Tarbiyada estetik ta’limi va estetik bilimning zaruriyati
Inson qalbiga yoʻl avvalo ta‘limi va tarbiyadan boshlanadi. Ilmning
hikmati va fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad Imomzoda al-
Choʻgʻiy (vafoti 1177)ning qarashlari ham diqqatga sa‘zovor. Uning ―Shirat
al-islom – Islom yoʻli‖ nomli kitobida ilm olish odoblari va fazilatlariga doir
koʻplab ma‘lumotlarni muayyan axloqiy tizimga solgan. Qizigʻi shundaki, u
shariy boʻlmagan ilmlarni ikki qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga
boʻladi. Dunyoni obod qilish uchun zarur boʻlgan bilimlar – tibbiyot, hisob-
kitob, dehqonchilik, toʻquvchilik kabi hunarlar hatto qon olishni bilishni
maqtalgan va oʻrganish kerak boʻladigan ilmlar sirasiga kiritadi, bu bilimlar
sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. aynii paytda, riyoziyotga chuqur
kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham tadqiq va tahlil etishga urinishni
fazilat hisoblaydi. Yomonlangan bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil
tilsimlar, folbinlik bilan shugʻullanishni kiritadi. Muboh, ya‘ni ihtiyoriy
bilimlarga she‘riyat va tarix kiradi. Biroq, falsafani ba‘zi joylarda va ba‘zi
559
hollatlarda kerak boʻladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun oʻrganish
kerak. Aks holda, u yomonlangan fan sohasidir, deydi.
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-ma‘naviy jihatdan yuksak
ahamiyat kasb etadi. U ilmga xiyonat qilishni oʻzgalarning moliga xiyonat
qilishdan ogʻirroq deb biladi. SHuni alohida ta‘kidlash zarurki, al-Choʻgʻiy
ilm oluvchining zimmasiga ham bir qator axloqiy ma‘suliyatni yuklaydi.
chunonchi, chala eshitgan narsasini oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan
bilimini odamlar orasida gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini
uqtiradi.
Tarbiyada estetik ta‘limi va bilimning zarur ijtimoiy talab hisoblanadi.
BMTning ming yillik sammitida keltirilgan quyidagi ma‘lumotlari
mushohada va mulohaza uchun asos boʻladi. Ma‘lumotlarga koʻra, 2001-
2002 oʻquv yilida dunyo boʻyicha 115 million bola yoki boshlangʻich maktab
yoshidagi bolalarning 18 foizi maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni
qizlar (53 foizi), 45 millioni (39%) Afrika Saharasidagilar va 42 millioni
(36%) Janubiy Osiyodagi bolalardan iboratdir. Maktabni qoldirish ehtimoli
katta boʻlgan bolalar Gʻarbiy va Markaziy Afrikadagi (45,3%), Sharqiy va
Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar boʻldi. Mazkur mintaqalarning
barchasida oʻgʻil bolalardan koʻra qiz bolalar koʻproq maktabga bormasligi
kuzatilgan. Oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasidagi eng katta farq Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur mintaqada oʻgʻil bolalarning 15,4
foizi, maktabni qoldirgan boʻlsa, bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish
axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni yangilash va boyitishni taqozo etadi.
Xususan, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va estetik
madaniyatdan, mantiqiy tafakkur va mushohadadan ayri holda tasavvur qilib
boʻlmaydi. Bu maqsadga erishish uchun boʻlajak mutaxassis yoki davlat
xizmatchisi avvalo axloqiy koʻnikma, estetik bilim va mantiqiy mushohadaga
ega boʻlishi zarur. Qolaversa, estetika fani doirasida oʻzlashtiriladigan
bilimlar umuman Sharqliklarga, xususan xalqimizga begona emas. Zero, bu
ilmsiz oʻzbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir soʻz
bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin emas.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning ―3.3.1. Uzluksiz ta‘limini
tashkil etish hamda rivojlantirish prinsiplari‖da ta‘limining ijtimoiylashuvi –
ta‘limi oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish‖ga bogʻliq
ekanligi bundan buyon odamlar tafakkurini oʻzgartirish estetik tarbiyadan
ayri holda amalga oshmaydigan jarayon ekanligidan da‘lolat beradi. Bugungi
kunga kelib gʻoyaviy tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqa‘zo
etmoqda. Shu bois avlodni estetik tarbiya asosida voyaga etkazish doimo
dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar
560
kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, sogʻliqni saqlash
tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik estetika,
texnikaviy taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi (dizayn)ning yuzaga
kelgani shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, jamiyat ma‘naviy
hayotini yuksaltirish ham estetika fani oldiga qator vazifalarni qoʻymoqda.
Estetika fani insonning kundalik hayotiga gʻoyatda yaqin. Chunki erkin,
demokratik jamiyatimizning har bir a‘zosi goʻzallikni chuqur his etadigan,
uni asraydigan nafis did egalari boʻlishlari, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi
past asarni farqlashlari, «ommaviy madaniyat»ning gʻayriestetik
xususiyatlarini rad qila olishlari lozim. Buning uchun esa ta‘lim tizimida
estetika faniga boʻlgan hozirgi munosabatni tubdan oʻzgartirish zarur. Chunki
jahondagi nufuzli oliy ta‘limi muassasalarida estetika fanini oʻqitish
masalasiga jiddiy e‘tibor qaratiladi. Birgina Garvard Universitetida (AQSh)
estetika boʻyicha 3 ta markaz, 18 ta yoʻnalishda (bu yoʻnalishda estetika
sohasiga doir 46 ta fan oʻqitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta‘limiiy ishlar olib
borilayotganligi, Oksford Universitetida (Angliya) esa ―Estetika‖ fakulteti
mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta fan oʻqitilishi estetik bilimlarga
boʻlgan e‘tibor katta ekanligidan da‘lolat beradi. Shu ma‘noda, faylasuf olim
Abdurahim erkaevning ―Yoshlarni kitob oʻqishga oʻrgatmoq mumtoz va
zamonaviy yuksak san‘at asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axlokiy tarbiya
saviyasini koʻtarmok kerak. Ma‘naviy tarbiya‘ning asosini tashkil qiluvchi
etika va estetika fanlarini oʻqitishni oliy oʻquv yurtlarida qayta tiklash
maqsadga muvofiq. Aks holda ta‘limi va kadrlar tayyorlash tizimida tarbiya
jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. Boʻlajak mutaxassis
texnokrat, oʻqituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz boʻlib etishadi‖,
degan fikri gʻoyatda ahamiyatlidir. Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa
yoshlarga ―huzur-ha‘lovat va lazzat manbai‖ sifatida taqdim etilayotgan
ma‘lumotlarning aksariyati horijiy ommaviy-axborot vositalari hamda
Internet tarmoqlaridagi turli xil sa‘ytlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Keyingi
paytlarda
fetishestetika
(engil-elpi,
yaltiroq
estetika), ―ommaviy
madaniyat‖ning inson maishiy turmushi bilan bogʻliq sa‘ytlari shunchalik
koʻpayib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasa‘ytirishga va estetik
dunyoqarashini toʻposlashtirishga olib kelayotganligi bugungi kunda ochiq-
oydin namoyon boʻlib qolmoqda. Yoshlar tarbiyasiga bunday gʻayriestetik
gʻoyalarning tahdid va uning salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ilmiy
nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi.
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal
qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida eng dolzarbi sa‘yyoramizda
nafosatga asoslangan estetosfera muhitini yaratish bilan bogʻliq. Chunki
texnogensivilizatsiya davrida texnika, texnologiya, umuman noosfera
insonning yashash muhitiga aylanib qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning
561
estetik muhitga ehtiyojlari ortib bormoqda. Shuni ham ta‘kidlash lozimki,
hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni kam boʻlsada, global
tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan juda Qisqa fursatlarda oʻzlashtirilib
olinmoqda. Biroq yoshlarning qaysi veb sa‘ytlardan foydalanishi gʻoyaviy
tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu borada belgiyalik professor
Frenk Tevisson tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, Evropa
mamlakatlarida 90 foiz talabalar Internetdan foydalanishar ekan. Ammo,
ularning qaysi sa‘ytdan foydalanishlarini oʻrganilganda, atigi 10 foiz talaba
bevosita oʻquv jarayoniga taalluqli sa‘ytlarga, 90 foizi esa, asosan
pornografik mazmundagi sa‘ytlarga kirishni xush koʻrishi ma‘lum boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy
ta‘limini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖ qarorida ―oliy
ta‘limining ma‘naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga
mustaqillik gʻoyalariga, yuksak ma‘naviyat va insoniylikning milliy
anʻanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot gʻoya va
mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash
boʻyicha keng koʻlamli marifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish‖ muhim
vazifalar etib belgilab berildi. Mazkur vazifalarni ta‘limi muassasalarida
toʻlaqonli va oqilona bajarilishi avvva‘lo, estetika fanining ilmiy va ta‘limiiy
asoslarini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini
oʻqitishni takomillashtirish, fanning mazmunini dolzarb mavzular bilan
boyitish, ta‘limi bilan tarbiya‘ning uzviyligini ta‘minlash hamda estetika
ta‘limii sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari,
estetika fanining tarbiya jarayonidagi oʻrni ayniqsa, oliy ta‘limi
muassasalarida estetik tarbiya‘ning toʻgʻri yoʻnaltirilishi ―talaba + mutaxassis
= ziyoli‖ koʻrinishning tarbiyaviy maqsadi va asosini mustahkamlashga
xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi kengayib borayotgan, ―ommaviy
madaniyat‖ning gʻayriestetik koʻrinishi tez oʻzgarib inson tafakkuriga salbiy
ta‘siri kuchayib borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga
boʻlgan ta‘limiiy, tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi.
Yurtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda davlatimiz va
jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, kengqamrovli
maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi oʻrin tutadigan reja va vazifalar
hisobga olinadi. Oʻtgan 2017 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida
noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomhayollarni haqiqat
sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta koʻrib chiqildi.
Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati
islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. Joriy 2018 yil ―Faol tadbirkorlik,
innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili‖da ham
barcha amalga oshiriladigan ishlarning markazida bilim, ma‘rifat ustuvor
boʻlishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev ―Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma‘rifat bilan
562
kurashish kerakligi haqida koʻp gapiramiz. Bu toʻgʻri, albatta. Lekin ma‘rifat,
marifiy bilimlar qaerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana
shunday moʻtabar kitoblarda emasmi? Bizning ushbu yoʻnalishdagi barcha
amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan boʻlib,
nafaqat mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham
katta qiziqish va e‘tibor uygʻotmoqda. Ana shunday bebaho boylikka,
minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega boʻlgan, bu sohada katta
tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir
aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi albatta bizga
yarashmaydi‖ – degan toʻgʻri talabni qoʻydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |