Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Inson kamolotida did – fahm – farosat uygʻunligi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Inson kamolotida did – fahm – farosat uygʻunligi 
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. u ranjish, 
nomunosib holat, koʻngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat 
bildiramiz. Shuning uchun boʻlsa kerak, kamdan-kam hollarda ―farosatli 
kishi, farosati bor, farosatli‖ degan soʻzlarni ishlata‘miz. Biroq did, fahm, 
farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli boʻlib, fahm - 
haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – goʻzallikka munosabat orqali namoyon 
boʻladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma‘noda 
fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. 
Ayniiqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. 
Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uygʻunlashgan 
umumiylikdan iboratdir. 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, didsizlik va farosatsizlik insonning asl 
qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday 
chiroyli koʻringan, istarali boʻlishga intilgan, muomalali inson har doim ham 
goʻzal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida ajratib 
olishimizga toʻgʻri keladi. Inson ma‘naviyatining yuksalishi uning fazilati 
bilan bogʻliq ekan, bu jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. 
Farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi koʻrinishi oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni oʻrganuvchi ilmlar sirasiga kiradi. Oʻtmishda farosat ilmi nozik 
va na‘zokatli ilm sifatida oʻrganilgan. Chunonchi, olmon mumtoz 
falsafasining vakili Immanuil Kant bu ilmga ―botiniy olamni oʻrganuvchi 
ilm‖ deb ta‘rif bergan edi. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ―Kishining 
koʻngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan 
nafratlanadi‖ - degan hikmati esa mohiyatan farosat bilan masalasiga daxldor. 
Bundan tashqari, oʻrta asrlar Musulmon Sharqi allomalaridan al-Kindiy 
farosatning hikmati, fazilati va ahamiyatiga doir ―Risolai fil farosa‖ (X asr) 
deb nomlangan maxsus asar yozgan boʻlsa, Husa‘yn Voiz Koshifiy oʻzining 


573 
mashhur ―Axloqi muxsiniy‖ asarining 34-bobini ―Farosat bayoni‖ga 
bagʻishladi. Shuningdek, turkiy tilda Uzun Firdavsiy (XVI asr)ning 
―Farosatnoma‖ asari koʻplab qiziqarli ma‘lumotlarga boyligi bilan 
ahamiyatlidir. Manba‘larda hakimlardan biri tomonidan taqdim etilgan 
farosat toʻgʻrisidagi kitobni shoh Anushirvon har doim oʻzi bilan olib yurgani 
va hamisha u kitobni mutolaa qilib, uning mazmuni boʻyicha hukm 
chiqarganligi haqida ma‘lumotlar uchraydi. 
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi sanaladi. 
Farosat oʻziga xos estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga borib taqaladi. 
Odatda, yomgʻir yogʻayotganini koʻra-bilib turib, yomgʻirpoʻshsiz va 
soyabonsiz yoʻlga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini echmay, 
gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz. SHunga 
koʻra, fahm - aqliy, farosat - axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga 
chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy-tugʻmalikka borib 
taqalsa-da, ular oʻzlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali 
roʻyobga chiqaradi. Shuning uchun Sharq allomalari tarbiya jarayonida 
farosatning zarurligi masalasiga jiddiy e‘tibor qaratganlar. 
Chunonchi, Sharqning buyuk voizi, notiqlik san‘ati nazariyotchisi 
Husa‘yn Voiz Koshifiy ―farosat‖ soʻzining lugʻaviy ma‘nosiga ―biror 
narsaning yaxshi va yomon xususiyatini koʻrib aniqlashdir. Istilohiy ma‘nosi 
esa umumiy boʻlib, joning suratidagi zohir holini mushohada qilib, uning 
ichki mohiyatidan ogoh boʻlishdir‖, - deya ta‘rif beradi. U hatto farosat 
hukumat ishlari orasidagi ulugʻ shartlardan biri ekanligini e‘tirof qilib, biror 
bir voqea xaspoʻshlanganda, asl mohiyati pinhon tutilganda va adolat mezoni 
buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani farosat nuri bilan 
topib, da‘vogarlar soʻzlariga etimod qilmasligini uqtiradi. 
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulugʻlarning 
―Hukumat ziynati farosat zevari bilan goʻzaldir‖ degan qoidasiga asoslanadi. 
Ikkinchi jihatida esa ―Har bir narsa farosat ahlidan yashirin emas, farosat Haq 
Taoloning moʻmin bandaga bergan nuri‖ degan tamoyil ustuvor. Bu 
tamoyilning mohiyatini esa paygʻambarimiz (s.a.v)ning ―Qoʻrqinglar moʻmin 
farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga eta oladi‖, - 
degan hadis asoslaydi. 
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shariy farosat 
boʻlib, unda pok va sof koʻngilli kishining koʻzidan koʻtarilib, farosat nuri 
bilan haqiqatni anglab etadi. Ikkinchichi - hukmiy farosat boʻlib, 
donishmanlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarini kishining shakli va 
shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar. Odatda aksariyat holllarda bu 
usul kishi haqida toʻgʻri ma‘lumotni bergan. Alloma har ikkala farosatga 
shoh Anushiravon va Aflotun hakim hayoti bilan bogʻliq talaygina misollarni 
keltiradi ... Alloma inson aksar ish binosini farosat dalillariga qoʻyish kerak 
va oʻzining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi lozim. 


574 
CHunki tashqi koʻrinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar 
Haqdan fayzu ilhom topib, oʻz ahvolini oʻzgartirganlaridan voqif va ogoh 
boʻlishga harakat qilish zarurligini uqtiradi: 
Farosatdan koʻngilga koʻz ochilgʻay, 
Hamma holatni ul ma‘lum qilgʻay. 
Ma‘lumki, soʻz sermazmun boʻlib, u koʻp narsalarga da‘lolat qiladi. Bir 
soʻzning oʻzini turli holatlarda, turlicha ma‘noda qoʻllash mumkin. 
Binobarin, soʻzni toʻgʻri tushunish va toʻgʻri ishlatish, uning ma‘nolarini iloji 
boricha mukammal bilish uchun ham kishidan farosat talab etiladi. Bu borada 
―Allomalar ibrati‖ (Toshkent, 1982) nomli kitobda shoh va shoir Zahiriddin 
Muhammad Boburning yuksak farosati bilan bogʻliq qiziq rivoyat keltirish 
mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bir kuni yasovulboshi bir yigit va bir 
qizni Umarshayx Mirzoning kabutarlarini oʻziga oʻrgatib olmoqchi 
boʻlganlikda ayblab, ularni ja‘zolash maqsadida shohning huzuriga keltiradi. 
Shoh voqeani eshitib, yasovulga ―Unday boʻlsa alar boshini olib ...‖ deyishi 
bilan birdan yoʻtal tutib qoladi. YAsovulboshi har ikkisini boshini kundagi 
qoʻyayotgan paytda shohning suyukli farzandi Bobur Mirzo yasovulboshiga 
qarab, ―Ota‘m ularning boshini oling demadilar. Oliy hazrat alarni bu yurtdan 
bosh olib chiqib ketsin, deb buyurmoqchi edilar‖ - deydi. Yasovulboshi qatlni 
toʻhtatib shohning huzuriga boradi va unga Bobur Mirzoning gaplarini 
aytadi. Shunda Umarshayx saroy ahli oldida oʻrnimga podshoh boʻladi, deb 
yurgan farzandining soʻzini ikkita qilib qoʻymaslikni oʻylab: ―Mirzo haq 
gapni aytibdur. Men alarni boshini oling demoqni hayolimga ham keltirgan 
emasman‖ deydi. ... Bobur Mirzoning marhamati tufayli ikkita yosh jallod 
kundasidan omon qoladi. Bu rivoyatning mazmuni ayni paytda Umarshayx 
Mirzoni ham Bobur Mirzoni ham yuksak farosatli kishilar boʻlganligini 
ifodalaydi. 
Sharq allomalaridan Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr)ning ―Ta‘limi al-
mutaallim – Ilm oluvchiga ta‘limi-tarbiya‖ asarida ―SHijoat – bir lahza sabr‖, 
degan hikmatni uchrata‘miz. Sabr, qanoat esa farosatni yuksaltiruvchi axloq 
me‘yorlaridir. ayniiqsa, ilm istovchining farosati aynan shunga. Chunonchi, 
tolibi ilm uchun keragi shulki, deydi alloma, - bir ustozga sabot ila sabr 
aylasin. Biror kitobga ham, hatto uni (mutolaa qilishda, undan dars olishda) 
noqis (chala) tark qilmasin. Biror fanga ham, hatto birinchisini mustahkam 
qilishdan avval boshqa fan ila mashgʻul boʻlib ketmasin. She‘rik ihtiyor 
qilish va uni tanlashda esa harakatchan, parhezkor, toʻgʻri tab sohibi va fahm-
farosatlisini ixtiyor qilishi darkor. Dangasa, bekorchi, koʻp gapiruvchi, fisqu 
fasodga berilgan fitnachi (she‘rik)dan qochsin. Alloma ilm tolibining farosati 
oʻz ustoziga boʻlgan munosabatida ham namoyon boʻlishini uqtiradi. 
Tolibning farosati ustozga ulugʻlik keltiradi, deydi: ―Muallimni ulugʻlashning 


575 
jumlasidan biri uning oldiga tushib yurmagay, uning oʻrnida oʻtirmagay. 
Muallim oldida faqat uning izni ila gap boshlagay... Kimningki ustozi undan 
ozor topsa, ilmning barakasidan mahrum qoladi, ilmida ozginagina foyda 
topadi.‖ 
Beruniy nafosat va nafis didni, adabiyot va she‘riyatni insonlarning 
talabi vujudga keltiradi, deb ta‘riflagan edi. Uning ta‘kidlashicha, 
madaniylashgan kishilar ichidan chiqqan nozik (tabiatli) odamlar koʻngil 
ochar, shodlik bagʻishlaydigan joylarga borib turishni odat qiladilar, bunday 
joylarga faqat nozik tabiatli kishilargagina emas, boshqa musiqaga tashna 
boʻlgan kishilar ham ohanglar tinglash uchun boradilar. Ohanglar esa tartibga 
tushirilgan... boʻlgandagina qalbga kuchli ta‘sir etadi. Chunki, ruh tartibga 
tushirilgan narsani qabul qiladi va Shuning uchun ham u she‘rga koʻproq 
intiladi negaki she‘r nizomli (tartibli)dir. Muhimi shundaki, Beruniy 
san‘atning paydo boʻlishini insoniyat jamiyatining madaniylashuvi bilan 
bogʻlaydi. Odamlarning madaniy darajasi oshib, badiiy nafosat tafakkuri oʻsa 
borishi bilan san‘atga ehtiyoj kuchaygan. San‘at shodlik, quvonch manbai, u 
insonlarga orom beradigan, ruhini koʻtaradigan vosita sifatida paydo 
boʻlganini ta‘kidlaydi. 
Umuman olganda, hozirda biz yashayotgan davr kishisining faoliyati 
farosatga ehtiyoj sezmoqda. Farosat endilikda ijtimoiy-ma‘naviy hayotning 
zaruriyatiga aylanib ulgurdi. 
Gʻoyaviy tahdidga qarshi kurash ma‘naviy jihatdan mustahkam boʻlgan 
estetik tayyorgarlikni taqa‘zo etadi. Birgina farosat va uning fazilatini 
anglash, amal qilish barcha tahdidlarning mazmun-mohiyatini tushunish 
imkonini beradi. SHu bois har davrda farosat tarbiyasiga nozik va na‘zokatli 
ilm sifatida munosabat bildirilgan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish