1-amaliy mashg‘ulot



Download 22,81 Kb.
bet1/4
Sana30.12.2021
Hajmi22,81 Kb.
#87715
  1   2   3   4
Bog'liq
amaliy

1-amaliy mashg‘ulot


Mavzu: Lingvodidaktikaning obyekti, maqsadi va vazifalari

Reja:

  • Lingvodidaktikaning obyekti

  • Lingvodidaktikaning maqsadi

  • Lingvodidaktikaning vazifalari

Lingvodidaktikaning obyekti. Umumiy didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o'rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi fandir. Ona tili didaktikasi esa yoshlarda ijtimoiy tajribaning alohida xususiyati — fikrni til vositasida shakllantirish va uni ro'yobga chiqarish tajribasini rivojlantirishdan iborat. Til yashagan, yashayotgan va bundan keyin yashaydigan avlodlar o'rtasidagi vorislikni ta'minlay-digan asosiy vosita bo'lib, uni maktabda o'quv predmeti sifatida o'qitish tilning ta'lim-tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi. Adabiyotlarda til o'qitish metodikasining tadqiqot predmetini ajratishga urinishlar istagancha topiladi. L.P.Fedorenko «ona tilini o'zlashtirish qonuniyatlari va til bilimlarini bolalarga o'rgatish vositalarini» bu fanning tadqiqot predmeti sifatida ajratgan. L.P.Fedorenkoning ta'rifida ikki xil hodisa metodikaning tadqiqot predmeti sifatida qayd etilgan. Tilni o'zlashtirish qonuniyatlari keng hodisa bo'lib, u ona tili metodikasi fani doirasidan chiqishga olib keladi. Birinchidan, ona tili o'quv predmeti sifatida ta'lim jarayonida o'qitiladi. Tilni o'zlashtirish qonuniyatlari, avvalo, tilning o'z tabiatiga, urf- odat, an'analar, jamiyat a'zolari o'rtasidagi muloqot, fiziologik va psixologik hodisalarga daxldor. Ko'p qirrali, rang-barang jarayonlarga mansub hodisani ona tili metodikasining tadqiqot predmeti sifatida ajratish mantiqan to'g'ri bo'lmaydi. Ikkinchidan, til bilimlarini bolalarga o'rgatish vositalarini metodikaning tadqiqot predmeti shaklida tan olish, bu fanning harakat doirasini toraytirishga sabab bo'ladi. Aslida esa, ona tili metodikasi va uning qobig'ida shakllanayotgan ona tili didaktikasi didaktika o'rganadigan hodisalarni xususiy holatlarda — ona tili o'qitish nuqtai nazaridan o'rganadi. Binobarin, ona tili didaktikasi umumiy didaktikaga o'xshab, ta'lim jarayoni, ona tilidan ma'lumot va ta'lim mazmuni, ta'lim turlari, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari kabi muammolarning barchasi bilan aloqadordir. Barcha o'quv predmetlariga o'xshab ona tili ham maktabda ta'lim jarayonida o'rganiladi. Ta'lim jarayoni esa bola uchun tilni o'zlashtirishning yangi shart-sharoiti bo'lib, u makon va zamonda yuz beradi. Til ta'limining ma'lum sharoitda — ta'lim jarayonida amal qilishi, uni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishga oid hodisalarni ma'lum darajada osonlashtiradi, o'quv-tarbiya jarayonida uchraydigan stoxastlikni2 (kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan, muqarrar va tasodifiy hodisalar mavjudligi) chegaralash imkoniyatini beradi.

Ona tilidan qanday mashg'ulot bo'lmasin, o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ta'siri ma'lum o'quv materialiga yo'nalgan. O'qituvchi faoliyati (o'qitish), o'quvchilar faoliyati (o'qish), bolalarning real o'quv imkoniyatlariga mos o'quv materiali tilni ta'lim sharoitida o'zlashtirishning barqaror uzvlari sanaladi. Ulardan birontasi qatnashmasa, ta'lim zuhur etmaydi. O'qituvchi o'rganilayotgan mavzu doirasida o'z bilimlarini tushuntirish yo'li bilan bolalarga ta'sir qilsa, o'quvchilar o'qituvchi tushuntirishini tinglash, savollarga javob izlash, topshiriqlarni bajarish yo'llari bilan unga ta'sir qiladi. Ikki xil ta'sirning amal qilish natijasi o'laroq, ta'lim ijtimoiy institutining alohida turi sifatida amal qiladi.  O'quv materiallariga ko'ra, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ta'siri ona tili didaktikasining tadqiqot predmeti hisoblanadi.



           Ona tili didaktikasi metodik izlanishlarni umumlashtiruvchi pedagogik fandir. U tilshunoslik, umumiy didaktika, bolalar psixologiyasi, metodika kabi qator fanlarning yutuqlariga tayanib, o'z tadqiqot predmeti, vazifalari, tushunchalar tizimini belgilaydi. Maktabda ona tili o'qitish amaliyotini ona tili metodikasi ham o'rganadi. Ona tili didaktikasi til o'qitish tajribasini qaysi jihatlariga ko'ra, tadqiq qiladi? Bu savollarga ona tili didaktikasi tadqiqot predmeti, uning vazifalarini aniq chegaralash yo'li bilan javob izlash mumkin.


Download 22,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish