Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Takrorlash uchun savollar: 
1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyatini tushuntirib bering. 
2. Tabiatni estetik idrok etishning qanday anʻanaviy usuli mavjud? 
3. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimadan iborat? 
4. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlang. 
5. Texnotsivilizatsiya‘ning ishlab chiqarish estetikasi rivojiga ta‘sirini 
izohlang? 
6. Maishiy turmush estetikasining asosiy kamponentlarini tushuntiring? 
7. Zamonaviy turmush tarzining estetik talablarini izohlang? 
8. Zamonaviy shaharsozlik qaysi estetik mezonlarga asoslanadi? 
9. Dizaynning estetik xususiyatlarini tushuntirib bering. 
10. Oʻzbek xalq amaliy san‘atining estetik xususiyatlari san‘atning 
qaysi turida koʻproq namoyon boʻladi? 
18-mavzu. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
Estetik tarbiya va uning vositalari, yoʻnalishlari, vazifalari 
Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot obyektining 
muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat estetikaga ham xos. Biroq 
tarbiya‘ning boshqa shakllaridan farqli oʻlaroq, estetik tarbiya insonning 
doimiy hamrohi, ya‘ni uning tugʻilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj 
sezib yashaydigan tarbiya shaklidir. Inson oʻzining estetik tarbiyasini 
takomillashtirmay turib, hayotini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyishi mumkin emas. 
Chunonchi, hayotning goʻzalliklarini his etish va undan bahramand boʻlish 
ham insonning estetik jihatdan qanday tarbiya koʻrganligiga bogʻliq. 
Estetik 
tarbiya 
oʻz-oʻzidan 
paydo 
boʻlib, 
rivojlanadigan 
«mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan toʻxtab qoladigan «mexanizm» 
ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, 
koʻnikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Tarbiya‘ning bu shakli 
ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, oʻz navbatida, kishilarga jamiyatda 
olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga 
nisbatan qiziqish tuygʻusini uygʻotishni asosiy maqsadlari sirasiga kiritadi. 
Bundan tashqari, estetik tarbiya insonni yangiliklar yaratishga undabgina 


555 
qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, goʻzallik talablari asosida 
rivojlantirishga oʻrgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jihatdan boy 
dunyoqarashga ega boʻlgan, estetik tuygʻusi va estetik didi tarbiyalangan 
holda kelmaydi. Bu koʻnikmalar inson tomonidan voqelikni kuzatish, 
oʻrganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarishi natijasida shakllanadi. Inson 
ana shu tuygʻular ta‘sirida oʻzi uchun mutlaqo yangi boʻlgan olamni kashf 
etadi. 
Estetik tarbiya ma‘naviyatning aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan 
faoliyati sifatida ish olib boradi. Shuningdek, ayrim kishilarning yoxud biror-
bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin. Estetik 
tarbiya mohiyatan insoniy ideali bilan bogʻliq boʻlib, bu ideal nafis didga, 
pokiza tuygʻularga egaligi bilan ajralib turadi. 
Ma‘lumki, shaxs ijtimoiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok 
etadi. Shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Sh 
bois jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan chetda 
turmaydi, aksincha, oʻzining muayyan hatti-harakati bilan mazkur 
jarayonlarga u yoki bu darajada ta‘sir koʻrsatadi. Estetik tarbiya‘ning 
maqsadi ana shunday ta‘sirlarni goʻzallik mezonlari asosida ongli 
yoʻnaltirishdan iborat. 
Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan aloqador boʻladi. Biroq bu ―estetik 
tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma‘no kasb etadi‖, degani emas. Chunki 
badiiy tarbiya badiiy ijod jarayonining inson tomonidan estetik tarzda 
anglash va oʻzlashtirishning bir qismi, xolos. Estetik tarbiya esa jamiyatda 
ma‘naviy muhitni paydo qilishga koʻmak beruvchi muhim faoliyat turi 
boʻlib, u inson didini shakllantirish va rivojlantirish asosida insonni jamiyat 
munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. 
Estetik tarbiya insonda bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan zavqlanish, 
qiziqish tuygʻusini uygʻotishni nazarda tutadi. U insonni yangilik va 
zamonaviylikka undaydi, faoliyatni nafosat tamoyillari, goʻzallik talablari 
asosida rivojlantirishga oʻrgatadi. Shu bois bugungi kunda estetik 
tarbiya‘ning bosh maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning 
estetik didi va estetik dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu 
maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagilar estetik tarbiya‘ning asosiy 
vazifalari hisoblanadi: 
Estetik tarbiya‘ning tadqiqot obyekti kengayib borishi qator muhim 
vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Ya‘ni: 
- inson san‘atni faol oʻzlashtiruvchi subyektgina emas, balki san‘atning 
estetik mohiyatini anglovchi va baholovchi subyekt sifatida yondashish; 
- ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishi va undan samarali 
foydalanishga ishonch tuygʻusini uygʻotish; 
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirishning samarali targʻibotini 
yoʻlga qoʻyish. 


556 
- shaxsni hayotni oqilona, teran his etadigan, turmush tarzini 
bunyodkorlik asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini shakllantirish; 
- yosh avlodda san‘at asarlari va badiiy ijod namunalarini faol 
oʻzlashtirish, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini 
takomillashtirish; 
- estetik tuygʻu va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida 
ustuvor boʻlishini ta‘min etish. 
Estetik tarbiya‘ning vazifalari estetik tuygʻu va estetik didning 
insonning barcha faoliyatlarida ustuvor boʻlishini ta‘minlash bilan 
belgilanadi. Bu vazifalar ijtimoiy-ma‘naviy munosabatlarga, inson sa‘lohiyati 
va imkoniyatlariga singdirilsagina maqsadga erishadi. 
Koʻrinib turibdiki, estetik tarbiya‘ni qaror toptirish jamiyatning birdan - 
bir maqsadi emas. Estetik tarbiya‘ning vazifasi nafaqat yuksak estetik did, 
esetik ideal va estetik tuygʻularga ega boʻlgan insonlarni yaratish, balki ularni 
jamiyat hayotida, turmush nafosatida, mehnat faoliyatida, shuningdek axloqiy 
munosabatlarda goʻzallik va ulugʻvorlikni his qiladigan va yarata oladigan 
insonlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini qurish 
jarayonida insonning amaliy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha sohalarda 
estetik tarbiyaga boʻlgan ehtiyoj yanada ortadi. ayniiqsa, ishlab chiqarish 
munosabatlari oʻzgarayotgan, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va 
Internetning insonlarga tobora yaqinlashuvi, xizmat koʻrsatishning yangidan-
yangi turlari shakllanayotgan hamda inson ongini egallash uchun olib 
borilayotgan koʻrash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun tartibining 
dolzarb masalalariga aylanmoqda. Ma‘lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning 
turli jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va bu jarayonda ijtimoiy 
taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat ijtimoiy 
jarayonlaridan chetda turmaydi, aksincha, oʻzining hatti-harakati bilan bu 
jarayonlarga muayyan darajada ta‘sir koʻrsatishga harakat qiladi. Estetik 
tarbiya ana shu ta‘sirlarni goʻzallik va ulugʻvorlik asosida yoʻnaltirishga 
xizmat qiladi. 
Estetik tarbiya‘ni shakllantiruvchi, yoʻnaltiruvchi hamda tartibga 
soluvchi vositalar mavjud boʻlib, ular yillar davomida xalqimiz tajribasidan 
oʻtgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. San‘at, mehnat, 
sport, matbuot, muhit kabi anʻanaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular 
orasida san‘at eng ta‘sirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. 
San‘at mohiyatan shaxsning his-tuygʻulariga ta‘sir koʻrsatishga qodir 
boʻlgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo 
oʻziga jalb etib kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuygʻular olamiga 
singib borib ularni yigʻlatadi, kuldiradi, oʻylashga majbur qiladi. Shuning 
uchun boʻlsa kerak san‘at barcha davrlarda insonga hamroh boʻlib kelgan. 
San‘atni ―bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir‖, - deb bilgan 


557 
taniqli jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat san‘at va uning insonga koʻrsatajak 
ta‘siri toʻgʻrisida mulohaza yuritib, shunday degan edi; ―Buyuk bir shodlik 
koʻrgan kishi oʻzining shod tuygʻularini boshqalarga bildirib, shodligini 
orttiradir. Ulugʻ bir qaygʻuga uchragan esa, oʻz dardini boshqalargʻa oʻtkarib, 
oʻzini ovuntirgʻan boʻladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, san‘atdan xabarsiz 
kishilar shodon va qaygʻuli tuygʻularini sakrab, oʻynab, kulib, yigʻlab, 
talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalargʻa anglatadilar-da, shu 
yoʻl bilan ovuntirilgan boʻladilar, san‘at egalari esa turli tovar (material)lar 
yordami bilan oʻzlarining tuygʻularini jonlantirib maydonga chiqaradir. Shu 
yoʻlda boshqalarni oʻz tuygʻulari bilan tuygʻulantirishga tirishadir‖. 
San‘atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan 
belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos boʻlib, u inson orqali 
voqelikka aylanadi. San‘at tasvir vositalari orqali insonning idellari va orzu-
umidlarini 
ranglarda, 
ohanglarda, 
badiiy 
obrazlarda 
aks 
ettiradi, 
insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan uning oʻziga 
namoyish qiladi. Bu bilan san‘at oʻziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini 
orttiradi. Natijada inson san‘atning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar 
inson oʻzining estetik tuygʻularini maqsadli, ijobiy tomonga yoʻnaltira olgan 
boʻlsa, chinakam san‘at uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi. 
Aksincha, estetik tuygʻusi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san‘atning 
buyuk imkoniyatlaridan mosuvo boʻlib qolaveradi. Biroq san‘at u yoki bu 
koʻrinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy san‘at 
asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik 
tarbiya vositasidir. 
Shaxsning estetik tarbiyasini san‘at vositasida amalga oshirishning 
afzal tomonini ikki xususiyat koʻra ifodalash mumkin. Birinchidan, san‘at 
ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha 
yaqinroq hamda tezroq ta‘sir koʻrsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san‘at 
insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafkyraviy 
mazmun bagʻishlashi bilan birga inson ma‘naviy qadriyatlarini roʻyobga 
chiqarishda yaqindan yordam koʻrsatadi. 
San‘at oʻzining estetik bisotini toʻlaligicha namoyon qilishi uchun ham 
tarbiya jarayoni bilan chambarchas bogʻlanadi. Ma‘naviy jarayonlarni inson 
tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan 
belgilanadi. Chunki inson estetik didi uning goʻzallikdan xunuklikni, 
ulugʻvorlikdan 
tubanlikni, 
fojeaviylikdan 
kulgulilikni 
ajrata 
olish 
qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did yordamida odamlar hayotiy 
faoliyatlarini shakllantirishga harakat qiladilar. SHunga koʻra, insonning 
didsizligini fojea deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga 
aylanmaydi. Didsizlik fojeaga aylanishi mumkin - qachonki, biror-bir 
shaxsning past darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga 
hukmronlik qilsa va uni oʻz izmiga boʻysundirishga harakat qilsa. Bunday 


558 
holat oʻz navbatida hayot goʻzalliklaridan bahramand boʻlishga monelik 
koʻrsatadi. San‘at ana shunday fojealarning oldini olishda insonga koʻmak 
beradi. 
Estetik tarbiya‘ning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik 
munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat boʻlib, u 
oʻziga xos ta‘sirchanlik, tugʻyoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish 
koʻlamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy 
tafakkur qilish qobiliyatini oʻstirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining 
muhim vazifasi sanaladi. Shunga koʻra, estetik tarbiya vositalari ikki xil 
xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda sodir boʻlayotgan 
hodisalar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib 
beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik xususiyatlarni hissiy idrok 
qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sa‘zovordir. 
Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra 
jarayon boʻlib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni 
takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiya‘ni takomillashtirish va uni 
zamon talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs 
tizimida mavjud boʻlib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. 
ya‘ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat 
esa, oʻz navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu 
tartibdagi oʻzaro ta‘sir millatning qadam-baqadam komillik darajasiga 
koʻtarilishi uchun xizmat qiladi. 
Hozirgi paytda milliy ma‘naviyatga ta‘sir oʻtkazuvchi tashqi tahdidlar 
ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta‘sir koʻrsatmoqda. Bu 
esa ijtimoiy-ma‘naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiya‘ni maqsadli 
yoʻnaltirishni taqa‘zo etadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish