Sport – estetik tarbiya’ning muhim omili
Sport estetika va nafosat falsafasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sport
estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni oʻrganishi barobarida
sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi oʻrnini, sport
bilan san‘atning oʻzaro aloqadorligini tadqiq etadi. U umummadaniyatning
tarkibi qismi sifatida inson jismoniy kamolotining ma‘naviy-estetik jihatlarini
tahlildan oʻtkazadi. Koʻrinib turibdiki sport nafaqat baxs, kurash,
570
musobaqalardan iborat, balki ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallagan va
inson sogʻlom turmush tarziga singib ketgan estetik sohadir. Misol uchun,
Sharq yakka kurash usullaridan biri ―Karate-do‖ bilan shugʻullanuvchi
insonlar nafaqat zarba berish mahoratini, oʻzini himoya qilish san‘atini,
buyumlarni parchalashni oʻrganish, jangovar uslub va strategiyasini
oʻzlashtirib qolmay, olam va odamda boʻlgan barcha mutanosibliklarning
oʻzaro bogʻliqligi va tabiat bilan estetik uygʻunligini idrok etgan holda ongli
tarzda oʻz hayot tarzini oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bugungi kunda sogʻlom turmush tarzini tashkil etish borasida ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu esa mazkur jarayonning ilmiy-nazariy
asoslarini mustahkamlash imkoniyatini yaratdi. Shu bois mamlakatimizda
sportga boʻlgan e‘tibor nihoyatda jiddiy va sport hamda jismoniy tarbiya
bilan shugʻullanayotganlarning soni ham ortib bormoqda.
Sport inson sa‘lomatligini ta‘minlaydigan harakatlar yigʻindisi
hisoblanadi. Biroq sogʻlom turmush tarzi faqat sport orqali shakllanib
qolmaydi, u insonni estetik jihatdan tarbiyalashni ham taqa‘zo etadi. Chunki
inson ham jismoniy ham ma‘naviy-ruhiy tarbiyaga muhtoj. Zero, bu borada
―Sogʻ tanda - sogʻlom aql‖ tamoyili bejiz amal qilmaydi.
Ma‘lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga
olinsa-da, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson
sa‘lomatligini ta‘minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha
tabaqalari ixtiyoriy tarzda ―oʻzi uchun‖ shugʻullanadigan, ommaviylik
tabiatiga ega mashqllar yoki mashq majmualaridan iborat. Sport esa, uning
qaysi sohasida boʻlmasin, mutaxassis ustozlar na‘zorati ostida maxsus
tayyorgarlik koʻrgan odamlarning, asosan yoshlarning yakkama-yakka yoki
jamoaviy tarzda bellashuvini oʻz ichiga oladi. Sport va jismoniy tarbiya
oʻrtasidagi estetik farqni faylasuf olim Abdulla She‘r jismoniy tarbiya qay
koʻrinishda boʻlmasin, (yakka yoki jamoaviy), bellashuvni rad etadi va
insonga turli mashq shakllaridan hohlaganini tanlash imkonini beradi, deb
aytadi. Sportda musobaqa birinchi oʻrinda turadi va unda muayyan mashqlar
majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sport ma‘lum bir turi
doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya‘ni sportda ijodiy
yondashuv taqiqlanmaydi, balki qoʻllab-quvvatlanadi
Shuni ta‘kidlash lozimki, sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu
uning san‘at bilan oʻxshashligida. Shundan kelib chiqib, klassik sport
turlarini oʻziga xos san‘at sifatida talqin qilish mumkin. Bu borada Rene
Mehyu, Morin Kovich, Benjamin Lou singari gʻarb olimlari va koʻplab
mashhur sportchilar sportni san‘at sifatida qabul qilish mumkin, degan fikrni
oʻrtaga tashlaydilar.
Sport va jismoniy mashqlardagi qonun-qoidalar yoshlarni hayotda
oʻzining mustahkam egallashlarida muhim ahamiyatga ega. Bu qoidalar
mohiyatan axloqiy va estetik mazmun kasb etadi. Zero sport raqibga hurmat
571
bilan munosabatda boʻlish, ustoz va murabbiyga boʻlgan e‘tiqod
mustahkamligi, hakamlar va tomoshabinlarga chuqur hurmat koʻrsatish,
chidamlilik, gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq, ha‘lollik kabi axloqiy qadriyatlarni
ulugʻlashga va egallashga xizmat qilsa, ayni paytda goʻzal hatti-harakatlarni
namoyon ettirish, insonga estetik zavq bagʻishlash, hatto sport anjomlariga
estetik munosabat orqali didni tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi. Sport
musobaqalari va jismoniy harakatlardagi zavqni estetik taxlil etish sport
estetikasining muhim vazifalaridan biridir. Hozirgi paytda sport jahon
boʻylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinmoqda. ayniiqsa,
buni Oʻzbekiston misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bizda mustaqillik
sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash
shakllandi, uning hamma turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazish odat tusiga
kirdi, oʻzbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi.
Bugungi kunda sport estetikasi sogʻlom turmush tarzimizning bir
qismiga aylanib borayotganligini ijobiy holatdir. Hoh sport, hoh jismoniy
tarbiya boʻlsin sogʻlom turmush tarzini bu ikki omillarsiz shakllantirib
boʻlmaydi. Shunday ekan, sogʻlom turmush tarzini sport estetikasisiz
tasavvur etish mumkin emas.
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol
toptirishda
alohida
e‘tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish
mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bundan koʻzlangan
asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sogʻlom, vatanning jasur
himoyachisi qilib tarbiyalashdir.
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash,
yuksak ma‘naviyat, milliy oʻziga xoslik va xalq anʻanalarining mavjud koʻp
asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sogʻlom,
manan etuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Axolining madaniy va estetik
ehtiyojlarini yanada toʻla qondirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni rivojlantirish boʻyicha tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston
sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir
mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. Biroq, sport-
sogʻlomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik
bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bilan bogʻli muammolarni
bartaraf etish dolzarb boʻlib bormoqda.
Shu bois madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini
takomillashtirish, mazkur sohada Oʻzbekiston xalqining boy va oʻziga xos
madaniyati, san‘ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta‘minlashga
yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan
yuksaltirish, axoli keng qatlamlari orasida ma‘naviy-axloqiy kamolot va
sogʻlom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston
572
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi ―Madaniyat va sport
sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida‖ Farmoni e‘lon qilindji.
Farmonda aholining keng qatlamlari oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya
bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni
tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish, sport tashkilotlarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan
muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama
rivojlantirish, bolalar sport ta‘limii sifatini oshirish orqali barcha hududlarda
bolalar sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar
sogʻligʻini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini
ta‘minlash kabi masalalar asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari qilib
belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |