Dunyoqarash
Dunyoqarash
subyektiv voqe’likni
baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga
harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash
diniy
,
falsafiy
,
ilmiy
bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va
oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga
asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi,
hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy,
diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i
ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy
ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson
ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan
ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan
ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi.
Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita
hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida
individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali
uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak
darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti
mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki
afsonalarga tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga
solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad.
davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab,
uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi
jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning
namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U olamdagi voqea va hodisalarning
sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy
aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari hisoblanadi. 3.
Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam
toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat,
jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda
olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa
shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi.
Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson
voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning
mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. D.ning koʻlami, mazmuni, markazi
yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. koʻlami individning butun hayoti mobaynida
rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ ongida voqelikning xilma-
xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi
deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib
olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning
turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi
intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb
etadi. Bu dunyoda hamma o'zini anglash kerak va dunyoni anglash kerak.
Baxtiyor Toʻrayev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar