Takrorlash uchun savollar:
1. Estetikaning fan sifatidagi mohiyatini tushuntiring?
2. Estetika nima uchun falsafiy fanlar turkumiga kiradi?
3. Estetikaning asosiy qonuniyatlari haqida ma‘lumot bering?
4. Qaysi funksiyalar estetikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi?
5. ―Goʻzallik falsafasi‖ degan iborani izohlang?
6. Inson goʻzalligining asosiy mezonlarini sharhlang?
7. Ulugʻvorlik nima uchun ham axloqiy ham estetik kategoriya
hisoblanadi?
8. Nima uchun xunuklik goʻzallikning teskarisi yoki ziddi hisoblanadi?
9. Fojiaviylik ulugʻvorlikning davomi ekanligi izohlab bering?
10. Kulgililikning demokratik xususiyati nimada?
17-mavzu. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA
ESTETIKASI
Tabiatning estetik xususiyatlari
Tabiat goʻzalligi va tarbiyaviy ahamiyati azaldan faylasuflarni
qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma‘naviy yuksalishidagi eng buyuk davrlar ham
tabiat va odamzod hayotidagi oʻzaro uygʻunlik va mutanosiblikning
mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi
oqilona munosabatlar bilan bogʻliq. Ma‘lumki, goʻzallik haqidagi ilk
tasavvurlar ham tabiatga daxldor boʻlib, tabiatdagi organizmlarning har biri
oʻz holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bogʻliq holda yashaydi.
Masalan, nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq
ta‘sirida yashaydi, rivojlanadi. Buni zardoʻshtiylikning kitobi boʻlgan
―Avesto‖da ham koʻp bora ta‘kidlab oʻtiladi. Axura Mazda qiyofasidagi
ezgulik hayot ramzi, erni hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni
sogʻlik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, goʻzallik, farovonlik
yordamida munavvar qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki ―Avesto‖ da inson oliy
jonzot sifatida talqin etiladi, ayni paytda eru-koʻkdagi barcha ne‘matlarni
537
sevish, ardoqlash, insonning muqaddas burchi hisoblagan. Ozodalik, tozalik
tushunchalari axloqiy hamda ilohiy tushuncha darajasiga koʻtariladi. Suvni,
atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga shafqatli munosabat, bularning bari
―Avesto‖da eko-estetik tarbiya‘ning uzviy bogʻliq ifoda etilishini koʻrsatadi.
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik
ta‘limotida ham oʻziga xos yondashuv mavjuddir. Daosizm ta‘limotida Inson
mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga kelgan., u tabiatning bir
qismi, uning vazifasi fazilat (de) yoʻlidan borish. Har qanday sun‘iy
aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini oʻzgartirishga intilish-odamlar
uchun ha‘lokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning
manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli Lao-szi
nazdida faoliyat-daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi., uning
asosiy axloqiy tamoyili ―uvey‖-faoliyatsizlik, donishmand kishining ―dao‖si-
bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi
boʻlmagan faol hatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos
faoliyatdir. Tabiat goʻzalligini asl holda saqlash va uni koʻrish, his qilish
daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.
Muqaddas Islom dinining muborak manba‘lari - Qur‘oni Karim va
Hadisi sharifda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat ne‘matlaridan oqilona
foydalanishga da‘vat qilinadi. Tabiat ne‘matlarini isrof qilmaslik, insonning
yashasha tarzi, shaxsiy gigienasi, zurriyotni tozaligiga, oʻsimlik-hayvonot
dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta
ahamiyat berilgan. Chunonchi, Hadisda ―Kimki daraxt ekib uni muhofaza
qilishga sabr qilsa, meva bergunicha parvarish qilsa, u odamga mevasidan
kelgan har bir foyda uchun Olloh huzurida ajr savob boʻlgay‖ ―Dunyo yam-
yashil va goʻzaldir. Kimki undan haqli ravishda ha‘lollik bilan olsa, undan
baraka topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa,
qiyomat kuni doʻzaxdan boshqa narsaga erishmaydi‖ – degan hikmatlar bir
necha marta ta‘kidlanadi.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uygʻunligi
bilan goʻzaldir. Goʻzallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san‘at) hodisasi boʻlib,
aniq hissiy ta‘sir oʻtkazish orqali insonda jismoniy va ma‘naviy kuchlar
oqimining koʻpayishiga, shodlik, zavqlanish, toʻla ma‘naviy qoniqish holati
vujudga kelishiga imkon yaratadi. Goʻzallik doimo foydalidir, lekin bu
foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga moʻljallangan boʻladi.
Tabiatdagi goʻzallik ijtimoiy hayot goʻzalligidan, foydali amaliy
faoliyatidagi goʻzallik badiiy ijoddagi goʻzallikdan farq qiladi. Lekin
goʻzallik qanchalik oʻzining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning
barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega boʻlib, mana shu umumiy tub
belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-goʻzallik
tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.
538
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik
bilan toʻqnashar ekan, u albatta tabiatning goʻzalligidan zavq-shavq oladi,
ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma‘naviy boylik orttiradi. Inson
tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq
keladigan hodisalarni goʻzallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga
estetik munosabat va tabiatni estetik oʻzlashtirish uni «insoniylashtirish»,
tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini tadbiq etish
bilan bogʻlanib ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda boʻlish tuygʻusi birdaniga paydo
boʻlmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari
shakllanib borgan, ibtidoiy san‘at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat
hodisalarining goʻzal yoki xunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi-
musavvir oʻz diqqat e‘tiborini asosan tirikchilik manbai boʻlgan narsalar,
voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqoʻton, Sarmishsoy, Zarautsoy,
Xojikent, Panjikent va boshqa qoya rasmlarini eslang). Oʻsha paytlarda inson
faoliyatining asosiy turi boʻlgan ovchilik oʻrniga u yoki u bilan yonma-yon
dehqonchilikning paydo boʻlishi bilan, ya‘ni inson atrofidagi tabiatni
oʻzlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan
baholanadi, oʻlchanadi, inson uchun tabiatning goʻzallik va xunuk tomonlari
ayon boʻla boshlaydi.
Goʻzallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etiladi. Biroq bu
goʻzallikka munosabatning faqat bir jihati, xolos. Bizning asrimizda insoniyat
ulkan vayron qilish qudratiga ega boʻlgan vositalarni qoʻlga kiritdi. SHu
narsa aniq-ravsha‘n boʻlib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik
nuqtayi nazaridan munosabatda boʻlish salbiy oqibatlarga ham olib keladi.
Estetik xususiyatlar orasida tabiat goʻzalligi inson uchun hammadan
koʻra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin boʻlishga botiniy
intilish, undagi goʻzallik va nafosat olamini oʻzlashtirish, idrok etish inson
zotiga xosdir.
Tabiat estetikasi insonni uygʻunlikka asoslangan goʻzallikni koʻrish, his
qilish, zavqlanish va qadrlashga oʻrgatadi. Chunki tabiat goʻzalligi koʻz bilan
koʻrish, qalb bilan his etish va harakat bilan barpo etish orqali idrok etiladi.
Bu jarayon uchta jihatni toʻlaqonli anglash va munosabatda boʻlishni taqa‘zo
etadi. Bu: a) tabiiy organizmning oʻziga xos tuzilishi va oʻzaro
mutanosibligini; b) doimiy harakatda, rivojlanishda boʻlgan jonli
organizmning oʻziga xos xususiyatlarni; v) tabiiy obyektlarga xos boʻlgan
dekorativ nafosatni. Bunday hodisa odatda san‘at orqali etkazib beriladi.
Tabiatning estetik xususiyatlari insonni, tabiatni sevishga, uning
goʻzalligiga begʻaraz munosabatda boʻlishga oʻrgatadi, ya‘ni tabiatni faqat
odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqa‘ridagi
umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. ayniiqsa,
tabiat estetikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlgan landshaft dizayni
539
masalalariga zamonaviy yondashuv, atrof-muhitni goʻzallashtirishda muhim
ahamiyatga ega boʻlib bormoqda. SHu bois mamlakatimizda landshaft
dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning
arxitekturaviy-badiiy
qiyofasini
yaxshilash,
landshaft
dizayni
mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13
avgustda ―Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish
dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida‖ gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida ishlab
chiqilgan dasturda Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh
boshqarmasi, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar
obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini, loyihalash
tashkilotlarini malakali kadrlar, mutaxassislar bilan ta‘minlash, zarur texnika,
asbob-uskunalar va materiallar sotib olish uchun mablagʻlar ajratish koʻzda
tutilgan. ayniiqsa, landshaft, me‘moriy dizayn bevosita inson turmush
tarzining farovonlashuvi va sogʻlom turmush tarzining vujudga kelishida
muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta‘kidlash lozim.
Olmon faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bogʻlaydi:
―Kimniki bevosita tabiat goʻzalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yoʻq
deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan da‘lolat beradi‖, –
deydi. Biroq yana bir olmon faylasufi Hegelning ―Tabiatda ideal yoʻq, shu
sababli u ikkinchi darajali goʻzallikdir!‖ – degan fikri estetikada uzoq davrlar
hukmronlik qildi. Bu ayniqsa, ―tabiatdan in‘om - ehson kutmaymiz, balki uni
boʻysindirish vazifamizdir‖ - degan gʻoya tarafdorlari uchun juda qoʻl keldi.
Natijada uzoq yillar tabiat, atrof-muhit va ekologiya estetikasi muammolari
nazarda chetda qolib keldi. Me‘moriy obidalarni asrash, tiklash haqida
qaygʻurdik, ularni estetik qadriyatlar deb e‘lon qildik, lekin landshaft
estetikasini chetga chiqarib qoʻydik.
Oʻzbekistonda tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish borasida
muayyan tajriba orttirildi. Sohadagi vazifalarning koʻlami mamlakatimiz
hamda mintaqada ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish bilan bogʻliq
muammolarni kompleks hal etishni, bu borada davlat organlari, jamoat
birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning sa‘y-
harakatlarini muvofiqlashtirishni taqa‘zo etadi. Zero, sogʻlom va goʻzal atrof-
muhit muhofazasi davlatning, jamiyatning va har bir fuqaroning eng muhim
vazifasidir.
Inson hayotining farovonligi bevosita tabiat bilan bogʻliq, shu bois
ekologiya va inson sa‘lomatligi, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish
masalalari bugun ijtimoiy zaruriyatga va ma‘naviy ehtiyojga aylanib
bormoqda. Bu jamiyat, davlat va har bir fuqaro manfaatiga birdek daxldor
masalalar
sirasiga
kiradi.
Tabiatni
muhofaza
qilish,
hududlarni
obodonlashtirish, koʻchat-daraxtlar oʻtkazish va ularni parvarishlash, foydali
qushlar va hayvonlarga zarar etkazmaslik, koʻl va ariqlarni ifloslantirmaslik,
540
ularni doim tozalab turish tabiatni goʻzallashtirish muammolari bilan bevosita
bogʻliq.
Hozirgi kunda tobora oydinlashib borayotgan haqiqat shuki, tabiatni
estetik qadriyat deb bilmaslik estetik savodsizlik, aniqrogʻi, bugun tabiatsiz
estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |