(Bu xalq qo ‘shig 4parchasi Sayfi Saroyining E.Fozilov nashrga tay-
yorlagan (T.:1968, 47-b.) kitobidan olindi
)
Ikkinchi varianti ham, ba’zi so‘zlar o‘zgarishi bilan ijro etilganini hi-
sobga olmaganda, yuqoridagi parcha bilan bir. Ammo bu xalq qo‘shig‘i
286
Sayfi Saroyi qo‘lyozmasi tarkibiga qanday kirib qolgani noma’lum. Qo-
laversa, Sayfi Saroyining qo‘lyozmasi tarkibida, yuqori da aytilganiday,
bir necha dastxatlar bor. Ehtimol, ana shu dastxatlardan biri bo‘lishi
ham mumkin. Shuningdek, Sayfi Saroyi qo‘lyozmasining debochasida
mazkur xalq qo‘shiqlari haqida biron ma’lumot yoki ishora ham yo‘q.
Sayfi Saroyining qo‘lyozmasiga turk xalq qo‘shiqlariga mansub bu xalq
qo‘shig‘i kirib qolgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois bu haqda
hozircha so‘z yuritish ortiqcha, deb bilamiz.
Sayfi Saroyining bizgacha yetib kelgan lirik she’rlari miqdor jiha
tidan oz bo‘lsa-da, mavzu qamrovi keng: goh odamiylik va inson qadr-
qimmati, goh samimiy ishq-muhabbat, goh oliyjanob insoniy tuyg‘ular
shoir she’rlarining asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
“Suxayl va Guldursun” dostoni.
Yuqorida biz bu asar “Yodgor-
noma” nomi bilan tanilgani haqida aytgan edik. Sayfi Saroyi “Suxayl
va
Guldursun” dostonida dunyoviy ishq, sevgida vafodorlik, mardlikni
kuylaydi. Doston afsona emas, balki tarixiy haqiqat asosida yaratilganini
Sayfi
Saroyi alohida ta’kidlab:
Emas afsona, chin ushbu bitilmish,
Bu chin, afsonadek ishqda yetilmish
misralari bilan boshlaydi. Dostonning mazmuni quyidagicha:
Amir Temur bilan Oltin 0 ‘rda xoni To‘xtamish o‘rtasida bo‘lgan
jangda To‘xtamish xon tomonidan ko‘p odam asirga olinadi. Bo‘lib
o‘tgan jangda qonlar daryo bo‘lib oqdi. Asirlar orasida To‘xtamishning
o‘g‘li Suxayl ham bor edi. Suxaylni zindonga tashladilar. Suxayl xuddi
Yusuf singari go‘zal yigit, fazilatlari bir talay, so‘zlari shirin yigit edi.
Suxaylni zindonga tashlaganlaridan keyin, u uxlab qoladi va tush ko‘radi.
Tushida bir parivash qiz bog‘da yurgan emish, Suxayl esa bog‘da qizga
atab gullar terib yurgan emish. Qiz Suxaylning ko‘ngliga otash tashlab
qochib ketibdi. Qizning ortidan yuguribdi-yu ammo bir chuqurga yiqilib
tushibdi. Suxayl uyg‘onib ketib, bu tush ekanini anglabdi. Shohning
qiz;
Guldursun kanizlari bilan sayr qilib yurib, zindondagi Suxaylni ко‘rib
qoladi. Guldursun - o‘zini gul, Suxaylni bulbul deb bildi. Kechasi zin-
donbon oldiga keldi va zindonga tushib behol yotgan Suxaylning yuziga
yuzini qo‘ygan edi, Suxayl o‘ziga keldi. Guldursun Suxaylga: “Men siz
ning fidoyingizman” deb, Suxayl Guldursunga: “Men sening gadoying
bo‘ldim”, deya ahdu paymon qildilar va ikkovi chohdan chiqib, qoch-
287
dilar. Ikkovi do‘zaxday qizib ketgan sahroda yuraverdilar. Ammo Gul
dursun ochlikdan, suvsizlikdan yerga yiqilib, jon berdi. Chorasiz qolgan
|
Suxayl ham “menga yaxshidir yor birla o'lmak”, deya o‘ziga tig‘ urib,
:
Guldursunning yonida jon beradi. Suhaylning ohu nolasidan sahroda
bo‘ron ko‘tarilib, ikkoviga qum qabr bo'ldi.
Sayfi Saroyi Layli va Majnun voqeasini ham doston nihoyasida tilga
oladi. Bundan shuni anglash mumkinki, “Layli va Majnun” dostonlari,
xususan, Nizomiyning mazkur nomdagi dostonidagi Layli va Majnun
o‘rtasidagi ishq timsoli “Suxayl va Guldursun” dostoniga asos bo‘lgan.
Dostonning yozilgan sanasini Sayfi Saroyi quyidagicha ko‘rsatadi:
Yedi yuz to‘qson olti navro'z oyi,
Xatm etti buni sayfi Saroyi.
796 - milodiy 1393\94-yillarga to‘g‘ri keladi.
“Suxayl va Guldursun” o‘rta asar yozma adabiyoti singari xalq
og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan. Doston aruzning hazaji musaddasi
maqsur vaznida (mafoiylun, mafoiylun, mafo’iyl) bitilganA
Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er,
Har og‘ir ish da ham doyim seni der.
V ---- у -----V - -
Sayfi Saroyi va uning ijodkor zamondoshlari ona Vatandan uzoqda
boMsalar ham, XIV asming ikkinchi yarmidagi o'zbek adabiyot saviya-
sini yuqori darajaga ko'tarib, jamiki turkiy xalqlar o'lkalaridagi aholi-
ning ona tilida ijod qildilar. X IV asming ikkinchi yarmi - XV asrda Misr
madaniy-adabiy muhitini mamluklar tamomila o'zgartirib yubordilar.
XV asrda yashagan arab muarrixlari ham qipchoq tilida, ham arab tilida
ijod qilgan ko'plab olimlar, yozuvchilar va shoirlaming nomlarini kelti-
radilar. Ular Misrdagi madrasalarda turli fanlardan dars berdilar. Oltin
0 ‘rdadagi o'zaro jangu jadallar oqibatida XIV asming ikkinchi yarmi-
dan boshlab ko‘plab madaniyat arboblari Misrga ко‘chib borib, yangi-
yangi turkiy madaniy markazlami paydo qildilar. Bu davrda qipchoq-
o'g'uz tilida turli mazmundagi va janrdagi adabiyot shakllandi. Arab va
fors tillaridan bu tilga taijima qilingan bar qator asarlar turkiy adabiyotni
miqdor va sifat jihatdan boyitdi. Umuman turkiy madaniy muhit, tur-
288
kiycha an’ana va rah o‘zbek adabiyotining bu o‘lkada rivojiga imkoniyat
yaratib berdi.
“Shohnoma”ning tarjimasi ham ana shu madaniy muhitning mah-
sulidir. Mashhur venger turkiyshunosi Von Lekok shunday yozgan edi:
“Misming madaniyati va san’atining muttasil ravishda rivoji va gullab-
yashnashi hokimiyat arablardan turkiy hukmdorlar qo'liga o‘tgan davr
bilan bog‘liq”. Misrda nafaqat adabiyot turkiy tilda edi, balki turkiy
qavmlar o‘zlarining azaliy udum va qadriyatlarini ham saqlab qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |