Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Download 380,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi380,38 Kb.
#256171
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu ishlangan (2)



KIRISH 

Mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari 

Reja: 

1.  «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi predmeti, maqsadi va 

vazifalari. 

2.  «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan 

aloqalari. 

3.  Umumiy o’rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan 

Davlat Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar. 

4.  «Shaxs va jamiyat» kursining tuzilishi, mazmuni, vazifalari. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  ilmiy  pedagogik  fan  bo’lib,  u 

o’quvchilarga  Shaxs  va  jamiyat  kursidan  puxta  bilim  b  erish,  ularni  milliy  istiqlol 

g’oyasi  ruhida  tarbiyalash  va  kamol  toptirishda  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 

tizimida o’qitiladigan kursning maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod 

va usullarini hamda o’qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasining  asosiy  fan  sifatida  oliy  o’quv 

yurtlaridagi tarix fakultetlarining o’quv rejasiga kiritilishi va uni o’rganishdan ko’zda 

tutilgan kelgusida o’qituvchi bo’lib chiqadigan talabalarni o’rta ta'lim va o’rta maxsus 

ta'lim  tizimida  Shaxs  va  jamiyat  o’qitishning  ilmiy  asoslari  bilan  qurollantirishdan 

iborat. 


Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi o’zining mustaqil tekshirish predmetiga 

ega. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida Shaxs va jamiyat fanining o’qitilishi 

va  o’qitish  jarayonining  o’rganilishi  Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasining 

predmetini  tashkil  etadi.  O’qitish  jarayonining  ob'ektiv  suratda  amal  qiladigan  o’z 

qonuniyatlari  bor.  Ularni  bilib  olish  va  ta'lim-tarbiya  jarayonida  bu  qonuniyatlarga 

amal qilish, ulardan oqilona foydalanish o’rta ta'lim va o’rta  maxsus ta'lim tizimida 

Shaxs va jamiyat o’qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  tadqiq  etadigan,  talabalarning  puxta  va 

mukammal  bilim  olishi  va  amalda  suyanishi  k  erak  bo’lgan  Shaxs  va  jamiyat 

o’qitishning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta'lim jarayonida qanday 

namoyon bo’ladi? 



2

 

 



 

Shaxs  va  jamiyat  jarayonining  tarkibiy  qismlari  (maqsadi,  mazmuni, 

o’qitishning  metod  va  usullari,  natijalari)  o’rtasidagi  qonuniyatli  aloqalar 

quyidagicha  namoyon  bo’ladi:  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida 

maqsadi,  ta'lim-tarbiya  vazifalarining  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi 

 



3

 

 



o’qitishning mazmuniga, g’oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo’lishiga 

bog’liq  bo’lganidek,  o’quvchilarning  Shaxs  va  jamiyat  jarayonining  tarkibiy 

qismlari  va  ular  o’rtasidagi  aloqalar  kursini  o’zlashtirish  darajasi  ham  o’z 

navbatida  o’qitishning  o’rganiladigan  mavzuning  maqsadi,  ta'lim-tarbiya 

vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari, o’qitish metod va usullari 

hamda  vositalaridan  qay  darajada  maqsadga  muvofiq  foydalana  bilishiga 

bog’liqdir. 

Shuningdek,  o’qitishning  natijalari  ham  o’qituvchining  o’qitishdan 

ko’zlangan maqsadni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, 

kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod 

va  usulllardan  ilmiy  asosda  foydalana  bilishiga  bog’liqdir.  Shaxs  va  jamiyat 

jarayonining  tarkibiy  qismlari  va  ular  o’rtasidagi  aloqalar  jarayoning  tarkibiy 

qismlari  o’rtasidagi  bu  o’zaro  dialektik  bog'lanish  natijasida  ular  bir-biriga 

uzluksiz ta'sir ko’rsatib boradi. Shaxs va jamiyat jarayonining tarkibiy qismlari va 

ular o’rtasidagi aloqalarda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e'tiborga 

olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. 

Prof  P.V.Gora  Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  programmasi  va 

lektsiya kursining ilmiy asoslariga bag’ishlangan ma'ruzasida o’rta ta'lim va o’rta 

maxsus  ta'lim  tizimida  Shaxs  va  jamiyat  ta'limi  jarayonining  umumiy 

qonuniyatlarini quyidagi sxemada ifodalab, ularning har qaysisiga izoh beradi: 

 

Shaxs va jamiyat o’qitish deganda, o’quv material vositasida o’quvchilarga 



bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini 

amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) 

hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. 

Shaxs  va  jamiyat  kursining  mazmuni  d  eganda,  birinchi  galda  dasturda 

belgilab  berilgan  bilimlar  ko’lami,  o’quv  materiali:  uning  asl  mazmuni, 

o’quvchilarning  tarixiy  materiallarni o’zlashtirish, olgan bilimlaridan  foydalana 

bilish sohasidagi o’quv usullari, ko’nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, 

 



4

 

 



ularni  ilmiy  tadqiq  qilish  ishlarining  eng  oddiy  shakllarini  egallashlari  ko’zda 

tutiladi. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitishni  tashkil  qilish  deganda,  o’qitish  va 

o’quvchilarning  uni  o’rganishni  tashkil  etish,  ularning  o’rganish  faoliyatini 

o’qituvchilarning  boshqarishiga  yordam  beradigan  metod  va  metodik  usullar, 

o’quvchilardagi  mayjud  bilimlarn  ishga  solish  ularni  ijodiy  bilishga 

yo’naltiriladigan topshiriqlar sistemasi hamda ta'limning turli xil formalari (dars, 

seminar mashg’ulotlari va boshqalar) tushuniladi. 




Download 380,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish