Maishiy turmush estetikasi
Turmush azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va
asraydigan muhim makon boʻlib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni koʻratish bilan birga
estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir.
―Turmush‖ tushunchasi, ―Oʻzbek tilining izohli lugʻati‖da ―inson,
millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmui, obyektiv
reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sogʻliqni saqlash,
shuningdek, ma‘naviy qadriyatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat
ijtimoiy hayotning noishlab chiqarish sohasi‖ deb talqin etiladi. Moddiy
ne‘matlar ishlab chiqarish va ijtimoiy-siyosiy amaliyot bilan bir qatorda
shaxs tarbiyasida turmushning ta‘siri ham muhim omil sanaladi. Turmush
madaniyatining oʻziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, oʻzini
544
tutish me‘yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida
namoyon boʻladi. Aynan turmush tarixiy xotira madaniyatini asrovchi hodisa
sifatida ham namoyon boʻladi, chunonchi u san‘at, dinga nisbatan
barqarorligi bilan farqlanadi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq
boʻladi, juda kam oʻzgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs oʻzi
bilan oilasiga olib oʻtadi va uning abadiyligini ta‘minlaydi. Turmush
estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan
bevosita bogʻliq boʻlib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning
eng ta‘sirchan vositalaridan biridir.
Turmush estetikasi estetikaning insonning voqelikka munosabatini
namoyon etadigan sohalaridan biri. Bunda tashqi koʻrinish, kiyinish,
muomala madaniyati, narsa-buyumlarga, turar joylarga munosabat aks etadi.
Turmush estetikasi insonning barcha sohalarda goʻzallikka boʻlgan
intilishining ifodasidir.Insonni oʻrab turgan narsa va buyumlar olamining
goʻzalligi bir tomondan inson hayotining uygʻunligini ta‘minlasa, ikkinchi
tomondan estetik tarbiyalaydi. Turmush tarzi, tashqi koʻrinishi, kiyim
koʻrkamligi orqali inson yashayotgan, mansub boʻlgan jamiyat haqida estetik
tasavvur shakllanadi. Aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik
madaniyat pastligidan da‘lolat beradi.
Maishiy turmush estetikasi insonni oʻrab turgan narsa va buyumlar
olami, atrof-muhit, yashash tarziga munosabati masalalarini oʻz ichiga oladi.
Insonning dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda
shakllanadi. Bunda ma‘lum bir xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan
shakllanib kelgan turmush tarzi muhim oʻrin tutadi. Turli xalq, ijtimoiy guruh
va boshqalar turmush madaniyatining moddiy koʻrinishlari kishilarning narsa
va buyumlar olami, estetik didi va ijtimoiy ideallari haqidagi tasavvurlari
umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy bogʻlangan.
Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik
me‘yor va shart- sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni
estetik idrok etish, uning estetik madaniyati asosini tashkil qiladi. Bu jihat esa
insonning atrof-olamga keng qamrovli estetik munosabatini shakllantiradi.
Kiyinishidan tortib, oilaviy anʻanalar, oilaviy makongacha boʻlgan
hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, goʻzallik va ulugʻvorlik orqali
qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga oʻziga xos munosabatlari
namoyon boʻladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining
yuksalishiga xizmat qiladi.
Maishiy turmush estetikasi turli madaniyatlar ta‘siri, turmush tarzi va
usuli, anʻanaviylik va yangilik, milliylik va umuminsoniylik masalalari bilan
bogʻlangan boʻlib, texnika, ekologiya, predmetli muhitni jihozlash, tarbiya
sohasidagi estetik jihatlarni ifodalaydi, moddiy va badiiy madaniyat
integratsiyalashuvining
samarali
vositalaridan
hisoblanadi.
Turmush
estetikasining oʻziga xosligi ham shu jarayonda takomillashib boradi.
545
Estetik did turmush estetikasining shakllanishida muhim oʻrin tutadi,
ayni paytda, turmush estetikasi ham insonda badiiy-estetik didning
shakllanishiga ta‘sir koʻrsatadi. Chunki chiroyli narsa va buyumlar muhiti
inson his-tuygʻulari, kayfiyatiga estetik ta‘sir koʻrsatadi.
Odamlarning turmush tarzini oʻzgartirish, estetik dunyoqarashini
boyitish orqali bir xillikdan – rang-baranglikka, qoʻpollikdan – ixchamlikka,
noqulaylikdan - qulaylikka qarab yoʻnalish maishiy turmush estetikasining
asosiy maqsadi va prinsipi hisoblanadi. Ayniiqsa, estetik madaniyat
infratuzilmasi, madaniy hordiq maskanlari maishiy turmush estetikasi
rivojiga ijobiy ta‘sir koʻrsatuvchi omillardir.
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyati uchta omil bilan belgilanadi: 1)
inson hayot kechiradigan rang-barang predmetlar olami; 2) insonning
boshqalar bilan muloqotda oʻzligini namoyon qilish holatlari; 3) insoniy
munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyati va xususiyatlari.
Bundan tashqari, yaratuvchanlik va bunyodkorlik turmush estetikasining
muhim mezonlari hisoblanadi. Chunki inson turmush tarzini qay tarzda
yoʻlga qoʻyishi uning badiiy tafakkuri va ruhiyatini ham aks ettiradi. Zero,
Hegelning ―Agar san‘atni uning butun maftunkorligi bilan yaxlit idrok etish
zaruriyati tugʻilsa, uni hamma joyda - varvarlarning zebu ziynat, liboslaridan
tortib, to bagʻoyat goʻzal qilib bezatilgan ibodatxona anjomlarigacha - jami
narsalar olamida uchratish mumkin‖- degan fikri bejiz emas.
Zamonaviy maishiy turmush estetikasi farovon hayot va uning uchun
zarur
boʻladigan
kamponentlarning
oʻzaro maqsadga muvofiqligi,
mutanosibligi va mosligini taqozo etadi. Bu moddiy ne‘matlar (orgtexnika,
tele va mobil kommunikatsiya vositalari) va ma‘naviy ne‘matlar (kitob,
sa‘yohat, qadriyat)ning boy zahirasini taqozo etadi.
Hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyatda inson haqidagi
dastlabki ma‘lumot uning tashqi koʻrinishi orqali olinadi. Bunda insonning
kiyinish madaniyati muhim omil hisoblanadi. Chunki kiyim-libos insonni
nafaqat goʻzallashtiradi, balki uning madaniyatlilik darajasini ham belgilaydi.
Shuning uchun kiyinish ham ijtimoiy-ma‘naviy, ham axloqiy-estetik
hodisadir.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kiyinish dastlab tabiiy zaruriyat -
ya‘ni tashqi omillar ta‘siridan badanni himoya etish vositasi sifatida vujudga
kelgan boʻlsa, zamonlar oʻtishi bilan u inson madaniyati namunasiga aylandi.
Shu bois, yuksak madaniylikka asoslangan kiyinishni ham axloqiy qadriyat,
ham estetik qadriyat deb aytish mumkin. Axloqiy qadriyat ekanligi shundaki,
kiyim oʻzida uyat, hayo, ibo kabi fazilatlarni mujassam etadi. Kiyimning
estetik qadriyat ekanligi esa u insonga goʻzallik va chiroy baxsh etadi.
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatida zamonaviylik bilan
anʻanaviylikning uygʻunligini ta‘minlash milliy-madaniy taraqqiyotda
muhim oʻrin tutadi. Buning uchun quyidagi omillarga e‘tibor qaratish zarur:
546
Birinchi omil - did bilan kiyinish. Bu kiyinish madaniyatining nozik
jihatlariga e‘tibor qaratish demakdir. Chunki inson oʻz chiroyini egnidagi
libosni toʻgʻri tanlay olganligi bilan ham boyitishi mumkin. Ikkinchi omil -
zamonaviy kiyinish. Bu yoshlarning didini, qiyofasini aks ettirishi bilan bir
moda - maishiy turmush estetikasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Moda – bu tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman oʻzgarish
va takrorlanib turishidir. Bunday takrorlanishlar va oʻzgarishlar iqtisodiy,
ma‘naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega boʻladi.
Modani asosiy koʻpchilik e‘tirof etadi, u oʻzini faqat kiyinishda emas,
ishlab chiqarishda ham, siyosat, san‘at, fanda ham, hatto mafkurada ham
namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga
ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron
didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib,
doimiy ravishda oʻzgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif
etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va oʻziga xosliklarini zamon
koʻzgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib
oʻtganimizdek, oʻzgaruvchanlik tabiatiga ega.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kiyinish insoniylikni taqa‘zo etadi.
Chunki kishilar jinsi, yoshi, gavda tuzilishi, ruhiy holatiga qarab kiyim
tanlaydi va kiyadi. Shu bois, bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyati
quyidagi jihatlar asosida shakllanayotganligini kuzatish mumkin:
1. Badanni tabiiy omillar ta‘siridan himoyalash;
2. Qulaylikka erishish.
3. Zamonaviy axloq va etnik xususiyatga mos odobni namoyon etish.
4. Atrofdagilarning e‘tiborini qozonish.
Yoshlar tomonidan yuqoridagi jihatlarning amalga oshish mexanizmi
modani taqa‘zo etadi. Chunki moda kiyinishning oʻziga xos me‘yori. Biroq
bu me‘yor insonning goʻzalligini ta‘minlashishi shart. Aks holda me‘yorning
buzilishi natijasida bachkanalik vujudga keladi. Qolaversa, ijtimoiy madaniy
taraqqiyot muayyan moda umrining qisqarishiga olib keladi. Taraqqiyot
natijasida yangi modalar eskisini muomala jarayonidan siqib chiqaradi.
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatiga e‘tibor qaratishning
ijtimoiy ehtiyojga aylanish sababi shundaki, har bir xalqning tarixiy-madaniy
rivojlanish bosqichlari ularning ajdodlari tomonidan kiyilgan kiyimlarda oʻz
aksini topgan. Bu esa milliy gʻurur, vatanparvarlik va oʻzlikni anglash kabi
buyuk hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Shunday ekan, bugungi kunda
kiyinish madaniyatiga joʻn va oddiy maishiy hol sifatida munosabat bildirish
mumkin emas.
Inson faoliyatining barcha koʻrinishlari estetik bilimni taqozo etadi.
Estetik bilim esa insonda turmush tarzini tartibli, oqilona va maqsadli tashkil
etish koʻnikmasini shakllantirishga koʻmak beradi. Bu boradi dizaynning
turmush estetikasiga ta‘sirini alohida ta‘kidlash joiz.
547
Narsalar inson ehtiyojlarini qondirishi uchun oʻzgarib takomillashib
boradi, bu inson faoliyatini erkin va qulay tashkillashtirish ijobiy, moʻtadil
ruhiy muhit yaratishga imkon yaratadi. Estetik A.P.Marder rivojlangan
hozirgi jamiyatda obyektiv olam faqat fizikaviy, kimyoviy va boshqa
xossalar bilan emas, shu bilan birga, estetik xususiyatlar va unga
munosabatlar yigʻindisi sifatida ham inson ma‘naviy va moddiy hayoti,
axloq-odobiga emotsional tus beradigan estetik reallik boʻlib namoyon
boʻladi, - degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat,insonni qurshagan predmet va
narsalar muhiti uygʻunlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda
zavq, koʻtarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uygʻotishi; insonga
oʻz hayotidan mamnunlik uygʻotishi, ruhiy muammolar yechimini hal etishda
yordam berishi mumkin. Binobarin, me‘morlar, amaliy san‘at namoyandalari,
dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki
insonning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratadi.
Soʻnggi besh yilda mamlakatimiz shaharlari va qishloqlari qiyofasi
tubdan oʻzgardi. Buning natijasida odamlarning estetik dunyoqarashi va
tafakkurida ham oʻzgarish paydo boʻldi. Chunki barpo etilayotgan ijtimoiy
obyektlar – muassasa, maydon, markaz, xiyobon, maskan, ziyoratgoh
odamlarda turmush estetikasi haqidagi tasavvurini boyitadi, yuksaltiradi.
Atrof-muhitning goʻzalligi kayfiyatga ta‘sir koʻrsatish, faollikka undash,
hatti-harakatlariga tetiklik baxsh etishi asosida baholanadi.
Estetik muhitda tarbiya topgan inson narsalar olamining estetik shakli
va mazmunini qadrlaydi, anglaydi, oqilona munosabatda boʻladi. Ayniqsa,
badiiy konstruktorlik badiiy loyihalash unsurlarini ham oʻz ichiga oladi.
Konstruktorlikni rivojlantirish bolalar va oʻsmirlarda badiiy loyihalash
qobiliyatini shakllantirish imkonini beradi, konstruktorlik ishlarini amalga
oshirishi ijodiy tasavvur va badiiy qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bu
esa estetik xarakter kasb etadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, intererning
tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini
shakllantirish kabi masalalarni hal etishda yangi texnik va texnologik
ishlanmalar va dizaynga asoslanadi. Narsa-buyumlarni qulay, shinam
joylashtirish va ulardan toʻgʻri foydalanish hayotimizning kun tartibidan
muhimi
oʻrin egallagan. Chunki kishilarning turmushi jamiyat
taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy-madaniy jihatlarini
oʻzida aks ettiradi va bu oiladagi sogʻlom muhitni belgilaydi. Insonni oʻrab
turgan predmet-narsalar insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan
cheklanmaydi, tashqi muhit, shu bilan birga, insonning oʻz qiyofasini shu
muhitga moslashtirishga ham ma‘naviy-ruhiy ta‘sir koʻrsatadi, dizayn inson
bilan narsalar olami oʻrtasidagi uygʻunlikni qaror toptirish vazifasini
bajaradi.
548
Do'stlaringiz bilan baham: |