Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Tarbiyada estetik ta’limi va estetik bilimning zaruriyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tarbiyada estetik ta’limi va estetik bilimning zaruriyati 
Inson qalbiga yoʻl avvalo ta‘limi va tarbiyadan boshlanadi. Ilmning 
hikmati va fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad Imomzoda al-
Choʻgʻiy (vafoti 1177)ning qarashlari ham diqqatga sa‘zovor. Uning ―Shirat 
al-islom – Islom yoʻli‖ nomli kitobida ilm olish odoblari va fazilatlariga doir 
koʻplab ma‘lumotlarni muayyan axloqiy tizimga solgan. Qizigʻi shundaki, u 
shariy boʻlmagan ilmlarni ikki qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga 
boʻladi. Dunyoni obod qilish uchun zarur boʻlgan bilimlar – tibbiyot, hisob-
kitob, dehqonchilik, toʻquvchilik kabi hunarlar hatto qon olishni bilishni 
maqtalgan va oʻrganish kerak boʻladigan ilmlar sirasiga kiritadi, bu bilimlar 
sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. aynii paytda, riyoziyotga chuqur 
kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham tadqiq va tahlil etishga urinishni 
fazilat hisoblaydi. Yomonlangan bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil 
tilsimlar, folbinlik bilan shugʻullanishni kiritadi. Muboh, ya‘ni ihtiyoriy 
bilimlarga she‘riyat va tarix kiradi. Biroq, falsafani ba‘zi joylarda va ba‘zi 


559 
hollatlarda kerak boʻladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun oʻrganish 
kerak. Aks holda, u yomonlangan fan sohasidir, deydi. 
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-ma‘naviy jihatdan yuksak 
ahamiyat kasb etadi. U ilmga xiyonat qilishni oʻzgalarning moliga xiyonat 
qilishdan ogʻirroq deb biladi. SHuni alohida ta‘kidlash zarurki, al-Choʻgʻiy 
ilm oluvchining zimmasiga ham bir qator axloqiy ma‘suliyatni yuklaydi. 
chunonchi, chala eshitgan narsasini oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan 
bilimini odamlar orasida gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini 
uqtiradi. 
Tarbiyada estetik ta‘limi va bilimning zarur ijtimoiy talab hisoblanadi. 
BMTning ming yillik sammitida keltirilgan quyidagi ma‘lumotlari 
mushohada va mulohaza uchun asos boʻladi. Ma‘lumotlarga koʻra, 2001-
2002 oʻquv yilida dunyo boʻyicha 115 million bola yoki boshlangʻich maktab 
yoshidagi bolalarning 18 foizi maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni 
qizlar (53 foizi), 45 millioni (39%) Afrika Saharasidagilar va 42 millioni 
(36%) Janubiy Osiyodagi bolalardan iboratdir. Maktabni qoldirish ehtimoli 
katta boʻlgan bolalar Gʻarbiy va Markaziy Afrikadagi (45,3%), Sharqiy va 
Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda Yaqin Sharq va 
Shimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar boʻldi. Mazkur mintaqalarning 
barchasida oʻgʻil bolalardan koʻra qiz bolalar koʻproq maktabga bormasligi 
kuzatilgan. Oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasidagi eng katta farq Yaqin Sharq va 
Shimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur mintaqada oʻgʻil bolalarning 15,4 
foizi, maktabni qoldirgan boʻlsa, bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan. 
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish 
axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni yangilash va boyitishni taqozo etadi. 
Xususan, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va estetik 
madaniyatdan, mantiqiy tafakkur va mushohadadan ayri holda tasavvur qilib 
boʻlmaydi. Bu maqsadga erishish uchun boʻlajak mutaxassis yoki davlat 
xizmatchisi avvalo axloqiy koʻnikma, estetik bilim va mantiqiy mushohadaga 
ega boʻlishi zarur. Qolaversa, estetika fani doirasida oʻzlashtiriladigan 
bilimlar umuman Sharqliklarga, xususan xalqimizga begona emas. Zero, bu 
ilmsiz oʻzbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir soʻz 
bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin emas. 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning ―3.3.1. Uzluksiz ta‘limini 
tashkil etish hamda rivojlantirish prinsiplari‖da ta‘limining ijtimoiylashuvi – 
ta‘limi oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish‖ga bogʻliq 
ekanligi bundan buyon odamlar tafakkurini oʻzgartirish estetik tarbiyadan 
ayri holda amalga oshmaydigan jarayon ekanligidan da‘lolat beradi. Bugungi 
kunga kelib gʻoyaviy tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqa‘zo 
etmoqda. Shu bois avlodni estetik tarbiya asosida voyaga etkazish doimo 
dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar 


560 
kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, sogʻliqni saqlash 
tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik estetika
texnikaviy taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi (dizayn)ning yuzaga 
kelgani shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, jamiyat ma‘naviy 
hayotini yuksaltirish ham estetika fani oldiga qator vazifalarni qoʻymoqda. 
Estetika fani insonning kundalik hayotiga gʻoyatda yaqin. Chunki erkin, 
demokratik jamiyatimizning har bir a‘zosi goʻzallikni chuqur his etadigan, 
uni asraydigan nafis did egalari boʻlishlari, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi 
past asarni farqlashlari, «ommaviy madaniyat»ning gʻayriestetik 
xususiyatlarini rad qila olishlari lozim. Buning uchun esa ta‘lim tizimida 
estetika faniga boʻlgan hozirgi munosabatni tubdan oʻzgartirish zarur. Chunki 
jahondagi nufuzli oliy ta‘limi muassasalarida estetika fanini oʻqitish 
masalasiga jiddiy e‘tibor qaratiladi. Birgina Garvard Universitetida (AQSh) 
estetika boʻyicha 3 ta markaz, 18 ta yoʻnalishda (bu yoʻnalishda estetika 
sohasiga doir 46 ta fan oʻqitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta‘limiiy ishlar olib 
borilayotganligi, Oksford Universitetida (Angliya) esa ―Estetika‖ fakulteti 
mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta fan oʻqitilishi estetik bilimlarga 
boʻlgan e‘tibor katta ekanligidan da‘lolat beradi. Shu ma‘noda, faylasuf olim 
Abdurahim erkaevning ―Yoshlarni kitob oʻqishga oʻrgatmoq mumtoz va 
zamonaviy yuksak san‘at asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axlokiy tarbiya 
saviyasini koʻtarmok kerak. Ma‘naviy tarbiya‘ning asosini tashkil qiluvchi 
etika va estetika fanlarini oʻqitishni oliy oʻquv yurtlarida qayta tiklash 
maqsadga muvofiq. Aks holda ta‘limi va kadrlar tayyorlash tizimida tarbiya 
jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. Boʻlajak mutaxassis 
texnokrat, oʻqituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz boʻlib etishadi‖, 
degan fikri gʻoyatda ahamiyatlidir. Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa 
yoshlarga ―huzur-ha‘lovat va lazzat manbai‖ sifatida taqdim etilayotgan 
ma‘lumotlarning aksariyati horijiy ommaviy-axborot vositalari hamda 
Internet tarmoqlaridagi turli xil sa‘ytlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Keyingi 
paytlarda 
fetishestetika 
(engil-elpi, 
yaltiroq 
estetika), ―ommaviy 
madaniyat‖ning inson maishiy turmushi bilan bogʻliq sa‘ytlari shunchalik 
koʻpayib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasa‘ytirishga va estetik 
dunyoqarashini toʻposlashtirishga olib kelayotganligi bugungi kunda ochiq-
oydin namoyon boʻlib qolmoqda. Yoshlar tarbiyasiga bunday gʻayriestetik 
gʻoyalarning tahdid va uning salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ilmiy 
nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi. 
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal 
qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida eng dolzarbi sa‘yyoramizda 
nafosatga asoslangan estetosfera muhitini yaratish bilan bogʻliq. Chunki 
texnogensivilizatsiya davrida texnika, texnologiya, umuman noosfera 
insonning yashash muhitiga aylanib qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning 


561 
estetik muhitga ehtiyojlari ortib bormoqda. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, 
hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni kam boʻlsada, global 
tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan juda Qisqa fursatlarda oʻzlashtirilib 
olinmoqda. Biroq yoshlarning qaysi veb sa‘ytlardan foydalanishi gʻoyaviy 
tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu borada belgiyalik professor 
Frenk Tevisson tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, Evropa 
mamlakatlarida 90 foiz talabalar Internetdan foydalanishar ekan. Ammo, 
ularning qaysi sa‘ytdan foydalanishlarini oʻrganilganda, atigi 10 foiz talaba 
bevosita oʻquv jarayoniga taalluqli sa‘ytlarga, 90 foizi esa, asosan 
pornografik mazmundagi sa‘ytlarga kirishni xush koʻrishi ma‘lum boʻlgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy 
ta‘limini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖ qarorida ―oliy 
ta‘limining ma‘naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga 
mustaqillik gʻoyalariga, yuksak ma‘naviyat va insoniylikning milliy 
anʻanalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot gʻoya va 
mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash 
boʻyicha keng koʻlamli marifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish‖ muhim 
vazifalar etib belgilab berildi. Mazkur vazifalarni ta‘limi muassasalarida 
toʻlaqonli va oqilona bajarilishi avvva‘lo, estetika fanining ilmiy va ta‘limiiy 
asoslarini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini 
oʻqitishni takomillashtirish, fanning mazmunini dolzarb mavzular bilan 
boyitish, ta‘limi bilan tarbiya‘ning uzviyligini ta‘minlash hamda estetika 
ta‘limii sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari, 
estetika fanining tarbiya jarayonidagi oʻrni ayniqsa, oliy ta‘limi 
muassasalarida estetik tarbiya‘ning toʻgʻri yoʻnaltirilishi ―talaba + mutaxassis 
= ziyoli‖ koʻrinishning tarbiyaviy maqsadi va asosini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi kengayib borayotgan, ―ommaviy 
madaniyat‖ning gʻayriestetik koʻrinishi tez oʻzgarib inson tafakkuriga salbiy 
ta‘siri kuchayib borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga 
boʻlgan ta‘limiiy, tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi. 
Yurtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda davlatimiz va 
jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, kengqamrovli 
maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi oʻrin tutadigan reja va vazifalar 
hisobga olinadi. Oʻtgan 2017 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida 
noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomhayollarni haqiqat 
sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta koʻrib chiqildi. 
Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati 
islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. Joriy 2018 yil ―Faol tadbirkorlik, 
innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili‖da ham 
barcha amalga oshiriladigan ishlarning markazida bilim, ma‘rifat ustuvor 
boʻlishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev ―Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma‘rifat bilan 


562 
kurashish kerakligi haqida koʻp gapiramiz. Bu toʻgʻri, albatta. Lekin ma‘rifat, 
marifiy bilimlar qaerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana 
shunday moʻtabar kitoblarda emasmi? Bizning ushbu yoʻnalishdagi barcha 
amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan boʻlib, 
nafaqat mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham 
katta qiziqish va e‘tibor uygʻotmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, 
minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega boʻlgan, bu sohada katta 
tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir 
aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi albatta bizga 
yarashmaydi‖ – degan toʻgʻri talabni qoʻydi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish