O`zbekiston musulmonlar idorasi Buxoro shahar "Jo`ybori Kalon" ayol -qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti


II.3. Markaziy Osiyoda mashhur fan arboblari



Download 95,88 Kb.
bet9/14
Sana11.06.2022
Hajmi95,88 Kb.
#655361
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O\'rta Osiyo olimlari qomusi Mahliyo Muxtorova word

II.3. Markaziy Osiyoda mashhur fan arboblari.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Xorazmiy
(780 – 850)
Markaziy Osiyolik mashhur matematik va astronom. Xivada tug`ilib, Bag`dodda vafot etgan.Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Bag`dodga taklif etilib, u yerda uning ilmiy faoliyati ravnaq topdi. U Sharqning dastlabki akademiyasi “Bayt ul-hikma”da faol ishtirok etdi. Bu yerda uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad Farg`oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi Markaziy osiyolik mashhur olimlar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. Xorazmiy ko`plab ilmiy asarlar yozdi. Ulardan:
1.“Al-Jabr va-l-muqobala” (Tiklash va qiyoslash amallari). Bu kitob matematikaning alohida bo`limiga aylanib, algebra deb ataladigan bo`ldi.
Shu asar tufayli “al-Xorazmiy” nomi avval (XII asr boshlarida) lotincha transkprisiyada Algorithmi shaklini oldi, undan “Algoritmus”ga va nihoyat hozirgi zamon hisoblash matematatikasining asosiy termini “algorithmi” (algoritm)ga aylandi.
2. “Kitob surat al-arz” (Yerning surat kitobi). Bu jug`rofiyaga oid asar bo`lib, uning noyob qo`lyozmasi 1878-yili Qohirada topildi. Kitobda 537 ta muhim joylar, 209 tog`ning jug`rofiy tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning koordinatlari bayon qilingan.
Xorazmiyning “Usturlob haqida risola”,“Quyosh soatlari to`g`risida risola”, “Tarix risolasi”, “Musiqa risolasi” kabi asarlari ham bor.


Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980 – 1037)
Jahon fan va madaniyatiga ulkan hissa qo`shgan mashhur ensiklopedist olim: buyuk tabib,tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos, tilshunos, yozuvchi va shoir. Yevropada Avisenna nomi bilan mashhur. Uni Sharqda Hakim, Shayxurrais laqablari bilan ham ataganlar.
Ibn Sino Afshana (hozirgi Buxoro viloyati Romitan tumani hududida) qilshlog`ida 370-yil safar (980-yili avgust) oyida tug`ildi. 986-yili onasi Buxoroga ko`chib keladi. Ibn Sino iste`dodli, zehni o`tkir bo`lganidan tez orada o`z davrida ma`lum bo`lgan ilmlarni egallab oladi. 10 yoshida Qur`onni yod oladi, 10-13 yoshidan boshlab matematika, mantiq, fiqh,falsafa bilan shug`ullana boshlaydi. Falsafani Abu Abdulloh Notiliydan, tibbiyot fanlarini Hasan ibn Nuh al-Qumriydan o`rgandi. O`zidan oldin o`tgan Sharq mutafakkirlari asarlari bilan chuqur tanishib, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini o`rganadi. 16-17 yoshida Ibn Sino mashhur tabib-hakim bo`lib tanildi. 999-yili Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etildi. 1000-yili Ibn Sino Buxorodan chiqib ketib, Xorazmga boradi va u yerda Xorazmshoh Ali ibn Ma`mun saroyida o`sha davrning mshhur olimlari Beruniy, Ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Xammor, Abu Nasr ibn Iroq kabilar bilan tanishadi. Mahmud G`aznaviy tazyiqidan qochib, u Xorazmni tashlab chiqib ketadi. Abivard, Tus, Nishopur orqali Jurjonga kelib, Qobus ibn Vushmgir saroyida tabiblik qiladi va bu yerda bo`lajak shogirdi Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi. 1019-1021-yili Hamadonda vazirlik lavozimini o`taydi, lekin hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotadi. 1023-yili Isfahonga qochadi. O`z umrini ilmiy asrlar yozishga bag`ishlaydi. Isfahonda rasadxona qurish bilan shug`ullanadi. Umrining so`nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi va ijtimoiy-siyosiy hayotda o`zi ham ishtirok etganligi tufayli Ibn Sino Isfahon, Ray va Hmadon shaharlari orasida sarson-sargardonlikda hayot kechiradi va 1-ramazon 438 (18-iyun 1037-yili) Hamadonda 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etadi.
Ibn Sino asarlari 280 dan ortiq. Bulardan 40dan ortig`i tabobatga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, psixologiya, ilohiyot, axloq-odob va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan. Bulardan bizgacha 160 ga yaqin asar yetib kelgan. Ko`pchiligi arab tilida, ba`zilari fosr tilida yozilgan. Ibn Sinoning bizgacha ma`lum bo`lgan eng yirik asarlari:
1.“Kitob ash-shifo” (Shifo kitobi). 18 jilddan iborat bo`lib, uni falsafiy bilimlar qomusi desa bo`ladi. Asar to`rtta katta bo`limni – mantiq, fizika, matematika va metofizikani o`z ichiga olgan.
2. “Kitob an-najot” (Najot kitobi). To`rtta katta qism: mantiq, fizika, matematika, metofizikadan iborat.
3. “Kitob lison al-arab” (Arab tili kitobi). 10 jilddan iborat.
4. “Donishnoma”. Fors tilida yozilgan bo`lib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika va metafizikani o`z ichiga olgan. Rus tiliga, bir qismi o`zbek tiliga tarjima qilingan.
5. “Kitob al-qonun fi-t-tib” (Tib qonunlari kitobi).
Asar beshta katta kitobdan iborat bo`lib, 1956 – 1962-yillari va 1980 – 1983-yillarda Toshkentda rus va o`zbek tillarida nashr etilgan. Hozir yangi nashri chop etilmoqda.
Ibn Sinoning ko` pchilik asarlari o`rta asrlarda Yevropada lotin tili va u orqali boshqa tillarga tarjima qilingan.
Ibn Sino ilmiy asarlaridan tashqari, chuqur falsafiy mazmuni badiiy obrazlar va ma`lum voqealar orqali ifoda etuvchi “Qissat tayr” (Tayr qissasi), “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon” kabi badiiy-falsafiy qissalar ham yozgan. Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop qilib she`r bilan ifodalovchi tibbiy asarlar – urjuzalar ham ijod etdi. Bular to`qqizta bo`lib, eng yirigi “Urjuza fi-t-tib” o`zbek tiliga Sh.Shoislomov tomonidan tarjima qilindi va nashr etildi.
Ibn Sino Beruniy bilan uchrashgan, ular o`rtqasidagi savol-javoblar ham o`zbek va rus tillarida nashr etildi.



Download 95,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish