BANK TARIXI
Mamlakatimizning moliyaviy xaritasida "O'zbekiston-Turkiya banki" yopiq aktsiyadorlik jamiyati xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan tijorat banklari orasida birinchi moliyaviy-kredit muassasasi bo'ldi. U 1993 yilda 2 ta yirik bank - Turkiyaning "Ziraat bankasi" va O`zbekistonning "Agrobank"i kapitali ishtirokida tashkil topdi. Ikki o'n yillikda O'zbekiston-Turkiya banki O'zbekiston Respublikasining eng muvaffaqiyatli banklaridan biri sifatida o'zini namoyon etdi. 2017 yil 31 noyabrda Turkiyaning "Ziraat Bankasi" «UTBANK»ning "Agrobank" OAJdagi 50% aktsiyalar paketini to`liq sotib olishi hisobiga O'zbekiston-Turkiya bankining to'liq sohibi bo'ldi.Mazkur bitim tuzilganidan so'ng, "UTBANK" OAJning yagona aktsiyadori hisoblangan Turkiya Respublikasi Davlat Banki hisoblangan "Ziraat Bankasi" bankning nomini "Ziraat bank Uzbekistan" deb o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qildi.
Umumiy ma'lumotlar
«Ziraat Bank Uzbekistan» aktsiyadorlik jamiyati O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan va O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o`rnatilgan tartibda ro`yxatga olingan moliyaviy muassasa hisoblanadi.Ustavga muvofiq, banknig o`zbek tilidagi to`liq rasmiy nomi: «Ziraat Bank Uzbekistan» aktsiyadorlik jamiyati.Ustavga muvofiq, banknig o`zbek tilidagi qisqartirilgan nomi: «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ.Ro`yxatga olingan manzili va pochta indeksi: Toshkent sh., Bunyodkor ko`chasi, 15ABV, 100043
Telefon: (+99878) 147-67-67; 147 97 30
Elektron pochta (еmail): info@ziraatbank.uz
Bank nomi: O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki.
30.12.2017 yildagi 1-sonli litsenziya asosida bank milliy va horijiy valyutada quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega:
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`larini omonatlarga jalb qilish (talab qilib olinguncha va ma`lum muddatga).
Omonatlarga jalb qilingan (talab qilib olinguncha va ma`lum muddatga) mavlag`larni o`z nomidan va o`z hisobidan joylashtirish.
Yuridik va jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar ochish va yuritish.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan bank-korrespondentlarning topshiriqlari asosida ularning bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun to'lov-hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek kassa xizmatlari ko'rsatish.
Chet el valyutasini naqd va naqdsiz shaklda sotib olish va sotish.
Bank kafolatlarini berish.
Jismoniy shaxslarning topshiriqlari asosida ularga bank hisobvaraqlari ochmasdan pul o`tkazmalarini amalga oshirish.