Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Goʻzallik va uning muqobillari 
Goʻzallik estetikaning asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik 
tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham odatda 
―Estetika fani nimani oʻrganadi?‖, ―Estetika fanining maqsadi nima?‖, 
―Estetika qanday fan?‖ degan qator savollarga ―Estetika - goʻzallikni 
oʻrganuvchi fan!‖, ―Estetikaning maqsadi - goʻzallikni yaratish!‖, ―Estetika - 
goʻzallik haqidagi fandir!‖ - degan javob beriladi. Koʻrinib turibdiki, estetika 
bilan bogʻliq har qanday savolning javobi goʻzallik masalasiga borib taqaladi. 
Goʻzallik oʻz-oʻzidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, 
mazmuni va xususiyatiga koʻra ikki koʻrinishda namoyon boʻladi. Birinchi 
koʻrinishi goʻzallik ontologiyasi bilan bogʻliq. Goʻzallik tafakkur va tabiat 
mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yogʻochdan, misgar misdan, zargar tillodan 
shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki 
tabiatdagi purviqor togʻlar, yuksak choʻqqilar, dengiz-u ummonlarning 
goʻzaligini inson takrorlashga ojiz. 
Ikkinchi koʻrinishi goʻzallik gnoseologiyasi bilan bogʻliq. Ya‘ni 
goʻzallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qanday narsa-
hodisaning goʻzalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari 
bilan oʻlchanadi. Inson goʻzallikni chinakam his etganda, uning mohiyatini 
bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, goʻzallikni bilish, idrok etish 
insonning badiiy-estetik tafakkurini oʻstiradi. 
Goʻzallik tushunchasining mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan 
boʻlsak, uning tarixiy taraqqiyot hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida 
moddiy va ma‘naviy zaruriyatga aylangan tushuncha ekanligini kuzatishimiz 
mumkin. Bular: 
Birinchidan - ijtimoiy hayotning barcha sohalariga goʻzallikni tadbiq 
etish, uning qonuniyatlarini ma‘naviy jarayonlarga qoʻllash orqali ilgʻor 
qadriyatlar tizimini barpo etish mumkin. Jamiyatning iqtisodiy sohalariga 
goʻzallikni tatbiq qilish orqali moddiy ehtiyojlar manbai yaratiladi. 


527 
Ikkinchidan – globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan boʻlsak, 
goʻzallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada 
oydinlashadi. Chunki hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik 
xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qoʻyish, ommaviy 
qirgʻin qurollarini ishlab chiqarishni yoʻq qilish, terrorizm, genotsid va 
giyohvandlikning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik kabi umumbashariy 
muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiya‘ni ham 
goʻzallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda. 
Uchinchidan - goʻzallik normativ-baholash xususiyatiga ega. Chunki, 
goʻzallikni his etish, uni baholash orqali inson oʻzida uygʻunlikni namoyon 
qiladi. Uygʻunlik insonni faollikka undaydi, loqaydlik, dangasalik kabi 
illatlardan xalos etadi. Agar faoliyatning boshqa turlari (siyosiy, iqtisodiy, 
huquqiy, 
axloqiy) 
shaxsning 
alohida 
kuchlarini 
rivojlantirishga 
koʻmaklashsa, goʻzallik ularni yaxlit shakllantiradi. 
Goʻzallik estetik tafakkur tarixida tushuncha sifatida, qonuniyat 
sifatida, nazariya sifatida, dunyoqarash sifatida oʻrganilgan. Shu bois 
faylasuflar, adabiyotshunoslar va san‘atshunos olimlar oʻz sohalarining 
umumnazariy masalalarini yoritishda goʻzallikka murojaat qilganlar. 
Xususan, goʻzallikning nazariy va amaliy tahlili, ma‘naviy va axloqiy 
mohiyati, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan koʻplab 
ilmiy tadqiqotlar mavjud. Mazkur tadqiqotlarni umumiy ma‘noda asosan 
ikkiga ajratish mumkin. 1. Goʻzallikni ilmiy-nazariy asoslarni oʻrganishga 
qaratilgan tadqiqotlar. 2. Goʻzallikni ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bogʻliq 
holda amaliy-progmatik asoslarini yaratishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar. 
Goʻzallik tushunchasi azaliy muammo sifatida mutafakkirlarning 
diqqat e‘tiborida boʻlib keldi. Donishmandlar goʻzallikning mohiyatiga u 
yoki bu tarzda yondashganlar. Shuning uchun yillar davomida estetik 
tafakkur tarixida goʻzallik haqidagi gʻoyalar, qarashlar, nazariyalar va 
ta‘limotlarning butun bir tizimi shakllandi. 
Falsafa, estetika, etika, politologiya singari ijtimoiy fanlarning ilmiy 
asoslari koʻproq antik davr qarashlari bilan muqoyasa qilinadi. Buning boisi 
antik davrlarda ushbu fanlarga daxldor muammolar ilmiy-nazariy jihatdan 
tahlil etildi va muayyan tizimga solindi. Masalan, XII-XY asr Mavarounnahr 
mutafakkirlari ning goʻzallikka doir qarashlarida goʻzallik nazariya 
darajasidan koʻra koʻproq qarashlar tarzida tahlil etildi, goʻzallik san‘at 
hamda badiiy adabiyotning muhim vositasiga aylandi. Bir soʻz bilan 
aytganda, goʻzallik nasrdan nazmga koʻchdi. Chunonchi, soʻz san‘atida 
goʻzallikni namoyon ettirish koʻproq gʻazal, she‘rdagi shakl va mazmuning 
hamohangligiga bogʻliq. Bu borada Alisher Navoiyning estetik merosiga 
murojaat etish oʻrinlidir. 
Navoiy oʻzining «Xamsa» asarida falsafa, ilohiyot, axloq, siyosat 
hamda nafosatshunoslikning qator masalalariga murojaat qilib, borliq va 


528 
inson munosabatlarini chuqur tahlil etadi. Xususan, uning goʻzallikka doir 
mulohazalari «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»)da 
mufassal bayon etiladi. Shoir Sharq she‘riyatining koʻzgusi boʻlgan soʻzning 
goʻzalligiga alohida ahamiyat berib, uni quyidagicha bayon etadi; «Soʻz 
gavharining qolipi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham 
unga sadaf boʻla olmaydi, toʻrt sadaf (suv, havo, olov, tuproq) ichida 
gavharga qutu ham shu soʻz, etti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham 
shu soʻzdir». «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida esa Olohning hamma 
sohada tengsiz va yakkayu yagonaligi, borliqdagi barcha goʻzalliklar 
Ollohdan ekanligini bosh falsafiy-estetik masala qilib oladi. Qolaversa, 
Navoiyning barcha asarlarida ilohiylik ruhi pirovard maqsad qilib 
belgilanganki, bu holat «Hamsa» da ham yaqqol namoyon boʻladi. Jumladan, 
Navoiy 
Qur‘onning 
«Al-Isro» 
surasiga 
murojaat etgan holda, 
paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning Meroj tunida koʻrganlarini «Saddi 
Iskandariy», «Farhod va Shirin», «Sabbai Sa‘yyor» dostonlari orqali 
tasvirlashga harakat qiladi. 
Umuman, Oʻrta asrlar musulmon Sharqi estetik tafakkuri taraqqiyotida 
goʻzallik 
haqidagi 
ta‘limotlar, 
nazariyalar, 
qarashlarda 
umumiy 
dunyoqarashning kengligi, insonparvarlik va ratsionalizmning etakchiligi 
yaqqol seziladi. Musulmon Sharqi mutafakkirlari goʻzallikni aql va 
tafakkurdan ayri holda olib qaramaslikka, moddiy goʻzallikni ma‘naviy 
goʻzallikdan ajratmaslikka, aksincha, ularni uygʻun holda rivojlantirishga 
harakat qildilar. 
Shuni ham unutmaslik lozimki, bu davr falsafiy ta‘limotlarida Arastuga 
mansub olamning abadiyligi, voqelikdagi qonuniyatlarga inson tafakkur 
sa‘lohiyati, mantiqiy yondashish orqali mushohada qilish imkoniga ega, 
degan qarashlar etakchilik qildi. Biroq ular Arastu ta‘limotiga koʻr-koʻrona 
emas, balki uning «Metafizika» asrida ilgari surilgan Tavhid – Xudoning 
yagonaligi haqidagi nazariya‘ni yangi gʻoyalar bilan boyitdilar. Va oʻziga xos 
yangi falsafani kashf etdilar. Zotan, har qanday ta‘limotlar davrlar oʻtishi 
bilan takrorlanadi, eskilari yangicha qarashlar bilan boyitiladi, yangicha ruh 
bilan sugʻoriladi. 
«Goʻzallik»ning tugal ilmiy ta‘rifi haqida biror-bir qat‘iy fikr mavjud 
emas. Biroq, goʻzallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon boʻlishi, san‘atda 
aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta‘siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari 
surilgan 
gʻoyalar, yaratilgan ta‘limotlar oʻzining salmogʻi bilan 
ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat 
va undagi hodisalar, jamiyat va unda roʻy berayotgan ijtimoiy-ma‘naviy, 
siyosiy-iqtisodiy jarayonlar goʻzallikka yondashuvning tarixan tarkib topgan 
asosiy obyektlaridir. 
Ta‘kidlash zarurki, goʻzallik haqidagi qarashlar va nazariyalar 
markaziga «Goʻzallik nima?» degan savol qoʻyiladi, ammo ularning 


529 
aksariyatida «Nima goʻzal?» degan savolga javobni koʻramiz. Bu borada 
«Huvarnosi Ahura Mazda koʻp goʻzaldir, goʻzaldir juda» (Zardusht), 
«Goʻzallik bu gʻoyalardan iborat gʻoya‘ning gʻoyasi» (Aflotun), «Goʻzallik-
bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga toʻgʻri keladigan, odamlar erishishga 
havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Farobiy), «Har qanday goʻzallik, 
goʻzallikni anglay olgan muhabbat obyektidir» (Abu Homid Gʻazzoliy), 
«Goʻzallikka muhabbat qoʻyishning asosida ham aql, ham hissiyot yotadi» 
(Ibn Sino), «Goʻzallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush 
keladi» (Umar Hayyom), «Goʻzallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy), 
«Goʻzallik hissi, yoqimlilik tuygʻusiga bogʻliq holda, odamlarning 
birlashuviga, ularda ijtimoiy-axloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib 
keladi» (E.Byork), «Goʻzallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning 
obyekti» (I.Kant), «Goʻzallik-hodisaga aylangan erkinlik» (F.SHiller), «To 
bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa goʻzal» (A. SHopenhauer), 
«Goʻzallik Xudo-san‘atkor tomonidan yaratilgan illyuziya-xayolotdir» (F. 
Nitsshe), «Qayerdaki modda nurafshon boʻlsa, oʻsha erda goʻzallik hodisasini 
uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayotdir» 
(Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar goʻzallikka turlicha yondashuv natijasida 
yuzaga kelgan. 
Odatda, goʻzallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson 
tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan goʻzallik; inson 
tafakkuridan tashqa‘rida, insonga bogʻliq boʻlmagan holda yuzaga keladigan 
goʻzallik. Birinchisida aql, ruh va hissiyot ustuvor boʻlsa, ikkinchisida makon 
va zamon salmoqli oʻrinni egallaydi. 
Shuningdek, nafosat falsafasida goʻzallikni bilishning mahsuli sifatida 
munosabat bildiruvchi qarashlar ham mavjud. Bu muayyan asosga ega. 
Chunki voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning goʻzalligi uning 
ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari 
tushgan goʻzallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson goʻzallik 
haqidagi dastlabki ma‘lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi boʻlmish 
koʻrish sezgisi orqali oʻzlashtiradi, undan soʻng eshitish, ta‘m bilish, hid 
bilish va tana sezgisi natijasida goʻzallik anglanadi hamda his etiladi. 
Masalan, xarid qilmoqchi boʻlgan kiyimingizni, iste‘mol qilmoqchi boʻlgan 
taomni, turmushingiz uchun zarur boʻladigan jihozni avvalo koʻrasiz, 
oʻrganasiz, tomosha qilasiz, soʻngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil 
qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... Yarashmagan kiyimni 
kiyish naqadar kulgili va xunukligini tasavvur qilish qiyin emas. SHunday 
ekan, goʻzallik xususiyatlarining namoyon boʻlishida sezgilarning alohida 
ahamiyatga ega ekanligini e‘tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, 
goʻzallik haqidagi qarashlar tahlili shundan da‘lolat beradiki, mazkur besh 
sezgi ham goʻzallikni toʻlaqonli aks ettirish uchun etarli emas. 


530 
Yuqorida 
bildirilgan 
fikrlarga 
asoslangan 
holda 
goʻzallikka 
quyidagicha ta‘rifni berishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Goʻzallik - 
ma‘naviy va moddiy xususiyatga ega boʻlgan, ijtimoiy hayotda favqulodda 
ahamiyat kasb etuvchi tushuncha boʻlib, narsa-hodisalarning inson 
tafakkurida lazzatning uygʻunlik, me‘yor, hamohanglik, mutanosiblik, 
maqsadga muvofiqlik asosida namoyon boʻlishidir. 
Ma‘lumki, voqelik oʻz ichiga talaygina ekvivalent tushunchalarni 
qamrab oladi; u yagona rang-barangdir, abadiy va ayni paytda oʻtkinchidir, 
oʻzgarmas va ayni paytda oʻzgaruvchandir. Xususan, goʻzallik oʻz mohiyatini 
muayyan ziddiyatlar bilan bogʻliqlikda namoyon qilib boradi. Zero, 
goʻzallikning dialektik ziddiyati uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy 
shartdir. Ana shu zaruriy shart nafosatshunoslikda umumiy nom bilan 
«xunuklik» deb ataladi: u goʻzallikning dilemmasi. 
Gohida shakl va mazmun goʻzalligi bir-birini dialektik tarzda inkor 
etadi. Sunday esa-da, bu bir tomondan ijobiy holat. Negaki, mazmun oʻz 
vaqtida shaklning kamchiligini koʻrsatib, uning goʻzallashuviga turtki berib 
turadi yoki aksincha. Yoʻqsa yo shakl yoki mazmun xunuklikka aylanib 
qolishi shubhasiz. Zotan, bu kabi holatlar hayotimizda koʻplab uchraydi; 
koʻrinishi chiroyli boʻlgan insonlarning hammasini ham ma‘naviyati boy 
boʻlmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda 
barkamol emaslar. 
Shu ma‘noda aytishimiz mumkinki, xunuklik bir paytning oʻzida ham 
goʻzallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddidir. Chunki xunuklik 
lazzatlanish tuygʻusi mavjud boʻlgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga 
keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forigʻlashdan 
mahrum. 
Olmon faylasufi K.Rozenkrans oʻzining «Xunuklik estetikasi» nomli 
asarida xunuklikni goʻzallik bilan munosabati masalasini koʻrib chiqadi. 
Qizigʻi shundaki, muallif asarda hayotning ogʻriqli qusurlarini emas, balki 
xunuklikka toʻgʻridan-toʻgʻri goʻzallikning murosasiz inkori sifatida 
yondashadi. Bu borada ta‘kidlaydiki, «Bizga xunuklik emas, aksincha, 
oʻzidagilarni bardosh bilan engib, ulardan ajralib chiqqan goʻzallikkina zavq 
bagʻishlaydi. San‘at bizga xunuklikning barcha ikr-chikirlarini ochiq-oydin 
tasvirlamogʻi lozim». 
Shuni alohida ta‘kidlash oʻrinliki, estetika kategoriyalari orasida 
xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuygʻu paydo qiladigan boshqa 
tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha, uni xunuklik 
bilan aynanlashtirib boʻlmaydi. Chunki xunuklik kishilarda engil noxushlik 
tuygʻusini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uygʻotadi. 
Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik engil noxushliklar 
koʻrinishida namoyon boʻladi, biroq, tubanlikka aylanmaydi. Insondagi 
xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, 


531 
koʻkalamzorlarga toʻkilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk koʻringani bilan undan 
odamlar nafratlanmaydilar. Inson tomonidan qilinadigan ayrim hatti-
harakatlardan esa nafratlanish va hatto jirkanish mumkin. Mamlakat boshiga 
ogʻir kulfat tushganda undan oʻz moddiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi 
tuban odamga misol boʻladi. 
Koʻrinib turibdiki, goʻzallikning oʻzi murakkab masala boʻlishi 
barobarida uning ziddi hisoblangan xunuklik ham murakkablikda 
qolishmaydi. Shunga qaramay, goʻzallik oʻz mukamalligiga xunuklikni 
bartaraf etish orqali erishadi. Zotan, ongli mavjudot hech qachon xunuklikka
e‘tiqod qoʻygan emas, aksincha, goʻzallikning qudratini tan olgan. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish