Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafiy dunyoqarash
. Taxminan 3000 ming yil muqaddam 
dunyoqarashning uchinchi shakli –falsafa paydo boʻlishi uchun zarur shart-
sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning 
avvalgi shakllari – mif va dindan farqli oʻlaroq, falsafa dunyoni e‘tiqod va 
tuygʻularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda 
tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda 
taxminan bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga 
keldi. Bu vaqtga kelib mif va din oʻzlarining tayyor va uzil-kesil javoblari 
bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini 
qondira 
olmadi. 
Shuningdek 
ular 
sezilarli 
darajada 
oʻsgan va 
murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va 
avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers fikricha, bu davrda (uni faylasuf 
«dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat oʻz rivojlanishida katta burilish 
yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan mifologiya davri 
nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi 
kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi oʻqini 
taxminan miloddan avvalgi 500, 800 va 200 yillar oraligʻida yuz bergan 
ma‘naviy jarayon bilan bogʻlash oʻrinli boʻlsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. 
– Shu davrda tarixda eng katta burilish yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk 
faylasuflar paydo boʻldi. Inson ayrim individuum sifatida oʻz-oʻzida tayanch 
izlashga jur‘at etdi. Xitoy zohidlari, Sharq mutafakkirlari, Hindiston tarki 
dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e‘tiqodi oʻz 
ta‘limotining mazmuni va ichki tuzilishiga koʻra bir-biridan qay darajada farq 
qilmasin, oʻz mohiyatiga koʻra yaqindir. Endi inson botiniy darajada oʻzini 


26 
dunyoga qarshi qoʻyishi mumkin boʻldi. Inson oʻzida unga dunyodan va oʻz-
oʻzidan yuksakroq koʻtarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf 
etdi»
1
.
Yuz bergan oʻzgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya 
olish, rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy 
qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bogʻlanishlarga murojaat qilish talab etilgan 
ilmiy bilim kurtaklari bilan toʻqnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida 
nisbatan Qisqa vaqt ichida tub oʻzgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, 
tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol oʻynay boshladi, ular sirtdan olingan 
axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil
e‘tiqodlarni chetga chiqarib qoʻydi. Faqat soʻzlariga ishonish kerak boʻlgan 
ota, kohin, ruhoniy oʻrnini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi 
muallim faylasuf egalladi. U shubha urugʻini sochib, qiziqish uygʻotdi va: 
«Ishonma, balki oʻzing fikr qil!», deya da‘vat etdi.
Faylasuf tafakkurni xurofot va bid‘atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi 
va mifologik yoki diniy dunyoqarashga mutlaqo xos boʻlmagan tanqidiy 
fikrlash 
qobiliyatini 
rivojlantirdi. 
Ajdodlardan 
meros 
qolgan 
«donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz 
haqiqatlarni e‘tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli oʻlaroq, 
faylasuf savollarni ta‘riflashni va avvalo sogʻlom fikr va oʻz aql-zakovatining 
kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni oʻrgatadi. 
Demak, falsafa dunyoqarash shakli sifatida olamni inson va dunyoning 
oʻzaro munosabatlari nuqtayi nazaridan oʻrganadi. Dunyoqarash obyekti – 
butun dunyo, biroq uning predmeti – tabiat dunyosi va inson dunyosining 
yoki, antik falsafa ta‘biri bilan aytganda, makrokosmos va mikrokosmosning 
oʻzaro munosabatidir. Bundan uning muammolari doirasi kelib chiqadi. 
Insonning dunyodagi oʻrni qanday? Umuman, dunyoning oʻzi nima? Inson 
hayotining mazmuni nimadan iborat? Vaqt, makon va harakat nima? 
Ammo bu muammolar dunyoqarashning falsafiy shaklini ham 
qiziqtiradi. Bu holda falsafaning dindan farqi nimada? 
Bu erda biz avvalo shuni qayd etishimiz mumkinki, falsafa dunyoni 
oʻzlashtirishning nazariy usullari qatoriga kiradi. Nazariy usul obyektdan 
ongli ravishda «uzoqlashadi». Dunyoga nazariy munosabat subyekti – 
dunyoni tushunchalar yordamida anglashga harakat qilayotgan inson. Falsafa 
dunyoni fikrda, soʻzda gavdalantiradi. Falsafaning har qanday shakli bunday 
imkoniyatga ega. Binobarin, dunyo haqidagi falsafiy tasavvur zamirida bilim 
yotadi. Ayni vaqtda, falsafa bu bilim inson dunyosiga tashlangan bir nazar 
ekanligini tushunadi. Shu sababli u dunyo haqidagi bilim bilan bir qatorda 
insonning dunyoga munosabatini ham shakllantiradi.
Borliq tushunchasi dunyo falsafiy manzarasining bosh tamoyili sifatida 
amal qiladi. Ayni shu tushuncha yordamida inson oʻzining dunyodagi oʻrnini 
anglab etishga harakat qiladi.


27 
Borliqni falsafiy tushunishdan koʻp sonli narsalar, jarayonlar, holatlar, 
strukturalar, tizimlarning barcha shakllarini oʻz ichiga olgan yaxlit bir butun 
dunyo haqidagi tasavvur kelib chiqadi. Borliq shakllarining rang-barangligi 
bu shakllarni birlashtiruvchi narsa bormi, butun сheksiz rang-barang 
dunyoning birligi toʻgʻrisida soʻz yuritish mumkinmi, degan savolni oʻrtaga 
tashlashni nazarda tutadi. 
Bunday birlik haqidagi gʻoya barcha mavjud narsalarning umumiy 
negizi toʻgʻrisidagi tasavvurning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bu 
tasavvurni belgilash uchun falsafada substansiya kategoriyasi qabul qilingan. 
Bu kategoriya oʻzini namoyon etuvchi narsalar, hodisalar, voqealar va 
jarayonlarning ichki birligini qayd etadi. Shunday qilib, substansiya nafaqat 
umumiy izchil tamoyil, balki faollik funksiyasi sifatida ham tushuniladi.
Dunyoning birligini bitta substansiyadan kelib chiqib tushuntiruvchi 
falsafiy ta‘limotlar monizmga kiradi. Biroq substansiya har xil tushunilishi: 
yo unda inson ongidan qat‘i nazar mavjud boʻlgan haqiqiy dunyo negizini 
koʻrish, yo uni ongni yaratgan dunyo bilan tenglashtirish, ya‘ni substansiyada 
materiya yoki ruhni koʻrish mumkin. Bunga mos ravishda materialistik va 
idealistik monizmni farqlash lozim.
Monizmga ikki substansiya‘ning mushtarakligi gʻoyasidan kelib 
chiqadigan dunyoning dualistik talqini qarshi turadi. Birinchi substansiya 
moddiy borliq sohasini, ikkinchi substansiya – ruhiy sohani birlashtiradi. 
Substansiyaning faolligi va oʻziga xosligi haqidagi falsafiy gʻoyadan 
dunyoning atributliligi muammosi kelib chiqadi. Atribut tushunchasi 
obyektning zarur, ajralmas, muhim xossasini qayd etadi. Ayrim falsafiy 
tizimlarda harakat materiyaning muhim atributi hisoblansa, ayrim tizimlarda 
– makon va vaqtning koʻlamliligi yoki tafakkur va hokazolar shu vazifani 
bajaradi. Barcha hollarda harakat muammosini echishga toʻgʻri keladi. Bunda 
harakat deganda har qanday oʻzgarish tushuniladi. Elementar zarralarning 
bir-biriga oʻtishi, moddiy dunyoning kengayishi, organizm hujayralarida 
moddalar almashinuvi, tafakkur jarayoni – bularning barchasi harakatdir. 
Dunyo harakatsiz mavjud boʻlishi mumkin emas. Boshqacha aytganda
harakat dunyo kabi mutlaq va abadiydir. 
Harakat turlarining rang-barangligi makon va vaqt kabi umumiy 
shakllar orqali yaxlitlik kasb etadi. Makonda sistemalar, makrosistemalar va 
megasistemani tashkil etuvchi struktura elementlari va strukturalarning 
sinxron oʻzaro aloqasi qayd etiladi. Vaqtda sistemaning diaxron oʻzgarishi, 
rivojlanishi va buzilishi qayd etiladi.
Makon va vaqt – borliqning umumiy shakllari, uning muhim atributlari. 
Dunyoda makon va vaqt xossalariga ega boʻlmagan moddiy tizimlar mavjud 
emas. Makon barcha moddiy tizimlardagi elementlarning koʻlamliligi, 
strukturaliligi, mavjudligi va oʻzaro aloqasini tavsiflaydi. Vaqt – materiya 
borligʻining materiya mavjudligining davomiyliligi, moddiy tizimlar 


28 
oʻzgarishi va rivojlanishida holatlar almashuvining ketma-ketligini 
ifoda‘lovchi shakldir.
Makon va vaqtning umumiy xossalariga quyidagilar kiradi: 
obyektivlik, harakatlanuvchi tizimlarga bogʻliqlik, uzluklilik va uzluksizlik, 
cheksizlik (vaqtning cheksizligi) va cheklilik (makonning cheklanganligi).
Makon va vaqt umumiy xossalar bilan bir qatorda, ayrim oʻziga xos 
xususiyatlarga ham ega. Masalan, makonga koʻlamlilik, uch oʻlchovlilik xos. 
Bundan tashqari, moddiy tizimlar makoni simmetriya va asimmetriya, tashqi 
shakl va oʻlchamlar, joylashgan oʻrni, modda va maydonning taqsimlanishi, 
ularni boshqa tizimlardan ajratuvchi chegara bilan tavsiflanadi. Bu 
xossalarning barchasi obyektlar strukturasi va tashqi aloqalari, ularning 
harakat tezligi, tashqi maydonlar bilan oʻzaro aloqasi xususiyatiga bogʻliq 
boʻladi. Har bir moddiy tizimning maydoni mutlaqo berk emas, u uzluksiz 
boshqa tizim maydoniga oʻtadi. Bundan amalda makonning koʻp aloqaliligi, 
miqdor va sifat jihatlaridan tuganmasligi kelib chiqadi.
Vaqtning xossalariga davomlilik, sistemalar harakati, shuningdek 
makon bilan uzluksiz bogʻlanganlik kiradi. Da‘vomlilik birin-ketin yuzaga 
keluvchi vaqt lahzasi yoki oraligʻidan tashkil topadi. Ular jamuljam holda 
obyektning mavjudlik davrini tashkil etadi. Vaqtning oʻziga xos koʻlamliligi 
sifatida amal qiluvchi davomlilik materiya va harakatning umumiy saqlanishi 
bilan belgilanadi. Har bir obektning mavjudlik vaqti chekli va uzluklidir, 
chunki u mavjudlikning boshi va intihosiga ega. Biroq obyektni tashkil 
etuvchi moddiy substansiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va yoʻq boʻlib ketmaydi, 
balki faqat oʻz borligʻining shaklini oʻzgartiradi. Materiya va harakatning 
umumiy saqlanuvchanligi ularning mavjudlik vaqti uzluksiz boʻlishini 
ta‘minlaydi va bu uzluksizlik mutlaq xususiyat kasb etadi, uzluklilik esa 
nisbiy boʻladi.
Makon va vaqt xususiyatlari namoyon boʻlish shakllarining rang-
barangligi dunyoning mutlaq rang-barangligi, uning sifat jihatidan cheksizligi 
faqat nisbiy holatlarning cheklanmagan miqdorida roʻyobga chiqishi mumkin 
va oʻz navbatida, nisbiy holatlar va dunyo tizimlarining cheklanmagan 
miqdorigina dunyoning mutlaq cheksizligi va rang-barangligini ifodalashga 
qodir, degan xulosaga olib keladi. 
Dunyoni falsafiy idrok etishning oʻziga xos xususiyati, dunyoni bilish, 
sezish, koʻrish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga 
kelishida namoyon boʻladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam 
dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borligʻi va 
bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, 
tabiat, jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va 
ta‘riflanuvchi ma‘naviy faoliyatdir. Ya‘ni bu dunyoga va insonning undagi 
oʻrniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Bunday qarashlar zamirini 
savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona yoʻl bilan 


29 
olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga 
egaki, bir savolga javob koʻpincha boshqa bir talay savollarni yuzaga 
keltiradi va ba‘zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada 
chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga 
da‘vat etadi. Xullas, bunda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish muhim 
oʻrin egallaydi. 
Agar mifologiya va dinda javobga urgʻu berilsa, bilishning butun 
mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi oʻrinda 
turadi. U toʻgʻri va yaxshi ta‘riflangan boʻlsa, muammoning mohiyati aniq 
aks etadi. Savol, masala insonni ijodga ragʻbatlantiradi, toki unga qoniqarli 
javob olinib, haqiqatning tagiga etilganiga ishonch paydo boʻlmagunicha 
insonni izlanishga da‘vat etadi. Bunda savolning oʻzi, muammoning 
qoʻyilishi javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‘zan undan ham 
muhimroq deb qaraladi.
Shuni ham qayd etib oʻtish lozimki, falsafa, garchi muayyan 
natijalarga, mukammal ta‘riflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsa-da, 
lekin,shuning oʻzi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati 
sohasida yuz berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va oʻzaro ta‘sirlar bilan 
uzviy bogʻliq va ayni vaqtda oʻzga sohalarga oʻtish va ularda gavdalanish 
qobiliyatiga ega boʻlgan ma‘naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha 
qilish, javoblar izlash va kuni kecha yechilgan deb hisoblangan, shak-
shubhasiz boʻlib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun 
«boqiy», uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki 
man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va 
hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga 
harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday boʻlsa, uni shunday ifodalab 
koʻrsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va 
mohiyat boʻlsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning 
kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yoʻlidagi ifoda – xalq ommasining 
idroki, tarbiya va ta‘limi uchun kerak. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish