5-Mavzu: Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari.
O`zbek milliy to`ylari.
Reja:
1.
Buxoro viloyati tarixi va kelish chiqish etimologiyasi.
2.
Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari va muzeylari.
3.
Buxoro viloyati tarixiy obyektlari va turistik solohiyati.
4.
Bugungi kunda davlatning milliy va an`anaviy musiqani rivojlantirishga
qo`shayotgan hissasi.
Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga
oid xitoy manbalarida Buxoro shahri
Nyumi
tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda
shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid
solnomalarida Buxoro shahri
An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo)
shakllarida
qayd etib
oʻtilgan. Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi. Arab qadimiy manbalarda u
Bumiskat,
Madinat us-sufriya
(Mis shahar),
Numijkat
(soʻgʻdcha
numij
yoki
namich
degani mashhur
degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy
mualliflarning
fikricha,
shaharning
nomi
Buxor
,
yaʼni
„Sanamlar
turgan
ibodatxona“
maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan.
Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha,
Buxoro
nomi
mintaqaning eng asosiy
buddaviylik
ibodatxonasi
vixara
yoki
ana
shu
vixaraning sug'diy transkripsiyasi boʻlmish
buxoro (ibodatxona)
soʻzidan kelib chiqqan.
Ammo buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham,
umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas.
Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis
tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).
Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2500 yildan ortiq
bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar
va islom avliyolarining
maqbaralari mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar barcha musulmon shaharlarga
osmondan ilohiy nur tushsa, faqat Buxorodan bu nur yerdan osmonga qarab ko‘tarilishini
aytadilar. Shuningdek, Buxoro X asrning mashhur tarixchisi Narshaxiy tomonidan deyarli
tarixi to‘liq hujjatlashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahar hisoblanadi. O‘z asarlarida u
biron bir shaharning Buxoro kabi ko‘p nomlari yo‘qligini ko‘rsatadi. V asrda Xitoyda u Nyumi
deb nomlangan, keyinchalik Tan imperiyasining manbalarida u An, Ansi, Buho va Buhe deb
nomlangan. Lekin tarixda ko‘pincha Buxoro nomi bilan atalgan. Etimologlarning fikriga ko‘ra,
bu nom sug‘diylarning «buharak» so‘zidan kelib chiqqan va “baxtli joy” deb tarjima qilingan.
Hozir Buxoro hududida bir asrdan ko‘proq
vaqt oldin qurilgan, turli davrlarga tegishli bo‘lgan
140 dan ortiq yodgorliklar, dahalar va mavzelar saqlanib qolgan. Buxoro nazm va ertaklar
shahri deb ham ataladi, chunki butun eski shahar afsonalar va hikoyalar bilan o‘rangan!
Aytgancha, shaharning tarixiy qismi 1993 yilda YUNESKOning Umumjahon merosi
ro‘yxatiga kiritilgan.
Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri.
Arxeologik
maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.
[3]
Zarafshon
daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda
nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy
boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.
Amir
Temur va Temuriylar hukmronligi
davrida
Buxoro
qaytadan
qad
koʻtardi: Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida oʻz ahamiyatiga koʻra,
ikkinchi oʻrinni egallab keldi, diniy-maʼnaviy taʼsir jihatidan esa yanada kuchliroq yetakchilik
qildi. U shuningdek, „Islom dinining gumbazi“ („Qubbat ul-islom“), nufuzli shariat va tasavvuf
ilmi namoyandalari vatani va ziyorat maskani boʻlib qolaverdi. Amir Temurning solnomanavis
kotibi Hofizi Abru Somoniylar davridagi shon-shuhratga burkangan Buxoroni tasvirlab beradi,
oʻziga zamondosh shahar haqida esa qisqacha qilib shunday deb yozadi:
„Garchand oʻtgan
zamon bilan taqqoslaganda mavjud narsalarning oʻndan biri ham qolmagan boʻlsada, boshqa
dongdor shaharlar bilan qiyoslaganda, oʻz zamini serhosilligi va tinch-farovon turmushi bois
Buxoro shahrini „jannat bogʻi“ deya atash mumkin“
.
Buxoro shahrida Amir Temur davrida barpo etilgan ayrim binolar saqlanib qolgan.
Uning
nomidan Namozgoh mukammal
taʼmirlangan, Masjidi
Kalon qayta
tiklangan
va Hazrati Imom xilxonasida xonaqo qurilgan, Amir Hajjoj ismli shaxs esa qadimiy ziyoratgoh
ustida Chashmai Ayyub maqbarasini bunyod etishga (yoki taʼmirlashga) bosh-qosh boʻlgan.
Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ruy González de Clavijo Amir Temur saroyiga kelgan
elchilar bilan 1404-yil kuzida vataniga qaytayotganida Buxorodan ham oʻtganini tilga
oladi:
„Boyar (Buxoro) degan bir shaharga yetib keldik. U keng tekislikda joylashgan, paxsa
devor va suv toʻla chuqur handaq bilan oʻralgan ekan. Bir chekkasidagi qalʼa ham paxsadan
qurilgan, negaki bu zaminda toʻsiqlar va devorlar qurish uchun tosh yoʻq, qalʼa yaqinidan
daryo oqib oʻtadi. Shahar atrofida katta yerlar bor, u yerda ham katta-katta imoratlar
qurilgan. Shahar non, goʻsht, sharob va shu kabi yeguliklarga boy va bu yerda boshqa koʻplab
tovarlar ham mavjud. Bu shaharda elchilar oʻzlariga kerakli hamma narsani oladilar, bu
yerda ularga otlar ham berishdi“
.
XIV—XV asrlar chegarasida taniqli soʻfiy, Bahouddin Naqshbandning muridi Xoja
Muhammad Porso Buxoroda xonaqoh, hammom, madrasa barpo ettirdi, katta Xoja bozoriga
asos soldi. Xoja Muhammad Porso madrasasida ulkan kutubxona joylashgan, unda yigʻilgan
qoʻlyozma kitoblar orasida XII asrda koʻchirilganlari, eng qadimiylari ham bor edi. Amir
Temurning vorisi — Shohrux Mirzo buxorolik shayxlar, shu jumladan,
Xoja Muhammad
Porso bilan koʻpincha
„musulmonlar ishini tartibga solish maqsadida“
maslahatlashib turardi.
Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar
hokimlari
— buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida
(9—
10-asrlar) qayta
qurilib devor va burjlar bilan
mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida
(11—12-asrlar)
va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan.
Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan.
1990
yilda arxeologlar tomonidan
olib
borilgan qazish
ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va
uning
atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa,
toshnov, tazar, sandal va
yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir
tarmoqqa
bo‘ysundirilganligi,
shahar tashqarisidagi zahkashga
qadar
cho‘zilganligi, to‘rt tomonidagi gulax (o‘txona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib
turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.
Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan
hovli ta’mirlanib, o‘z holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Go‘riyon" darvozasi qayta
tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5–3 m chuqurlikda
gumbazsimon yer osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy
muzey
qo‘riqxonasi joylashgan.