Ona tili va adabiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/47
Sana20.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#71687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta(1)

5-variant 

1. «Dunyo» qo‘shig‘ining so'zlarini farg‘onalik shoir 

Oxunjon Hakimov ipga terilgan dur misol qog‘ozga 

tushirgan. «Bir kam dunyo, kimni sevib, kimni xor 

qilasan?» Darhaqiqat, insoniyat yaratilibdiki, 

oddiygina, jo‘ngina, soddagina tuyulgan shu jumboq 

yechimini topolmay ovora. Berilgan matndagi fe’l 

nisbatlari soni va turini aniqlang. 

A) 4 ta aniq, 2 ta majhul, 1 ta orttirma nisbat  

B) 3 ta aniq, 2 ta majhul, 1 ta o‘zlik, 1 ta orttirma 

nisbat 

C) 3 ta aniq, 3 ta majhul, 1 ta orttirma nisbat 

D) 3 ta aniq, 1 ta majhul, 1 ta o‘zlik, 2 ta orttirma 

nisbat 


2. Har ikkala qismi ham yasama, ham tovush 

o‘zgarishiga uchragan so'zlarning o‘zaro tobe aloqaga 

kirishishi qaysi gapda uchraydi?  

A) Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr 

ishlariga tashna bo'lib yashaydi. 

B) Is’hoq birdaniga kecha bo‘lib o‘tgan voqeani esladi. 

C) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan 

tortig'idir.  

D) Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 

3. Meni kutayotir ajib kelajak,  

U mening iqbolim, mening baxtimdir, 

Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak,  

Men aytmagan so'zni aytajak kimdir. 

Ushbu parchada qatnashgan olmoshlar haqida berilgan 

to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 

A) III shaxs kishilik olmoshi aniqlovchi vazifasini 

bajargan. 

B) Ushbu parchada sodda va qo‘shma olmoshlar 

qatnashgan. 

C) Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan olmoshlar 

kishilik olmoshlari sanaladi. 

D) Ushbu parchada kesim vazifasini bajargan gumon 

olmoshi qatnashgan. 

4. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasida qo‘sh 

undoshlar to‘g‘ri qo‘llangan?  

Gallaktika, inkassator, kilovatt, gippoteza, plastillin, 

kristall. 

A) 4 tasida  

B) 5 tasida 

C) 6 tasida  

D) 3 tasida 

5. Qaysi javobdagi so‘zlar tarkibida shovqinlilarga 

mansub bo‘lmagan lab undoshi qatnashgan?  

A) kabutar, baraka 

B) rivoyat, qovun 

C) avvalambor, muvaffaqiyat 

D) afsona, nafosat 

6. Qaysi gapda fonetik o'zgarish asosida yozilgan 

sodda yasama fe’l ot so‘z turkumidan hosil qilingan? 

A) U do‘stining bu darajada astoydil harakat qilishidan 

juda quvondi.  

B) Saroy ahli hovli o’rtasida o’rnatilgan so’rida 

choyxo’rlik qilishardi  

C) Shundoq chiroyli qiz ham bunaqa yig‘loqi 

bo'ladimi? 

D) Yolg‘iz sen emassan, otam, vujuddagi o'qdan 

qiynalib tolgan.  

7. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» 

asarida turklar asli nechta qabila ekanligi aytilgan?  

A) 24 ta  

B) 30 ta 

C) 20 ta  

D) 25 ta  

8. Faqat bir qismida keng va tor unli qatnashmagan 

qo‘shma otni toping.  

A) shaftoliqoqi  

B) tuyapaypoq 

C) kinomexanik 

D) xomsemiz  

9. Xorazm shevasiga mansub uchak so‘zi adabiy tilda 

qanday ma’noga ega?  

A) tom  


B) samolyot  C) beshik  

D) oy  


10. Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda 

bo'lmaydi. Berilgan gapdagi tovush o‘zgarishiga 

uchragan so‘z haqida to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.  

1) Fonetik o‘zgarish ham asosda, ham qo‘shimchada 

kuzatilgan. 2) Keng unlilar fonetik o‘zgarishga 

uchragan. 3) Tor unli keng unliga almashishi bilan 

bog’liq fonetik o’zgarish kuzatilgan; 4) Gapda bitta 

tovush tushgan, bitta tovush almashgan 

A) 1,2,3 

B) 1,4   

C) 1,2   

D) 3,4  


11. Jarangli va jarangsizligiga ko‘ra bir guruhga 

kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko‘makchi 

mavjud bo‘lgan gapni aniqlang.  

A) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. 

B) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi 

Alisher. 

C) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli 

mehnat yotadi. 

D) Tinchlik deb kurashgan ota- bobolarimiz tufayli shu 

yorug* kunlarga yetib keldik. 

12. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil 

daraxtning chiroyli barglari iliq quyosh nurida 

tovlanardi. Sifatlar haqidagi to‘g‘ri hukmlarni 

aniqlang. 

1) asliy sifat; 2) nisbiy sifat; 3) tub sifat; 4) yasama 

sifat; 5) aniqlovchi vazifasida; 6) hoi vazifasida. 

A) 1, 3, 4, 5   В) 1, 4, 5 

С) 1, 2, 3, 5   D) 2, 4, 6 

13. Sodda so‘zlar bilan sinonimlik hosil qiladigan 

so‘zlar berilgan qatorni toping.  

A) qishin-yozin, bayon qilmoq, nari-beri 

B) tasdiq qilmoq, uzoq- yaqindan, e’tirof etmoq 

C) bugun-erta, ehtiyot qilmoq, e’tiroz bildirmoq 

D) qishin-yozin, yosh-u qari, ruxsat bermoq 

14. Qaysi gapda ko’makchi to’ldiruvchi(lar)ni 

shakllantirgan?  

A) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma 

yog‘i buzilib-yorilib ketib, mutlaqo yaroqsiz holga 

kelib qolgandi. 

B) Agar o‘sha qizning ro‘molchasiga solgan somon va 

qand orqali ularga nima demoqchiligini bilmasang, bor 

davlatingga o‘t qo‘yaman! 

C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan 

burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. 

D) Klinikaning bosh shifokori Mirsiddiq Jalilov bir 

haftadan beri Namanganda dam olardi.  

15. Qaysi javobda tarkibi jarangli undoshlardan iborat 

bo‘lgan ravish yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchilar 

omonimlik hosil qilgan so'zlar berilgan? 



A) qo‘zichoq-o‘yinchoq 

B) yugurik-ko‘rik 

C) yuzlab-haftalab 

D) qadrdonlarcha-yuzlarcha  

16. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini 

aniqlang. 

A) sazavor, mulaqot  B) sazovar, muloqat 

C) sazovor, muloqot  D) sozovor, muloqot  

17. Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi 

qo‘shimchalar o'zaro omonimlik hosil qilgan? 

A) supurgi-kuzgi 

B) kelinchak-kuyunchak  

C) qarsak-o’ksik  

D) to’lin-to’kin  

18. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz 

undoshi yoziladi?  

1) ...iqildoq; 2) ...ayol; 3) ... ufton; 4) ...adiksiramoq; 5) 

... angomatalab. 

A) 3, 4, 5  

В) 1, 4, 5 

С) 1, 2, 4  

D) 2, 4, 5  

19. O'tganlarni esladim va snundan go‘yat 

afsuslandimki, insonning irodasi eskirmas ekan-u, o‘zi 

charchab qolar ekan. Ushbu gapda qatnashgan yasama 

so‘zlar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni toping. 

A) yasama so'zlar bir xil gap bo'lagi vazifasini 

bajargan 

B) barcha yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir 

turga mansub 

C) yasama so‘zlarning ikkinchi darajali bo‘laklar 

vazifasini bajarishi kuzatilmaydi 

D) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi o‘zaro bir 

xil so‘z turkumiga mansub  

20. Qaysi javobda sifat yasovchi qo‘shimcha jarangli 

undoshdan so‘ng qo‘shilgan so‘zlar ko‘rsatilgan? 

1) iliq; 2) siniq; 3) egik; 4) tiniq; 5) ochiq; 6) yoyiq; 7) 

yopiq; 8) teshik.  

A) 2, 3, 4, 5, 8  

B) 2, 3, 4, 6 

C) 2, 3, 5, 6, 7  

D) 1, 2, 3, 4, 6  

21. “Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz 

qo‘yib o’qildi, kecha-yu kunduz o’qildi”. Seton 

Tompsonning qaysi kitobiga shunday ta’rif berilgan?  

A) «Jonivorlar haqida hikoyalar»  

B) «Shimoliy hayvonlar hayoti» 

C) «Yovvoyi hayvonlar hayoti» 

D) «Men bilgan jonivorlar»  

22. Sel emasdur yer yuzin tutqon - ko‘zimning 

yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon - ko‘ngul 

afg‘onidur! (Bobur) Ushbu baytda qo‘llangan she’riy 

san’atni toping. 

A) talmeh 

B) radd ul-matla’ 

C) iyhom  

D) mubolag‘a 

23. Qaysi javobda Alisher Navoiy «Xamsa»siga 

kiruvchi ikkinchi doston qahramoni haqidagi ma’lumot 

berilgan? 

A) U suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan 

edi Shavkatidan unda na do‘st, na o‘rtoq bor edi, 

yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sar!ik qilar edi.  

B) Ishq dardiga mubtalo bo‘lgan asar qahramonini 

otasi bu darddan xalos etish niyatida uni Ka’baga olib 

boradi.  

C) Asar qahramoni to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga 

chiqadi va hiyla domiga bandi bo‘ladi, jasorati, 

mardligi tufayli omon qoladi. 

D) Ishq unga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato 

etgan edi. Buning natijasi o‘laroq ta’limning dastlabki 

uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni 

karimni yod oldi.  

24. Qaysi asar qahramoni: Tokaygacha insonlar 

vahshat sahrosida qolurlar! Inson barcha maxluqotning 

tojidir. U sharafli, sof, go‘zal yashamog‘i kerak. 

Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni 

parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga 

aylantirmoq mumkin», - deya kuyinib gapiradi?  

A) «Navoiy» (Alisher Navoiy)  

B) «Yulduzli tunlar» (Mirzo Bobur) 

C) «Ulug‘bek xazinasi» (Mirzo Ulug‘bek)  

D) «Mirzo Ulug'bek» (Ali Qushchi) 

25. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devonidagi 

she’rlarning qanchasi fors tilida bitilgan?  

A) 1300 misradan ortig'i 

B) sal kam 2100 misrasi 

C) qariyb 4500 misrasi 

D) 2500 misradan ortig‘i  

26. Quyidagi baytda qo‘llangan she’riy san’at turlari 

to‘g‘ri berilgan javobni toping.  

Shakar erning nobati Xizra o‘xshar, 

Oyog‘ing kimki o‘psa mangu yashar. 

A) tazod  

B) talmeh 

C) tajnis 

D) ruju  

27. Rus shori Sergey Yeseninning qaysi she’rida tinch, 

erkalovchi oy timsoli berilgan?  

A) «Bu dunyoda men bir yo‘lovchi» 

B) «Xurosonda bir darvoza bor» 

C) “Singlimga xat” 

D) “Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan” 

28. Saida Zunnunovaning ilk she’ri nomi berilgan 

javobni aniqlang. 

A) «Tuyg‘ular» 

B) «Gulxan» 

C) «Qizingiz yozdi» 

D) «Salom senga»  

29. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» romani necha yil 

davomida yozilgan? 

A) 10 yil B) 9 yil 

C) 8 yil 

D) 7 yil 

30. «... lablarini qattiq qimtib: “Burgut” - dedi ichida. - 

Qora burgut!» 

Uning ko‘ngliga yopirilib kelgan mehr izg‘irin tekkan 

shamday so‘nib, yuragi yana muzladi. U ... egilgan 

boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, 

bu quzg‘un esa ...» Farzandidan ranjib, shunday 

fikrlarni xayolidan kechirgan ota obrazi qaysi asarda 

uchraydi? 

A) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov) 

B) «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov) 

C) «Ufq» (Said Ahmad)  

D) «Navoiy» (Oybek)  

 

 




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish