Mavzu: insoniyatning global muammolari



Download 4,34 Mb.
Sana16.01.2022
Hajmi4,34 Mb.
#378481
Bog'liq
21-mavzu. Insoniyatning global muammolari

MAVZU: INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI


Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muam molari deb ataladi hamda ularning yechimini topish yo‘lida barcha dav latlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.

Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tufayli yagona global tizim sifatida shakllanishi, fan-texnika inqilobi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat



Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi:
  • tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi;
  • ekologik muammo;
  • rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi;
  • demografik muammo;
  • oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi, xomashyo resurslari muammosi,
  • dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi;
  • millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi;
  • qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi.

Insoniyatning global muammolari chambarchas ravishda o‘zaro bog‘liq, bir muammo boshqalarining keskinlashuviga olib kelmoqda. Shunday ekan, muayyan muammoni boshqa muammolarga e’tibor qaratmasdan yechish imkoniyati mavjud emas. Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik va oziq-ovqat muammolari orasida ma’lum aloqadorlik mavjud, chunki aholining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi va ocharchilikni keskinlashtiradi.

Oziq-ovqat muommosi

Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.

  • Energetika va ekologik muammolar ham bevosita bir-biriga aloqador hisoblanadi, chunonchi yangi energiya manbalarini izlash va ishlab chiqarishga joriy etish atrof-muhit sifatiga ham ma’lum darajada ta’sir etadi.

Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar. Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda.


TINCHLIKNI SAQLASH MUOMMOSI


Shuningdek, sust rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqligi ham muhim muammolardan hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda 1,2 milliardgacha kishi ocharchilikka duch kelmoqda, 1,7 milliarddan ortiq aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 60 yoshga etmaydi, 1,5 milliard odamlarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati umuman yo‘q, 1 milliarddan ortiq odamlar o‘ta kambag‘al turmush kechirmoqda,

200 milliondan ortiq bola maktab ta’limini ololmayapti, jahonda 800 milliondan ziyod kishi butunlay savodsiz, ya’ni yozish va o‘qishni bilmaydi.



BMTning eng sust rivojlangan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan (ko‘k rangdagi) va bu ro‘yxatdan oxirgi yillarda chiqib ketgan (yashil rangda) davlatlar

Mintaqalar o'rtasidagi iqtisodiy tafovvutlar

Hozirgi kunda oziq-ovqat muammosi ham ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Bu muammoning mohiyati dunyoda jami 1,2 milliardga yaqin odamlar yetarli darajada ozuqa moddalarni iste’mol qila olmayotganligi, u yoki bu darajada ocharchilikka duch kelganidan iborat. Aholisi eng yuqori sur’atlar bilan ko‘payotgan, Afrika mamlakatlarida bu muammo eng keskin darajada ro‘y bermoqda. Jumladan, Somali, Janubiy Sudan, Chad va boshqa mamlakatlarda ocharchilik umummilliy gumanitar falokat darajasiga yetdi. Shuningdek, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo hamda Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlarida ham bir necha million kishi ocharchilik sharoitida yashamoqda. Oziq-ovqat muammosining yechimiga, asosan, qishloq xo‘jaligidagi texnika va texnologiyalarni tubdan takomillashtirish, bu sohada mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari bilan erishish mumkin.



Energetika muammosi ham dolzarb global muammolaridan biri bo‘lib, uning mohiyati jahon energetika balansining aksariyat qismi tugaydigan energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi bilan tavsifl anadi. Ya’ni, mineral yoqilg‘i resurslari (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanes, torf) zaxiralarining kamayishi yoki ularni qazib olish tannarxining ancha ko‘tarilishi, aholi va ishlab chiqarishning energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari orasidagi tafovut bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltiradi.

E’tiborINGIZ uchun rahmat


Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish