chiqishadi va Ark qalʼasida toʻxtashadi. Oʻsha davrda Arkning hali ishlab turgan sharqiy
darvozali qismini Mirzo Ulugʻbek, gʻarbiy darvozali ikkinchi qismini Ibrohim Sulton egalladi.
Bu yerda ular bir oy davomida shahar devorlari va darvozalarini mustahkamlash bilan
mashgʻul boʻlishadi. Keyinchalik esa Shohrux Mirzo — Mirzo Ulugʻbekni
poytaxti Samarqand va
ahamiyati
jihatidan
ikkinchi
shahri
Buxoro
boʻlmish Movarounnahr noibi etib tayinlaydi. 1417-yili Buxoro shahrida Ulugʻbek
madrasasi qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu bino uning ilk qurilishlaridan biri boʻldi. Biroq
maʼlum sabablarga koʻra Mirzo Ulugʻbek buyurtmachi sifatida yangi madrasani faqat 1419-yil
noyabridagina oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Mirzo Ulugʻbek oʻz madrasasida toʻxtadi, talabalar va
boshqa
„munosib kishilarga“
sovgʻa-salom ulashdi.
Buxorodagi Masjidi Kalon ham, uning
davrida toʻliq taʼmirlandi. Mirzo Ulugʻbekning sobiq otaligʻi, Xorazm noibi Amir
Shohmalik Mirzo Ulugʻbek uchun Buxoroga oʻzining navkarlarini joʻnatdi. 1421/22-yili Mirzo
Ulugʻbek Buxoroda Tibetdan kelgan elchilarni qabul qildi. 1428/29-yili zarbxona qurilishi
ishlari bilan shugʻullandi, Buxoro zarbxonasi bir necha oʻn
yillar mobaynida butun
Movarounnahrni mis chaqalar bilan taʼminlab keldi.
Mirzo Ulugʻbek oʻldirilgandan soʻngra Movarounnahrdagi Temuriylar davlatiga
avvaliga Sulton Abusaid Mirzo, keyin esa Sulton Ahmad Mirzo hukmdorlik qilishdi. Ular
davlat boshqaruv ishlarini oʻz murshidi — naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi Xoja Ahror
Valiy rahnamoligi ostida amalga oshirgan edi. Buxoroda esa
Temuriy sultonlar nomidan
temuriy Tarxonlar hokimiyat yuritardi. Tarxonlarning shahardagi faoliyati izlari hozircha
aniqlangani yoʻq. Faqat shu narsa aniqki, Buxoroda ikkita hammom
Xoja Ahrorga qarashli
boʻlgan, ulardan tushgan daromad muassisi, uning avlodlari va Samarqandda oʻzi asos
solgan Xoja Ahror madrasasi foydasiga kelib tushar edi.
Buxoro yirik ilmmaʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan. 1996 yil martdan Oʻzbekiston
Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat
koʻrsatmoqda. 1997 yilda 3 oliy oʻquv yurti (davlat unti,
oziq-ovqat va yengil sanoat
texnologiyasi instituti, tibbiyot instituti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslashgan
maktab, 47 umumiy taʼlim maktabi, 89 maktabgacha tarbiya muassasalari, 28 ommaviy
kutubxona, Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzey koʻrikxonasi, 2 teatr mavjud. „Buxoro
haftanomasi“ gaz. chiqadi (adadi 2000).
1997 yilning Oktyabrida Buxoro shahrining 2500 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. 50
dan ortiq tarixiy-meʼmoriy obidalar taʼmirlandi, yangi istirohat bogʻlari,
xiyobonlar barpo
qilindi.
[27]
Buxoro — o‘rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘zida saqlagan
„muzey shahardir“. Koʻp asrlar avval qurilgan Poi Kalon, Qo‘sh Madrasa, Somoniylar
maqbarasi, minorai kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatida.
Do'stlaringiz bilan baham: