Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mualliflar guruhi rahbari: Falsafa fanlari doktori



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Mualliflar guruhi rahbari: Falsafa fanlari doktori,
professor Sh.O.Madaeva. 
 
Mas’ul muharrir: Falsafa fanlari doktori, professor G.M.Ro’zmatova
 
Taqrizchilar: Falsafa fanlari doktori, professor I.S. Saifnazarov,
Falsafa fanlari doktori, professor G.T. Mahmudova 
 
 
 
 
 
 
ISBN 
© Sh. O. Madaeva va boshqalar, 2019 
© «MUMTOZ SOʻZ», 2019 



KIRISH 
Mamlakatimizning ijtimoiy – siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida 
amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar respublikamiz olimlari, faylasuflari va 
oʻqituvchi-ziyolilari oldiga Vatanimiz bunyodkorligi va taraqqiyoti yoʻlida 
hal qiluvchi hissa qoʻshishi lozim boʻlgan yosh kadrlarni tarbiyalash, 
dunyoqarashini zamonaviy ilm-fan bilan qurollantirish, yurt istiqboli uchun 
oʻz sohasining malakali mutaxassisi boʻlib yetishishini ta‘minlab berishdek 
mas‘uliyatli vazifalarni qoʻymoqda. Insoniyat tarixining koʻhna qadriyati, 
ilm-fan tizimining uslubiy asosi, inson ruhiy-ma‘naviy, intellektual 
borligʻining noyob sarchashmasi boʻlgan falsafa fani ushbu murakkab tarixiy 
jarayonda yosh avlodning hayotiy maqsad va kasbiy koʻnikmalarini 
shakllantirishda dasturul-amal boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzining uch ming yillik tarixi bilan falsafa fani olam va odam, jamiyat 
va inson, borliq va bilish muammo hamda munosabatlari qonuniyatlarini 
talabalarimiz bilim, koʻnikmalari orqali real hayotga yoʻnaltiradi. Katta hayot 
yoʻlidagi murakkab vaziyatlarda falsafa fani bilim va koʻnikmalari 
masalaning yechimini izlash, hodisalardan mazmun va ma‘no qidirish
kelajak uchun kuch va ichki quvvat topishga yoʻl koʻrsatadi. 
Qolaversa,falsafa demokratik jamiyatning ma‘naviy hayotini, mamlakatning 
siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa sohalari taraqqiyotini 
belgilovchi muhim omil sifatida taraqqiyotning metodologik strategiyasi 
vazifasini bajaradi.
Sohaning rivoji uchun falsafiy dunyoqarash asoslarini puxta egallash
olam va inson mohiyatini falsafiy bilish, borliq va bilishning eng umumiy 
tamoyillarini oʻzlashtirish talab etiladi. Falsafiy tafakkur va dunyoqarash 
buyuk ilmiy kashfiyotlar uchun keng yoʻl ochar ekan, ilm-fan, san‘at, siyosat 
tarixida oʻchmas iz qoldirgan buyuk olim va daholarning barchasi falsafiy 
fikrlash malakasi va madaniyatiga ega boʻlganliklari uchun katta yutuqlarga 
erishganlar. Ularning barchasi oʻzlarining ilmiy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, 
badiiy-estetik gʻoyalari bilan falsafiy tafakkur rivojiga ulkan hissa 
qoʻshganlar. Ilm-fan, tafakkur tarixi va falsafa hamisha bir-birini qoʻllab-
quvvatlagan. Fan – hozirgi zamonda alohida kasb, ishlab chiqarish, soha 
mutaxasisligini oʻzida namoyon qilsa, falsafa fani bir vaqtning oʻzida 
dunyoqarash, metodologiya va mafkuraviy immunitet sifatida soha egasining 
shuuriy olamining oʻzagini tashkil etishi zarur.
Faylasuf olimlar muallifligi jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu 
oʻquv qoʻllanmani respublikamiz oliy oʻquv yurtlariga falsafa fanidan oʻquv 
qoʻllanma sifatida taqdim etar ekanmiz kelajakda yurtimizning ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, ishlab chiqarish va boshqa jabhalariga soha 
egalari sifatida boradigan yoshlarimizni kelajak uchun asqotadigan falsafiy 
bilim koʻnikmalari bilan tarbiyalash, ularda kreativ fikrlash, keng 



dunyoqarash va ongu tafakkurning potensial imkoniyatlarini kashf etish 
xususiyatlarini ishakllantirish asosiy maqsadimizdir. Zero, yurt istiqbolini 
belgilashga mas‘ul boʻlgan ziyolilar, turli kasb egalarining jamiyatga 
mas‘uliyati, 
hayotiy 
prinsiplari 
falsafiy 
qadriyatlar-insonparvarlik, 
yaratuvchanlik, adolat, haqiqat ustunlariga bogʻliq boʻlsagina, yangi tipdagi 
shaxsni shakllantirish va kamol toptirish masalasi hal etilishi mumkin. 
Kasbga sadoqat vatanparvarlik, gumanizm, yaratuvchanlik va demokratik 
tamoyillar bilan ongu shuurdagi tafakkur tarzida uygʻunlashsagina oʻzining 
kutilgan natijasini bera oladi. 
Ushbu qoʻllanmani tayyorlashda ilmiy guruh masalaga ijodiy 
yondoshishga, falsafiy fan tarmogʻi va har bir mavzuga mutaxassis 
tajribasidan kelib chiqqan holda jiddiy yondoshishga harakat qildi. Jumladan, 
qoʻllanmaning ―Kirish‖ qismi va Sharq falsafasiga tegishli 2-mavzu f.f.d., 
prof. Sh.O.Madaeva tomonidan yaratildi, Gʻarb falsafasiga tegishli 3-mavzu 
f.f.d., prof. Sh.O.Madaeva va yosh tadqiqotchi olim X.I.Toshov tomonidan 
hammualliflikda yozilgan. 1- va 4-, 8- mavzular f.f.d., prof. N.A 
She‘rmuhamedova 
tomonidan 
tayyorlangan. 
6-mavzu 
f.f.d., 
prof.Sh.O.Madaeva va f.f.n., dots Qodirqul Roʻzmatzoda hammuallifligida 
yaratilgan. Bilish nazariyasiga tegishli 5-mavzu f.f.n., dots. X.P.Toʻxtaev 
tomonidan yozilgan. 7-mavzu f.f.n., dots D.A.Poʻlatova muallifligida 
yozilgan. Global muammolarning falsafiy masalalari f.f.n., dotsentlar 
M.I.Yoqubova va D.M.Bozorov ilmiy hamkorligida tayyorlangan. Mantiq 
sohasiga tegishli paragraflar mantiqshunos olimlar f.f.n, dotsentlar 
M.Sh.Sharipov, D.E.Fayzixoʻjaevalar tomonidan yozilgan. Falsafaning etika 
gategishli qismi f.f.n., dots. L.A.Muhamadjonovna muallifligida yaratildi. 
Estetika qismi esa f.f.d., prof. M.A.Nurmatova, f.f.n., dots. B.E.Xusanov 
hammuallifligida taqdim etildi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish