Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga ta’siri



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar estetik didiga ta’siri 
Bugungi kunda ma‘naviy olamni yuksaltirish, milliy-umuminsoniy 
estetik qadriyatlarni qaror toptirish va estetik tarbiya‘ni mustahkamlash 
dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Bu ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali 
zamonda yaqqol koʻzga tashlanadi. Xususan, milliy oʻzligimiz, azaliy 
qadriyatlarimizga yot va begona boʻlgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning 
ongi va qalbini egallashga qaratilgan gʻarazli intilishlar tarbiya‘ning oliy 
shakli boʻlmish estetik tarbiya jarayoniga sezilarli ta‘sir koʻrsatmoqda. Ana 
shunday 
ta‘sirning zamonaviy koʻrinishlaridan biri - ―ommaviy 
madaniyat‖dir. 
―Ommaviy madaniyat‖ning inson estetik tafakkuriga, jamiyatdagi 
estetik qadriyatlarga hamda shaxs estetik kamolotiga salbiy ta‘siri koʻplab 
vosita, omil va yoʻnalishlarga ega. Bular orasida eng ta‘sirchani va 
kengqamrovlisi – Internet va ijtimoiy tarmoqlardir. 
Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, past saviyali ―ommaviy 
madaniyat‖ning kirib kelishiga qarshi kurashish, yoshlarni internetdagi 
ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan ilgʻor zararli ma‘lumotlardan 
himoya qilish avvalo, Internet-klublar faoliyatiga talablarni oshirishni talab 
etadi. Sababi Internet aloqaning bir muncha tez taraqqiy etgan vositasi, shu 
bilan birgalikda axborot tarqat‘ishning ham eng tezkor mexanizmi 
hisoblanadi. Bugungi kunda axborot texnologiyasi va Internetning 
yaqinlashuvi dunyoni industrlashtirish inqilobi kabi oʻzgartirib yubordi. 
Tahlillarga koʻra, 50 millionli auditoriya‘ni radio 38 yilda, televidenie 13 


569 
yilda, internet esa bor-yoʻgʻi 4 yilda egallab olishini inobatga olsak, 
internetning yoshlar estetik dunyoqarashiga ta‘siri va oʻzgartirish tezligini 
tasavvur qilish qiyin emas. Bugungi kunga kelib esa internetdan 
foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Agar hozirda internetga uyali 
aloqa vositalari orqali bogʻlanish yoʻlga qoʻyilganligini inobatga olsak, 
mazkur raqam bir necha barobar oshishi mumkin. Demakki, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyasi hozirgi paytda ma‘naviy va moddiy 
taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush 
tarzini, oʻzaro aloqasini hatto tashqi koʻrinishini ham tubdan oʻzgarishiga 
olib kelayotganligini inkor etib boʻlmaydi. 
XXI asrda ―ommaviy madaniyat‖ zamonaviy qiyofada goʻyo 
rivojlangan 
madaniy 
dunyoga 
integratsiyalashish, 
liberallashish, 
demokratlashish niqoblari ostida namoyon boʻlmoqda. Yoshlar bu niqoblar 
ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirishi mumkin boʻlgan illatlar bilan 
umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglashlari kerak. 
Birgina ―ommaviy madaniyat‖ hodisasi eng avvalo, milliy nafosatga zarba 
berib, jamiyatning gʻoyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini 
toʻgʻri tushunish uchun ham estetik bilim zarur. Bunday xavf-xatarga qarshi 
qat‘iy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiya‘ning estetik koʻrinishini 
uygʻun holda olib borish maqsadga muvofiq. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, estetika niqobi ostida turli xil 
koʻrinishdagi ―sogʻlom turmush tarzi targʻibotchilari‖, ―koʻngilochar‖ va 
―musaffo tuygʻu‖ baxsh etuvchi sa‘ytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi 
paytlarda internet tarmogʻida vampirizm estetikasi va uning targʻiboti bilan 
bogʻliq sa‘ytlarning koʻpayib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Chunki 
goʻzallikdan zavqlanishning bu taqlid koʻrinishlari ulgʻayib kelayotgan yosh 
avlodning estetik didini, dunyoqarashini yot gʻoyalar bilan ―boyitadi‖. 
Bunday tahdidlarga qarshi goʻzal qadriyatlarni dunyoga tanitish, 
xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni 
yaratish bilan bogʻliq tarbiyaviy jarayonlarga yoʻnaltirilgan tadbirlar 
yordamida kurashish maqsadga muvofiqdir. Zero ―Tarbiya‘ning estetik shakli 
ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u oʻz navbatida kishilarga jamiyatda 
olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga 
nisbatan qiziqish tuygʻusini uygʻotishni oʻzining maqsadi deb biladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish