O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar. 
Bu asarda Chingizxon 
o‘g‘illarining hayotiga oid ko‘plab hikoyatlar ham bor. Ayniqsa, Ugaday- 
xonga oid hikoyatlar ko‘p bo‘lib, bu hukmdoming ko‘p qirralari - yerli 
aholiga xayrixoh munosabati, ayni paytda yolg‘onchi, xushomadgo‘y, 
o‘g‘ri va talonchilarga shafqatsizligi shu hikoyatlardan o‘rin olgan. Ras­
hididdin hikoyatlarga alohida urg‘u berar ekan, asosan, Ugadayxonning 
shaxsiy fazilatlariga diqqat qaratadi. Mana, bitta hikoyat:
297


Xoqon Qoraqurum shahrini qurgandan keyin, bir kuni xazinaga kir­
di va u yerda taxminan ikki tuman balish (pul birligi - N.R.) ko‘rdi. U 
shunday dedi: “Bu balishlami yig‘ishdan nima ma’ni bor?! Bulami doi- 
mo qo‘riqlash kerak bo‘ladi-ku! Hammaga e’lon qilinsin: balish olishni 
istaganlar kelib, olib ketaversin”. Shahar aholisi - zodagonlar ham, od- 
diy xalq ham, boylar ham. kambag‘allar ham - hamma xazinaga kelib, 
katta miqdorda balish olib ketdilar.
Hikoyat, bir tomondan, Ugadayxonning saxiyligini ko‘rsatadi, ik- 
kinchidan, har qanday boylik insonlaming manfaatiga xizmat qilishi ke­
rak degan uning qarashiga ishora qiladi.Endi quyidagi hikoyatga muro­
jaat qilaylik:
Bir odam xonga forslaming bosh kiyimini olib kelibdi. Xon shi- 
rakayf ekan, uni ikki yuz balish pul bilan mukofotlabdi. Xon a’yonlari 
yorliq qog‘ozini o‘sha odamga beribdilar, ammo muhr qo‘yishni orqaga 
suraveribdilar. Ular: “Ehtimol, xon janobi oliylari sarxushlikda farmon 
berib yuborgan bo'lishlari mumkin”, deb xavotirlanayotgan ekanlar. 
Xon ertasi kuni o‘sha odamni saroyda yurganini ko‘rib qolibdi. Xon 
a’yonlari o‘sha odamga beriladigan yorliq qog‘ozi haqida so‘zlabdilar. 
Xon, uch yuz balishga yorliq beringlar, deb buyuribdi. Ammo xazinadan 
pul berishni yana orqaga suraveribdilar. To pul miqdori olti yuz balish­
ga yetmaguncha, xon har kuni yuz balishdan qo‘shaveribdi. Oxiri, xon 
amirlarini va bitikchilarini chaqirib, ularga quyidagi savolni beribdi: “Bu 
olamda biron narsa abadiy qoladimi yoki yo‘qmi?” Hammalari bir ovoz- 
dan “Yo‘q!” deb javob beribdilar. Shunda xon sohib Yalavochga yuz 
burib, aytibdi: “Bu - xato, dong‘i ketgan nom va yaxshi xotira abadiy 
qoladi”. Kotiblarga qarab, aytibdi: “Mening ashaddiy dushmanlarim siz- 
larsiz, chunki sizlar mendan yaxshi nom va yaxshi xotira qolishini ista- 
maysizlar. Sizlar o‘yladilaringizki, xon sarxush bolgani uchun shuncha 
pulni berib yuboryapti deb. Sizlar esa bu qilig‘ingiz bilan (men bilan 
xalq o‘rtasida) g‘ov yaratdingiz, muhtoj odamni ushlab o‘tiraverdingiz. 
Endi boshqalarga namuna bo'lsin deb, biringiz boshqangizdan qilmish- 
laringiz uchun qasos olmas ekansiz, foydasi yo‘q”.
Ugaday xon saxiy, ayni paytda har bir ishni ezgulik yo‘lida qilib, 
yaxshi nom qoldirish jamiki boyliklar oldida hech narsa ekanligini uq-
298


tiryapti, xonning atrofidagi odamlar xonga muvofiq bo'lishi lozimligini 
ko'rsatyapti. Rashididdin ayni paytda hukmdoming el orasidagi sha’ni 
obro‘sizlanishi oqibati qanday fojia bilan nihoyasiga yetishi muqarraligi- 
ni ta’kidlayapti. Hukmdoming amri hech qanday mulohaza va muhoka- 
malarsiz vojib bo'lishi muqarrarligini muarrix ham bu hikoyat ommaga 
yetkazyapti.
Ugadayxonni go‘zal axloq, oliyjanob fazilatlar egasi sifatida tasvir- 
lar ekanlar, Rashididdin va kitobni yozishda ishtirok etgan muarrixlar 
manfaat ko‘zlamagan, balki turli tarixiy manbalardan, og‘zaki xabarlar- 
dan bu hukmdor haqidagi ma’lumotlami to‘plab, hikoyatga aylantirgan. 
Rashididdining ijodkorlik mahorati ana shunday hikoyatlarda yorqin 
o‘z ifodasini topadi. Qolaversa, Rashididdin “Jome’ ut-tavorix”ni yoz- 
gan paytda (milodiy 1310\11 yillari) Ugaday xon allaqachonlar olamdan 
o‘tib ketgan edi (1241-yilda). Rashididdin Chingizxonning avlodlari ha­
qida yaxlit va xolis tarixni, ular haqida yaratilgan og'zaki hamda yozma 
hikoyatlami bir joyga jamlash, kitobxonlarga ishonchli tarixni va xolis 
adabiyotni taqdim qilish edi. U maqsadiga erishdi.
Boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, jumladan, Chig‘atoy haqida yaratil­
gan hikoyatlar bu fikrlami yana bir bor tasdiqlaydi. U ham akasi Ugaday 
vafot etgan yili - 1241-yili G‘uljada olamdan o‘tgan edi.
Rashididdin Chig‘atoyning shaxsiy fazilatlarini ukasi Ugaday xon 
bilan aloqadorlikda yuzaga chiqaradi. Chig‘atoy Ugaday xonga hurmat 
va izzat-ikrom bilan munosabatda bo‘lar edi. Ugaday xon bo'lajak taxt 
vorisi bo‘lgani uchungina emas, balki otasi, Ugaday taxt vorisidir, deb 
e’lon qilgani bois, uning vasiyatini bajo qilish Chig‘atoy uchun amri 
vojib edi. Ota vasiyati qonun bilan barobar edi. Lavozimning ikir-chi- 
kirlariga ham hurmatli munosabatda bo‘lishni Chig'atoy Ugaday xon­
ga bo'lgan munosabatida namoyon qiladi. Qolaversa, mo‘g‘ullar turkiy 
davlatchilik qoidalarini juda yaxshi o‘zlashtirib olgan edilar. Rashidid­
din bir voqea orqali Chig'atoyni nihoyatda tarbiyali, ota vasiyatiga va 
qonunga sadoqatli ekanini ko'rsatib beradi.
Bir kuni Chig‘atoy va Ugaday xoqon sarxush holda chopqir otlari- 
da ketayotgan ekanlar. Chig'atoy zavqlanib, Ugaday xoqonga aytibdi: 
“Qani, kim о ‘zarga garov bog'lab, otlarni qo‘yib yuboraylik”. Ular ga- 
rov bog‘lashganlaridan keyin, otlami choptirib ketibdilar. Chig‘atoyning 
oti yelib ketibdi va Ugadayning otidan salgina o‘zibdi. Chig‘atoy ke-
299


chasi bu voqeani eslab, o‘ylab qolibdi: “Men, otim xoqonning otidan 
o‘zib ketsin deb, u bilan garov boylashdim-a! Qanday qilib bunga yo‘l 
qo‘ydim?! Bunday xatti-harakatim katta xato. Boshqalar ham bu voqeani 
ko‘rib, dag‘allashib ketadilar. Bu esa yomon oqibatlarga olib keladi”. 
Ertasiga ertalab Chig‘atoy o ‘z amirlarini chaqirib, shunday debdi: “Ke­
cha men gunoh qilib qo‘ydim, shunday-shunday ish qildim. Hozir xoqon 
janobi oliylarining huzuriga boramiz, toki u menga ayb qo‘ysin va lozim 
bo‘lgan jazoni bersin”. U bir to‘da amirlarini ergashtirib, odatdagi vaqt- 
dan oldinroq saroyga kelibdi. Soqchilar, Chig‘atoy xon bir qancha odam- 
lari bilan kelibdi, deb Ugaday xoqonga xabar beribdilar. Ugaday xoqon 
bu xabarga to‘liq ishonmasa ham, nima sababdan keldi ekan, deb xa- 
votirlanibdi. Odamlarini, chiqib bilinglar-chi, nimaga kelibdi ekan, deb 
tashqariga chiqaribdi. Chig‘atoy shunday javob beribdi: “Biz, hamma 
tug‘ishganlar, qurultoyda o‘zaro kelishib, quyidagicha qasamyod qilgan 
edik: Ugaday xoqon bo‘ladi, hammamiz unga itoat etamiz, buyruqlari- 
ni so‘zsiz bajaramiz, uning bironta so‘ziga qarshi bormaymiz, u bilan 
aslo tortishmaymiz. Kecha men u bilan garov boylashdim, otimni kim 
o ‘zarga qo‘yib berdim. Xoqon bilan garov boylashimiz nahotki bizga 
munosib bo‘lsa?! Shuning uchun men aybdorman, aybimni anglab, bu 
yerga keldim. Bu qilig‘im uchun jazoga mustahiqman. Ugaday xoqon 
meni oldiradimi, kaltaklatadimi - u hukm qiladi”. Ugaday xoqon o ‘z 
shubhalaridan xijolat tortibdi, Chig‘atoyga muhabbati va mehri yanada 
ortibdi, unga bo‘lgan diqqat-e’tiborini namoyon qilish uchun, shu gap- 
larimni yetkazinglar, deb buyuribdi: “Bunday gaplami qo‘ysangiz-chi! 
Axir, siz mening akamsiz! Bunday mayda-chuyda narsalar e’tibor be- 
rishingizga arzimaydi”. Ammo Chig‘atoy bu gaplarga rozi bo‘lmabdi. 
Oxiri, xoqon: “Sizni kechirdim”, deb aytgandan keyin, Chig‘atoy rozi 
bo‘libdi. Chig'atoy esa xoqonga sodiq tobc’ ekanini bildirish uchun 
to‘qqizta ot in’om qilibdi. Shundan keyin Ugaday xoqonning mirzasi 
e’lon qilibdi: “Hamma eshitib olsin, bilib qo‘ysin: xoqon Chig‘atoyni 
afv etdi, u esa aybi kechirilgani munosabati bilan “tikshimishi”108 qilyap­
ti”. Chig‘atoy shundan so‘ng qarorgohiga borib, o‘ziga xos notiqlik bilan 
jamiki odamlariga bu haqda hikoya qilib beribdi. Shu voqea munosabati 
bilan Chig‘atoy va Ugaday o ‘rtasida ittifoq va muvofiqat yanada mustah- 
kamlanibdi. Boshqa hamma qarindosh-urug‘lar faqat itoatkorlik yo‘lini 
tanlab, doimo Ugaday xoqonning farmoniga bo‘ysunadigan bo‘libdilar 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish