Ona tili va adabiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/47
Sana20.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#71687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta(1)

8-variant 

1. Qaysi javobda urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadigan 

so'zlar qatori to‘g‘ri ko‘rsatilgan?  

1) olma (meva), bo‘lma (joy oti); 2) yangi, hozir 

(ravish); 3) yigitcha, paxtaday (ravish); 4) to'qima, 

ulama (harakat). 

A) 1, 3, 4  

В) 1, 2, 4 

C) 1, 2, 3, 4   D) 1, 2, 3  

2. To‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini toping.  

1) fikir; 2) xashar; 3) yaktakchang; 4) hujjat; 5) 

qurug'lik; 6) jazim; 7) na’muna. 

A) 2   

B) 2, 4 


C) 3, 4, 5  

D) 1, 3, 6, 7 

3. Portlovchilar guruhiga mansub bo'lmagan jarangli 

undoshlarni toping.  

A) v, z, l, y   B) v, h, t, k  

C) j, k, s, z 

D) v, z, y, m 

4. Tarkibidagi qator kelgan undoshlar til oldi jarangli 

undoshlardan iborat so‘zlarni belgilang. 

A) darz, davr, fayz 

B) farzand, darz, ranj 

C) sabr, hukm, darz 

D) zulm, fayz, farzand 

5. Bir joyda turganimda, deyarli fikr qilolmayman // 

tanam hamma vaqt harakatda bo‘lishi kerak. // belgisi 

o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? 

A) tire  

 

B) vergul 



C) nuqtali vergul 

D) ikki nuqta  

6. Yaxshi bo’lgin, hatto dushmaning oson  

Seni deyolmasin yaramas, yomon.  

Tanburning ovozi soz chiqib tursa,  

Qulog‘in buramas sozchi hech qachon. Ushbu she’riy 

parchada ishtirok etgan ismlarning sintaktik §hakl 

yasovchilari tarkibida ishtirok etgan unli(lar) haqidagi 

to‘g‘ri fikrni belgilang.  

A) Lablangan tor unli ishtirok etgan. 

B) Lablanmagan keng unli ishtirok etgan. 

C) O‘rta keng unli(lar) ishtirok etgan. 

D) Til oldi unli(lar) ishtirok etgan. 

7. Qaysi qatordagi so‘zning yopiq bo‘g‘ini qorishiq 

undosh bilan tugagan?  

A) meshchan    

B) yigitcha 

C) ko'ngilchan  

D) sochma  

8. Berilgan parchadagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar 

miqdorini aniqlang. 

Og'riqlarni unutmoq uchun kuyladim. 

Keyin esa ... Og‘riqlarni unutdim butkul  

Bo‘shliqlarga duch keldim birdan ... . 

A) 3 ta  

B) 6 ta  

C) 5 ta  

D) 4 ta 


9. Quyida keltirilgan gapda tovush o‘zgarishiga 

uchragan so‘zlar sonini aniqlang. 

Birovning narsasini so'roqsiz olish gunoh sanaladi. 

A) 4 ta  

B) 3 ta  

C) 2 ta  

D) 1 ta  

10. Berilgan qo’shma so’zlardan nechtasining 

tarkibida shakldoshi bor so‘z(lar) ishtirok etgan?  

toshko‘mir, yarimorol, orombaxsh, qoqigul, 

sovuqmijoz, bodomqovoq, qo‘ziqorin  

A) 7 tasi  

B) 5 tasi 

C) 4 tasi 

 D) 6 tasi 

11. Qaysi gaplar murakkab qo'shma gap 

hisoblanmaydi? 

1) Shuni unutmangki, xushmuomalalik inson bezagidir 

va u sizni odamlar bilan yaqinlashtiradi. 2) Sen 

uchundir bor hayotim, shuhratim, shonim, Qo‘llaringni 

bergil menga, shirinzabonim. 3) Ikki o‘g‘il yana chol 

Qoshiga qaytishibdi Va bor gapni oqizmay, Tomizmay 

aytishibdi. 4) Hukmim shudir: merosxo‘r shu ukangiz 

bo'ladi, qarorim qat’iydir. 

A) 2, 3  

В) 1, 4 


C) 1, 2, 3  

D) 1, 2, 4 

12. Muruvvat so‘zidagi qo‘sh undosh haqidagi to‘g‘ri 

fikrni toping.  

A) til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi 

B) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangli 

C) til undoshi, portlovchi, jarangsiz 

D) lab undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz 

13. Go'shtni belbog'iga tugib, eski oshnasi – usta 

Shonazarning do’koniga bosh suqdi, o’tgan hafta 

buyurib ketgan o‘rog‘ini surishtirdi. Ushbu gapdagi 

aniqlovchilar soni va turini aniqlang.  

A) 3 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich 

B) 2 ta sifatlovchi, 1 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi 

C) 1 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi 

D) 2 ta sifatlovchi, 2 ta qaratqich, 1 ta izohlovchi 

14. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z 

birikmasi ishtirok etmagan? 

A) El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa, 

Ko‘nglimda armon yotar... 

B) Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq –  

Rostdan ona erur qiblayi olam. 

C) Gurkiragan olov - dilim yo‘ldoshi, 

To‘lqin urgan daryo - ko'zlarim yoshi. 

D) Biz qirq yil yonma-yon, orzuga banda, 

Faqat saodatni tarannum etdik. 

15. Qaysi javobda holli so‘z birikmasi ishtirok 

etmagan? 

A) Kelajagim obidasin qurgan insonman! 

O’sha jonman, o'sha qonman va o‘sha shonman! 

B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, 

Saratonda yaproq bo'lgin dehqonlarga. 

C) Qo‘rqoqning ko‘ziga tik qara, bolam, 

Biror so‘z demasdan uzoqroq qara.  

D) Bu hikmat sharhini o’yladim uzoq – 

Rostdan ona erur qiblayi olam.  

16. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi lug‘aviy 

shakl yasovchilar tarkibidagi undoshlar haqida to‘g‘ri 

hukm keltirilgan?  

Qarigan chog‘da halovat istasang, yoshlikda ilm olish 

payida bo‘l. 

A) barchasi jarangsiz undoshlar 

B) barchasi til undoshlari 

C) barchasi portlovchi undoshlar 

D) barchasi jarangli undoshlar 

17. Qaysi qatorda paronimlar qo‘llash bilan bog‘liq 

xato mavjud?  



A) Ochilov o‘zini quyoshga toblab yotardi. 

B) Yarqiraydi doim tovlanar, 

Oy nuriga cho‘miluvchi tosh. 

C) Suv jimirlab, ko‘zni quvnatib toblanardi. 

D) Ko‘ylagi quyoshda tovlanib, husnini yanada ochdi. 

18. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangli undoshlar 

bor? 

A) pastak, ko'ksulton, ko‘lmak 



B) bardosh, ko‘klam, badnafs 

C) bilag‘on, maydon, jadval 

D) paxsa, sukut, sochiq 

19. Qaysi qatordagi birikuvlarda tobe so'zlar ko'chma 

ma’noda qo‘llangan? 

A) kumush qish, iliq munosabat 

B) oltin soat, sovuq xabar 

C) temir intizom, shirin choy 

D) daraxt gulladi, turmush gulladi 

20. 1) Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduradi. 2) 

Zaharli kinoyalar bilan suhbatdoshini chaqib ola 

boshladi. 3) Yaxshi emas danakni tishda chaqmoq. 

Ushbu gaplarda ishtirok etgan chaq(moq) so‘zi haqida 

berilgan to‘g‘ri hukmni toping.  

A) Har uchala gapdagi chaqmoq so‘zi o‘zaro 

shakldosh so‘zlar sanaladi. 

B) 2- va 3-gaplardagi chaqmoq so‘zi bir so'zning turli 

ma’nolari bo‘lib, 1-gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan 

shakldosh so‘zlar sanaladi. 

C) Barcha gaplarda chaqmoq so‘zi bir so‘zning turli 

ma’nolari sifatida qo‘llangan. 

D) 1-va 2-gapdagi chaqmoq so‘zi bir so‘zning turli 

ma’nolari bo‘lib, 3-gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan 

shakldosh so‘zlar sanaladi.  

21. Qaysi ijodkor huquqshunoslik fakultetini juda 

yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu 

sohada biror kun ishlamagan? 

A) Janni Rodari 

B) Sergey Yesenin 

C) Haynrix Hayne 

D) Ernest Seton-Tompson 

22. Qaysi qatorda bir xil janrda yozilgan asarlar 

ko‘rsatilgan?  

A) H. Olimjon «Oygul bilan Baxtiyor»; Shukrullo 

“Umr haqida ertak”  

B) O’lmas Umarbekov “Odam bo’lish qiyin”; Oybek 

«Quyosh qoraymas»  

C) Xorazmiy «Muhabbatnoma»; Nodira “Firoqnoma” 

D) N. Dumbadze «Hellados»; Ch. Aytmatov «Yuzma-

yuz» 


23. Pahlavon Mahmud haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni 

aniqlang.  

A) Ijodkorlarning turli guruhlari haqida «Vasf ul- 

shuaro» masnaviysini yozgan. 

B) Shoirning “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi 

bor. 


C) Asarlaridan biri Misr amiri Batxasbekka 

bag'ishlangan. 

D) Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qo‘lida tahsil 

olgan. 


24. Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari 

to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 

A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir 

B) Bektemir, Ochil buva, Nizomjon, Qoratoy 

C) Bektemir, Nizomjon, Ochil buva, Mutal 

D) Nizomjon, To‘lanboy, Bektemir, Akbarali 

25. Oybekning «Navoiy» romanida Alisher Navoiy: 

«Qo'llarini go‘dak qoni bilan bo‘yaganlarni, kimlar 

bo‘lmasin, hech vaqt oqlamaymen, kechirmaymen. 

Har vaqt ularga la’nat o‘qiymen! Ammo xalq va davlat 

aybdor emas. Buni yaxshi fahmlamoq kerak axir... » - 

deya otasidan ko‘rgan haqsizliklar to‘g‘risida shikoyat 

qilgan qaysi adabiy qahramonga yurt, xalq oldida, tarix 

oldida shaxsiy ginalarning hech qiymati yo‘qligini 

isbot etmoqchi bo‘ladi?  

A) Badiuzzamonga 

B) Husayn Boyqaroga 

C) Nizomulmulkka 

D) Xo‘ja Afzalga 

26. «Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz 

qo‘yib o‘qildi, kecha-yu kunduz o‘qildi». Seton-

Tompsonning qaysi kitobiga shunday ta’rif berilgan? 

A) “Jonivorlar haqida hikoyalar”  

B) «Shimoliy hayvonlar hayoti» 

C) «Yovvoyi hayvonlar hayoti» 

D) «Men bilgan jonivorlar» 

27. Qaysi asarda shiroljin o'simligini «sadoqatli do‘st» 

bilib, unga mehri tushgan, «biror ko‘ngilsizlik yuz 

berib, pinhona yig‘lagisi kelganda, shiroljin tagidan 

panoh topa»digan, tengdoshlarsiz, kattalar ichida 

yolg'izlanib qolgan qahramon ishtirok etadi? 

A) «Hellados» 

B) «Oq kema» 

C) «Shum bola» 

D) «Alvido, bolalik»  

28. «Odam bolasi tug'ilgan paytda pokiza bo‘ladi-ku. 

Uning umrbod shunaqa pokiza bo‘lib qolishi sizga, 

menga, hammaga bog’liq emasmi? «Bahor 

qaytmaydi» qissasida ushbu insonsevarlik ruhida 

aytilgan so‘zlar qaysi adabiy qahramonga tegishli? 

A) Anvar 

B) Mutal 

C) Kabir  

D) Alimardon  

29. Jahondin menga g‘am bo‘lsa, ulusdin gar alam 

bo‘lsa, Ne g‘am yuz muncha ham bo‘lsa, seningdek 

g'amgusorim bor. 

Ushbu misralarni yozgan, bolalikdanoq hokimiyatning 

og‘ir yuki gardaniga ortilgan, hayotining ko‘p qismi 

qirg‘in urushlar qa’rida kechgan adolatparvar shoh va 

iste’dodli shoir kim? 

A) Bobur  

B) Amiriy 

C) Feruz  

D) Husayniy 

30. Mumtoz adabiyotda «riyo- vu zuhd ahli» deganda 

qanday kimsalar nazarda tutilgan? 

A) Allohga ishqning ta’mini totmagan, uni dildan his 

qilolmaydigan kishilar 

B) haqiqiy shayxlar 




C) tasavvuf vakillari 

D) tasavvufiy qarashdagi kishilar 





Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish