Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Sport – estetik tarbiya’ning muhim omili



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sport – estetik tarbiya’ning muhim omili 
Sport estetika va nafosat falsafasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sport 
estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni oʻrganishi barobarida 
sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi oʻrnini, sport 
bilan san‘atning oʻzaro aloqadorligini tadqiq etadi. U umummadaniyatning 
tarkibi qismi sifatida inson jismoniy kamolotining ma‘naviy-estetik jihatlarini 
tahlildan oʻtkazadi. Koʻrinib turibdiki sport nafaqat baxs, kurash, 


570 
musobaqalardan iborat, balki ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallagan va 
inson sogʻlom turmush tarziga singib ketgan estetik sohadir. Misol uchun, 
Sharq yakka kurash usullaridan biri ―Karate-do‖ bilan shugʻullanuvchi 
insonlar nafaqat zarba berish mahoratini, oʻzini himoya qilish san‘atini, 
buyumlarni parchalashni oʻrganish, jangovar uslub va strategiyasini 
oʻzlashtirib qolmay, olam va odamda boʻlgan barcha mutanosibliklarning 
oʻzaro bogʻliqligi va tabiat bilan estetik uygʻunligini idrok etgan holda ongli 
tarzda oʻz hayot tarzini oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻladi. 
Bugungi kunda sogʻlom turmush tarzini tashkil etish borasida ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu esa mazkur jarayonning ilmiy-nazariy 
asoslarini mustahkamlash imkoniyatini yaratdi. Shu bois mamlakatimizda 
sportga boʻlgan e‘tibor nihoyatda jiddiy va sport hamda jismoniy tarbiya 
bilan shugʻullanayotganlarning soni ham ortib bormoqda. 
Sport inson sa‘lomatligini ta‘minlaydigan harakatlar yigʻindisi 
hisoblanadi. Biroq sogʻlom turmush tarzi faqat sport orqali shakllanib 
qolmaydi, u insonni estetik jihatdan tarbiyalashni ham taqa‘zo etadi. Chunki 
inson ham jismoniy ham ma‘naviy-ruhiy tarbiyaga muhtoj. Zero, bu borada 
―Sogʻ tanda - sogʻlom aql‖ tamoyili bejiz amal qilmaydi. 
Ma‘lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga 
olinsa-da, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson 
sa‘lomatligini ta‘minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha 
tabaqalari ixtiyoriy tarzda ―oʻzi uchun‖ shugʻullanadigan, ommaviylik 
tabiatiga ega mashqllar yoki mashq majmualaridan iborat. Sport esa, uning 
qaysi sohasida boʻlmasin, mutaxassis ustozlar na‘zorati ostida maxsus 
tayyorgarlik koʻrgan odamlarning, asosan yoshlarning yakkama-yakka yoki 
jamoaviy tarzda bellashuvini oʻz ichiga oladi. Sport va jismoniy tarbiya 
oʻrtasidagi estetik farqni faylasuf olim Abdulla She‘r jismoniy tarbiya qay 
koʻrinishda boʻlmasin, (yakka yoki jamoaviy), bellashuvni rad etadi va 
insonga turli mashq shakllaridan hohlaganini tanlash imkonini beradi, deb 
aytadi. Sportda musobaqa birinchi oʻrinda turadi va unda muayyan mashqlar 
majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sport ma‘lum bir turi 
doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya‘ni sportda ijodiy 
yondashuv taqiqlanmaydi, balki qoʻllab-quvvatlanadi 
Shuni ta‘kidlash lozimki, sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu 
uning san‘at bilan oʻxshashligida. Shundan kelib chiqib, klassik sport 
turlarini oʻziga xos san‘at sifatida talqin qilish mumkin. Bu borada Rene 
Mehyu, Morin Kovich, Benjamin Lou singari gʻarb olimlari va koʻplab 
mashhur sportchilar sportni san‘at sifatida qabul qilish mumkin, degan fikrni 
oʻrtaga tashlaydilar. 
Sport va jismoniy mashqlardagi qonun-qoidalar yoshlarni hayotda 
oʻzining mustahkam egallashlarida muhim ahamiyatga ega. Bu qoidalar 
mohiyatan axloqiy va estetik mazmun kasb etadi. Zero sport raqibga hurmat 


571 
bilan munosabatda boʻlish, ustoz va murabbiyga boʻlgan e‘tiqod 
mustahkamligi, hakamlar va tomoshabinlarga chuqur hurmat koʻrsatish, 
chidamlilik, gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq, ha‘lollik kabi axloqiy qadriyatlarni 
ulugʻlashga va egallashga xizmat qilsa, ayni paytda goʻzal hatti-harakatlarni 
namoyon ettirish, insonga estetik zavq bagʻishlash, hatto sport anjomlariga 
estetik munosabat orqali didni tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi. Sport 
musobaqalari va jismoniy harakatlardagi zavqni estetik taxlil etish sport 
estetikasining muhim vazifalaridan biridir. Hozirgi paytda sport jahon 
boʻylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinmoqda. ayniiqsa, 
buni Oʻzbekiston misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bizda mustaqillik 
sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash 
shakllandi, uning hamma turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazish odat tusiga 
kirdi, oʻzbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi. 
Bugungi kunda sport estetikasi sogʻlom turmush tarzimizning bir 
qismiga aylanib borayotganligini ijobiy holatdir. Hoh sport, hoh jismoniy 
tarbiya boʻlsin sogʻlom turmush tarzini bu ikki omillarsiz shakllantirib 
boʻlmaydi. Shunday ekan, sogʻlom turmush tarzini sport estetikasisiz 
tasavvur etish mumkin emas. 
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol 
toptirishda 
alohida 
e‘tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish 
mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bundan koʻzlangan 
asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sogʻlom, vatanning jasur 
himoyachisi qilib tarbiyalashdir. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, 
yuksak ma‘naviyat, milliy oʻziga xoslik va xalq anʻanalarining mavjud koʻp 
asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sogʻlom, 
manan etuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Axolining madaniy va estetik 
ehtiyojlarini yanada toʻla qondirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy 
sportni rivojlantirish boʻyicha tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston 
sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir 
mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. Biroq, sport-
sogʻlomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik 
bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bilan bogʻli muammolarni 
bartaraf etish dolzarb boʻlib bormoqda.
Shu bois madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini 
takomillashtirish, mazkur sohada Oʻzbekiston xalqining boy va oʻziga xos 
madaniyati, san‘ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta‘minlashga 
yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan 
yuksaltirish, axoli keng qatlamlari orasida ma‘naviy-axloqiy kamolot va 
sogʻlom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston 


572 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi ―Madaniyat va sport 
sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida‖ Farmoni e‘lon qilindji.
Farmonda aholining keng qatlamlari oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya 
bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni 
tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish, sport tashkilotlarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan 
muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama 
rivojlantirish, bolalar sport ta‘limii sifatini oshirish orqali barcha hududlarda 
bolalar sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar 
sogʻligʻini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini 
ta‘minlash kabi masalalar asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari qilib 
belgilangan: 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish