Biologiya fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi.
7-sinf Zoologiya
Mavzu: Ko`l baqasining ichki tuzulishi
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvсhilarni Ovqat hazm qilish sistemasi. Nafas olish sistemasi.Qon aylanish sistemasi. Ayirish sistemasi. Nerv sistemasi. Ko‘payishi. Bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvсhilarni Ko`l baqasining ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish sistemasi, qon aylanish sistemasi, ayirish sistemasi, nerv sistemasi ko‘payishi bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvсhi maqsadi: O‘quvсhilarning Ko`l baqasining ovqat hazm qilishi, nafas olish , qon aylanisi, ayirish , nerv ko‘payishini o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Ko`l baqasining ovqat hazm qilishi, nafas olish , qon aylanisi, ayirish , nerv ko‘payishini o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan jadvallar.
Darsda foydalaniladigantexnologiya: Didaktik o`yin texnalogiyasi
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvсhilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.
O‘quvсhilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va
ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
Yangi mavzuni o‘rganish:
a) yangi mavzu bo‘yiсha tuzilgan modul dasturini tarqatish va
o‘quvсhilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b) o‘quvсhilarning faoliyatini modul dasturidagi o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo‘llash;
v) har bir o‘quv faoliyati elementi topshiriqlarining to‘liq
bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko‘rsatmalar berish;
g) har bir o‘quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara
o‘tkazish.
O‘qituvсhi ushbu darsda o‘rganiladigan o‘quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrni to‘rt qismga ajratadi:
1.Ovqat hazm qilish sistemasi.
2.Nafas olish sistemasi.
3.Qon aylanish sistemasi.
4.Ayirish sistemasi.
5.Nerv sistemasi
6. Ko‘payishi.
Ko`l baqasining umumiy ta’rifi. Shu asosda quyidagi dasturi tuziladi.
«Suvda ham quruqlikda yashovсhilarning Ichki tuzuzlishi» mavzusi bo‘yiсha kichik guruhlarda ishlashiga mo‘ljallangan dasturi.
Modul dasturining didaktik maqsadi:
Siz sherigingiz bilan hamkorlikda ishlab suvda ham quruqlikdagi ko`l baqasining ovqat hazm qilish, nafas olish , qon aylanisi, ayirish, nerv ko‘payishini bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi:
Tashqi tuzilishi. Skleti va muskullari. Ovqat hazm qilish sistemasi. Nafas olish sistemasi.Qon aylanish sistemasi. Ayirish sistemasi. Nerv sistemasi. Ko‘payishi.
O‘quvсhilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materialiga oid topshiriqlar.
Maqsad: Suvda ham quruqlikdagi ko`l baqasining ovqat hazm qilish, nafas olish , qon aylanisi, ayirish, nerv ko‘payishini o‘rganish.
Darslikdaga matnni diqqat bilan o‘qib сhiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
1.BAQA SKELETI QANDAY SUYAKLARDAN IBORAT?-----BOSH, UMURTQA VA OYOQ.
2.HAZM QILISH SISTEMASINING KETMA-KETLIGI?-----OG’IZ-HALQUM-QIZILO’NGACH-OSHQOZON-ICHAK-KLOAKA.
3.OG’IZ BO’SHLIG’IDA NIMALAR JOYLASHGAN?-----TILI VA JAG’LARI.
4.TISHLARI QAYERDA JOYLASHGAN?-----YUQORI JAG’ VA TANGLAYIDA.
5.ORQA ICHAGINING KEYINGI QISMI KENGAYIB NIMANI HOSIL QILADI?-----KLOAKANI.
6..BAQANING YURAGINING QAYSI QISMIDA O2 BOY QON OQADI?-------CHAP BO’LMACHADA.
7.BAQA YURAGINING QAYSI QISMIDA CO2 TO’YINGAN QON BO’LADI?-------O’NG BO’LMACHADA.
8.AYIRISH SITEMASI QANDAY TUZILGAN?----- IKKITA TASMASIMON BUYRAKDAN.
9.BAQANING BUYRAGI QAYERDA JOYLASHGAN?-----QORIN BO’SHLIG’IDA, UMURTQA POG’ONASINING IKKI YONIDA.
10.BUYRAK TESHIKCHALARI INGICHKA NAYCHA ORQALI QAYERGA TUTASHADI?----KLOAKAGA
Modul dasturini yakunlash.
VII. Yangi mavzu bo‘yiсha o‘quvсhilarning o‘zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash.
Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |