Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Download 380,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi380,38 Kb.
#256171
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu ishlangan (2)

O’qitishning  natijalari  deganda  esa,  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 

tizimida  shaxs  va  jamiyat  o’qitishning  maqsad  va  vazifalarini,  mazmunini 

muvafaqqiyatli ravishda amalga oshirilishi; o’quvchilarning tarix fani asoslarini, 

tarixiy materialga mos samarali metod va usullarni bilish va bilimlardan foydalana 

bilish  malakalarini  puxta  o’zlashtirishlari  shu  asosda  o’quvc  hilarning  tarixiy 

tafakkurini,  tasavvuri  va  nutqini,  maxsus  va  umumiy  qobiliyatlarini  o’stirish 

ko’zda tutiladi. 

Ta'limni  muayyan  pedagogik  maqsadga  yo’naltirmoq  uchun  o’qituvchi 

o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad ini, uning 

asosini  tashkil  qilgan  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  aniq  belgilab  olishi  kerak.  Shu 

bilan birga, umumiy vazifalarni amalga oshirishda har bir o’qitiladigan kursining 

o’rni,  vazifalari,  o’z  navbatida  mazkur  kursni  o’qitishning  ta'lim-tarbiya 

vazifalarini amalga oshirishda uning har bir bo’limi, bo’limdagi mavzular, xatto 

har  bir  darsda  o’tiladigan  mavzuning  ham  juz'iy  vazifalari  oldindan  belgilab 

olinishi kerak. Chunki har bir tarix darsining butun tarix kursining umumiy darslar 

sistemasida tutgan o’rni bor, bu darsda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida 

tarix o’qitish oldiga qo’yilgan umumiy vazifaning qandaydir elementi yoki bo’lagi 

xal etiladi. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  maqsadlarini  belgilashda,  avvalo  ta'lim  va 

tarbiyaning  uzviy  birligini,  o’qitish davomida  o’quvchilarning  g’oyaviy-siyosiy 

saviyasi  mutassil  o’sib  borishini,  ularda  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilishni 

hamda  ijodiy  faoliyatga  tayyorlanishlarini  nazarda  tutmoq  kerak.  Ta'limdan 

kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog’i uchun, ular 

ilmiy  asosda  belgilanmog’i  lozim.  Bu  maqsadlar  ta'limining  mazmuni  va 

vazifalari bilan belgilanadi. 

Shuningdek,  bunda  ta'limning  boshqa  shart-sharoitlari:  o’quvchilarning 

saviyasi,  bilimi,  ko’nikmalari  va  malakalari,  dars  uchun  ajratilgan  vaqt,  darsni 

o’tish  imkoniyatlari  va  boshqalar  ham  nazarda  tutiladi.  Ta'lim  maqsadlarining 

ilmiy  asosda  belgilanishi  ularning  realligini  ta'minlaydi.  Ta'limdan  ko’zlangan 

maqsadlami o’qituvchi naqadar chuqur anglab olgan bo’lsa, o’qitish mazmunan 

shunchalik  g’oyaviy  va  tarbiyaviy  natija  beradi.  Binobarin,  DTS  asosida 

o’quvchilarga o’rgatiladigan Shaxs va jamiyat ta'limidan ko’zda tutilgan maqsad, 

ta'lim-tarbiyaviy  vazifalar  oldindan  aniq  belgilanishi  o’quvchilar  bilimining 

rivojlanib,  chuqurlashib  borishiga,  voqealarning  mohiyatini  puxta  tushunib 

olishlariga  yordam  beradi,  zarur  ko’nikma  va  malakalarni  yuzaga  keltiradi, 

o’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini o’stiradi. 

Dars  va  darsdan  tashqari  mashg’ulotlarda  o’quvchilarning  bilish 

faoliyatining  bo’lishligi  juda  ko’p  omillarga,  avvalo,  mashg’ulot  mazmunining 




5

 

 



g’oyaviy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo’lishiga, o’qituvchining eng 

muhim jonli va ishonarli tarzda ochib bera olishiga va bu voqealarni chuqurroq 

o’rganib  olishning  muhimligini  o’quvchilarning  tushunib  olishi  hamda  ularda 

o’rganishga ishtiyoq uyg’otish bog’liqdir. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilarni 

mashg’ulot mazmunini o’zlashtirib borishi ustidan qilingan nazorati, o’quvchilar 

o’rganishini  boshqara  bilishi,  shunigdek  ularning  yangi bilimlarini  o’zlashtirish 

uchun  o’zlaridagi  mavjud  bilim  va  malakalardan  foydalana  bilishi,  ya'ni 

o’zlashtirilgan  bilim  va  egallangan  malakalarini  aktuallashtirilishi  ham  muhim 

ahamiyatga egadir. 

Shaxs  va  jamiyat  kursining  mazmuni  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 

tizimida uni o’qitish va o’quvchilarning o’rganish faoliyati orqali ularning ongiga, 

tarbiyasi va tafakkuriga ta'sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. 

Demak,  mashg’ulotning  mazmuni  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida 

o’qitishning  sifati  va  samaradorligini  oshirish  hamda  o’quvchilarning  bilish 

faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun 

o’qituvchi  bilish  faoliyatini  faollashtirishga  ijobiy  ta'sir  etuvchi  va  umuman 

o’qitishning  samaradorligini  ta'minlovchi  metodik  usul  va  vositalarni  tanlashda 

ham o’rganilayotgan tarixiy materialning mazmunini nazarda tutmog’i lozim. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  jarayoning  tarkibiy  qismlari 

o’rtasidagi  qat'iy  takrorlanadigan  o’zaro  aloqa  va  bog’lanishlarda  namoyon 

bo’ladigan  qonuniyatlarni  ochib  beradi  va  tarix  o’qitish  jarayonini 

takomilllashtirishda  ulardan  foydalanish  yo’l-yo’riqlarini  ham  ko’rsatib  beradi. 

Demak, shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni o’rta ta'lim 

va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  Shaxs  va  jamiyat  o’qitishning  ilmiy-  nazariy 

asoslari  bilan  qurollantiradi.  Shuningdek,  metodika  ularni  o’qitish  jarayonini 

o’rganishning  tekshirish  metodlari  bilan  ham  qurollantiradi.  Shaxs  va  jamiyat 

o’qitish  jarayoni  ikki  yo’l  bilan  o’rganiladi.  Birinchisi,  kuzatish  metodidir.  Bu 

metoddan  foydalanganda  turli  xildagi  o’  quv-metodik  adabiyotlar, 

o’quvchilarning yozma ishlari, dokladlari, ularning javoblari, o’qitishga berilgan 

baho  va  xulosalar  bilan  tanishib  chiqiladi,  darslar  kuzatiladi,  o’quvchilarning 

bilimi va malakalari o’rganiladi. 

Shunday  qilib,  kuzatish  metodidan  foydalanganda,  tadqiqotchi  shaxs  va 

jamiyat  o’qitishning  mavjud  tajribasi  doirasidan  chetga  chiqmaydi,  uni  tabiiy 

ravishda kuzatadi va o’rganadi. 

Ikkinchisi  eksperiment  metodi.  O’qituvchi  o’qitish  jarayonini  o’zi 

xohlaganicha  uyushtiradi.  Xullas,  ijodiy  ish  qiladi  va  uning  bu  ishi  ilmiy 

eksperimentga  o’xshab  ketadi.  Biroq,  o’qituvchi  qilgan  ijodiy  izlanishlarning 

ilmiy eksperimentdan farqi, avvalo shundaki, o’qituvchi darsda amaliy vazifani 

hal  qiladi,  uning  xuloslari  esa,  o’z  faoliyatining  natijasi  bo’ladi.  Ilmiy 

eksperimentda  ko’pchilik  o’qituvchilarning  ishi  uchun  umumiy  bo’lgan 

qonuniyatlar  tadqiq  etiladi,  chiqarilgan  xuloslar  ilmiy  asosda  rasmiylashtiriladi. 

Shuning uchun ham tarix o’qitish jarayonini tadqiq etishdagi kuzatish metodini 

eksperimental tadqiqotdan farq qila bilish kerak. 

Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  tarix  fani  bilan  o’zviy  bog’liqdir. 

Shaxs  va  jamiyat  o’quvchilarga  tarixiy  voqelikni  bildirishdan  iboratdir.  Shu 

jihatdan  o’quvchilarning  tarixiy  voqelikni  bilish  yo’llari  tarixiy  tadqiqotga 




6

 

 



o’xshab  ketadi.  O’quvchilar  Shaxs va  jamiyatni o’rganishda  olimlar  tomonidan 

ilmiy jihatdan tekshirilib ko’rilgan va tahlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy 

xulosalarga  asoslanishi  bilan  birga,  ba'zan  faktlarni  yanada  aniqlash,  tarixiy 

faktlardan  umumiy  xulosalar  chiqarish,  umumiy  xulosalardan  yangi  faktlarni 

o’rganish  uchun  foydalanishlari  mumkin.  Biroq,  o’quv  yilarning  Shaxs  va 

jamiyatni  o’rganishi  ilmiy  tekshirishidan  farq  qiladi.  O’qitish  jarayonida 

o’quvchilar tarix fanini va uning ba'zi tadqiqot metodlaridan bilib oladilar. 

Shunday qilib, Shaxs va jamiyat fani va Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi 

o’zining alohida o’rganish ob'ekti, vazifasi hamda tadqiqot metodiga ega. Shaxs 

va  jamiyat  fani  kishilik  jamiyatining  taraqqiyoti  jarayonini  o’rganadi.  Kishilik 

jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish o’tmish va hozirgi zamonni yaxshiroq 

tushunib olishga, kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi. 

Metodika o’qituvchilarni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida Shaxs 

va jamiyat o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi qonuniyatli 

aloqalarni  ochib  berish  bilan  birga  o’qitishning  samaradorligini  oshira  borish 

maqsadida Shaxs va jamiyat o’qitish jarayonini tadqiq etish metodlari bilan ham 

qurollantiradi.  Metodika  fanning  asoslarini  ochib  berish  maqsadida  tarixiy 

manbalar, faktlar va umumiy xulosalardan foydalanadi. O’qitish metodikasi tarix 

fanining  ba'zi  bir  tekshrish  metodlaridan  foydalanar  ekan,  o’quvchilarning 

bilimlarini  yaxshiroq  o’zlashtirishlarini  va  ularni  tarix  fanining  ba'zi  tadqiqot 

metodlari bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. O’quvchilarning yangi faktlarni tahlil 

etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida o’rgangan bilimlari juda ham 

mustahkam  va  ishonarli  bo’ladi,  shuningdek,  o’quvchilar  mustaqil  fikrlashga 

o’rganadi, bu ularni tadqiqot olib borishning dastlabki usullari bilan tanishtirishga 

yordam beradi. 

Shunday  qilib,  o’z  predmeti,  vazifalari  va  tadqiy  etish  metodlariga  ega 

bo’lgan  Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasini  tarix  fanlari  qatoriga  kiritib 

bo’lmaydi. 

Shaxs va jamiyat o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash 

qobiliyati va umuman psixik faoliyatini e'tiborga olmasdan turib, ularning o’quv 

faoliyatiga samarali ta'sir etib bo’lmaydi. Shu sababli metodika psixologiya fani 

bilan chambarchas bog'liqdir. 

Shaxs va jamiyat o’qitish jarayonida ustod va shogirdlar o’rtasida ma'naviy 

yag'inlik,  sog'lom  va  estetik  kayfiyat  vujudga  keltirishi  o’quvchilarning  o’quv 

faoliyatini faollashtiradi, darsning samaradorligini oshiradi. 

Psixologiya fani o’quvchilardagi psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarni 

o’rganadi,  metodika  esa  o’quvchilarning  psixik  faoliyatini  ularning  tarixiy 

materialni  o’zlashtirishlari  bilan  bog'liq  bo’lgan  tomonlarinigina  tadqiq  qiladi. 

Shuningdek,  uning  o’quvchilardagi  psixik  faoliyatni  tadqiq  etish  metodlaridan 

ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini 

o’rganadi,  metodika  esa,  Shaxs  va  jamiyat  o’qitishning  mazmuni  va  metodik 

usullar bilan psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o’rtasidagi qonuniyatli 

bog'lanishlarni o’rganadi. 

Demak,  har  ikkala  predmetning  o’rganadigan  ob'ektlari  qisman  o’xshash 

bo’lsa-da, vazifalari boshqa-boshqadir. Shunday qilib, Shaxs va jamiyat o’qitish 

metodikasi  o’qitishda  yaxshi  natijalarga  erishish,  o’quvchilarning  tarixiy 




7

 

 



materialni puxta o’zlashtirishi bilan faoliyati 

o’rtasidagi qonuniyatli 

bog'lanishalarni ham o’rganadi, o’quvchilarga 

ta'lim-tarbiya berishda 

psixologiya  faniga  suyanadi,  o’quvchilarning  psixik  faoliyatini  o’rganishda 

psixologik tekshirish metodlaridan foydalanish yo’llarni ham ko’rsatib beradi. 

Metodika  ta'lim-tarbiya  haqidagi  pedagogika  fani,  uning  tarkibiy  qismi 

bo’lgan didaktika bilan chambarchas bog'langan, uning mustaqil bir tarmog'idir. 

Metodika pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix 

o’qitish jarayonini ham, pedagogik jarayon o’qitishda yaxshi natijalarga erishishni 

ko’zda tutadi. O’qitish jarayoning o’rgatish metodlari pedagogik metodlar bo’lib, 

o’qitish natijalarining ko’rsatkichlari ham pedagogik ko’rsatkichlardir. Shunday 

qilib,  Shaxs  va  jamiyat  o’qitish  metodikasi  pedagogika  fanining  mustaqil  bir 

tarmog'i bo’lib, u o’zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. 

Metodika  fanining  nazariy  qismini  egallash  Shaxs  va  jamiyat  o’qitish 

jarayonining umumiy qonuniyatlarini yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish va kamol 

toptira  borish  ishini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  foydalanishga  yordam 

beradi. 


Shaxs  va  jamiyat  kursining  o’qitish  metodikasining  boshqa  fanlar  bilan 

aloqalari. 

Ma'lumki, bizga hozircha ma'lum bo’lgan dunyo uch qismdan, ya'ni: a) qum 

zarrasidan  tortib  galaktikagacha  bo’lgan  moddiy  borliq,  ya'ni  tabiatdan  b) 

tabiatning  rivojlanib  o’ziga  xos  yashash  tarzini  o’tayotgan,  hozircha  faqat  erda 

kuzatilgan va inson jismi bilan bog'liq bo’lgan ko’rinishi - jamiyatdan hamda v) 

ana shu ikkala borliqning inson ongidagi in'ikosi bo’lmish ma'naviy borlig'- ya'ni 

ruhiyat  dunyosidan  iboratdir.  Shu  ma'noda  olamni  o’rganuvchi  fanlarni  shartli 

ravishda uch yo’nalishga bo’lish mumkin: 

tabiatshunoslik, 

jamiyatshunoslik va ma'naviyatshunoslik. Ularning har biri, o’z navbatida, yana 

bir  qancha  yo’nalishlar  va  turlarga  bo’linib  ketadi.  Masalan,  tabiatshunoslik 

ximiya,  fizika,  biologiya,  geologiya  va  boshqalarga  bo’linsa,  jamiyatshunoslik 

tarix,huquqshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya, estetika, ma'naviyat asoslari 

va shu kabilarga bo’linadi, ma'naviyatshunoslik esa-axloqshunoslik, psixologiya 

kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu fanlarning har biri 

ham  o’z  navbatida,  bir  necha  fanlarga  bo’linib  ketadilar.  Masalan,  ximiya-

anorganik va organik ximiyaga, fizika-mexanika, elektrodinamika, optika, kvant 

mexanikasi va boshqalarga, biologiya-botanika, zoologiyaga bo’linadi va hokazo. 

Shu bilan birga bu  fanlar  ham,  o’z  navbatida,  yanada kichikrok,  ammo  yanada 

aniqroq  fanlarga  bo’linadilar.  Fanlar  taraqqiyotidagi  ushbu  jarayon  ularning 

yanada boyib, inson bilimining  esa  yanada  chuqurlashib borayotganidan dalolat 

beradi.  Ilmiy  tilda  bunga  fanlar  differentsiatsiyasi  deb  ataladi.  Yuqorida 

ko’rsatilgan yo’nalishlarning har biri yana bir qancha fanlardan tashkil topadi, ular 

ham o’z navbatida yanada "kichikroq", "chuqurroq" qismlarga bo’linib ketadi. 

Fanlar  taraqqiyotida  differentsiatsiyaga  teskari  bo’lgan,  ammo  fanlarning 

yanada rivojlanayotganidan dalolat beruvchi boshqa bir hodisa ham yuz beradiki

unga fandagi integratsiya jarayoni deyiladi. Bunda aksincha, fanlarning o’z ichida 

yanada  chuqurlashuvi  emas,  balki  bir  necha  fanlarning  o’zaro  qo’shilishi  yuz 

beradi. Aslini olganda bu hol real dunyodagi bir-biri bilan bog'langan jarayonlarni 

aks  ettiradi,  ya'ni  ularning  in'ikosi  sifatida  amal  qiluvchi  fanlar  ham  o’zaro 



8

 

 



qo’shilib ketadilar va o’ziga xos "sintez", "aralashma" fanlar hosil bo’ladi. Bunga 

biofizika,  iqtisodiy  kibernetika,  biogeoximiya,  radioastronomiya,  iqtisodiy 

geografiya, astrobiologiya, fizik ximiya va boshqa fanlarni misol qilib ko’rsatish 

mumkin. 


Shu  paytgacha  biz  inson  va  jamiyat  hayotining  turli  tomonlarini  (masalan, 

iqtisodiy, axloqiy, diniy,huquqiy va shu kabi tomonlarini) alohida-alohida ko’rib 

chiqdik.  Endi  esa  mustaqil  hayotga  qadam  qo’yish  arafasida  insoniy 

munosabatlar,  jamiyat,  uning  tuzilishi,  mazmuni  va  rivojlanish  xususiyatlarini 

umumiy tarzda, ularni tashkil qiluvchi tomonlarning bir-birlariga ta'siri jarayonida 

ko’rib chiqishga harakat qilamiz. 

Shu paytgacha maktab davrida olgan bilimlarimizga tayanib inson va uning 

turli-tuman jamoalari juda murakkab hodisalar ekanligini anglab oldik. Masalan, 

mavjud fanlarning asosiy ko’pchiligi insonning o’zini har xil nuqtai nazarlardan 

tadqiq  qiladi.  Biologiya  va  tibbiyotga  oid  fanlarda  u  jonli  organizmlarning  biri 

sifatida  o’rganilib,  fiziologik,  jismoniy,  anatomik,  gigi  enik, genetik va  boshqa 

tomonlardan  tavsiflanadi.  Psixologiyada  esa  odamning  ruhiy  olami,  uning 

xotirasi, hissiyotlari, intilishlari, tafakkuri va shunga o’xshash jihatlari o’rganiladi. 

Tarix  fanida  esa  uning  tarixiy  taraqqiyoti  va  kamoloti  ko’rib  chiqiladi. 

Siyosatshunoslik, dinshunoslik, falsafa va boshqa fanlar ham insonni o’z predmeti 

nuqtai nazaridan o’rganadilar. Xullas, fanlar kompleksi birgina insonning o’zini 

har  jihatdan  o’rganadi  va  unga  har  xil  ta'riflar  beradi.  Shu  nuqtai  nazardan 

insonning o’zini bir necha tushunchalar ifodalashini ko’rishimiz mumkin: odam, 

inson, organizm, individ, banda, tana, shaxs va boshqalar. 

Jamiyat haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni aytishimiz mumkin. Uni ham 

turli fanlar o’z nuqtai nazarlaridan o’rganadilar va uning ham ko’plab, ba'zan bir-

biriga  mutlaqo  mos  kelmaydigan  ta'riflari  mavjud.  Siz  ular  haqida  tarix, 

huquqshunoslik, iqtisodiyot asoslari kabi predmetlarni o’rganish paytida muayyan 

tushuncha hosil qilgansiz. Masalan, "kitobsevarlar jamiyati", "ovchilar jamiyati", 

"faylasuflar  jamiyati",  "kiborlar  jamiyati"  kabi  tushunchalarga  duch  kelgan 

paytimizda "jamiyat" so’zi ostida yagona qiziqish, birgalikda faoliyat ko’rsatish, 

bir-biriga  ko’maklashish  maqsadida  birlashgan  kishilar  guruhini  anglaymiz. 

"Ibtidoiy  jamiyat",  "feodal  jamiyati",  "burjua  jamiyati"  yoki  "amerika  jamiyati" 

iboralari  esa  insoniyat  taraqqiyotining  muayyan  bosqichlarini  yoki  aniq  bir 

mamlakatni aks ettiradi. Mazkur tushunchani yanada umumlashtiradigan bo’lsak, 

u tabiatdan ajralib chiqan, ammo baribir uning bir qismi bo’lib qoladigan kishilar 

hamjamoasini,  bir-biri  bilan  turli-tuman  va  murakkab  munosabatlarga 

kirishadigan Er yuzidagi barcha kishilar yig'indisini anglatadi. 

Kishilarning o’zaro aloqalari va munosabatlari natijasida jamiyat hayotida bir 

biridan  farqlanadigan,  ammo  bir-biriga  faol  ta'sir  qiladigan  nisbatan  mustaqil 

bo’lgan  bir  qancha  qismlar,  bo’laklar,  elementlar  amal  qiladi.  Ularning 

birgalikdagi  faoliyati  jamiyatning  bir  butun  va  doimiy  o’zgarishda  bo’lgan 

dinamik  tizim  sifatida  amal  qilishini  ta'minlaydi.  Umuman  olganda  "  tizim  " 

iborasi deyarli barcha narsa, ob'ekt va hodisalarni tavsiflaydi va ularning nisbatan 

kichikroq  qismlardan,  bo’laklardan,  elementlardan  tashkil  topganini  hamda  ular 

o’rtasida  muayyan  aloqalar,  bog'lanishlar  mavjudligini  bildiradi.  Tizimning 

normal  amal  qilishida  uning  turli  qismlari  o’rtasidagi  aloqa  va  munosabatlar 




9

 

 



belgilovchi  rol  o’ynaydi.  Dinamik,  ya'ni  o’zgarishda  bo’lgan  tizim  juda  ko’p, 

ba'zan son-sanoqsiz doimiy o’zgarishda bo’lgan qismlar va elementlardan iborat. 

Ularning har biri o’z navbatida yanada kichikroq bo’lgan tizim va elementlarga 

ajraladi,  yoki  aksincha,  har  bir  tizim  unga  nisbatan  kattaroq,  kengroq  hodisaga 

nisbatan element sifatida amal qilishi mumkin. 

Jamiyat  mustaqil  bo’lgan,  lekin  nisbatan  torroq,  (ko’pincha  fanda 

"podsistema"  deyiluvchi)  kichikroq,  ijtimoiy  hayot  sohalari  deb  ataluvchi 

tizimlardan  iborat.  Masalan,  iqtisodiy  (moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonidagi 

munosabatlar),  ijtimoiy  (guruhlar,  tabaqalar,  sinflarning  munosabatlari),  siyosiy 

(davlat  tashkilotlari,  siyosiy  partiyalar  faoliyati),  ma'naviy  (axloqiy,  diniy, 

madaniy,  falsafiy,  ilmiy  tizim  va  hokazo).  Bularning  har  biri  murakkab  hodisa 

bo’lib, o’z navbatida yanada kichikroq, torroq elementlardan, qismlardan tashkil 

topadi.  Shuning  uchun  har  xil  tadqiqotchilar  jamiyatni  har  xil  nuqtai  nazardan: 

kimdir tashkilotlar sifatida, kimdir-ijtimoiy munosabatlar sifatida, kimdir - kishilar 

guruhlari sifatida, kimdir-ijtimoiy birliklar aloqadorligi sifatida o’rganadilar. 

Jamiyatning  asosiy  elementlaridan  biri  sifatida  inson  jamiyat  hayotida 

qandaydir  (masalan,  mehnat,  kasaba  tashkiloti,  etnik,  diniy  va  shu  kabi) 

jamoalarning  a'zosi  sifatida  ishtirok  etadi.  Bu  ma'noda  jamiyat  jamoalarning 

jamoasi  sifatida  yuzaga  chiqadi.  Ana  shu  jamiyatni  o’rganuvchi  fanlar  ham 

jamiyatning  o’zi  singari  turli-tuman  bo’lib,  ular  jamiyatni turli  nuqtai nazardan 

ochib beradilar. Masalan, tarix fani turli-tuman konkret tarixlarga ajratiladi. Bunga 

u  yoki  bu  mamlakat  tarixi,  har  bir  fan  tarixi,  har  bir  kashfiyotlar  tarixi,  har  bir 

mamlakatdagi  turli  hududlar,  shaharlar  tarixi,  ijtimoiy-siyosiy  harakatlar, 

partiyalar  tarixi,  qo’yingki,  har  bir  oila  va  shaxs  tarixi  misol  bo’lishi  mumkin. 

Bularning har biri o’z ob'ekti bo’lmish narsa yoki hodisani paydo bo’lishidan tortib 

u  qachongacha  bosib  o’tgan  vaqt  mobaynida  boshidan  kechirgan  barcha 

voqealarni  xronologik  ketma-ketlikda  aks  ettiradi.  "Shaxs  va  jamiyat"  o’quv 

predmeti jamiyat yoki inson to’g'risidagi muayyan masalalarni ko’rib chiqayotgan 

paytda  ularning  tarixidagi  o’ziga  xosliklar,  turli  voqealarning  mazkur  hodisalar 

rivojiga ko’rsatgan ta'sirini e'tiborga olishi, ya'ni ularning tarixini e'tibordan chetda 

qoldirmasligi kerak. Chunki u yoki bu mamlakat o’rtasidagi hozirgi munosabatlar 

o’rganilayotganda  ularning  uzoq  tarix  davomidagi  o’zaro  munosabatlarida  yuz 

bergan xodisalar albatta ta'sirini ko’rsatadi. Ularni e'tibordan chetda qoldirmaslik 

esa  hozirgi  paytdagi  munosabatlaridagi  ba'zi  "noani?",  "tushunarsiz"  holatlarni 

to’g'ri anglashda yordam beradi. Bunga misol tariqasida O’zbekiston va Turkiya 

o’rtasidagi  munosabatlarga  bundan  550-600  yil  ilgari  yuz  bergan  voqealar 

ko’rsatgan  ta'sirni  yoki  Markaziy  Osiyo  hamda  Arab  dunyosi,  Mug'ulistonning 

o’zaro munosabatlariga ularning uzoq tarixining ta'sirini ko’rsatishimiz mumkin. 

Yoki "Iqtisodiyot asoslari" va "Shaxs va jamiyat" predmetlarini bir-birining 

bilimlari  va  tushunchalarisiz  to’liq  tushunish  qiyin.  Chunki  jamiyat  hayotining 

turli  sohalari  va  inson  faoliyati  iqtisodiy  qonunlar  ta'siri  ostida  yuz  beradi  va, 

aksincha,  iqtisodiyot  sohalaridagi  o’zgarishlar  jamiyatning  siyosiy,  huquqiy, 

ma'naviy o’zgarishlar ta'sirida kechadi. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi. Ularni 

inkor etish yoki tan olmaslik ham insonga, ham jamiyatga salbiy ta'sir etadi. 

Insonni  juda  ko’plab  fanlar  o’rganadi.  Masalan,  uning  jismoniy-fiziologik 

xususiyatlari  biologiya,  odam  anatomiyasi  va  fiziologiyasi,  genetika  kabilar 




10

 

 



tomonidan,  hatti-harakatlari  axloqshunoslik,  pedagogika,  psixologiya  va  boshqa 

fanlar  tomonidan  tadqiq  etiladi.  Aslini  olganda  fanlarning  barchasi  u  yoki  bu 

darjada  inson  masalasini  o’z  ichiga  oladi.  Shu  ma'noda  inson,  uning  tabiiy  va 

ijtimoiy borlig'i ko’plab fanlarning o’rganish mavzuini tashkil etadi. 

Insonni o’rganishda uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy hodisalarga yaxshilik, 

yomonlik,  vijdon  kabi  axloqiy  xususiyatlar  nuqtai  nazaridan  yondoshish  etika 

predmetining mavzuini tashkil etadi. Xuddi shularga nafosat, chiroylilik, xunuklik, 

ulug'vorlik, fojealilik, kulgililik nuqtai nazaridan yondoshilsa estetik bilimlar hosil 

bo’ladi. "Shaxs va jamiyat" predmeti esa bu hodisalarni birdaniga ham axloqiy, 

ham  estetik,  ham  siyosiy,  ham  huquqiy  va  boshqa  ijtimoiy  bilimlar  nuqtai 

nazaridan ko’rib chiqadi. Shu ma'noda ushbu fan inson va jamiyat haqidagi alohida 

fanlarning o’ziga xos birlashuvi, sintezi hisoblanadi va unda ana shu sohalarga doir 

bilimlar o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. 

Demak, "Shaxs va jamiyat" fanida faqat inson va jamiyat haqidagi konkret 

fanlarni  o’rganish  asosidagina  muvaffaqiyatga  erishish  mumkin.  Binobarin 

mazkur fan jamiyat va inson haqidagi fanlardan olgan bilimlarni 

umumlashtirishga, ulaming istiqboli qanday bo’lishi to’g'risida muayyan 

xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bu esa har bir kishining mazkur fanni 

o’rganish orqali dunyoda kechayotgan voqealarni tushunishini va unda ularni 

tahlil qilish ko’nikmalari hosil bo’layotganini anglatadi. Ushbu fanning eng 

asosiy xususiyati ham ana shundadir. 

"Shaxs va jamiyat" predmetining mazmuni va vazifalari Fanlar integratsiyasi 

va differentsiatsiyasi muammolarini o’rganishda o’qituvchi o’z ilmiy qiziqishlari 

va  o’quv-uslubiy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  ushbu  savollarni 

biologiya,  ximiya,  sotsiologiya,  psixologiya  va  boshqa  fanlar  misolida  yoritishi 

mumkin.  Bunda  eng  asosiysi  o’quvchilarda  fanlar  taraqqiyotining  ushbu 

yo’nalishlari to’g'risida ilmiy tasavvur shakllantirishga yordam berishdir. 

Ushbu  mavzuda  navbatdagi  muhim  masala  inson  va  jamiyat  to’g'risidagi 

fanlarning 

o’zaro  aloqasi  muammosidir.  Ularning  hammasi  bilimlar 

integratsiyasida o’z vazifasini o’tashi, kishilarga avvalo jamiyatda va o’zlarida yuz 

berayotgan  o’zgarishlarning  mohiyatini  anglab  olishga,  so’ngra  esa  jamiyatni 

qayta qurish uchun, mavjud turli ijtimoiy munosabatlarni uyg'unlashtirish uchun, 

o’z-o’zlarini o’zgartirish uchun harakat qilishga yordam berishi lozim. Bularning 

hammasi dunyo haqidagi turli-tuman tasavvurlarni tartibga solishga, ularni ilmiy 

nuqtai  nazardan  anglab  olishga  imkon  beradigan  yo’nalish  ko’rsatuvchi  asosni 

yaratishga  bo’lgan  ehtiyojni  kuchaytiradi.  Bunday  asos  eng  avvalo  sotsiologik 

bilimlardir.  Sotsiologiya  -  bu  jamiyatni  bir  butun  hodisa  sifatida,  to’laligicha 

o’rganadigan  yagona  fandir  (jamiyatning  o’tmishini  o’rganuvchi  tarixdan 

tashqari).  U  ijtimoiy  jarayonlar  kechishining  qonuniyatlari  va  tendentsiyalarini 

ishlab chiqish, bo’lajak voqealarni oldindan bilishga imkon beradi. 

Sotsiologik  bilimlar  ijtimoiy  o’zgarishlarning  ob'ektiv  va  sub'ektiv 

tomonlarini sistemali tushunish hisoblanuvchi ijtimoiy tafakkurning o’zagi bo’lib, 

ijtimoiy jarayonlarga har tomonlama yondashishni shakllantirishga yordam beradi. 

Ijtimoiy  jarayonlarning  mohiyatini  tushunib  olishga  ijtimoiy  falsafa  ham 

ko’maklashadi.  Insonni  o’rganishda  falsafiy  antropologiya,  psixologiya,  shaxs 

psixologiyasi va shu kabi fanlar katta o’rin tutadi. 



11

 

 



Ijtimoiy  antropologiya  erkinlik,  tanlash,  ijod,  mas'uliyat,  vijdon,  hayot 

mazmuni  kabi  asosiy  tushunchalarning  mohiyatini  ochib  beradi.  Shaxs 

psixologiyasi shaxs va faoliyatning o’zaro ta'siriga asoslanib, uning harakatchan 

funktsional  strukturasini  ochib  beradi.  Bizning  davrimizda  shaxslararo 

munosabatlarning murakkablashuvi bilan, katta va kichik guruhlarda kishilarning 

hamkorligini  tashkil  qilish  muhimlashib  borishi  bilan  bu  fanning  ahamiyati 

oshmoqda. 

Hozirgi davrda siyosat sohasidagi bilimlarning ahamiyati bundan kam emas. 

O’n  besh-yigirma  yillar  avval  mavjud  bo’lgan  sharoitdan  farqli  o’laroq  har  bir 

fuqaro yangi hodisa bo’lgan siyosiy plyuralizm, partiyalar va ular g'oyalarining 

ko’pligi bilan duch kelmoqda. Endi u muqobil saylovlarda qatnashib, ro’yxatdagi 

nomzodlardan biriga, siyosiy birlashmalardan biriga ovoz bermoqda. U xilma-xil, 

o’zgaruvchan,  ba'zan  esa  aniq  maqsadga  qaratilgan  noto’g'ri  siyosiy  axborotlar 

oqimi ostida qolmoqda. Siyosat, hokimiyatning tuzilishi, taqsimlanishi va amalga 

oshirilishi to’g'risidagi siyosatshunoslik fani ahamiyatining oshib borishi shaxsiy 

siyosiy fikrlarga, fuqarolarning ongli siyosiy tanloviga bog'liq bo’lib, ular nafaqat 

Vatanimizning  taqdirini,  demakki,  bizning  taqdirimizni  ham  belgilab  beradi. 

Siyosatshunoslik  fani  ochib  beradigan  demokratik  qadriyatlar  aksariyat  aholi 

ongidan joy olmasa O’zbekistonda demokratiyaning mustahkamlanishi mumkin 

emas. 


Bir  tomondan,  mamlakat  huquqiy  tizimining  rivojlanishi,  Asosiy 

qonunimizda  keng  ko’lamda  inson  huquq  va  erkinliklari  majmuining 

mustahkamlanishi  bilan,  ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy  nobarqarorlik  sharoitida 

huquq-tartibotni  saqlab  turishning  muhim  ekanligidan  huquqiy  bilimlarning 

ahamiyati,  har  bir  yoshni  huquqiy  qadriyatlarga  va  huquqiy  sohada  ijobiy, 

jamiyatga  foydali  faoliyat  yuritishga  jalb  etishning  ahamiyati  oshib  boradi. 

O’zbekistonning  demokratik  huquqiy  davlatga  aylanishi  fuqarolardagi  huquqiy 

nigilizmni engib o’tmasdan, ular ko’pchiligining huquqiy ongini yuqori darajaga 

ko’tarmasdan amalga oshishi mumkin emas. huquqiy bilimlarni egallash yoshlarga 

ijtimoiy  munosabatlarni  yaxshiroq  tushunishga  yordam  beradi,  chunki  huquq 

me'yorlari  bu  munosabatlarning  katta  qismini  tartibga  solib  turadi,  ijtimoiy 

hayotda  yuz  berayotgan  hodisalar  paytida  to’g'ri  harakat  qilish  uchun  sharoit 

yaratadi. 

Shunday  qilib,  hozirgi  zamon  jamiyatshunoslik  fani  bo’lmish  “Shaxs  va 

jamiyat”da  inson  va  jamiyat  haqidagi  bilimlar  o’quvchilar  ko’z  o’ngida  bir 

yoqlama,  faqatgina  ba'zi  bir  fan  sohasidan  emas,  balki  kompleks  tarzda 

gavdalanishi kerak. 

Ko’rinib turibdiki, jamiyat ob'ekt sifatida bir qancha ijtimoiy fanlar majmui 

tomonidan o’rganiladi. Lekin ularning o’rganish mavzui turlicha. Tarix fanining 

predmeti  o’tmishning  aniq  va  takrorlanmas  voqea  va  hodisalaridir.  Bu  fanlar 

insoniyat  o’tmishidagi  voqealarni  har  birining  individualligida  va  ko’p 

qirraliligida  o’rganadi.  Boshqa  ijtimoiy  fanlar  mavjud  voqelikni  asosan 

umumlashtirilgan  holda  o’rganadi.  Sotsiologiyaning  predmeti  umuman  ijtimoiy 

rivojlanishning umumiy qonuniyatlari bo’lsa, politologiya jamiyat hayoti siyosiy 

sohasining  rivojlanish  qonuniyatlari  va  zamonaviy  tendentsiyalarini  o’rganadi. 

Tarix fanlari, odatda, jamiyat rivojlanishining vertikal kesimini ko’rsatsa, boshqa 




12

 

 



ijtimoiy  fanlar,  asosan,  gorizontal  kesimini  ko’rsatadi.  Tarix  fani  uchun  bosh 

masala jamiyatni o’rganishga nisbatan tarixiy yondashuv, boshqa ijtimoiy fanlar 

uchun mantiqiy yoki strukturaviy yondashuv bo’ladi. 

Tarix ta'limi jamiyatshunoslik ta'limining, jamiyatshunoslik ta'limi esa tarix 

ta'limining  o’rnini  bosa  olmasligini  ta'kidlash  lozim.  Ulardan  har  biri  o’z 

qimmatiga  ega.  Ular  o’rtasida  yaqin  aloqa  mavjud.  O’tmishni  talqin  qilishda 

ko’plab  jamiyatshunoslik  fanlarining  tushuncha  va  kategoriyalari  keng 

qo’llaniladi.  Va  aksincha,  ijtimoiy  fanlar  tushunchalari  va  umumlashgan 

xulosalarining shakllanishi tarixiy tajribaga asoslangan holda amalga oshiriladi. 

XX  asrning  so’nggi  o’n  yilligida  ilgari  “Jamiyatshunoslik”  deb  atalgan  va 

umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus  ta'lim  sohasida  sobiq  SSSR  davlatlari  hududida 

o’qitilgan  sintetik  jamiyatshunoslik  fani  jamiyatning  qayta  qurilishi  bilan  bir 

vaqtda, ijtimoiy fanlar rivojida chuqur o’zgarishlar kechgan holda yangilana bordi. 

Rossiya Federatsiyasi, qirg'iziston va boshqa ba'zi mamlakatlarda u endi “Inson va 

jamiyat”,  O’zbekistonda  “Shaxs  va  jamiyat”,  Belorussiyada  “Inson.  Jamiyat. 

Davlat» deb ataladi. Nomdagi o’zgarishlarga qaramasdan, ular mazmunan baribir 

jamiyatshunoslik,  ya'ni  sotsiologiya,  siyosatshunoslik,  huquqshunoslik,  ijtimoiy 

ruhshunoslik va shaxs ruhshunosligi, antropologiya va etika (ba'zi mamlakatlarda 

esa  iqtisodiy  nazariya,  madaniyatshunoslik  va  dinshunoslik)  negizida 

shakllanuvchi, inson va jamiyat haqidagi bilimlar majmui bo’lib qolaveradi. 

Shunday  qilib,  mavjud  ilmiy  fanlarning  aksariyati  inson  va  jamiyatni 

o’rganishga qaratilgan. Umuman olganda, bu ta'kid tabiiy fanlarga nisbatan ham 

adolatlidir. Masalan, biologiya yo’nalishidagi ko’pchilik fanlarda inson tadqiqot 

ob'ekti  bo’ladi.  “Odam  anatomiyasi,  fiziologiyasi  va  gigienasi”  fanida  inson 

biologik organizm sifatida o’rganiladi. U inson ma'naviyatining o’ziga xosligini, 

boshqa ijtimoiy xislat va sifatlarini o’rganmaydi. Insonning ko’rsatilgan jihatlari 

ijtimoiy-gumanitar  xarakterdagi  fanlar  tomonidan  o’rganiladi.  Bu  fikrlarni  biz 

faqat  bitta  fan  doirasida  insonga  xos  rang-baranglikning,  xislat  va  jihatlarning 

butun  ko’lamini  ochib  berish  mumkin  emasligini  ko’rsatish  uchun  keltirdik. 

O’qituvchi bu jihatlarni o’quvchilarga ushbu masalani ko’rib chiqishda tushuntirib 

berishi kerak. 

Jamiyat va inson to’g'risida iloji boricha ko’proq ma'lumotni umumlashtirib 

berish  asosiy  vazifasi  bo’lgan  “Shaxs  va  jamiyat”  fanining  mazmunidan  farqli 

ravishda, boshqa fanlar inson va jamiyatni o’zlarining tor ilmiy nuqtai nazarlaridan 

yoritadilar. “Shaxs va jamiyat” fani qamrab olgan bilimlar imkoni boricha inson 

va jamiyat haqida boshqa turli fanlardan olingan bilimlarga asoslanishi kerak, ya'ni 

bu erda ular muvofiqlik tamoyiliga asoslanishi zarur. 

Yuqorida  ko’rsatilgan  ijtimoiy-gumanitar  fanlardan  har  birini  alohida 

o’rganish-oliy maktabning vazifasi. O’rta umumta'lim maktablariga, o’rta maxsus, 

kasb-hunar o’quv yurtlariga kelsak, ularning o’quv dasturlari o’z negizida hozirgi 

kunda  ham,  yaqin  kelajakda  ham  ilmiy  bilimlarning  aytib  o’tilgan  barcha 

sohalariga  mos  keluvchi  o’quv  fanlarini  sig'dira  olmaydi.  Biroq  bu  bilimlar 

hayotga  qadam  qo’yayotgan  har  bir  kishi  uchun  keraklidir.  Oqilona  echim 

o’quvchiga, oliy o’quv yurtidagi kabi, mustaqil fanlarni emas, balki pedagogika 

nuqtai  nazaridan  tanlab  olingan,  “Shaxs  va  jamiyat”  deb  nomlanuvchi  yagona 

jamiyatshunoslik  faniga  jamlangan  bilimlarni  taqdim  qilishdan  iborat.  Bu  holat 




13

 

 



gumanitar  bilimlarning  uyg'unlashuvi  to’g'risidagi  zamonaviy  xulosalarga  mos 

keladi. 


Umumiy  o’rta  ta'lim,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlar  uchun 

yaratilgan  Davlat  Ta'lim  standarti,  dasturlar,  darsliklar  va  o’quv  qo’llanmalar 

hozirgi  davrda  “Shaxs  va  jamiyat”  predmetini  o’qitish  borasida  bir  qator 

muammolar  mavjud.  Ular  o’rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta'limi  bo’yicha  Davlat 

ta'lim  standartlari  talablarining  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishi 

samaradorligiga o’z ta'sirini o’tkazadi. 




Download 380,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish