Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Xalq amaliy san’ati 
Amaliy san‘at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning 
oʻzida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, xalq madaniyati 
tarixini uning amaliy san‘atisiz tasavvur qilish qiyin. Oʻzbek xalqining koʻp 
asrlik tarixida xalq amaliy san‘ati turlari boy va rang-barang madaniy 
merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Oʻzbek xalq amaliy 
san‘ati yodgorliklari oʻtmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas 
va tarixan bebaho asarlarning namunalari boʻlib, jahon madaniyatining 
durdonalaridan boʻlgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. 
Xalq amaliy san‘ati kishilarning ma‘naviy olamini boyitadi, badiiy-
estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham 
oʻzbek xalqi amaliy san‘ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy 
jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham 
madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manba‘lardan hisoblanadi. Bu 
manba‘lardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib 
keladi. 
Xalq amaliy san‘atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san‘atida 
yaqqol koʻzga tashlanadi. Naqqoshlik san‘ati gʻoyat boy va mazmundor 
boʻlib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, 
cholgʻu asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda 
shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki 
xonadon devoridagi naqshlar turli xil boʻlib ulardan ―girix‖ arabcha 
―tuguncha‖ degan ma‘noni anglatgan xandasaviy naqshlar ya‘ni toʻgʻri 
toʻrtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiya‘ni tashkil qilgan 
naqshlar va ―islim‖ (arabcha) yuguruvchi ma‘nosini anglatib toʻgʻri yoʻl 
ichiga ilon izi shaklida chizilgan oʻsimliksimon naqshlardan iborat boʻlgan. 
Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega boʻlib qolmay, balki xonadon 
egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining 
koʻrsatkichi sifatida ham namoyon boʻlgan. Bugun ham zamonaviy turar 
joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. 
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san‘atning bir 
qancha turlarini koʻrish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-
texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari Oʻzbekiston 
me‘morchiligida muhim oʻrin tutadi. Chunonchi, turar-joy dizayni bu milliy 
anʻanalarga tayangan noyob ijodiy faoliyat boʻlib, ularning mahorati va 
badiiy bezatilishning koʻpgina qirralarini ifodalaydi. Turar joylar 
intererlaridagi umumiy devorlarning sathi anʻanaviy kompozitsion boʻlinish 
usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va 


553 
koʻplab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi koʻrinishi - 
tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri koʻp hollarda koʻrkam bezakli 
boʻladi. Devorlarning tokchalarga boʻlinishi turgʻunlik va sokinlik taasurotini 
yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda 
simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, 
uygʻunlikni namoyon qiladi. Oʻyma bezaklar bilan oro berilgan yogʻoch 
eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan koʻprangli naqshlar, 
shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, 
shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik 
tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga 
badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi. 
Intererlarning 
badiiy 
bezatilishda 
asosiy 
ahamiyat 
devoriy 
naqqoshlikka qaratilgan boʻlib bu oʻzbek xonadonini bezatishda muhim 
jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va 
pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador 
kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir 
necha kompozitsion yechimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga 
boʻlingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va 
oʻymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor 
kompozitsiya. Shift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim oʻrin 
tutadi. Ular oʻzida konstruktiv va badiiy yechimning sintezini namoyon etadi. 
Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qoʻllaniladi. Bu amaliy 
san‘at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan 
qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta‘sir va amaliy-bezak san‘atining koʻp 
asrlik anʻanalari bilan bogʻliqdir. 
Yogʻoch oʻymakorligi faqat intererning sirtida namoyon boʻlib qolmay 
turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan 
stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yogʻoch 
fakturasining goʻzalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning 
betakror va engilligi kishiga zavq bagʻishlaydi. Toshkent turar joy 
me‘morchiligida Oʻrta Osiyo me‘morchiligi amaliyotida qoʻllanilgan badiiy 
bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch 
naqqoshligi avva oʻymakorligi shular jumlasidandir. Intererning badiiy 
bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan boʻlib, bu 
oʻzbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Koʻpincha 
naqqoshlik ganch oʻymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. ayniiqsa, 
Toshkentda keng tarqalgan oʻsimlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema 
butalarining yoyilgan shoxlarini koʻplab uchratish mumkin. Bu lavhalar 
faqatgina bezak emas oʻz falsafiy ma‘nosiga egadir. Masalan, majnuntol - 
sevgi sogʻinchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va 
uzoq umrni anglatgan. Oʻzbek xalq amaliy san‘atining eng rivojlangan 
ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardoʻzlik, kigizchilik, kashtachilik 


554 
kabi bir qancha turlarining oʻziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy 
nomlari, ularga xos ata‘malar, bu san‘atlarga xos maktablar yoʻqolib ketishi 
xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san‘atimizning bu 
sohalariga boʻlgan e‘tibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi anʻanalar paydo 
boʻla boshladi. Bu esa hozirgi kunda san‘atkorlar, xalq ustalari, mualimlar 
amaliy bezak sirlarini shogirdlariga oʻrgatib qolmay bu san‘at asarlarini keng 
targʻib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada 
yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish