davri adabiyoti”ni alohida adabiy davr sifatida 
baholar ekanmiz, Beruniyning “Osor ul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar”) asaridagi adabiy janrlar, adabiyotshunoslikka oid 
kuzatishlariga, qolaversa, “Hindiston” asarida afsona va rivoyatlarga ta- 
yanamiz. Shuningdek, Ibn Sinoning “Tayr”, “Solomon va Ibsol” qissala- 
ri ham G‘aznaviylar davri adabiyotining bir qismidir.
Savol tug‘ilishi mumkin: Beruniy bironta asarini o ‘zbek tilida yoz- 
magan bo‘lsa, qanday qilib uning tarixiy-etnografik asarlarida keltirilgan 
adabiy janrlar o‘zbek adabiyotining mulki deb ayta olamiz? Jahon ada­
biy otida shu qoida ma’lumki, til muammosi har doim ham masalani hal 
qilavermagan. Masalan, Bibliyaning Yangi Ahd qismini yahudiy xalqi 
o‘zining mulki, o‘zining badiiy asarlari, madaniy merosi sifatida qadr- 
laydi. Lekin Yangi Ahd asosan yunon tilida yetib kelgan. Ammo yunon- 
lar hech qachon Yangi Ahd muallifligiga da’vo qilgan emaslar. Bunga 
o‘xshash misollarni boshqa xalqlaming qadimgi adabiyotidan namuna 
sifatida keltirish mumkin. Biz esa faqat bir misol bilan cheklanamiz.

Некоторые вопросы периодизации узбекской литературы. «Алтаистика и тюркология» 
ж., Астана, 2013, №4.
6


0 ‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davrida turkiy yoki o‘zbek 
adabiyoti tanazzulga yuz tutdi. 0 ‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi 
davriga oid turkiy tildagi yozma manbalar yo‘q. Darvoqe, Beruniy 0 ‘rta 
Osiyoga, xususan, Moavarounnahrda arablar istilosigt va uning oqibatla- 
rini shunday tasvirlaydi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklar- 
ning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini 
kuydirgani sababli, ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvva- 
tiga suyanadigan bo‘ldilar”.5
Mana shu dalilning o‘zi ham arab xalifaligi davrida Movarounnahr- 
ning madaniy ahvolidan darak beradi. Ammo adabiy jarayon to‘xtab 
qolmadi. Yaqin uch asr davomida turkiy adabiyotning markazi Mova- 
rounnahrdan tashqarida Sharqiy Turkistonda, Sibir o‘lkalarida yashadi. 
Bu o'lkalar islom madaniyatidan xoli bo‘lgani uchun og‘zaki va yozma 
adabiyot qadimgi turkiy adabiyotning davomi sifatida yashayverdi.
Arab xalifaligidan keyin paydo bo‘lgan Somoniylar, G‘aznaviylar, 
Saljuqiylar sulolalarida vaziyat tamomila boshqacha tarzda namoyon 
bo‘ldi. Somoniylar sulolasida fors-tojik adabiyoti gullab-yashnadi, Qo- 
raxoniylar davrida turkiy til, turkiy madaniyatga alohida e’tibor qaratildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “G‘aznaviylar davri adabiyoti” 
ham o‘zbek adabiyotining bir bo‘lagi sifatida o‘qitilishi lozim, deb bi- 
lamiz. Ammo shuni hisobga olish kerakki, Ilk uyg'onish davri vakilla- 
ri - Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Rudakiy kabi olim va shoirlar ham 
“G‘aznaviylar davri adabiyoti” qismida berildi.
Xullas, sulolalar tarixi davrlashtirishning bir mezoni bo‘lishi mum- 
kin ekan. Bunday holda albatta adabiy jarayonda jiddiy o‘zgarishlar 
bo‘lishi, yangi, takrorlanmas adabiy muhit yuzaga kelishi shart. Mashhur 
adabiyotshunos N.Mallayev o‘z davrida o‘zbek adabiyotini davrlashti­
rish haqida so‘z yuritganda, sovet mafkurasi nuqtai nazaridan adabiyot 
bilan xonlar, sulolalar tarixi va nomi o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan 
edi. U o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari va omillari si­
fatida quyidagilami ko'rsatdi: “...adabiyottarixi xalq tarixining uzviy bir 
qismi bo‘lib, uni davrlashtirishda, bir tomondan, jamiyatning umumiy 
taraqqiyot qonuniyatlariga, ikkinchi tomondan, adabiyot taraqqiyotining 
o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanish lozim”.6 N.Mallayevning davr­
lashtirish tamoyillari bu o‘rinda aniq belgilangan. Darslik muallifi ada- 
biyotshunoslikda erishilgan yutuqlar, xususan, adabiyotni davrlashtirish
5 Abu Rayhon Benrniy. 0 ‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar, Toshkent, Fan, 1968, 84-b.
6
Mallayev N.M, 0 ‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob (XVII asrgacha) “0 ‘qituvchi” nashriyoti, 
Toshkent, 1976. 7-b.
7


tamoyillarining eskicha usullari bilan o‘zining davrlashtirish tamoyilla­
ri o‘rtasida tamomila farq borligini dalillashga harakat qiladi: “...sovet 
adabiyotshunosligi o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish sohasida yo‘l 
qo‘yilgan xatolarga, jumladan, adabiyot tarixi taraqqiyotini sulolalaryoki 
podsholaming, xonlaming kelib-ketishlari tarixiga qarab davrlashtirish 
mayllariga uzil-kesil barham berdi”.7 N.Mallayev ma’lum darajada haq, 
u sulolalar hukmdorlari bilan adabiy jarayon taqdirini belgilash tarafdori 
emas va adabiyotni davrlashtirishda ham tamomila bu tamoyildan Sovet 
davrida voz kechilganini ta’kidladi. Ammo masala boshqa yoqda - ada­
biy jarayonning ma’lum bir xonlik davridagi o‘ziga xos, takrorlanmas 
xususiyatlari - adabiy jarayonning yuksalishi yoki tanazzuli, adabiyotga 
yangicha yondashuv davrlashtirish uchun tamoyil bo‘lishi kerakmi yoki 
yo‘qmi? Shubhasiz, ma’lum bir sulolalar va xonliklaming adabiy jara- 
yonni yangi o‘zanga burib yuborgani aniq va bunga misollar ham ko‘p. 
Bu holatni Qoraxoniylar sulolasida ham, Oltin 0 ‘rda adabiyotida ham, 
Temuriylar davri adabiyotida ham ko‘rish mumkin. Shu bois biz o‘zbek 
adabiyotida ma’lum sulolalar davrida o'ziga xos mezon, tamoyillar, usul 
shakllangani uchun, adabiyotni davrlashtirishda sulolalar tarixiga taya- 
namiz va shu nom bilan ataymiz.
0 ‘zbek adabiyotining ilk mumtoz va o‘rta asrlar davridagi bosqich- 
lariga nazar tashlasak, yana bir hodisaning guvohi bo‘lamiz. Bu adabiy 
jarayonning uzluksizligi masalasidir. Adabiy jarayonning uzluksizligini 
ta’minlaydigan omillar va vositalar ma’lum syujetlar, yoki badiiy tasvir 
vositalaridir. Aytaylik, qadimgi turkiy adabiyotdan ilk klassik davrga 
o‘tish jarayonida shunday hodisani kuzatish mumkin. Jumladan, qadim­
gi turkiy-run yozma yodgorliklarini yozma adabiyotning namunasi si­
fatida tahlil va talqinlar ilk mumtoz adabiyotidan uzilmasdan, obrazlar, 
badiiy tasviriy vositalarida davom etdi. Masalan, “Qutadg‘u bilig” bilan 
turkiy- run yozuvlari o‘rtasidagi aloqalar shundan dalolat beradi. Ikki 
davr adabiyotining - islomgacha va islomdan keyingi davr adabiyotining 
o‘rtasidagi uzluksizlik davrlashtirishga aslo halaqit bermaydi. Bu holat 
esa qadimgi turkiy adabiyotni ikki davrga - islomgacha va islom davri­
dagi adabiyot sifatida chegaralab o‘rganishga imkon berdi.
Qoraxoniylar sulolasi davridagi turkiy adabiyot islomgacha bo‘lgan 
turkiy adabiyotdan farq qiladi. Garchi bu davrdagi adabiyot qadimgi tur­
kiy tilda davom etgan bo‘Isa ham, adabiyotning mazmun-mohiyati, ada­
biy ta’sir, janrlar, vazn, xullas, adabiy jarayon nuqtai nazaridan alohida 
davr sifatida ajratilishini taqozo etadi.
7 Mallaycv N.M. Yuqoridagi asar, 8-b.


Mo‘g‘ullar istilosi Markaziy Osiyoning iqtisodiy, ijtimoiy-siyo- 
siy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir etdi. Bu haqda aytib o‘tirishga hojat 
yo‘q, deb o‘ylaymiz. Ammo mo‘g‘ul istilosining, birinchi navbatda, 
mo‘g ‘ullaming o‘zlari uchun, ikkinchidan, 0 ‘rta Osiyo turkiy qavmla- 
ri uchun ijobiy tomonlari ham bo‘ldi. Mo‘g‘ullar uchun ijobiy tomoni 
shunda bo‘ldiki, na davlat tizimiga, na davlat boshqaruvi tizimiga, na 
turmush madaniyatiga ega bo‘lgan xalq 0 ‘rta Osiyoga kelib, hamma 
narsani - davlat tuzilishini ham, davlat boshqaruvini ham, turmush ma- 
daniyatini, ma’naviy madaniyatni, jumladan, yozuv madaniyatini ham 
o‘rgandi. Ikkinchidan, adabiy jarayon tamomila boshqa o‘zanga tushdi. 
yerli xalqning ehtiyojlarini birinchi navbatda e’tiborda tutgan mo‘g‘ul 
xonlari turkiy tildagi adabiyotga e’tibor berdilar. Ayniqsa, Oltin 0 ‘rda 
davlati turkiy tildagi, aniqrog‘i, yevropaliklar “chig‘atoycha” deb atay- 
digan eski o ‘zbek tilidagi adabiyot taraqqiyotiga e’tibor qaratdilar. Ol- 
tin 0 ‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida eski o‘zbek tilidagi ada­
biy muhit yuzaga keldi. Qul Ali, Mahmud Ali ibn as-Saroyi, Xorazmiy, 
Rabg‘uziy, Qutb va boshqa qator ijodkorlar Oltin 0 ‘rda adabiy muhitini 
shakllantirdilar. Misr mamluklar davlatidagi (XIII-XVI asrlar) turkiy 
adabiyot ham bevosita Oltin 0 ‘rda adabiyotining davomidir.
Oltin 0 ‘rda qulagandan so‘ng, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bir- 
ga, adabiy, madaniy va ilmiy hayot ham o‘zgardi. Adabiy hayotdagi 
o'zgarishlar Temuriylar davri adabiyotiga zamin bo‘ldi.
Temuriylar davri adabiyotiga oid mazkur qo‘llanmada tahlil qilin- 
gan asarlami biz yuqorida keltirilgan majmuamizning 2-jildida manbas- 
hunoslik nuqtai nazaridan qaytadan ко‘rib chiqdik. Xususan, munoza- 
ralar janriga oid asarlaming nashrini fotonusxalariga solishtirib, matn 
tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab saktaliklami bartaraf qila 
oldik. Talabalar matnni о ‘qish jarayonida lug‘atga ehtiyoj sezmasin deb, 
matnlami imkon qadar lug‘at bilan ta’minlashga harakat qildik; zamon 
talablari tufayli tushirib qoldirilgan aksariyat mumtoz asarlaming debo- 
chalarini, masalan, nomalaming hamd, na’t qismlarini turli manbalardan 
topib tiklab, tahlil ob’ekti qilib oldik va talaba asami to‘liq tasawur qi- 
lishiga harakat etdik.
Yuqoridagi qisqacha sharhlardan shu narsa ayon boiadiki, adabiy 
jarayonning o‘zgarishi va taraqqiyoti bevosita va bilvosita sulolalar tari­
xiga ham, sulolalar o‘zgarishi bilan yuzaga kelgan adabiy va madaniy 
muhitga ham bog‘liq ekan. Qolaversa, o‘zbek adabiyoti har bir davrda 
o‘ziga xos kategoriyalarga - muallif pozitsiyasiga, mavzuga, g‘oyaga,
9


muammoga, uslubga va h.larga ega bo‘lib, sulolalar tarixi bu kategoriya- 
laming paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Adabiy ja- 
rayondagi ana shu kategoriyalarni inobatga olgan holda, XV asrgacha 
bo‘lgan o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlashtirib o'rganish 
maqsadga muvofiq, deb qaraymiz:

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish