11-mavzu: Davlatimiz bayrog`i (18 noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Ramzlarimiz qanotlarimiz”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan hurmat va g`ururni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Bayrog`imiz-nomusimiz, orimiz,faxrimiz-g`ururimiz!
O`qituvchi:
Davlat bayrog`i- davlatning ramziy belgilaridan biri.
Davlat bayrog`i maxsus qonun bilan yoki Konstitutsiya asosida rasmiylashtiradi. Davlat bayrog`i – mustaqil davlat va unda yashovchi fuqarolar daxlsizligining aniq ifodasidir.Davlat bayrog`i ayni shu davlatdagi sinfiy, milliy, harbiy va partiyaviy birlik hamda uyushmalarning ham ramziy belgisidir.
Davlat bayrog`i odatda yakrang yoki ko`prangli matodan iborat bo`lib, uning bir tomoni dastaga mahkamlanadi. Matoga ba’zan turli embelema va belgilar tushiriladi. (Masalan, Shevesariya bayrog`ida oq rang xoch, Shri Lanka bayrog`ida –qilich ushlagan sher, Kanada bayrog`ida –zarang daraxtining yaprog`i asvirlangan).
Davlat bayrog`i davlatning ramziy belgilaridan biri sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. Davlat boshqarish amaliyotida davlat rahbari (podsho, qirol, imperator,amir, xon va boshqalar) atrofidagilaridan rasmiy qabul qilingan va faqat davlat rahbari kiyishi mumkin bo`lgan libos bilan ajralib turgan.Shu qoidani davom ettirib, davlat rahbari yashaydigan yoki ishlaydigan imorat va binoga, dala sharotida – chodirga, harbiy yurish vaqtida- bosh qo`mondon harakat vositasiga (chodir-arava, avtomobil va hokazolar) maxsus uzun tayoq yoki nayzaga biriktirilgan, ko`pincha turli suratlar (sher, burgut va shu kabilar) bilan bezalgan mato davlat rahbarining ramzi va belgisi sifatida o`rnatilgan. Hozirda davlat bayrog`ining ahamiyati oshib bormoqda, chunki, xalqlarning mustaqillik uchun kurashi va g`alabasi, jumladan, ular tuzgan davlatning bayrog`ida namoyon bo`lmoqda. Davlat bayrog`i davlat mustaqilligining ramzi sifatida davlat rahbari joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat tashkilotlari, elchixonalar, konsulliklar binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va dengiz kemalarida va boshqa qonunda belgilangan qator vaziyatlarda ko`tariladi. Davlat bayrog`ini haqorat qilgan shaxs jazoga tortiladi.
Topshiriq: “Tasvirlash” mashqi. Bunda o`quvchilar “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i” ni tasvirlab beradilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |