“Jome’
u t-tavorix”da 0 ‘g ‘uz xon
haqidagi rivoyatlar.
Turkiy
xalqlar tarixiga bag‘ishlangan asarlaming deyarli hammasida uchraydi-
gan bir an’anaviy obraz bor. Bu - 0 ‘g‘uz xon obrazidir. Turk-mo‘g‘ul
yoki turkiy qavmlar tarixi bilan mashg'ul bo‘lgan muarrixlar, albatta,
Ol g‘uz xon shaxsiga murojaat etganlar. Rashididdin Fazlulloh Hama-
104
Asaming fors tilidan rus tiliga qilingan tarjimalari haqida qarang: Рашидаддин. Сборник
летописей. Том 1., перевод с
персидского
А.А.Хетагурова, М.:-Л.: 1952; Том 2, перевод с
персидского Ю.П. Верховского,
1960; Том 3, перевод с персидского А.К.Арендса,
М.;-Л.: 1946.
291
doniyning “Jome’ ut-tavorix”, Mirzo Ulug'bekning “To‘rt ulus tarixi”,
Abulg'ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarlarida 0 ‘g‘uz xon voqe-
asi batafsil hikoya qilingan. Shuningdek, Hofiz Tanish Buxoriyning “Ab-
dullanoma” (XVI) va b. ayrim tarixiy asarlarda 0 ‘g‘uz xon bilan bog‘liq
voqealar bayon qilingan. Bu asarlaming hammasida 0 ‘g‘uzxonga oid
rivoyatlar, ayrim juz’iy o‘zgarishlami hisobga olmaganda, deyarli bir
xildir. Bu holat, birinchidan, 0 ‘g‘uz xon shaxsining muarrixlar tomo-
nidan ko‘p va izchil o‘rgani1ganidan hamda biri ikkinchisidan foydalan-
ganidan, ikkinchidan, 0 ‘g‘uz xon tarixiy shaxs sifatida o‘sha muarrixlar
tomonidan e’tirof etilganidan yuzaga kelgan.
0 ‘g‘uz shaxsi yoritilgan tarixiy asarlar yana ayrim jihati bilan bir-
biridan farqlanadi. Bu farq - 0 ‘g‘uzxon tarixiga oid lavhalaming keng
yoki tor bayon qilinganida ko‘rinadi. Rashididdinning “Jome’ ut-tavorix”
asari 0 ‘g‘uz xon obrazi batafsil yoritilgan manbalardan biridir.
“Jome’ ut-tavorix”ning 0 ‘g‘uz shaxsini yoritishdagi ahamiyatli ji
hati shundaki, asarda 0 ‘g‘uzxon musulmonlikka e’tiqod qiluvchi qah
ramon sifatida taiqin qilingan bo‘Isa ham, qadimgi turkiy mifologiya-
ning ba’zi izlari saqlangan. Bu jihat “Jome’ ut-tavorix”dagi 0 ‘g‘uz xon
rivoyatiga qadimiy “0 ‘g‘uznoma” kitobiy eposi kuchli ta’sir etganidan
dalolat beradi. Endi “Jome’ ut-tavorix” asaridagi 0 ‘g‘uzxon haqidagi ri-
voyatga e’tibor beraylik:
Musulmon tarixida aytib o‘tilganiday va yahudiy xalqining
“Tavrot”ida yozilganiday, Nuh payg‘ambar - joyi jannatda bo'lsin
- yer yuzini shimoldan janubga uch qismga bo‘ldi. Birinchi qismi-
ni o‘g‘illaridan biri Xomga berdi. Xom qora tanlilaming urug‘boshisi
bo‘ldi. Ikkinchi qismini Somga berdi. Som arab va forslaming urug‘bos-
hisi bo‘ldi. Uchinchi qismini Yofasga berdi. Yofas turklaming urug‘bos-
hisi bo‘ldi. Nuh Yofasni Sharqqa jo ‘natdi. Mo‘g‘ullar va turklar ham shu
voqeani aytadilar. Turklar Yofasni Bulja xon (Abuljaxon - N.R.) deb
ataganlar va hozir ham shunday deb ataydilar. Lekin Bulja xon haqiqatan
ham Nuhning o‘g‘li yoki nabirasi bo‘lganini aniq bilmaydilar. Bulja xon
Nuhning naslidan va uning zamoniga yaqin bo‘lgani haqiqatga to‘g‘ri
keladi. Hamma mo‘g‘ullar, turk qavmlari va barcha ko‘chmanchilar Bul
ja xonning naslidan kelib chiqqan. Buning batafsil tafsilotini quyidagic
ha bayon qiladilar:
Bulja xon ko‘chmanchi edi. Uning yozgi qarorgohi 0 ‘rtaq va
Qaztog‘da joylashgan edi. Bu joyda baland tog‘lab bo‘lib, Inonj degan
292
shahar ham bor edi. Bulja xonning qishki qarorgohi ham shu atroflarda
- Bursun, Ko‘kyon va Qorqurum degan joylarda edi. Qorqurumni Qo-
raqurum deb ham ataydilar. Shu joylar yaqinida Talas va Qari Sayram
Bhaharlari bor edi.
Qari Sayram - qadimiy va g‘oyat katta shahar. Ko‘rganlaming ay-
tishicha, shahaming bu boshidan narigi chetigacha bir kunlik yo‘l, qirqta
darvozasi bor. Hozirgi paytda bu shaharda musulmon turklar istiqomat
qiladilar. Shahar Qayduning qo‘li ostida bo‘lib, Kunju ulusidan sanala-
di. Uning nasllari o‘sha joy yaqinida. Bulja xon Dib Yaquy deganning
o‘g‘li edi. “Dib” - munozara yoki lavozim joyi degan ma’noni bildiradi.
“Yaquy” esa butun qabilalar ustidan hukmronlik qiladigan odam degani-
dir. Bu o‘g‘il kuchli bo‘lgani uchun otasidan ustun kelib, shoh bo‘lishga
loyiqligini isbotladi. Uning to‘rtta o‘g ‘li bor edi. 0 ‘g ‘illarining ismi Qo-
raxon, O‘rxon, Ko‘zxon va Go‘rxon edi. Ulaming hammasi dinsiz edi.
Qoraxon otasining o‘miga taxtga o‘tirdi. Qoraxon o‘g‘il ko‘rdi, o‘g ‘li
lich kungacha onasini emmadi. Onasi esa yig‘lab iltijo qilardi. Har kuni
Icechasi ona tush ko‘rar, tushida o ‘g ‘li go‘yo unga shunday deyayotgan-
iay bo‘lardi: “Ey ona! Agar sen haqiqiy Xudoga ibodat qilib, muhabbat
qo‘ysang, men sening sutingni emaman”.
Eri Qoraxon va butun xalq hali tanho Xudoni bilmagani uchun,
lyol: “Agar tanho Xudoga sajda qilayotganimni bilib qolsalar, bolam
bilan birga meni o‘ldiradilar”, deb qo'rqardi. Ayol yashirincha haqiqiy
Xudoga imon keltirib, tavba qildi va komil ishonch bilan qodir Xudoning
liaqiqatini sevguchi bo‘ldi - u shuhrat topib, hammadan ustun bo‘lsin!
- Shundan keyin go‘dak onasining ko‘kragini ema boshladi. Bir yosh-
ga yetganda, favqulodda pokiza va chiroyli bola bo‘ldi, manglayida ye-
uk aqlning va haqiqiy imon yo‘lida rahnamolikning alomatlari yaltirab
urardi. Shunda otasi Qoraxon o‘g‘lidagi bu alomatlami ko‘rib, aytdi:
‘Xalq orasida bunaqa qiyofadagi, bunday husndor bola hali tug'ilmagan
jdi. Mening o‘g‘lim o‘z tengdoshlari va o‘ziga o‘xshaganlar orasida
llug‘, hurmatga sazovor bo‘ladi, shubhasiz, komillik darajasiga yetadi”.
Bolaga nom qo‘yish munosabati bilan otasi qarindosh-urag‘larini
naslahatga yig‘di. Bir yoshli bola tilga kirib: “Meni 0 ‘g ‘uz deb ay-
inglar”, dedi. Shu yerda hozir bo‘lganlar bu ahvoldan haddan tashqari
layratga tushdilar. Ular, chaqaloq aytganlari bo‘yicha, bolani 0 ‘g‘uz
leb atadilar. Uning bu so‘zi qodir Xudoning haqiqatiga amal qilishning
jat’iy alomati edi.
293
0 ‘g‘uz voyaga yetgach, otasi Qoraxon o‘g‘lini jiyanlaridan biriga
- Ko‘zxoning qiziga unashtirib qo‘ydi. Qiz nihoyatda chiroyli va aqlli
edi. 0 ‘g ‘uz hech kimga bildirmay qizga aytdi: “Agar sen haqiqiy Xu-
doga itoat etib, ilohiy haqiqatga chin do‘st bo‘lsang, men ham senga
ko‘ngil qo‘yib, bir yostiqqa bosh qo‘yaman”. Qiz bu taklifiii o‘zi uchun
imkonsiz deb bildi va 0 ‘g ‘uzning maslahatiga quloq solmasdan dedi:
“Bu gapingni otangga aytaman, toki u seni yo‘q qilsin”. Oqibatda 0 ‘g ‘uz
qizga e’tibor qilmadi, moyillik ham bildirmadi. Otasi ko‘rdiki, 0 ‘g ‘uz
bu qizni sevmas ekan, ikkinchi ukasi Go‘rxonning qiziga unashtirdi.
Qizni 0 ‘g ‘uzga unashtirganlaridan keyin, 0 ‘g‘uz bu qizga ham o‘sha
gaplarini aytdi. Lekin qiz uning taklifmi rad etib, haqiqiy dinni qabul
qilmadi. 0 ‘g ‘uz bu qizga
Do'stlaringiz bilan baham: |