Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar 
1.
Muomala madaniyati haqidagi fikringiz. 
2.
Muomala madaniyatining axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va 
uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati sifatida qanday tushunasiz?
3.
Asosiy axloqiy qadriyatlar haqida nimalarni bilasiz?
4.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uygʻunligi haqidagi 
fikringiz.
5.
Tibbiy va ekologik tarbiya‘ning axloqiy asoslari haqida nimalarni 
bilasiz? 
6.
Sogʻlom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi 
ahamiyati deganda nimalarni tushunasiz? 
7.
San‘atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta‘siri haqidagi fikringiz. 
8.
Zamonaviy axloqiy tarbiya‘ning yutuqlari va kamchiliklari haqida 
nimalarni bilasiz?
9.
―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar dunyoqarashiga ta‘siri haqidagi 
fikringiz. 
10.
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik haqida 
nimalarni bilasiz?
11.
Bioetika haqidagi fikringiz. 
 
 
16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari 
 
 ―Estetika‖ fanining obyekti va falsafiy mohiyati 
Falsafa va uning fan sifatidagi umumnazariy masalalari doimo tafakkur 
ahlining e‘tiborini jalb etib kelgan. Inson olamni his-tuygʻulari, aql - idroki 
va iroda-ixtiyori yordamida oʻzlashtirar ekan, falsafaga ehtiyoj sezib yashash 
tabiiydir. Zero, tabiat, jamiyat va insonning rivojlanish muammolari bilan 
bogʻliq jarayonlarda tafakkurga murojaat qilish - falsafaga murojaat qilish, 
haqiqatni anglash – falsafani anglash demakdir. Bir soʻz bilan aytganda, 


518 
falsafada bosh maqsad – haqiqat va uni yuzaga keltirishdir. Falsafa esa 
haqiqatga tafakur orqali boradi.
Oʻzining qadimiy tarixiga ega boʻlgan estetika shu ma‘noda falsafiy fan 
hisoblanadiki, u ham tabiat, jamiyat va inson muammolariga falsafaning bosh 
maqsadi boʻlgan haqiqat tamoyillaridan kelib chiqqan holda yondashadi. 
Biroq, estetikada haqiqatga goʻzallik orqali erisxiladi. Shuning uchun ham 
estetika haqida gapirilgan joyda, albatta goʻzallik tushunchasi ishtirok etadi. 
Zero, insonga oddiy qilib ―estetikasi zoʻr inson‖ deb baho berish bilan oʻsha 
insonning goʻzallikka munosabatini ham baholagan boʻlamiz. 
―Estetika‖ (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab 
Germaniyadagi Volf maktabining faylasufi Aleksandr Baumgartenning 1750-
1758 yillarda yozgan ―Estetika («Aesthetica»)‖ nomli ikki tomlik asarida 
muomalaga kiritgan.
Baumgarten estetikani bilishning yuksak darajasi hisoblangan 
mantiqdan farqli oʻlaroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga 
tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, 
estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning 
birinchisi – aql muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga tegishlidir. 
Biroq insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada orqali 
roʻy beradi, soʻngra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi. Shunga 
koʻra, estetikaning predmeti – goʻzallik, mantiqniki – haqiqatdir. 
Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik san‘at 
falsafasiga nisbatan keng qoʻllanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix 
Gegel va boshqa faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning 
predmetini aniqlashda goʻzallik masalasi bilan boshlangan mulohazalar to 
gʻoyalar olamining falsafiy mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan bogʻlanib 
ketdi. Shuning uchun ham koʻpchilik nazarida Baumgarten ―estetikaning 
asoschisi‖ sifatida tilga olinadi. Ammo nemis faylasufi Teodor Lipps 
estetikani mohiyatan ―nemislarga xos fan‖ ekanligini ta‘kidlagani holda 
Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf - Gotxold 
efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant, Fridrix Shillerni 
koʻrsatib oʻtadi. U Immanuil Kant ―estetikaning asoschisi‖ sifatida birinchi 
boʻlib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan ―hudud‖ning 
chegarasini belgilab berdi. Shundan keyingina estetika masalalari Kantning 
idealistik falsafasi bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi. 
Estetika fan emas, uning mazmuni fanning ilmiy talablariga javob 
bermaydi, degan fikrlar estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib 
chiqqan fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi; uni 
ma‘lum maqsadlar yoʻlida oʻzgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat 
hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan 
sifatida oʻzining qonuniyatiga, kategoriyalariga va tushunchalar tizimiga ega. 
Biroq, ―Estetika – goʻzallik haqidagi fan‖ deyish asl mohiyatni anglatmaydi. 


519 
Aksincha, estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu voqelikka daxldor 
goʻzallik tuygʻularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui; b) 
borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va 
his qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining 
turidir. 
Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqa‘rida 
qoʻllanilganda koʻplab ma‘nolarni anglatishiga sabab ham ana shunda. 
Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga umumiy zaruriyat 
yuzasidan kundalik faoliyatda kerak boʻladigan narsa-hodisalarni (chiroyli 
boʻlish, orasta kiyinish, ozoda yurish, nafis harakat qilish kabi masalalar 
bilan estetikaning muayyan sohasi shugʻullanadi) emas, balki estetika fan 
sifatida estetik tarbiya‘ni takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish, 
odam tuygʻusini tarbiyalash, uning did-fahm-farosatni yuksaltirishga 
qaratilgan fundamental masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini oʻrganish va 
yechimini topishga e‘tibor beradi. Zero, estetikaning mavjudlik shartini 
nafosatshunos O.A.Krivsun ‖Qaerdaki inson tafakkuri va tabiat hodisasi 
tufayli yaratilgan predmetlar olamini his etish yoki undan zavqlanish tuygʻusi 
sodir boʻlar ekan oʻsha erda ―estetik jarayon‖, ―estetik hodisa‖ roʻy beradi‖ – 
deb izohlaydi. SHu ma‘noda, qaerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi, 
yashashdan maqsad yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini 
anglashga ehtiyoj sezilsa, oʻsha erda estetika mavjuddir, desak notoʻgʻri 
boʻlmaydi. 
Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma‘lumki, 
barcha fanlar oʻz predmetiga ega boʻlib, olamning mohiyatini bilish, 
borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir 
fan oʻz predmetini belgilaydi. Olaylik, sa‘lomatlik tibbiyotning maqsadi 
boʻlsa, uning predmeti - inson sa‘lomatligini asrash, mustahkamlash, himoya 
qiluvchi vositalar, hodisalar, omillar hisoblanadi. Biroq, estetikaning 
predmetini tibbiyotnikidek bir soʻz bilan ifodalash qiyin. Mohiyatan insonni 
paydo boʻlishi va voqelikni idrok qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha 
qadriyatlar estetikaning predmeti boʻla oladi. Jumladan, tabiat va uning 
estetik xususiyatlari, san‘at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni 
va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning 
predmeti boʻlib xizmat qiladi. Chunonchi, Immanuil Kantning nazarida 
estetikaning predmeti – bu san‘atdagi goʻzallik boʻlib, u estetik muhokama 
qobiliyatini tanqid sifatida namoyon boʻladi. Fridrix Gegel esa estetikaning 
predmetini umuman san‘at, xususan tasviriy san‘at bilan cheklab qoʻyadi. 
SHu ma‘noda estetikaning predmeti – olam va uning umuminsoniy 
ahamiyatiga koʻra oʻrganiladigan estetik hodisalar hisoblanadi. Biroq 
estetikaning predmeti estetik tajribaning inson va jamiyat hayotidagi oʻrni va 
ahamiyatini har tomonlama tadqiq etishni, shuningdek, insonning biroz 
boʻlsa-da oʻzining ma‘naviy olamga tegishli ekanligini, global ijtimoiy-


520 
utilitar tobelikdan xalos boʻlish yoʻllarini anglashni, shaxsiy erkinligi va 
mutloq va uygʻun toʻlaqonli hayotning bir qismi ekanligini his qilishga 
qaratilgan masalalar bilan belgilanadi. 
Estetika fan sifatida ilmiy, ma‘rifiy, badiiy taraqqiyotning oʻziga xos 
muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, oʻrganadi va oʻrgatadi. 
Quyidagi mazkur funksiyalarning ayrimlari haqida fikr yurita‘miz. 
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Ushbu funksiya badiiy ijod bilan 
shugʻullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. ayniiqsa, ranglar 
jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan 
ushbu funksiya‘ning ta‘sirida roʻy beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni 
boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga koʻmak beradi. Bilish funksiyasi - san‘at 
asarini bilish va baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik 
axborotni etkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay 
bilishlari, «ommaviychilik san‘ati»ni rad qila olishda muhim ahamiyatga ega. 
Yaratuvchanlik funksiyasi - yangi koʻrinishdagi iqtisodiyotning estetik 
asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni 
namoyon etishga imkon beradi ayniiqsa, goʻzal qadriyatlarni dunyoga 
tanitish, xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan 
personajlarni yaratish orqali insonni ma‘naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat 
qiladi. 
Metodologik funksiyasi. Mazkur funksiya badiiy asarda aks ettirilgan 
voqea-hodisaning mohiyatini oʻquvchiga toʻlaqonli etkazish imkonini beradi, 
asarni bilish va uni xuddi hayotdagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. 
Bundan tashqari, bu funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli 
badiiy reallik idrok etiladi. Masalan, teatr asarini tomosha qilish jarayonida 
tomoshabin bir paytning oʻzida ham sahna bezaklariga, ham aktyorlarning 
kiyimlariga, ularning hatti-harakatlariga sinchkovlik bilan nazar tashlaydi, va 
bu holatlarning barchasini estetik tasavvuri orqali mutanosib holga olib 
kelishga intiladi. Asar rejissyori, operator, rassom, chiroq ustasigacha barcha 
ijodkorlar estetik masofaning ahamiyatini hisobga olishi shartdir. Chunki 
badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Shu bois badiiy asar inson 
tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va 
masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi. U 
hayajonlanadi, qalbi ravsha‘n tortadi. Ushbu masalalarni oʻrganish, tahlil 
qilish estetikaning metodologik funksiyasiga kiradi. 
Estetika fan sifatida oʻzining qator prinsiplariga (tamoyillariga) ega. 
―Falsafa. Qomusiy lugʻati‖da ―prinsip‖ tushunchasining ma‘nosi ―turli 
ahamiyatga ega boʻlgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori; har 
qanday hatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlangʻich qoidalari‖ deb 
izohlangan. Ushbu izoh estetika fanining prinsiplariga xos mazmunni ham 
anglatadi. Odatda, estetikaning quyidagi anʻanaviy prinsiplari mavjud. Bular: 
1. Uygʻunlik (garmoniya) tamoyili; 2. Yaxlitlik (butunlik) prinsipi; 3. 


521 
Ifodalilik (obrazlilik) prinsipi; 4. Maqsadga muvofiqlik prinsipi. Ushbu 
prinsiplar orasida estetik munosabatlarda koʻproq koʻzga tashlanadigan 
uygʻunlik va maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni 
aytish mumkin. 
Uygʻunlikning 
falsafiy-estetik 
mazmuni 
ilmiy 
adabiyotlarda 
―garmoniya‖ tushunchasi bilan ham izohlanadi. Milliy estetikamizda mazkur 
tushunchaning estetik mohiyati koʻpchilik olimlar tomonidan ilmiy tahlil 
qilingan. Bular orasida faylasuf Tilab Mahmudovning mulohazalari bir qadar 
diqqatga sa‘zovor. Faylasuf uygʻunlikda nomutanosiblik xususiyati, 
garmoniyada disgarmoniya a‘lomatlari borligini uqtiradi. Shunday narsa-
hodisalar borki, uning tarkibiy qismlari uygʻun boʻlmasa ham goʻzal tasvirni 
bera oladi. Bundan tashqari, uygʻunlik buzilishi, nomutanosiblikka 
asoslangan garmoniyalar boʻlishi mumkin. Gap ana shu hayotiy predmetning 
mutanosibligi inson hayotining yoʻnalishi bilan qanday munosabat va 
aloqadorligidadir. Agar faylasufning narsa va hodisalar tashqi koʻrinishidan 
bizga uygʻun koʻrinmasligi mumkin, lekin oʻz ichki uzviy birligi va 
mutanosibligi bilan ma‘lum garmoniyaga ega boʻlishi aniq, degan xulosasini 
e‘tiborga olsak, fikrda jon bor. Zero, tabiatda shunday hodisalar borki, u oʻz 
goʻzalligini disgarmoniyada ham aks ettiradi. Qolaversa, tabiat va jamiyatda 
bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanmagan, ma‘lum aloqadorlikda boʻlmagan, 
muallaq predmet va hodisaning oʻzi yoʻq: har bir narsa oʻzining aloqadorlik 
doirasiga ham ega. 
Nemis faylasufi Georg Gegel maqsadga muvofiqlik prinsipini goʻzallik 
va san‘atning oʻzaro aloqadorligida koʻradi. U goʻzallikni maqsadga 
muvofiqlik bilan bogʻliqligini tahlil qilib, bu bogʻliqlikning asosida tashqi va 
ichki qarama-qarsxiliklar markaziy oʻrin egallashini uqtiradi. Garchand 
predmetlarning shaqliy goʻzalligida mutanosiblikni muhim element deb 
hisoblasada, Gegel uning xususiyati faqat geometrik asosdangina iborat 
emasligini ta‘kidlaydi. 
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xususiyatlarini 
emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va undagi mustahkam 
barqarorlikni ifodalaydi. Biroq hodisalar ayni bir vaqtda bir-biriga oʻxshaydi 
va bir-biridan farq qiladi. Xususan, voqelikni estetik oʻzlashtirshning oliy 
shakli boʻlgan san‘atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli boʻlib, ularga 
badiiy ijod jarayoni ham, san‘atning ijtimoiy olami ham taaluqlidir. Ular 
san‘atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini ochib berishga 
xizmat qiladi. Shunga asosan ―Estetik faoliyat qonuni‖, ―Badiiy ijod qonuni‖, 
―Badiiy jarayon qonuni‖, ―Badiiy idrok qonuni‖, ―Estetik idrok qonuni‖ kabi 
qonuniyatlar tizimi shakllangan. Ushbu qonunlar olamni estetik oʻzlashtirish 
jarayonining mohiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi:1) 
voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam hodisalarini tasavvur 
qilish, anglash hamda tajribaga tayangan holda insoniyat oldiga qadriyatlarni 


522 
oʻrganishni vazifa qilib qoʻyadi. 2) estetik faoliyat predmetlar olami va 
insoniy idealni botiniy tuygʻular asosida oʻzlashtirish natijasida yuzaga 
keladi, u umuminsoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi 
hamda erkin ijodkorlik muhitini yaratishga koʻmak beradi. Estetika fanida 
koʻp amal qiladigan qonunlardan yana biri ―Badiiy ijod qonuni‖ hisoblanadi. 
Ushbu qonunning mazmuni haqida faylasuf Abdulla She‘rning fikrlari 
ahamiyatlidir. Faylasuf badiiy ijod jarayoni boshqa barcha aqliy mehnat 
turlaridan katta farq qiladigan mehnat turi boʻlib, unda mehnat qandaydir sirli 
ruh bilan amalga oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi 
san‘atkorning muayyan gʻoya‘ni yoki gʻoyalar tizimini badiiyat orqali 
boshqalarga etkazish istagi bilan bogʻliq boʻlib, bu gʻoyaviy niyatda aks 
etadi. Gʻoyaviy niyat koʻzga ilgʻamaydigan darajada nozik va koʻz 
ilgʻamaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki gʻoyaviy niyat oʻz nomi 
bilan gʻoyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun 
asarning poydevori. U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, ―tili‖, badiiy 
vositalari qanday boʻlishi kerakligini belgilab berish uchun ular bilan ―kurash 
olib boradi‖. Ba‘zan ularni oʻziga boʻysundiradi, ba‘zan esa ularga bir oz yon 
berib, ma‘lum nuqtalarda oʻzgaradi, ―sharoitga moslashadi‖. Gʻoyaviy 
niyatni shu bois hech qachon toʻliq amalga oshgan estetik hodisa sifatida 
tasavvur qilish mumkin emas. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda ―Badiiy ijod qonuni‖ning asosiy 
kamponenti hisoblangan ―ijod‖ni inson taraqqiyoti uchun ahamiyatini 
quyidagicha izohlash mumkin. Ya‘ni ijod: a) muayyan badiiy uslub 
yordamida shaxs va jamiyatning madaniyatini yuksaltiradi; b) obrazli 
tafakkur yordamida badiiy olamning asl va betakror mohiyatini anglash 
imkonini beradi; v) olam goʻzalligidan zavqlanish, iztiroblardan forigʻ 
boʻlish 
va 
yaratuvchanlikka 
ragʻbatni paydo qiladi. 
Estetikaning 
qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi jarayonlarning estetik 
mazmunini turli rakursda oʻrgansa-da, estetika uchun umumiy boʻlgan 
metaqonun - ―Insonning voqelikka estetik munosabati qonuni‖ga amal qiladi. 
Bu qonun yordamida estetika oʻz tadqiqot obyektining predmetini 
konkretlashtiradi, funksiyalarini belgilaydi. 
―Estetika‖ iborasini ilmiy muomalaga kiritilganiga ham uch yarim 
asrdan ortiq vaqt oʻtdi. Bu vaqt oraligʻida estetika dunyo faniga aylandi, 
jahonda bu fanni rivojlantirish, uning ilmiy-nazariy muammolarini 
oʻrganishga qaratilgan yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. ayniiqsa, 
mamlakatimizda estetika ilmi, ta‘limii va tarbiyasini rivojlantirish, estetik 
dunyoqarashni boyitish masalalari doimiy e‘tiborda boʻlib keldi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish