9-variant
1. So‘zga qo‘shilganda so'zlar imlosida tovush tushish
hodisasi ro‘y beradigan qo‘shimchalar turini aniqlang.
1) fe’l nisbati shakli; 2) jamlovchi son shakli; 3) fe’l
yasovchi; 4) egalik shakli; 5) kelishik shakli; 6)
ravishdosh shakli; 7) sifat yasovchi.
A) 2, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 2, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5, 7
2. Rentgen apparati, volt, amper kabi so‘z va so‘z
birikmalarida ma’no ko‘chishining qaysi usuli
mavjud?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
3. U ohista tebrandi. Ushbu gap kesimi haqidagi qaysi
fikr xato?
A) o‘timsiz fe’l
B) ijro maylida
C) kesimi o‘zlik nisbatda
D) barcha fikrlar to‘g‘ri
4. Farg‘ona vodiysi osmono‘par tog'lar bilan o‘ralgan.
Ushbu gapda qanday unli tovushlar qatnashmagan?
1) til oldi o‘rta keng unli; 2) lablanmagan tor unli; 3)
til orqa yuqori tor unli; 4) lablangan o‘rta keng unli; 5)
til oldi keng unli.
A) 2, 4
В) 1, 3
C) 2, 3
D) 3, 4
5. Uyushiq bo‘lak ishtirok etmagan sodda gapni
toping.
A) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga
taraqlab urilgani eshitildi.
B) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk.
C) Oradan ikki yil o‘tgandan keyin, oltmish yoshga
yetgandan keyin, eski kasali yana qo‘zg‘adi.
D) O, naqadar sho‘x va quvnoq edik!
6. Til oldi jarangsiz undosh o'rnida til orqa jarangli
undosh
ma’no farqlashi mumkin bo’lgan so’zni toping.
A) surma
B) tirsak
C) sovuq
D) shanba
7. So‘zlar ma’nosini ikkita keng unli farqlagan qatorni
toping.
A) tirgak – tirsak
B) molik – malik
C) urush – urish
D) ombor – ombur
8. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra n va l undosh
tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) jarangli undoshlar
B) n - til undoshi, 1 - lab undoshi
C) n - portlovchi, 1 - sirg‘aluvchi
C) sirg‘aluvchilar
9. Qaysi so‘zning paronimi ot so‘z turkumiga mansub
emas?
A) ganch
B) afzal
C) adl
D) xiyla
10. Shakldosh so‘zlarni toping.
A) tort, don, tanho
B) karam, yoq, pilla
C) g‘amsiz, och, tong
D) muzlar, noma, pul
11. Quyidagi misralarda ajratib ko'rsatilgan so'zlarda
urg‘u qayerga tushadi? Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
A) oppoq so‘zida bir inchi, gulladi so‘zida ikkinchi
bo‘g‘inga
B) oppoq va gulladi so'zlarida ikkinchi bo‘g‘inga
C) oppoq so‘zida birinchi, gulladi so‘zida uchinchi
bo‘g‘inga
D) oppoq va gulladi so‘zlarida birinchi bo’g’inga
12. Jo’shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari.
Buralib ko‘katlar ustidan chopar,
Uzilgan marvarid yarqirashlari. Ushbu she’riy
parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Parchada ikkita yasama fe’l ishtirok etgan.
B) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi
mavjud emas.
C) Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida
kelgan.
D) Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid
so‘zlardan hosil qilingan.
13. Yigitga qo‘yilgan ayblovlar shundan dalolat
beradiki, tergovchilar uning o‘rnatilgan tartibni yaxshi
anglamaganini hisobga olmasdan xulosa chiqarishga
shoshilgan.
Yuqoridagi gapda qo‘llangan ism asosli yasama
so‘zlarda qanday tovush o'zgarishlari sodir bo‘lgan?
A) 1 ta tovush orttirilishi, 1 ta tovush tushishi va 3 ta
tovush almashishi
B) 1 ta tovush tushishi va 2 ta tovush almashinishi
C) 4 ta tovush almashinishi
D) 3 ta tovush almashinishi, 1 ta tovush tushishi
14. Xorazm shevasiga mansub uchak so’zi adabiy tilda
qanday ma’noga ega?
A) tom
B) samolyot
C) beshik
D) oy
15. Eliboylar bundan ko'chib boradi,
Qoldi endi o‘ynab o‘sgan elim deb.
Ayriliq o‘tiga bag‘rini dog’lab,
Borayotir qalmoq elni so‘roqlab ... .
Keltirilgan parchadagi so‘zlar imlosida sodir bo‘lgan
fonetik hodisalar haqida berilgan fikrlardan nechtasi
noto‘g‘ri?
1) bir o‘rinda sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha
qo‘shilishi natijasida tovush tushgan; 2) ikki o'rinda
so‘z yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida tovush
almashgan; 3) ikki o‘rinda lug'aviy shakl yasovchi
qo'shimcha qo‘shilishi natijasida tovush tushgan; 4) bir
o'rinda sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha
qo'shilishi natijasida tovush ortgan.
A) bittasi
B) uchtasi
C) to‘rttasi D) ikkitasi
16. Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi
Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan.
Tovush o‘zgarishiga uchragan so‘z haqida to‘g‘ri
fikrni aniqlang.
A) portlovchi tovush tushgan
B) tor unli keng unliga o'zgargan
C) bir quyi keng unli boshqa keng unliga o‘zgargan
D) jarangli undosh jarangsizga o‘zgargan
17. Yangidan o'zida kuch-g‘ayrat tuyardi, kelajagiga,
o‘z
Maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi.
Berilgan gap tarkibida fonetik o‘zgarish asosida
yozilgan so‘zlar haqida to‘g‘ri fikrni toping.
1) Ushbu gap tarkibida fonetik o‘zgarish bo‘lmagan. 2)
Fonetik o'zgarishga uchragan so‘zlarda tovush tushgan
va almashgan. 3) Fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar
soni 3 ta. 4) Fonetik o‘zgarishga uchragan barcha
so‘zlarda tovush tushgan.
A) 1, 2, 3
B) 2, 3
C) 2, 4
D) 1, 2, 3, 4
18. Qaysi javobda imlo qoidalariga muvofiq keladigan
ikkita fonetik o'zgarish yuz bergan gaplar ko‘rsatilgan?
1) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda
bo‘lmaydilar; 2) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti
biroz pasaydi; 3) Mehnat bilan inoqlashsang, tan
og‘rig‘ini ko‘rmaysan; 4) O‘zbekistonning xalqaro
obro‘yi kundan kunga oshib bormoqda.
A) 2, 4
В) 1, 2, 4
С) 1, 2
D) 2, 3
19. Faqat jarangli undosh tovushdan tarkib topgan
shart bog‘lovchilari berilgan javobni aniqlang.
A) basharti, garchi, ya’ni
B) agar, gar, mabodo
C) -sa, mabodo, go‘yoki
D) balki, esa, bo‘lsa
20. Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida
faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan?
A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.
B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi.
C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to‘pda ko‘k koptok.
D) Hali Vali, Soli sholi o‘rdi.
21. Rus shoiri Sergey Yesenin «Shahinam, о mening
Shahinam...» she’rida qayerni aziz o'lka deb ataydi?
A) Sherozni B) Xurosonni
C) Ryazanni D) Tambovni
22. Quyidagi she’riy parchada qaysi badiiy san’atdan
foydalangan?
Navoiy bilan Pushkin Dardkashdir bu yig‘inda,
Ularning suhbatiga Quloq solaman jim-jim...
A) tazod
B) talmeh
C) irsoli masal
D) tashbeh
23. «Sohibqiron» she’riy dramasida madrasaga
bekingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav qanday
tanib qoladi?
A) etigining tovushidan
B) cho'qqi soqolidan
C) yo‘tal ovozidan
D) zarbof to‘nidan
24. “... lablarini qattiq qimtib: «Burgut! - dedi ichida. -
Qora burgut!» Uning ko‘ngliga yopirilib kelgan mehr
izg'irin tekkan shamday so‘nib, yuragi yana muzladi. U
... egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib
kelgan edi, bu quzg’un esa …”. Farzandidan ranjib,
shunday fikrlarni xayolidan kechirgan ota obrazi qaysi
asarda uchraydi?
A) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov)
B) «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov)
C) «Ufq» (Said Ahmad)
D) «Navoiy» (Oybek)
25. «Boburnoma»da qaysi shaxsga nisbatan «Karim
ut- tarafayn (ikki taraflama ulug‘) edi...», «Shujo va
mardona kishi erdi...», «Tab’i nazmi bor edi. Devon
ham tartib qilib edi» degan ta’riflar keltirilgan?
A) Sulton Husayn mirzo
B) Mironshoh mirzo
C) Alisher Navoiy
D) Ahmad Hojibek
26. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab
boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan»
tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Tog‘ay
Murodning qaysi asariga shunday ta’rif berilgan?
A) «Otamdan qolgan dalalar»
B) «Oydinda yurgan odamlar»
C) «Yulduzlar mangu yonadi»
D) «Ot kishnagan oqshom»
27. She’riyatda qofiyani hosil qiluvchi tirgak tovush
nima deb ataladi?
A) raviy
B) turoq
C) radif
D) mutlaq qofiya
28. Ne tong, Ogahiy, nazar aylamas esa bog’ sari
nigorining, Sochi sunbul-u, ko’zi nargis-u, labi
g‘uncha-yu, yuzi loladur.
Ushbu baytda qo'llangan san’atni aniqlang.
A) tazod
B) tanosub
C) tajnis
D) ruju’
29. Senga tashvish va alam yetsa, o‘tib ketar deb sabr
qil. Qo’lingdan ketgan narsa uchun qayg'urma, unga
ozroq achin. Chunki achinish senga (qo‘ldan ketganni)
qaytarib bermaydi. Ushbu iboralar qaysi asardan
olingan?
A) «Qutadg'u bilig»
B) «Hibbat-ul haqoyiq»
C) «Devon-u lug‘atit-turk»
D) «Devoni hikmat»
30. Haynrix Hayne faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotni
aniqlang.
A) Badiiy adabiyotda birinchi bo‘lib jonivorlarni
badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi.
B) Angliyaga qilgan sayohatidan keyin «Tubanlik
kishilari» degan ocherklar to‘plamini nashr ettirdi.
C) Huquqshunoslik fakultetini bitirib, diplom olgan
bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan.
D) Ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan
Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |