Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Dizayn va uning estetik xususiyatlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Dizayn va uning estetik xususiyatlari 
Italyanchada loyiha, rasm ma‘nolarini anglatuvchi ―disegno‖ soʻzi oʻrta 
asrlarda inson tabiatida mavjud boʻlgan ijodkorlik xususiyatlarini ham 
ifodalagan. Ammo, ―ingliz tilidagi ―design‖ soʻzi birinchi marta 1919 yil 
ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar 
namunasiga nisbatan qoʻllanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun 
industrial soʻzini kiritib «industrial design― sanoatga, uning taraqqiy etgan 
mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi badiiy 
predmetli ijod sohasini anglatuvchi soʻz birikmasini qoʻllaydi. Vaqt oʻtishi 
bilan bu ibora xalqaro ahamiyatga ega boʻlib bordi.‖ 
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional 
sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati boʻlsa 
bugunga kelib inson faoliyatining barcha yoʻnalish va koʻrinishlarini qamrab 
olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. Narsa va predmetlar, 
atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot 
tarzini ham loyihalaydi. 
Dizayn estetikaning ijodiy faoliyat turiga mansub boʻlib, uning maqsadi 
sanoat mahsulotlari shakli va sifatini baholash, belgilashdan iborat. Bu 
xususiyatlar mahsulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan 
birgalikda mahsulotni xaridor-iste‘molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab-
etkazib beruvchi nuqtayi nazaidan bir butunlikka olib keluvchi funksional va 
strukturaviy aloqadorligini ham oʻz ichiga oladi. Dizayn amaliy san‘at 
sohalarini sanoat olamiga ham tadbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy 
tuzilish, maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga ta‘sir etishini 
ta‘minlaydi. 
Dizayn jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham koʻrsatadi. 
Bu kundalik amaliyotimizda qoʻllaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy 
jihozlari-yu, kommunikatsiya vositalari televizor, kompyuterlarda ham 
namoyon boʻladi. Insoniyat uchun yaratilgan buyumlar bir-birini toʻldirishi 
hamda estetik qimmatga ega boʻlishi lozim. Negaki ular insonning jismoniy-


550 
biologik, ruhiy-estetik rivojlanishiga xizmat qilmogʻi kerak. Bu vazifaning 
bajarilishi nafaqat dizaynerga, balki iste‘molchiga ham bogʻliq. Iste‘molchi 
yoki xaridor oʻz didiga mos narsani tanlaydi, xarid jarayoni tovarga faol 
munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq boʻlishi uchun 
tovarning shakli muhim ahamiyatga ega. Avva‘lo goʻzal va sifatli, qulay 
narsalargina xaridor e‘tiborini qozonadi. SHunda tovarning umumezonga 
javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi roʻy beradi va u 
ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik 
ta‘sirini ta‘minlaydi. 
Utilitar va estetik qonuniyatlarning birligi, chambarchas aloqasi 
dizaynning oʻziga xos xususiyatni tashkil etadi. Utilitar xususiyatlar deganda 
- foydalilik, funsionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va konstruktiv 
xususiyatlarni oʻz ichiga oladi. Estetik prinsiplar esa goʻzallik, nafislik, 
badiiylik, obrazlilikni oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda texnika estetikasi 
mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish jarayonining moddiy shart-
sharoitlarini ham oʻz ichiga oladi. U ishlab chiqaruvchining ish faoliyati, 
mehnat sharoitiga ta‘sir koʻrsatadi, mashina-yu uskunalarni yangilash, 
yaxshilashdan tortib, ularning ish joylarida estetik muhitni yaratish, ularning 
ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini ta‘minlashni ham oʻz oldiga 
qoʻyadi. Demak, inson badiiy-texnik faoliyatning xususiyatlari va 
qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasining vazifasidir. Dizayn esa 
dunyoqarashga ham tegishli va umumiy estetik nazariya‘ning tarkibiga 
kiradi. 
Inson hayoti, faoliyati nafaqat tabiiy ehtiyojlarga, balki oʻzi tomonidan 
yaratilgan narsalar olamiga ham bogʻliq. Inson oʻzini qurshab turgan 
olamning qanday boʻlishini koʻp hollarda oʻzi belgilaydi. Ana shu 
jarayonning asosida esa zamonaviy amaliyotning muhim koʻrinishi 
hisoblangan narsalar olamini badiiy loyihalash masalasi yotadi. 
Fan-texnikaning taraqqiy etib borishi natijasida badiiy loyihalash ham 
takomillashib boradi. Dastlabki yaratilgan texnika vositalarini kishilar 
goʻzallik olamiga mutlaqo begona boʻlgan hodisa sifatida idrok etishgan edi. 
Keyinchalik loyihachilar tomonidan texnikaga nisbatan badiiy yondashuv 
natijasida u oʻzining avvalgi dagʻal, qoʻpol, noqulay, insonni choʻchitadigan 
koʻrinishini yoʻqotdi. Endilikda texnika oʻzining bejirimligi, qulayligi, 
jozibasi bilan «insoniylasha» boshladi. Mazkur holatning rivojlanib borishi 
bilan birga texnika loyihasiga nisbatan ikki xil munosabat ham shakllanib 
bordi. Birinchidan, loyihaning asosida texnikaning mexanik faoliyati, uning 
ishlash jarayoni koʻzda tutilgan boʻlsa, ikkinchidan, uning tashqi koʻrinishiga 
e‘tibor qaratildi. Keyinchalik mazkur ikki munosabatning uygʻun faoliyati 
natijasida mashinalashgan ishlabchiqarishning «insoniylashgan» yangi 
uchinchi olami, zamonaviy ibora bilan aytganda-dizayn yuzaga keldi. 


551 
Dizayn goʻzallik bilan hamkorlikda taraqqiy etib boradi. Holbuki, 
buyumni badiiy loyihalashtirishda uning shakli bilan mazmuni hamohang, 
mos boʻlishi kerak. Qisqasi, dizayndagi estetik talab shaxsning moddiy 
ehtiyoji bilan birga ma‘naviy ehtiyojini ham qondira olgandagina oʻzida 
goʻzallikni namoyon ettiradi. Mustaqillikdan soʻng aholi turmush 
darajasining 
yuksalayotganligi, 
estetik 
madaniyatning 
takomillashib 
boryotganini kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol oʻynamoqda. Dizayn 
moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uning insonning 
manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi. Dizaynning 
zaruriyatga 
aylanishi 
esa 
faqat 
zamonaviy 
ilmiy-texnikaning 
taraqqiyotigagina emas, balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy 
madaniyat darajasining yuksakligiga ham bogʻliqdir. 
Dizayn estetikasi boʻyicha koʻplab tadqiqotlar muallifi N.Abdullaeva 
dizayn yoki badiiy loyihalash texnika estetikasining tarkibiy qismi ekanligini 
uqtiradi. Uning fikriga koʻra, dizayn texnika estetikasining ijtimoiy-falsafiy 
mohiyatini, hozirgi davrdagi ahamiyati, san‘at bilan oʻzaro aloqadorligi, 
buyumlar olamining estetik muammolarini oʻrganadi. Dizayn ishlab 
chiqarishda goʻzallik va foydalilikning uygʻunligini taqozo etadi. Iqtisodiy, 
utilitar, texnologik jihatlar bilan birgalikda buyumlarning estetik qimmati 
ham muhim ahamiyatga ega. Negaki, u insonda ma‘naviy zavq uygʻotibgina 
qolmay, moddiy ishlab chiqarish jarayoniga samarali ta‘sir koʻrsatish 
xususiyatiga ega. 
Dizaynning estetik mohiyati uning san‘at bilan aloqadorligida ham 
namoyon boʻladi. Bizga ma‘lumki dizaynning san‘at bilan hamkorligi oʻziga 
xos boʻlib, bu xususida tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir. ―Dizayn-
abstrakt san‘at‖ (Genrbert Rid), ―Dizayn san‘at emas‖ (Gloag, eshford), 
―iste‘mol predmeti badiiy asar funksiyasini bajarishi mumkin emas, u san‘at 
taqdiri bilan mos kela olmaydi‖
(T.Maldonado), ―dizaynnning maqsadi goʻzal shakl va narsalar dunyosini 
yaratishdan iborat boʻlib, ular sivilizatsiyamizning chinakam harakterini 
ochib berishi lozim‖ (D.Ponti) deb ta‘kidlashgan. 
Darhaqiqat, dizayn sohasini aniqlash juda murakkab, ayrim vaqtda ular 
san‘at bilan oʻzaro qorishib ketadi. Har ikkalasi ham ijodiy faoliyat ekanligi, 
inson ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi, estetik 
qonuniyatlar asosida vujudga kelishi ularning chambarchas aloqadorligini 
koʻrsatadi. San‘atning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud boʻlib 
ularning asosida ikki xil mazmun yotadi. Biri - oʻyin natijasida, ikkinchisi - 
esa mehnat. San‘at oʻyindan kelib chiqqan, chunki unda majburiylik yoʻq, 
san‘at ava‘lo inson ma‘naviy ehtiyoji natijasi, degan fikr asos sifatida olinadi. 
Dizayn san‘atni istisno qilmasa-da bizning nazarimizda mehnat natijasida 
vujudga keladi. Chunki hunarmand koʻzga yasa‘ydi, unga ishlov beradi, 
bezaydi bu uning mehnatining tarkibiy qismi hamdir. U majburiyat bilan 


552 
bogʻliq, maqsadga yoʻnaltirilgan ijtimoiy hodisa va mehnatdan manfaatdorlik 
mavjud. Yuqorida ta‘kidlanganidek xalq amaliy san‘ati haqida gap ketganda 
bu yanada yaqqolroq namoyon boʻladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish