Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy



Download 245,38 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi245,38 Kb.
#938170
Bog'liq
Xo\'ja Muhammad Boboyi Samosiy

Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy

Tayyorladi:Hakimjonov Abdulloh

Buxorodagi Yetti Pir ziyoratgohining ro’yxati.

Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy

Xoʻja Ali Romitaniyning shogirdi mashhur soʻfiyning dafn qilingan joyidir. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy XIII asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻida tugʻilgan xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tariqatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilgan. Samosiy bogʻbonlik bilan kun kechirgan. 1354-yilda 95 yoshida vafot etgan. Muqaddas maqbara Romitan tumanining Simas qishlogʻida joylashgan. Ushbu yerda ajoyib insonning oʻz taʼlimotlariga monand ravishda maqbara, masjid, quduq va goʻzal bogʻ barpo etilgan.

Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy


Xoja Muhammad Bobo Samosiy taxminan VII/XIII asr o‘rtalarida Buxoro yaqinidagi Samos qishlog‘ida dunyoga kelgan.
U o‘rta bo‘yli, bug‘doyrang, nazari o‘tkir, qat’iy fikrli, yuzidan nur yog‘ilib turadigan zot edi. U umrining oxirigacha Xoja Ali Romitaniy xizmatida bo‘lib, ustozining bog‘idagi daraxtlarga qaragan. Xojagon silsilasining boshqa pirlari kabi Xoja Muhammad Bobo Samosiyning ham kasb-kori bog‘bon bo‘lib, o‘z halol mehnati orqali kun o‘tkazgan. U Samos qishlog‘idagi bog‘ida o‘zi mehnat qilib, turli mevalar, jumladan, uzum yetishtirgan. 
Xoja Muhammad Bobo Samosiyning otasi Sayyid Abdulloh asli Xurosonga qarashli Durun qishlog‘idan bo‘lib, Payg‘ambar (s.a.v.) avlodlaridan, imom Muso Kozim (r.a.) naslidan edi. “Matlabut-tolibin” asarida Samosiyning dastlab o‘z qishlog‘ida tahsil olgani, keyin esa otasi ko‘rsatmasiga binoan Buxoroga kelgani qayd etilgan. 

Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy


Mazkur manbada aytilishicha, u Buxoroga kelishi hamonoq o‘ziga murshid izlab xojagon silsilasining uchinchi piri Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy huzuriga oshiqadi, Xoja Mahmud esa uning tarbiyasini Xoja Ali Romitaniyga topshiradi. Samosiy doimo o‘z piri yonida yurib, turli joylarga, jumladan, Xorazmga ham boradi. Natijada Romitaniyning ulug‘ xalifalaridan biriga aylanadi. Xoja Ali Romitaniy o‘limi oldidan Xoja Muhammad Bobo Samosiyni o‘z o‘rniga qoldirib, barcha murid va xalifalar tarbiyasini unga topshiradi. Xoja Muhammad Bobo Samosiy o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samos qishlog‘ida muridlar tarbiyalashga kirishadi.
U zot aksar talabalarini o‘zi izlab topar, shogirdlariga mehri baland edi. Bir kuni kurash maydoni oldidan o‘tayotib, Amir Kulol ismli pahlavonni ko‘rib qoladi. Nariroq yurib, polvonga nazar soladi va uni ma’naviy maydonga tortadi... Shundan so‘ng Amir Kulol kurashni tashlab, hazratning xizmatiga kiradi.

Xo’ja Muhammad Boboyi Samosiy


Bobo Samosiy qabri ustidagi maqbara, atrofidagi masjid va toshquduq mustaqillik yillari obodonlashtirildi. Hozirgi kunda ziyoratgoh Buxoro viloyati Romitan tumani, “Bobo Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan. 2018–2019 yillar davomida yetti pir ziyoratgohlari qatorida Xoja Bobo Samosiy ziyoratgohi ham yangidan ta’mirlanib, Sharq me’morchiligi an’analariga mos, barcha qulayliklarga ega maskanga aylantirildi.
Download 245,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish