Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mehnat-turmush estetikasining muhim omili



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mehnat-turmush estetikasining muhim omili 
Mehnat moddiy va ma‘naviy goʻzalliklar yaratish bilan estetik 
tarbiya‘ning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali 
mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta‘sirida vujudga keladi. Mazkur 
munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini 
kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma‘naviy 
qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. 
Oʻzbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi - ijtimoiy 
yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb 
vazifa insonlarda mehnatga boʻlgan yangicha estetik munosabatni 
shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, 
odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash oʻz navbatida mehnatga 
boʻlgan estetik munosabat orqali roʻyobga chiqadi. 
Mehnat - insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga 
oshiriladigan estetik faoliyat. U ma‘naviy va moddiy jihatdan odamzot 
hayotini farovonlashtirish, ma‘naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish 
vositasi. Mehnatda inson ayni paytda ham aqliy, ham jismoniy tomondan 
tarbiyalanib, ma‘naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat ogʻir majburiyatga 
aylangan joyda uning bu xususiyatlari yoʻqoladi. SHu sababli mehnat har 
jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin boʻlishi, mehnat jarayoni ijodiy 
va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy boʻlsa koʻplab 
yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat 
asarlari xunuk boʻlsa insonning mehnat qilish zavqi va baxtidan mosuvo 
ekanligi, bu esa ular yashayotgan jamiyatning ma‘naviy qashshoqligini 
koʻrsatadi. 
Mehnat - mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat natijalaridan 
iborat. Mehnat sharoiti yoki muhiti ishchi mehnat qilayotgan korxona binosi, 
arxitekturasi, dizayni, yorugʻligi, havo muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim 
omillari harorat, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, oʻzaro ishchan vaziyat, 
axloqiy-estetik muhitni ham qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning 
ishlab chiqarish vositalari, ularni boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan 


563 
iborat. Mehnat natijalari yaratilajak, yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu 
uchchalasi oʻzaro bogʻliq boʻlib mehnat muhiti ijobiyligi, mehnat jarayonini 
inson uchun mashaqqatli, sogʻligiga ziyon etkazadigan, toliqtiradigan emas, 
aksincha zavqli va qulay boʻlishiga, mehnat jarayonining ijobiyligi esa 
mahsulot-tovarlar sifati, estetikasi, qulayligi, uygʻunligi bilan belgilanadi. 
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat 
natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon boʻlishi tushuniladi. 
Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoliyat potensiali uning 
ma‘naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bilan umumiyligi va mehnat 
natijalaridan begʻaraz lazzatlanishiga bogʻliqdir. Mehnatning estetik jihatdan 
toʻlaqonli boʻlishi uchun avvalo obyektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga 
ham bogʻliq. Albatta bu oʻrinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi 
masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mehnat koʻrinishidan qat‘iy nazar texnika taraqqiyotiga bogʻliq. 
Ibtidoiy davrdan boshlab bugungi eng yangi ilgʻor texnologiya 
shakllanganigacha mehnat vositalari bir necha bor oʻzgardi, davrdan davrga 
takomillashib bordi. Bu albatta mehnat estetikasiga ham ijobiy ta‘sir 
koʻrsatadi. Oddiygina kompyuter texnologiyasini oladigan boʻlsak, u hisob-
kitob bilan shugʻullanuvchi kasb egalaridan tortib, yozuvchi-ijodkorlar 
mehnatini engillashtiribgina qolmay ular vaqtining tejalishi, vaqtdan unumli 
foydalanish imkonini yaratdi. Bugun fermer va dehqonlarimiz ham 
zamonaviy texnika orqali erga ishlov bermoqda. 
Texnika taraqqiyoti ishchini ogʻir jismoniy mehnatdan xalos etgani 
bilan birga uning ruhiy-axloqiy ma‘suliyatini kuchaytiradi, ya‘ni zamonaviy 
texnologiya‘ni boshqarish, uni asrash insondan hushyorlik, axloqiy 
ma‘suliyat talab etadi. Jismoniy mehnat texnika zimmasiga oʻtgani sari, 
uning ijodiy tabiati ortib boradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson oʻz 
mehnatidan moddiy va ma‘naviy manfaatdor boʻlsagina, bu mehnat estetik 
tarbiya omiliga aylanadi. Mehnat inson iqtidori, hayolotini yuzaga chiqaradi, 
funksional jihatlari bilan estetik madaniyat, estetik faoliyatning shakli, 
mazmuni, hajmi, natijalarini belgilaydi. Inson hayotining turli soha va 
yoʻnalishlaridagi estetik munosabatlar estetik madaniyatning oʻzini namoyon 
etadigan maydoni sanaladi. Bu avvalo, inson hayotiy faoliyatining asosiy 
nuqtasi boʻlgan mehnatga taalluqlidir. 
Mehnat qurollari va kundalik turmush buyumlarining funksional- 
texnologik qiymati hamda estetik belgilari va loyihalanishiga qarab kundalik 
turmush bilan bogʻliq buyum-jihozlar va ikkilamchi yaratishga moʻljallangan 
mehnat qurollariga boʻlinadi. Ammo bugungi kunda insonning ijtimoiy 
faoliyati hisoblangan mehnat turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim 
ham toʻgʻri emas. Chunki mehnat jarayonida bugun ikkalasi uzviy bogʻlanib 


564 
bormoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz 
taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat bir-birini taqozo etib bormoqda 
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish insonni 
estetik kamol toptirish bilan birga, uning foydali amaliy vazifalarini ham 
kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat 
unumdorligini, samaradorligini va sifatini oshirishning muhim omiliga 
aylanadi. Mehnat insonning hayotiy ehtiyoji, uning turmush estetikasini 
shakllantiruvchi vosita hamdir. Mehnat estetikasining shakllanishida ishlab 
chiqarish vositalarining zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi 
oʻzaro axloqiy-estetik muhitning ham oʻrni bor. Negaki axil jamoa, oʻzaro 
axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va natijasi estetikasiga 
ijobiy ta‘sir koʻrsatadi. Har bir buyum oʻz davrining, shu davrda yashagan 
inson mehnatining mahsulidir. Bu buyumlar oʻz zamonasining texnikasi, 
materiali, odamlar didi bilan chambarchas bogʻliqdir. SHu jihatdan ham biz 
ushbu narsa va buyumlarga qarab u davr ma‘naviy-moddiy madaniyati, xalq 
ehtiyoji, didi haqida ma‘lumot olamiz. 
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat jihatdan 
insoniyat olami bilan hayvonot dunyosi oʻrtasidagi tafovutlarni farqlashda 
muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Tabiiyki, insonning mehnat jarayoni oʻta 
rang-barangdir. Shu bois uning estetik mohiyatini bir xilda belgilab 
boʻlmaydi. Mehnat estetikasi inson ma‘naviyatini yuksaltirishda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu mehnat jarayoni insonning intilish, hatti-harakat, 
muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. Oʻz mehnati 
muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi. 
Mehnat jarayonida yuzaga keladigan estetik zavq uning teran, botiniy 
mohiyatini anglash, ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan bogʻlangan boʻladi. 
Inson mehnat jarayonida oʻzini ijodkor his etadi, mehnatining yaratuvchanlik 
ma‘nosini anglab etadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy ne‘mat 
ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat koʻrsatish, 
sifatli mahsulotlar yaratish, iste‘molchilarning badiiy-estetik didi va 
ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. SHunday 
qilib, mehnat estetikasi insonga kuchli va koʻp-qirrali ta‘sir koʻrsatib, uning 
faoliyatiga estetik ma‘no-mazmun baxsh etadi, ma‘naviy kamol topishiga 
koʻmaklashadi. Bunda ijod ustuvor, mukammallik qancha yuqori boʻlsa, 
uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, ma‘naviy ta‘sirchanligi kuchli 
boʻladi. 
Mehnat estetikasi amaliyoti insonning yaratuvchanlik qobiliyatini 
yuzaga chiqaribgina qolmay, yaratilayotgan goʻzallik uning qoʻli bilan 
yaratilgani, uni ruhiy-estetik jihatdan ragʻbatlantiradi, oʻziga ishonch 
tuygʻusini orttiradi, yangi ijodiy faolikka undaydi. Mehnat jarayoni bilan 
bogʻliq boʻlgan soha ergonomika mehnatni engillashtiribgina qolmay, uning 


565 
unumi, samarasini oshishiga ham yordam bera boshladi. Shuning bilan 
birgalikda insonga ulkan ma‘suliyat ham yukladi. Negaki, yangi texnologiya 
inson tomonidan oʻzlashtirilishi va foydalanishi uchun qulay, uning jismoniy, 
ma‘naviy-ruhiy xususiyatlarini ham e‘tiborga olishni talab etadi. Bu esa oʻz 
oʻrnida insonning jismoniy va ruhiy-ma‘naviy imkoniyatlarini oʻrganish va 
shunga muvofiq mehnat qurollari, mehnat sharoitini yaratishni oʻz oldiga 
maqsad qilgan yangi ilm-ergonomikaning shaklllanishiga sabab boʻldi. 
Ergonomika 1949 yilda Angliyada paydo boʻlib mehnat qilayotgan 
odamning imkoniyatlari, ruhiyati, anatomiyasi, fiziologiyasiga asoslanib, 
mehnat sharoitiga qarab oʻrganadi. Bugungi kunda ergonomika fan sifatida 
shakllanib maxsus oliy oʻquv yurtlarida oʻqitilmoqda. SHuningdek, turli 
konstruktorlik byurolari, ishlab chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan 
sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Ergonomika narsalar olamini yaratish 
jarayonida eng muhim falsafiy-axloqiy jihat – buyumga nisbatan insoniy 
munosabatda boʻlish masalasiga e‘tibor qaratadi. Predmetlar olami bilan 
iste‘molchi oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatni 
ergonomika - muhandislik psixologiyasi bartaraf qiladi. Ergonomika 
yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga moslashtirildi. Bunda 
dizayner, nafosatshunos, loyihachi-konstruktor, texnik-muhandis, ruhshunos 
birlashishi talab etiladi. 
Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning 
tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar oʻzaro bir-
birlari hamda ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy 
munosabatda boʻladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan mehnat 
qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni 
maqsadga muvofiq joylashtirish va oʻzaro ta‘sirini ta‘minlashdek murakkab 
vazifani ado etishga toʻgʻri keladi. Bularning barchasi muayyan suratda 
kechadigan, oʻz funksiyasi, strukturasi, tashkiliy koʻrinishiga ega boʻlgan 
ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma yuksak darajada yaxshi 
yoʻlga qoʻyilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi. 
Yuksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan suratda gavdalanish 
va kechish manzarasi kishilarga estetik ta‘sir etadi, faoliyatga ijodiy 
munosabat uygʻotuvchi emotsional koʻtarinkilikni vujudga keltiradi. Texnika 
estetikasining amaliyoti dizayn va muhim tarkibiy qismi ergonomika 
hamkorlikda mehnat estetikasining vujudga kelishini ta‘minlaydi. 
Shuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy shart-
sharoitlarga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi. Yaqin oʻtmishda kommunistik 
mafkura, ijtimoiy mulkchilik asoslariga boʻysundirilgan mehnat shaxsda 
ijodiy erkinlik, qobiliyat, shaxsiy manfaatdorlikni soʻndirar, uni ma‘naviy 
kambagʻallashtirishga olib kelar, eng muhimi, oʻz mehnati natijalaridan 
―begonalashtirar‖, boqimandalik kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. 
Mustaqillik mehnatning shaxsdan begonalashuviga chek qoʻydi va uning 


566 
ma‘naviy-ijodiy kuchlari toʻla va har tomonlama namoyon boʻlishiga real 
shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, ayniqsa, respublikamizda 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida shaxsning yaratuvchanlik 
qobiliyatlari 
rivojlanishiga, 
xususiy 
mulk 
daxlsizligining 
huquqiy 
kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkorlikning har tomonlama qoʻllab-
quvvatlanishi mehnat jarayonida insonning haqiqiy mohiyati namoyon 
boʻlishiga yoʻl ochdi. 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne‘mat 
ishlab chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat koʻrsatish, 
sifatli mahsulotlar yaratish, iste‘molchilarning badiiy-estetik didi va 
ehtiyojlariga mos tovarlar etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy 
va ma‘naviy ehtiyoj va manfaatlar uygʻunligini ta‘minlash va rivojlantirish 
shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari 
va mahsulotlar tayyorlashga estetik me‘yor hamda talablarni oshirdi, bu narsa 
zamonaviy texnologiyalar, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishda 
qoʻllashga katta e‘tibor qaratdi, xususan, dizaynerlik faoliyati, ishlab 
chiqarish va sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga aylandi. 
Albatta, har bir soha, yoki har bir mutaxassislikning oʻziga xos 
xususiyatlarini e‘tiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish vositalarini 
loyihalash talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni bajarishdagina 
charchamasdan, balki kishi e‘tiborini chalgʻitadigan shovqin-suron, hid va 
nurdan ham charchaydi. Shovqin-suron koʻzni toliqtiradi, rang esa kishi 
asabiga ta‘sir koʻrsatadi. Ana shu omillarni e‘tiborga olmaslik, uskunalarning 
estetik koʻrinishiga ham ziyon etkazadi. Uskunani ishlatishning osonligi, 
boshqarish va sozlashning soddaligi, uskuna shaklining mutanosibligi mehnat 
vaqtida kishi kuch-quvvatini tejaydi va oqibatda sanoat mahsuloti sifati 
yaxshilanadi. 
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat faoliyatini 
engillashtirmoqda. Traktorchidan tortib, san‘atkorgacha bugun zamonaviy 
texnologiyalardan oʻz faoliyati jarayonida qoʻllab bormoqda. Ammo ular 
bajaradigan ish mazmuni turlicha boʻlganidek texnologiyalar va ergonomika 
qonuniyatlari turlicha namoyon boʻladi. Bu esa nafaqat zamonaviy 
texnologiyalarga bogʻliq balki ish jarayonida axloqiy-estetik muhitni 
yaratishni ham taqozo etadi. Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi bilan 
korxonalar ta‘mirlanib, modernizatsiya qilina boshlandi. Har bir zavod, 
fabrika yoki sexlarning ichki muhitidan tortib, ishchilarning ish kiyimi, ular 
uchun yaratilgan sharoit, mehnat qurollari, dam olish, tibbiy xizmatlarga 
alohida e‘tibor qaratila boshlandi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 
texnika taraqqiyoti esa inson mehnatini engillashtiribgina qolmay, zamonaviy 
texnologiya‘ni oʻzlashtirish va qoʻllash ma‘suliyatini ham yuklaydi. Ammo 
yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish uskunasining 
oʻzigina korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab berolmaydi. Bino, 


567 
uskunalarning joylashtirilishi, bino ichidagi yorugʻlik, undagi moʻtadil 
temperatura, bezalishi ham muhim oʻrin tutadi. YAna shuni alohida ta‘kidlsh 
lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit uygʻunligiga e‘tibor kun sa‘yin 
oshib bormoqda. 
Mehnatning estetik jihatdan toʻlaqonli boʻlishi avvalo obyektiv omil - 
ishlab 
chiqarish 
jarayoniga 
ham 
bogʻliq. 
Albatta, 
bu 
oʻrinda 
mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi masalalari ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Eng yuqori va ilgʻor texnologiya ham did, mahorat, 
madaniyatga ega emas. Uni inson boshqaradi va inson didi, mahorati, 
madaniyati mehnat mahsulida oʻz ifodasini topadi. Texnika taraqqiyoti 
ishchini ogʻir jismoniy mehnatdan xalos etsada, lekin ruhiy-axloqiy 
ma‘suliyatini kuchaytiradi. Oʻz oʻrnida texnika taraqqiyotining ijobiy va 
salbiy jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159) ―Ta‘limida menejment va 
marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy 
madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uygʻunlashtirishga oid uslubiy 
qoʻllanma tayyorlash‖ mavzusidagi grant doirasida bir qator oliy ta‘limi 
muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovnomaga koʻra 
"Zamonaviy texnika va texnologiya‘ning ijobiy jihatlari nimada? "degan 
savolga respondentlarning 57,48 foizi ― Mehnat jarayoni engillashadi‖, 55,51 
foizi ―Vaqt tejaladi‖, 46,30 foizi ―Ish unumi oshadi‖, 18,42 foizi ―Insonning 
dam olish imkoniyatlari kengayadi‖ degan javobni tanlashgan. 
Soʻrovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat faoliyatidagi 
ahamiyatini baholash bilan birga, uning salbiy jihatlarini ham ta‘kidlab 
oʻtishgan. Buni "Zamonaviy texnika va texnologiya‘ning salbiy tomonlari 
nimada?‖-degan 
savolga 
tanlagan 
javoblari 
ham 
tasdiqlaydi. 
Respondentlarning 17,68 foizi ‖Mehnat jarayoni murakkablashadi‖, 35,69 
foizi ―Kisxilar bir-birlariga befarq boʻlib qolishadi‖, 19,98 foizi ―Milliy 
madaniyat tanazzulga yuz tutadi‖, 31,33 foizi ―Inson texnika quliga 
aylanadi‖, 25,82 foizi ―Ekologiyaga salbiy ta‘sir koʻrsatadi‖, 3,87 foizi ―Bir 
madaniyatlilik shakllanadi‖ degan javobni tanlashgan. Demak, shundan 
koʻrinib turibdiki, ijobiy jihatlari: inson ogʻir mehnatdan xalos boʻladi, 
mehnat unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi oshadi, boʻsh vaqt paydo 
boʻladi, ma‘naviy- jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish imkoni paydo 
boʻladi. SHu bilan birga salbiy jihatlari: diqqat talab qiladigan murakkab 
texnikani boshqarish jarayonida insonda ruhiy zoʻriqishlar paydo qilishi, 
kasalliklar koʻpayishi, ruhiy va jismoniy jihatdan me‘yordan orta qolish, 
internet, mobil telefonda foydalanish oqibatida yangi kasalliklarning paydo 
boʻlishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yangi 
ma‘naviy talablar qoʻya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi 
texnika emas, chunki u inson tomonidan boshqariladi.
Shunday ekan bu talablar texnika emas insonga tegishli boʻlib 
quyidagilardan iborat: 1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib, 


568 
ma‘suliyat kabi fazilatlar ortadi; 2) jamiyatning turli sohalarda 
intensivlashtirish oqibatida kishilar oʻrtasidagi axloqiy mexanizmlarni 
boshqarish murakkablashadi, konflikt va qarama-qarsxiliklar kuchayadi; 3) 
ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik tayyorgarligiga 
yuqori talablar qoʻyadi, yangi texnikalarni boshqarish, xizmatchilarning oʻz-
oʻzini idora qilishi, irodaviy qobiliyatlarini kuchaytirish; 4) inson faoliyat 
sohalari murakkablashuvi natijasida ularning faoliyatida axloqiy javobgarlik 
ortib boradi; 5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, ushbu 
faoliyatni takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zoʻriqishlarni kuchaytiradi. Bu 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida, mehnat jarayonida, ma‘naviy hayotda, 
iste‘mol sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot ta‘siri kuchayadi. 
Shunday qilib, mehnat insonga kuchli va koʻp-qirrali ta‘sir koʻrsatib, 
uning faoliyatiga estetik ma‘no-mazmun baxsh etadi, ma‘naviy kamol 
topishiga koʻmaklashadi. Bunda ijod ustuvorligi qancha yuqori boʻlsa, uning 
estetik mohiyati ham shuncha barqaror, ma‘naviy ta‘sirchanligi kuchli 
boʻladi. Hozirda mehnatning estetik mazmun-mohiyatiga munosabat 
oʻzgardi: davlatimizning siyosatida ―Amaliy natijadorlik, inson manfaati va 
yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi‖ etib belgilandi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish