Fojeaviylik va kulgulilik kategoriyasi
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkurning
muhim tadqiqot obyekti boʻlib kelgan. Har qanday fojea zamirida alohida
fojiali toʻqnashuv yotadi, uning eng muhim jihati koʻlamlilik va ijtimoiy
ahamiyatga tegishligidadir. Fojeaviylik real hayot va inson a‘molidagi
kuchlar toʻqnashuvining natijasi boʻlib, bu toʻqnashuvlar kurashining qanday
tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bogʻlanib ketadi. Bu
hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik kategoriya ekanligini
koʻrsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni koʻpincha ijobiy tusda tasvirlanadi: u
oʻz davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini oʻzida
mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulugʻvor shaxsni namoyon etadi. Lekin
533
fojea toʻqimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan boʻlib, oʻz
taqdirlari bilan tomoshabinda oʻta kuchli his-tuygʻularni qoʻzgʻaydi.
Ma‘lumki, ilgʻor madaniy tafakkur doim hayotni oʻzlashtirish, oʻlim xavfini
qisqartirish haqida oʻylab kelgan. Oʻlim qaygʻusidan farqli oʻlaroq
fojeaviylik qaygʻu va iztirobdan iborat boʻlib, ulugʻvorlikning vayron
boʻlishi bilan bogʻliq: u - hayotning tugashi yoki ijtimoiy ahamiyatga ega
boʻlgan tarixiy voqelikning barbod boʻlishidir.
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulugʻvorlik bilan koʻp
jihatdan yaqin boʻlib, haqiqiy ulugʻvorlikni fojiaviylikning davomi, deyish
mumkin. Shu bois estetika ilmida fojiaviylik ulugʻvorlik bilan uzviylikda
oʻrganiladi. Chunki ulugʻvorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham
u yoki bu koʻrinishi orqali namoyon boʻladi. Fojiaviylik mezoniy
tushunchasining
estetikasidagi
markaziy
muammosi-insonning
imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san‘at, badiiy adabiyot, jamiyat
va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining
qat‘iy va oʻzgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada
yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni ragʻbatlantirish, hayotda
umidvorlik va unga muhabbat tuygʻularini rivojlantirishdan iboratdir. Fojeiy
qahramon kelajakka yoʻl tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi. U
doimo insoniyat kurashining oldida boradi.
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borliqning
mazmunini ochib berishda yaqindan koʻmak beradi. Shaxs rivoji jamiyat va
insoniyat oʻrtasidagi munosabatga bogʻliq ekanligini, jamiyat taraqqiyoti
inson hisobiga emas, balki inson va inson orqali rivojlanishi zarurligi
bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa
pirovardida inson va insoniyat muammolarini insonparvarlik yoʻli bilan hal
etishga olib keladi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya
qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy qoʻzgʻa‘loni natijasiz
tugashi, uning oʻzi esa fitna qurboni boʻlishi ajdodlarimiz qismatidagi
fojiadir. Mahmud Torobiy gʻanim qoʻlida emas, oʻz qavmidan chiqqan-nurga
emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qoʻlida ha‘lok
boʻladi. Biroq Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik,
zulm va zoʻravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat,
xalq va Vatan fojiasidir. Yoki istiqlol muqaddas tutgan, oʻlkaning milliy,
diniy zaminidagi taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi gʻoyat katta
mavqega ega boʻlgan jadid ma‘rifatchilarining fojiasi ham jamiyatni
toʻqimtabiat «muhabbat» dan xalos etishning natijasi edi.
Fojiaviylikning falsafiyligi shundaki, u:
- inson mahrum boʻlgan fazilatlar oʻrni qoplanmasligini ifodalaydi;
- shaxsning abadiyatga daxldor ekanligiga baho beradi;
- ma‘naviy jasorat egasining xarakterini ochishga koʻmaklashadi;
- borliq va inson hayoti uygʻun ekanligini mushohada qilishga undaydi;
534
- tarixni xolis baholaydi, tarixiy ziddiyatlarni fosh etadi;
-
hayotdan
umidvorlik,
hayotga
muhabbat
tuygʻularini
mustahkamlaydi;
- odamlarni ma‘naviyatsizlikdan forigʻ qiladi.
Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini bir
tomondan - obyektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan - shaxsning
subyektiv imkoniyatlari natijasi sifatida, uchinchi tomondan - subyekt va
obyekt oʻzaro aloqadorligining natijasi sifatida oʻrganadi. Bu oʻz navbatida,
kulgililik kategoriyasini turli rakursda oʻrganishga olib keldi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng oʻrganilgan.
Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik - insonni
kulgili qiladi, deydi. Arastu fikriga koʻra, kulgi ayrim xatoliklar hamda
kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib
chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizgʻonchiqlik, subutsizlik,
izzattalablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililik obyektidir. Bundan
tashqari, Arastu kulgi - axloq hududlarini bezarar buzishdir, degan fikrni
bildiradi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obyektiv tomonga
ega boʻlmay, subyektiv tomonlarni ham oʻzida birlashtiradi. Kulgililikning
subyektiv tomoni - keng ma‘nodagi hazil (yumor) tuygʻusidir. (Moler hazil
tuygʻusini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.)
Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli
beoʻxshov ziddiyatlarni anglagan holda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan
javob berish qobiliyatidir. Hazil tuygʻusi juda murakkab aqliy tuygʻu boʻlib,
unda shaxs oʻzining butun borligʻi bilan namoyon boʻladi, uda insonning his-
tuygʻusi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi. Shuning uchun
ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va
qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin boʻladi.
Insonning turli sabalarga koʻra kulgisi qistaydi. Masalan, toʻyimli va
mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi, chunki
bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik-jismoniy idrok etish
ifodasi boʻlib xizmat qiladi. Kulgililik bevosita biror bir hodisa - insonning
tashqi koʻrinishi bilan uning asl mohiyati oʻrtasidagi nomuvofiq ziddiyat
natijasida yoki amaldagi voqelik bilan yuksak estetik orzularga mos kelishi
kerak
boʻlgan
voqelik
oʻrtasidagi
muhim
tafovutlar
hamda
kelishmovchiliklarni tabiiy anglash natijasida vujudga keladi. Ba‘zi bir
odamlar oʻzining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor,
oliftalik, takabburlik bilan «bezab» koʻrsatmoqchi boʻladi. Bu kabi odamlarni
uchratganda ham insonda beixtiyor kulgi tuygʻusi yuzaga keladi. Bunday
kulgili holatga oʻsha odamning ichki olami bilan uning tashqi koʻrinishi
oʻrtasidagi beoʻxshovlik sabab boʻladi. Mazkur nisbatning yana bir oʻziga
xos jihati shundaki, kulgili holatdan olgan zavqimizga sogʻlom ma‘nodagi
535
«xudbinlik» hissi ham qoʻshilib ketadi. Chunki biz bachkana, ka‘londimogʻ,
ovsarsifat odamning asl mohiyatini anglash qobiliyatimiz bilan ma‘naviy-
insoniy jihatdan u odamdan yuksakroq ekanligimiz oʻzimiz uchun hamisha
yoqimlidir. Shu jihatiga koʻra kulgi insonni ruhan koʻtaradi, unga insoniy
gʻurur tuygʻusi bagʻishlaydi.
Kulgi oʻz mohiyatiga koʻra demokratik xususiyatga ega: u barchani
teng koʻradi. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina boʻlib
qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi
beqiyos
rango-ranglik,
xilma-xil
qirralarga
ega
boʻlib,
mayin,
ragʻbatlantiruvchi, xushfe‘l hazil tuygʻusidan tortib, to ayovsiz achchiq
istehzogacha boʻlgan keng doirada amal qiladi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kulgililik yoki kulgi - insoniy voqelik
va faqat insonga xos estetik tuygʻu. Inson oʻzining aqli yordamida kuladi. U,
albatta, oʻzining ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning
mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara,
istehzo kabi obyektlarning ustidan afzallik tuygʻusi yotadi. Shu ma‘noda,
kulgi - biror-bir bema‘nilik bilan toʻqnashuv natijasida yuzaga keluvchi
yoqimsiz tuygʻulardan xalos boʻlishdir.
Inson boshqa insonda kulgini mutlaqo bir-biriga oʻxshamaydigan ikkita
uslub orqali paydo qiladi: bexosdan, ya‘ni oʻzining noqulay hatti-harakati
tufayli; toʻla onglangan holatda, ya‘ni oʻzining zukkoligi va gapga
chechanligi bilan. Chunonchi, zukkolik yoki zakiylikning yumoriga
asoslanishi shundaki, u holatning tanqidiga toʻgʻri yondashadi, uning
kamchiliklarini koʻra oladi, holatni kulgi bilan amalga tushunarli holda
koʻrsatib bera oladi. Zukkolik kulgili holatlarda qochirim, kinoya, luqma
yordamida vaziyatni oʻnglashi va undan chiqib keta olishi mumkin. Mazkur
jihatlarning umumlashmasi quyidagi toʻrtta asosni yuzaga keltiradi: Kosa
tagidagi nim kosa gaplar. Bunda biron narsa haqida gapiriladi-yu, ammo
mazmun
boshqa
ma‘noga
qaratilgan
boʻladi.
Byurokratiya‘ning
sarsongarchiliklaridan bezor boʻlgan shoirning qoʻyidagi misrasi fikrimizga
misol boʻladi:
Bir tomon iljaysa, ikkinchi tomon
Qotib turaverar-unga bir tiyin,
Ikki ministrlik aro sargardon
Boʻlgan moʻrkon kabi burnimga qiyin.
Kishining kamchiliklarini uning koʻngliga botmaydigan soʻzlar orqali
ifodalash bilan ham kulgililikni koʻrsatish mumkin. Chustiyning «Xurragim»
gʻazalida kulgining subyekti - xurrak otuvchi chiroyli tashbeh bilan
ifodalanadi:
536
Uyga sigʻmay, nayza sanchib tomni teshding nogahon:
SHul zamon sirlik faner topdi jarohat, xurragim.
Koʻkka chiqdingu malaklar uygʻonib ketti bari,
Qayda boʻlsang, boʻldi koʻp uyquga gʻorat, xurragim.
Umuman
olganda,
estetikaning
mezoniy
tushunchalari
(kategoriyalari)ni bir-biri bilan doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi.
ayniiqsa, bu jarayonda goʻzallik kategoriyasi bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
Shuning uchun fojiaviylikda, ulugʻvorlikda, xunuklikda ham goʻzallik
unsurlarining uchrashi bejiz emas
Do'stlaringiz bilan baham: |