Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar
. Falsafani 
odatda davrning fikrlardagi in‘ikosi, oʻz davrining ma‘naviy kvintessensiyasi 
deb ataydilar. Falsafaning mazkur tavsifidan uning olamshumul vazifasi – oʻz 
davrining jarchisi sifatida amal qilish, ma‘naviy-tarixiy oʻzgarishlar bilan 
hamqadam va hamnafas boʻlish kelib chiqadi. Bu yerda falsafaning hayot 
bilan chambarchas aloqasi, ayniqsa, boʻrtib namoyon boʻladi. Voqelikni 
tushunish va tushuntirish falsafaga qoʻyiladigan asosiy talabga aylanadi. 
Davrning haqqoniy manzarasini yaratish kelajakning spekulyativ sxemalarini 
yaratishga barham beradi, borliqning mazmun va mohiyatini anglab etishga 
keng yoʻl ochadi.


30 
Falsafa oʻz davri ma‘naviy madaniyatining markazi vazifasini bajarish 
orqali koordinatalar abadiy tizimini yaratishga yordam beradi, davr 
saboqlarini aniqlash va tushuntirish yoʻli bilan inson tafakkuriga boʻlgan 
ishonchni mustahkamlaydi.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda 
faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar 
oqilona falsafiy mulohaza yuritishni oʻrganmas va davlat hokimiyati bilan 
falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos 
boʻla olmaydi». 
Boesiy poetik intuitsiyasida falsafa oʻng qoʻlida kitob, chap qoʻlida esa 
saltanat hassasi – skipetr tutgan Iloha obrazida gavdalanadi. Bu timsollarning 
mavjudligi tasodifiy bir hol emas. Falsafa bilim berish bilan bir qatorda, 
dunyoni oqilona boshqaradi va skipetr bu fikrni tasdiqlaydi.
Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali 
donishmandlik tushunchasi bilan bogʻlanadi. U inson aqliga abadiyat va 
cheksizlik sari yoʻl ochadi, oʻtkinchi narsalarga sabr-toqatlilikni oʻrgatadi. 
Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va toʻlaqonli hayotga 
erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va 
hodisalar tabiatiga mos ravishda ish koʻrishi lozim.
Platon inson tanasi haqida gap borganda tabiblarni, oʻsimliklar 
toʻgʻrisida soʻz yuritilganda esa – ziroatchilarni donishmandlar deb ataydi. U 
oʻzining «ideal davlat» haqidagi nazariyasida jamiyatni uch tabaqaga: davlat 
arboblari – faylasuflar; soqchilar (harbiylar); dehqonlar va hunarmandlarga 
ajratadi, bunday davlatda donolik, jasorat, sabr-bardoshlilik va adolat kabi 
toʻrt tamoyil ustuvor boʻlishi lozimligini ta‘kidlaydi.
Aristotel insonning qadr-qimmati uning aqliy faoliyatida koʻzga 
tashlanadi, deb hisoblaydi. Oʻz davrining eng dono kishilaridan biri boʻlgan 
Sitseron falsafaning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Falsafa 
(donishmandlik), qadimgi faylasuflar ta‘biri bilan aytganda, ilohiy va insoniy 
qilmishlarni ularning sabablari va mohiyatlari nuqtayi nazaridan bilishdir» . 
Sofistlar falsafani dunyoviy donishmandlik, mulohaza yuritish san‘ati 
sifatida 
tushungan 
boʻlsalar, 
stoiklar donishmandlikning «amaliy 
maqsadlari»ga, ya‘ni oʻz hayotini oqilona tashkil etishga qaratganlar. 
Faylasufning soʻzlari insonni azob-uqubatlardan forigʻ etishiga Epikurning 
ishonchi komil boʻlgan.
Qadimgi Xitoy falsafasida donishmand-faylasuf «szi», ya‘ni oʻgʻil, 
bola deb atalgan. «Tyan sze» – «Osmon oʻgʻli» degan ism ostida yangi 
podsho paydo boʻlishi bilan donishmand-faylasufning unga mos keladigan, 
«szyun szi» – «podsho oʻgʻli» gʻoyalarini targʻib qiluvchi tipi ham paydo 
boʻlgan. Qadimgi Xitoy falsafasining muhim mezoni – «ideal munosabatlar 
qonuni»ga odamlar oʻrtasida, oilada, jamiyatda, davlatda rioya qilish inson 
hayotining mazmuni hisoblangan; bunga jamiyatda qabul qilingan me‘yorlar, 


31 
qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish 
imkoniyat yaratgan. Boshqacha aytganda, inson oʻz shaxsiy hayotini doim 
jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan oʻlchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila 
va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun oʻzini kamol toptirishi 
darkor . qadimgi xitoy falsafasining buyuk namoyandasi Konfutsiy 
(miloddan 
avvalgi 
551–479-yillar) 
shunday 
deb 
saboq 
beradi: 
«qilmishlarning asoslari va tamoyillarini oʻrgansang, yaxshilik va yomonlik 
haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng soʻnggi darajasiga 
yetadi. Niyatlar sof va xolis boʻlsa, qalb rostgoʻy va samimiy boʻladi. qalb 
rostgoʻy va samimiy boʻlsa, inson toʻgʻri yoʻlga kiradi, kamol topadi. Inson 
toʻgʻri yoʻlga kirsa va kamol topsa, oilada tartib oʻrnatiladi. Oilada tartib 
hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish 
osonlashsa, 
butun 
dunyo 
tinch-totuv 
yashaydi»1. 
qadimgi Xitoy 
faylasuflaridan yana biri – Lao szi (miloddan avvalgi VI asr boshlarida 
yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, oʻzini biluvchi – donishmanddir», 
deb oʻrgatadi. 
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va 
ekzistensial xususiyatlari hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va 
e‘tibordan soqit etilishi mumkin emas. Donishmandlik fenomeni haqida 
umumiy tasavvur hosil qilish yoʻlidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib 
keladi. Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi 
qoʻyiladi. U mutlaqo goʻzal va mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini 
intellektual anglab etishga intilish sifatida, haqiqatni qaror toptirish yoʻlida 
begʻaraz xizmat qilish sifatida tushuniladi. Bu nainki toʻliq bilim, balki 
ma‘naviy barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu shunday bir
e‘tiqodki, unga erishishda insonning butun mohiyati ishtirok etadi. 
Donishmandlik belgisi sifatida me‘yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv aniqlash 
«hayot haqiqati»ni anglab etish sifatida namoyon boʻladi. Etuklik 
donishmandlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Qisqa va loʻnda hikmatlarda 
oʻz ifodasini topuvchi donishmandlik har bir xalq hayotida mavjud boʻladi, 
maslahatlar va pand-nasihatlarning keng toʻplami vositasida uni gʻamxoʻrlik 
bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar 
koʻrinishida u avloddan avlodga oʻtadi va ulardan har birining hayot yoʻlini 
engillashtiradi.
Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday 
mamlakat axolisining grajdanlik va oʻqimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy 
tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan . Ingliz faylasufi 
David Yum (1711–1776) falsafaga boʻlgan munosabat asosida millatga 
«tashxis» qoʻyish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning 
fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yoʻqligi millat tafakkurining 
cheklanganligi alomatidir.


32 
Falsafani koʻpincha «tafakkur maktabi» deb ataydilar. U bir qolipda 
fikrlash uslubi tugagan, oydek ravshan boʻlgan narsa shubha va taajjub 
uygʻotgan joyda boshlanadi. Inson hayot mazmuni bilan bogʻliq masalalar 
(Immanuil Kant tilida ular quyidagicha yangraydi: «Men nimani bilishim 
mumkin?», «Men nima qilishim kerak?», «Men nimaga umid qilishim 
mumkin?», «Inson nima?») ustida bosh qotira boshlagani zahoti u darhol 
falsafaga «asir» tushadi, borliqni falsafiy anglab etish sohasiga kirib qoladi. 
Ingliz faylasufi Tomas Gobbs (1588–1679): «Falsafa sening tafakkuring 
farzandi... va sening oʻzingda yashaydi» , deganida, bizningcha, toʻla haq 
boʻlgan. Darhaqiqat, falsafiy mulohaza yuritish har bir insonga xos xususiyat. 
Zero hayotning mazmuni, erkinlik, adolat va umrboqiylik haqida mulohaza 
yuritishni biron-bir insonga taqiqlash mumkin emas.
Falsafa borliqni bilish, asoslar va birinchi tamoyillarni tadqiq etish 
bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida, his etish, mushohada yuritish va 
tasavvur qilish tarzida amal qiladigan oddiy ongdan farqli ravishda, 
tushunchalar vositasida bilishni nazarda tutadi. Tushunchalar bilan ish 
koʻrish san‘ati zaruriy aloqalar va sababiy bogʻlanishlarni aniqlashni, hayot 
taassurotlarining xaotik tasodifiy oqimini tartibga solishni talab qiladi. 
Mulohaza kuchini tarbiyalash e‘tiborni jamlash, uni predmetga qaratishni 
nazarda tutadi. Tafakkur intensional, ya‘ni u muayyan predmetga qarab 
moʻljal oladi. Tafakkur predmetning tabiati haqidagi tasavvurga mos 
ravishda mulohaza yuritadi. Predmetni oʻzida «idrok etgan» kishigina 
mazkur predmet oʻzi haqida soʻzlovchining tili bilan gapirishiga umid qilishi 
mumkin.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish