Takrorlash uchun savollar:
1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyatini tushuntirib bering.
2. Tabiatni estetik idrok etishning qanday anʻanaviy usuli mavjud?
3. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimadan iborat?
4. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlang.
5. Texnotsivilizatsiya‘ning ishlab chiqarish estetikasi rivojiga ta‘sirini
izohlang?
6. Maishiy turmush estetikasining asosiy kamponentlarini tushuntiring?
7. Zamonaviy turmush tarzining estetik talablarini izohlang?
8. Zamonaviy shaharsozlik qaysi estetik mezonlarga asoslanadi?
9. Dizaynning estetik xususiyatlarini tushuntirib bering.
10. Oʻzbek xalq amaliy san‘atining estetik xususiyatlari san‘atning
qaysi turida koʻproq namoyon boʻladi?
18-mavzu. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Estetik tarbiya va uning vositalari, yoʻnalishlari, vazifalari
Tarbiya masalasi barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqot obyektining
muayyan qismini tashkil etadi. Bu xususiyat estetikaga ham xos. Biroq
tarbiya‘ning boshqa shakllaridan farqli oʻlaroq, estetik tarbiya insonning
doimiy hamrohi, ya‘ni uning tugʻilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj
sezib yashaydigan tarbiya shaklidir. Inson oʻzining estetik tarbiyasini
takomillashtirmay turib, hayotini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyishi mumkin emas.
Chunonchi, hayotning goʻzalliklarini his etish va undan bahramand boʻlish
ham insonning estetik jihatdan qanday tarbiya koʻrganligiga bogʻliq.
Estetik
tarbiya
oʻz-oʻzidan
paydo
boʻlib,
rivojlanadigan
«mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan toʻxtab qoladigan «mexanizm»
ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar,
koʻnikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Tarbiya‘ning bu shakli
ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, oʻz navbatida, kishilarga jamiyatda
olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga
nisbatan qiziqish tuygʻusini uygʻotishni asosiy maqsadlari sirasiga kiritadi.
Bundan tashqari, estetik tarbiya insonni yangiliklar yaratishga undabgina
555
qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, goʻzallik talablari asosida
rivojlantirishga oʻrgatadi ham. Negaki, inson olamga estetik jihatdan boy
dunyoqarashga ega boʻlgan, estetik tuygʻusi va estetik didi tarbiyalangan
holda kelmaydi. Bu koʻnikmalar inson tomonidan voqelikni kuzatish,
oʻrganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarishi natijasida shakllanadi. Inson
ana shu tuygʻular ta‘sirida oʻzi uchun mutlaqo yangi boʻlgan olamni kashf
etadi.
Estetik tarbiya ma‘naviyatning aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan
faoliyati sifatida ish olib boradi. Shuningdek, ayrim kishilarning yoxud biror-
bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin. Estetik
tarbiya mohiyatan insoniy ideali bilan bogʻliq boʻlib, bu ideal nafis didga,
pokiza tuygʻularga egaligi bilan ajralib turadi.
Ma‘lumki, shaxs ijtimoiy jarayonlarda bevosita yoki bilvosita ishtirok
etadi. Shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Sh
bois jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan chetda
turmaydi, aksincha, oʻzining muayyan hatti-harakati bilan mazkur
jarayonlarga u yoki bu darajada ta‘sir koʻrsatadi. Estetik tarbiya‘ning
maqsadi ana shunday ta‘sirlarni goʻzallik mezonlari asosida ongli
yoʻnaltirishdan iborat.
Estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan aloqador boʻladi. Biroq bu ―estetik
tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma‘no kasb etadi‖, degani emas. Chunki
badiiy tarbiya badiiy ijod jarayonining inson tomonidan estetik tarzda
anglash va oʻzlashtirishning bir qismi, xolos. Estetik tarbiya esa jamiyatda
ma‘naviy muhitni paydo qilishga koʻmak beruvchi muhim faoliyat turi
boʻlib, u inson didini shakllantirish va rivojlantirish asosida insonni jamiyat
munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Estetik tarbiya insonda bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan zavqlanish,
qiziqish tuygʻusini uygʻotishni nazarda tutadi. U insonni yangilik va
zamonaviylikka undaydi, faoliyatni nafosat tamoyillari, goʻzallik talablari
asosida rivojlantirishga oʻrgatadi. Shu bois bugungi kunda estetik
tarbiya‘ning bosh maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning
estetik didi va estetik dunyoqarashini boyitishdan iboratdir. Ushbu
maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagilar estetik tarbiya‘ning asosiy
vazifalari hisoblanadi:
Estetik tarbiya‘ning tadqiqot obyekti kengayib borishi qator muhim
vazifalarni amalga oshirishni talab etadi. Ya‘ni:
- inson san‘atni faol oʻzlashtiruvchi subyektgina emas, balki san‘atning
estetik mohiyatini anglovchi va baholovchi subyekt sifatida yondashish;
- ijodiy imkoniyatlarni namoyon qilishi va undan samarali
foydalanishga ishonch tuygʻusini uygʻotish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirishning samarali targʻibotini
yoʻlga qoʻyish.
556
- shaxsni hayotni oqilona, teran his etadigan, turmush tarzini
bunyodkorlik asosida tashkil etishga intilgan yangi kishini shakllantirish;
- yosh avlodda san‘at asarlari va badiiy ijod namunalarini faol
oʻzlashtirish, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini
takomillashtirish;
- estetik tuygʻu va estetik didning insonning barcha faoliyatlarida
ustuvor boʻlishini ta‘min etish.
Estetik tarbiya‘ning vazifalari estetik tuygʻu va estetik didning
insonning barcha faoliyatlarida ustuvor boʻlishini ta‘minlash bilan
belgilanadi. Bu vazifalar ijtimoiy-ma‘naviy munosabatlarga, inson sa‘lohiyati
va imkoniyatlariga singdirilsagina maqsadga erishadi.
Koʻrinib turibdiki, estetik tarbiya‘ni qaror toptirish jamiyatning birdan -
bir maqsadi emas. Estetik tarbiya‘ning vazifasi nafaqat yuksak estetik did,
esetik ideal va estetik tuygʻularga ega boʻlgan insonlarni yaratish, balki ularni
jamiyat hayotida, turmush nafosatida, mehnat faoliyatida, shuningdek axloqiy
munosabatlarda goʻzallik va ulugʻvorlikni his qiladigan va yarata oladigan
insonlarni shakllantirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, fuqarolik jamiyatini qurish
jarayonida insonning amaliy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha sohalarda
estetik tarbiyaga boʻlgan ehtiyoj yanada ortadi. ayniiqsa, ishlab chiqarish
munosabatlari oʻzgarayotgan, axborot kommunikatsiya texnologiyasi va
Internetning insonlarga tobora yaqinlashuvi, xizmat koʻrsatishning yangidan-
yangi turlari shakllanayotgan hamda inson ongini egallash uchun olib
borilayotgan koʻrash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun tartibining
dolzarb masalalariga aylanmoqda. Ma‘lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning
turli jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va bu jarayonda ijtimoiy
taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Biror-bir shaxs jamiyat ijtimoiy
jarayonlaridan chetda turmaydi, aksincha, oʻzining hatti-harakati bilan bu
jarayonlarga muayyan darajada ta‘sir koʻrsatishga harakat qiladi. Estetik
tarbiya ana shu ta‘sirlarni goʻzallik va ulugʻvorlik asosida yoʻnaltirishga
xizmat qiladi.
Estetik tarbiya‘ni shakllantiruvchi, yoʻnaltiruvchi hamda tartibga
soluvchi vositalar mavjud boʻlib, ular yillar davomida xalqimiz tajribasidan
oʻtgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. San‘at, mehnat,
sport, matbuot, muhit kabi anʻanaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular
orasida san‘at eng ta‘sirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi.
San‘at mohiyatan shaxsning his-tuygʻulariga ta‘sir koʻrsatishga qodir
boʻlgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo
oʻziga jalb etib kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuygʻular olamiga
singib borib ularni yigʻlatadi, kuldiradi, oʻylashga majbur qiladi. Shuning
uchun boʻlsa kerak san‘at barcha davrlarda insonga hamroh boʻlib kelgan.
San‘atni ―bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir‖, - deb bilgan
557
taniqli jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat san‘at va uning insonga koʻrsatajak
ta‘siri toʻgʻrisida mulohaza yuritib, shunday degan edi; ―Buyuk bir shodlik
koʻrgan kishi oʻzining shod tuygʻularini boshqalarga bildirib, shodligini
orttiradir. Ulugʻ bir qaygʻuga uchragan esa, oʻz dardini boshqalargʻa oʻtkarib,
oʻzini ovuntirgʻan boʻladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, san‘atdan xabarsiz
kishilar shodon va qaygʻuli tuygʻularini sakrab, oʻynab, kulib, yigʻlab,
talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalargʻa anglatadilar-da, shu
yoʻl bilan ovuntirilgan boʻladilar, san‘at egalari esa turli tovar (material)lar
yordami bilan oʻzlarining tuygʻularini jonlantirib maydonga chiqaradir. Shu
yoʻlda boshqalarni oʻz tuygʻulari bilan tuygʻulantirishga tirishadir‖.
San‘atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan
belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos boʻlib, u inson orqali
voqelikka aylanadi. San‘at tasvir vositalari orqali insonning idellari va orzu-
umidlarini
ranglarda,
ohanglarda,
badiiy
obrazlarda
aks
ettiradi,
insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan uning oʻziga
namoyish qiladi. Bu bilan san‘at oʻziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini
orttiradi. Natijada inson san‘atning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar
inson oʻzining estetik tuygʻularini maqsadli, ijobiy tomonga yoʻnaltira olgan
boʻlsa, chinakam san‘at uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi.
Aksincha, estetik tuygʻusi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san‘atning
buyuk imkoniyatlaridan mosuvo boʻlib qolaveradi. Biroq san‘at u yoki bu
koʻrinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy san‘at
asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik
tarbiya vositasidir.
Shaxsning estetik tarbiyasini san‘at vositasida amalga oshirishning
afzal tomonini ikki xususiyat koʻra ifodalash mumkin. Birinchidan, san‘at
ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha
yaqinroq hamda tezroq ta‘sir koʻrsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san‘at
insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafkyraviy
mazmun bagʻishlashi bilan birga inson ma‘naviy qadriyatlarini roʻyobga
chiqarishda yaqindan yordam koʻrsatadi.
San‘at oʻzining estetik bisotini toʻlaligicha namoyon qilishi uchun ham
tarbiya jarayoni bilan chambarchas bogʻlanadi. Ma‘naviy jarayonlarni inson
tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan
belgilanadi. Chunki inson estetik didi uning goʻzallikdan xunuklikni,
ulugʻvorlikdan
tubanlikni,
fojeaviylikdan
kulgulilikni
ajrata
olish
qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did yordamida odamlar hayotiy
faoliyatlarini shakllantirishga harakat qiladilar. SHunga koʻra, insonning
didsizligini fojea deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga
aylanmaydi. Didsizlik fojeaga aylanishi mumkin - qachonki, biror-bir
shaxsning past darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga
hukmronlik qilsa va uni oʻz izmiga boʻysundirishga harakat qilsa. Bunday
558
holat oʻz navbatida hayot goʻzalliklaridan bahramand boʻlishga monelik
koʻrsatadi. San‘at ana shunday fojealarning oldini olishda insonga koʻmak
beradi.
Estetik tarbiya‘ning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik
munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat boʻlib, u
oʻziga xos ta‘sirchanlik, tugʻyoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish
koʻlamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy
tafakkur qilish qobiliyatini oʻstirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining
muhim vazifasi sanaladi. Shunga koʻra, estetik tarbiya vositalari ikki xil
xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda sodir boʻlayotgan
hodisalar toʻgʻrisidagi ma‘lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib
beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik xususiyatlarni hissiy idrok
qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sa‘zovordir.
Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra
jarayon boʻlib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni
takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiya‘ni takomillashtirish va uni
zamon talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs
tizimida mavjud boʻlib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega.
ya‘ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat
esa, oʻz navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu
tartibdagi oʻzaro ta‘sir millatning qadam-baqadam komillik darajasiga
koʻtarilishi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi paytda milliy ma‘naviyatga ta‘sir oʻtkazuvchi tashqi tahdidlar
ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta‘sir koʻrsatmoqda. Bu
esa ijtimoiy-ma‘naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiya‘ni maqsadli
yoʻnaltirishni taqa‘zo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |