O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

oldi. Bu
o ‘lkalar 0 ‘g ‘uzga so‘zsiz ito­
at etadigan bo‘ldi. 0 ‘g‘uzga qo‘shilmagan ba’zi amakilari, aka-ukalari 
va jiyanJari undan sharq tomonda joylashdilar. Ular, hamma mo‘g ‘ullar
295


bizning urug‘dan tarqalgan, deb hisoblaydigan boldilar. Bu davrda 
mo‘g‘ullar hali imonga kelmagan edilar. Vaqtlar o‘tib, ular ham Chin­
gizxon nasli bilan birga tanho Xudoga e’tiqod qiladigan bo‘ldilar... (7 
jild, 81-83-b.)
Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobida ham yuqoridagi ri­
voyat aynan beriladi105. Rivoyatda afsonaviy epik ruh hukmron bo‘lib, 
0 ‘g‘uzni ideallashtirishning sabablari bor. Tarixga nazar tashlasak, bu­
ning sababini topamiz.
Xitoy yilnomalariga ko‘ra, miloddan oldingi III asrda Markaziy 
Osiyoda markazlashgan qudratli davlat barpo qilgan Botir tangriqutning 
obrazi ana shu rivoyatda yaqqol namoyon bo‘ladi. 0 ‘sha tarixiy voqeada 
diniy muammo emas, balki ijtimoiy-siyosiy muammo o‘rtaga chiqqan 
edi. Botir yemirilib borayotgan davlatni saqlab qolish uchun otasi Tu- 
man tangriqutni, taxtga da’vogar bo‘lgan o‘gay aka-ukalarini oldiradi 
va taxtni egallaydi106. Tarixiy voqea 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatning 
paydo bolishiga sabab bo‘lgan edi. Shu tariqa 0 ‘g‘uz xon tarixiy obraz 
sifatida yuzaga keldi. 0 ‘g ‘uz xon haqidagi rivoyat mo‘g ‘ullaming is- 
lomga kirib kelishiga oid voqealarga boglangan b olsa ham, tub tarixiy 
voqeaning - miloddan oldingi III asrda bolib o‘tgan voqealaming qadi- 
miy qatlami saqlangan. Zotan, mo‘g‘ullaming islomga kirib kelishi Oltin 
0 ‘rda davlati tashkil topayotganda yuz berdi.
0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi. 
Mazkur ri­
voyatda bir detal diqqatni tortadi. Rashididdin o‘mi-o‘mi bilan turkiy 
qavmlarga notanish urug‘ va shaxs nomlarining kelib chiqishi haqida 
qisqa izoh berib boradi. Buning sababi shuki, mazkur rivoyat mazmu- 
niga kitobxon befarq bo lib qolmasligi kerak edi. Tushunarsiz so‘zlar 
albatta rivoyat mazmuniga halaqit berishi tabiiy. Turkiy mifologiya saq­
langan o‘rinlarda ana shuunday izohlar berilgan.
Ma’lumki, eski turk diniy oqimi - shomoniylikda payg‘ambarlar 
va muqaddas kitoblar bolmagani sababli qomlar, ya’ni shomonlaming 
o‘mi beqiyos boigan. “Shomonlar istiqbolning yaxshi va yomon hodisa- 
laridan ulami (ya’ni ko‘k turklami - N.R.) voqif aylaydilar. Qomlaming 
tavsiyalarisiz qo‘shinto‘plab urushga kirishilmas edi”107. “0 ‘g‘uznoma”
105 Mirzo Ulug‘bek. T o‘rt ulus tarixi. Toshkent, “Cho'lpon” nashriyoti, 1994, 42-46-b.
106 Batafsil m a’lumot olish uchun qarang: Turg'un Olmos. Xunlarning qisqacha tarixi (uyg‘ur 
tilida). - Q ashg'ar uyg‘ur nashriyoti, 1986, 19-47-b.
107 Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi.T.; C holpon, 1995, 56-b.
296


kitobiy eposidagi Ulug‘ Turk, “Dada Qo‘rqut kitobi”dagi Qo'rqut ota ob- 
razlari qadimgi turkiylar e’tiqod qilgan shomonlar obraziga misol bo‘la 
oladi. “Jome’ ut-tavorix” asarida ham bu shomonlar obrazlariga mo- 
nand obraz bor. Irqil Xoja shunday obrazdir. U 0 ‘g‘uz xon hukmronligi 
davrida ham, uning vafotidan keyin Kun xon hukmronlik qilgan davrda 
ham noib bo'lgan edi. Irqil Xoja aslida “0 ‘g‘uznoma” kitobiy eposidagi 
Ulug‘ Turk obrazi dir. Irqil Xoja ham, Ulug‘ Turk singari, 0 ‘g‘uz xon 
avlodlarining har biriga laqab, nom, tamg‘a va belgi tayinlaydi. Xullas, 
Irqil Xoja va Ulug‘ Turk obrazlari 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda, 
kitobiy eposda o‘z mohiyatini saqlagan.
“Jome’ ut-tavorix” asarida 0 ‘g‘uz shaxsini yoritish borasida yana 
bir diqqatga sazovor ma’lumot mavjud. Bizga ma’lumki, Xitoy solno- 
malari qadimgi turklar tarixi va rivoyat hamda afsonalari uchun eng 
qadimiy, ishonchli manbadir. Rashididdin “Jome’ ut-tavorix” asarini 
yozishga tayyorgariik ko‘rayotgan paytda - 1286-yili Eronga Xitoydan 
amir Po‘lod Chjen Sin degan bir tarixchi keladi. Bu odam Xitoy solno- 
malari, mo‘g‘ul rivoyatlari bo‘yicha chuqur bilimga ega edi. Rashididdin 
Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari yuzaga kelishini, 0 ‘g‘uz xon 
obrazining o‘ziga xoslik kasb etishini, ya’ni 0 ‘g‘uz xon haqidagi kitobiy 
eposdan farq qilishini ana shu Xitoy muarrixining ma’ruzalaridan ham 
qidirish lozim.
Rashididdinning mazkur asarida 0 ‘g‘uz xon haqidagi rivoyatdan 
tashqari, turkiy qavmlaming - qipchoq, qarluq, qalach, saqlab, qang- 
li 
kabi qabilalaming yuzaga kelish tarixiga oid rivoyatlar ham bor. Bu 
rivoyatlar “Jome’ ut-tavorix”ning birinchi jildidan o ‘rin olgan. Bu ri- 
voyatlarga alohida urg‘u berishdan Rashididdinning maqsadi shu edi- 
ki, mo‘g‘ul qavmlari turkiy qavmlardan kelib chiqqanini va har ikkala 
qavmning bobosi 0 ‘g‘uz xon ekanini ko‘rsatish edi. Rashididdin ana shu 
rivoyatlardan ishonchli ilmiy dalil sifatida ham foydalandi.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish