Ona tili va adabiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/47
Sana20.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#71687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta(1)

6-variant 

1. Qaysi gapda beshta morfemadan iborat yasama so‘z 

mavjud?  

A) Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida 

adabiyotdan chetlatilgan.  

B) O‘zligini anglamagan odamlar bilan yangi jamiyat 

qurib bo‘lmaydi. 

C) Ona tabiat, donoligingga tan bermay ilojimiz yo‘q. 

D) Hammamizning yo akamiz, yo otamiz urushda 

bo‘lgan zamonlar edi.  

2. Quyida keltirilgan gapda nechta fonetik o‘zgarish 

hodisasi ro‘y bergan? Hadisi sharifda shunday 

deyilgan: “Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, 

shu o’zingga sadaqa bo’ladi”.  

A) bitta 

B) uchta 

C) ikkita 

D) to’rtta  

3. Ey, mendan keyin bu gapni aytarsan. Ushbu gapda 

atash ma’nosiga ega bo'lgan birliklar sonini ko‘rsating. 

A) 5 ta  

B) 2 ta  

C) 4 ta  

D) 3 ta  

4. Qaysi gapda barcha to‘ldiruvchilar mustaqil 

to‘ldiruvchilar sanaladi?  

A) Uning osongina yozilgandek ko‘ringan misralarini 

o‘qigan muxlislar yig‘laydi, kuladi, hayajonga tushadi. 

B) U dastlabki ta’limni ona shahrida oladi, yoshligidan 

aniq fanlarni o'rganadi, til va adabiyot bilan ham 

shug'ullanadi. 

C) Muhammad Yusuf qo‘shiqlari bilan emas, avvalo, 

xalq 

dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech 



kimnikiga o’xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari 

bilan tanildi. 

D) Odamlar uning she’rlarini hayajon bilan o‘qir, 

kitoblarini do‘konlardan sotib olishga shoshilar edilar. 

5. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga 

kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko‘makchi 

mavjud bo‘lgan gapni aniqlang.  

A) Tinchlik deb kurashgan ota-bobolarimiz tufayli shu 

kunlarga yetib keldik.  

B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli 

mehnat yotadi.  

C) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. 

D) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi 

Alisher. 

6. Nechta jarangsiz til oldi undoshining jarangli jufti 

bor? 


A) 6 ta  

B) 4 ta  

C) 7 ta  

D) 8 ta  



7. Kimyoviy tolalardan to‘qilgan matolar 

dazmollanayotganda, dazmol qattiq qizdirilmasligi 

kerak. Gapning markazi haqidagi hukmlarning 

nechtasi to‘g‘ri? 

1) turlangan; 2) murakkab; 3) bog‘lamasiz; 4) ismlar 

guruhiga mansub; 5) yasama so‘z; 6) tarkibida tovush 

tushishi holati kuzatiladi; 7) tarkibida tovush 

almashishi holati kuzatiladi.  

A) 4 tasi 

B) 5 tasi 

C) 6 tasi  

D) 7 tasi  

8. Ma’no urg‘usi yana qanday nomlanadi?  

A) leksik urg’u  

B) frazaviy urg’u  

C) ko’chib yuruvchi urg’u  D) so’z urg’usi  

9. Qaysi gapdagi tushum kelishigini belgisiz qo‘llab 

bo‘lmaydi? 

A) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'i 

tushguncha loyni tashishdi.  

B) Saidiy o‘zining ish bo'lmasiga kirib, deraza 

yonidagi kresloga o‘tirdi-da, kitobni o‘qiy boshladi. 

C) Onam har gal gilamni qoqqanda qop-qora chang 

ko‘tariladi. 

D) Tushuntirishning hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, 

tarix, falsafa hamda mafkura uchun qanchalar muhim 

ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.  

10. Qaysi javobda ikki xil keng unli qator kelgan 

so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?  

1) soat; 2) muallif; 3) oila; 4) matbaa; 5) saodat; 6) 

sharoit; 7) zoomagazin; 8) maosh; 9) taom.  

A) 1, 5, 8, 9   

B) 1, 4, 5, 6, 7, 9 

C) 2, 3, 4. 7, 8  

D) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9 

11. Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizargandi. 

Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tushib qolgan 

tovushlarga ta’rif bering. 

A) 2 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 

o’rinda til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh; 1 o’rinda 

o’rta keng, lablanmagan, til oldi unlisi  

B) 1 o‘rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 

o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh  

C) 1 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 

1 o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh; 1 

o‘rinda o‘rta keng, lablanmagan, til oldi unlisi  

D) 2 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 

1 o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh 

12. Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan 

yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. 

A) Do'stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi - 

chaqimchi. 

B) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash 

qobiliyati shakllanadi. 

C) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. 

D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan 

inson ko‘proq nafratlanadi.  

13. Quyida berilgan gapdagi tovush almashinishi yuz 

bergan so‘zlar sonini aniqlang. Ahmoqlarning yuragi 

og‘zida, donolarninig tili esa yuragidadir. 

A) 3 ta  

B) 5 ta  

C) 2 ta  

D) 4 ta  

14. Islohotlarning taqdiri va samarasi, birinchi 

navbatda, kadrlarning saviyasiga, darning zamon va 

taraqqiyot 

talablariga nechog‘liq javob berishiga bog‘liq. 

Berilgan gapdagi moslashuvli bog‘lanishlar soni 

nechta?  

A) 4 ta  

B) 6 ta  

C) 8 ta  

D) 10 ta  

15. Berilgan so'zlardan qaysi biri fonetik o'zgarish 

asosida yozilgan?  

A) ulg‘aymoq  

B) ishda 

C) stol   D) ketdi  

16. Berilganlardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga 

ega? 



1) bo'shamoq; 2) ko‘nglini bo'shatmoq; 3) ko'nglini 

ochmoq; 4) ko‘ngildan o‘tkazmoq; 5) boshga 

ko‘tarmoq; 6) jon bermoq; 7) ko‘z yummoq.  

A) 7 tasi 

B) 6 tasi 

C) 5 tasi 

D) 4 tasi  

17. Hovlida qarindosh-u qo‘ni-qo‘shnilar ham 

yurishadi, nariroqda esa doshqozon to'la sumalak 

qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida 

ikki-uch kampir choy ichishib o‘tirishadi, bolalarning 

qo‘llarida esa yog‘och qoshiq, galma-gal qozon girdiga 

yopishardilar. Ushbu gap ... .  

A) Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap 

B) Aralash murakkab qo'shma gap 

C) Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar 

murakkab qo‘shma gaplar  

D) Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar 

18. Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko‘chishining 

turini aniqlang. Shunday qilib majlis qaror qabul qildi. 

A) sinekdoxa   

B) metonimiya 

C) vazifadoshlik 

D) metafora 

19. Nutqimizda portlovchi jarangsiz til undoshlari soni 

nechta?  

A) 1 ta  

B) 2 ta  

C) 3 ta  

D) 4 ta  

20. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no ko‘chgan 

so‘z qatnashgan?  

A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot 

yig‘ladi.  

B) Qalam ushladimmi, demak, o‘yin bas... 

C) Yuragini ezib turgan tuyg‘ular biroz chekinganday 

bo‘ldi. 

D) Bu darddan qora boshim oqardi. 

21. Qaysi baytda ham mutlaq, ham muqayyad qofiya 

turi mavjud? 

A) Esib keldi Sharqdan bahroning yeli, Jahon ko‘rki- 

chun ochdi firdavs yo‘li.  

B) Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, Shakar 

so‘zungdin kelur mukarrar.  

C) Buti siyminbarim, bizni unutma, Dudoqi shakarim, 

bizni unutma.  

D) Qon bo’ldi ko’ngil firoqi birla, Kuydi jonim 

ishtiyoqi birla.  

22. Quyidagi asarlardan qaysilari Oybek qalamiga 

mansub emas? 

1) «Oltin vodiydan shabadalar»; 2) «Kapitan 

Gastello»; 3) «Ulug‘ yo‘l»; 4) «Ulug‘ saltanat».  

A) 1, 4  

B) 2, 3  

С) 1, 3  

D) 2, 4  

23. Haynrix Hayne faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotni 

aniqlang.  

A) Badiiy adabiyotda birinchi bo‘lib jonivorlarni 

badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi. 

B) Angliyaga qilgan sayohatidan keyin «Tubanlik 

kishilari» degan ocherklar to‘plamini nashr ettirdi. 

C) Huquqshunoslik fakultetini bitirib, diplom olgan 

bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan. 

D) Ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo'lgan 

Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo'lgan. 

24. Bobur qalamiga mansub quyidagi tuyuqda 

keltirilgan yoro so‘zlarining ma’nolari to‘g‘ri 

keltirilgan javobni toping.  

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro (1) manga,  

Hajr aro rahm aylagil, yoro (2) manga.  

O‘qung etti ko‘p yamon yoro (3) manga,  

Marhami lutfing bilan yoro (4) manga.  

A) 1 - yordam ber; 2 - mador, quvvat; 3 - yara, jarohat; 

4 - ey yor 

B) 1 - mador, quvvat; 2 - ey yor; 3 - yara,jarohat; 4 - 

yordam ber  

C) 1 - ey yor; 2 - yara; jarohat; 3 - yordam ber; 4 - 

mador, quvvat 

D) 1 - yara, jarohat; 2 - ey yor; 3 - yordam ber; 4 - 

mador, quvvat 

25. Qaysi asarda «Qissasi Rabg‘uziy»dagi Sulaymon 

va chumoli suhbatiga ishora qilingan? 

A) Xo'jandiy «Latofatnoma»da 

B) Xorazmiy «Muhabbatnoma»da 

C) Sakkokiy «Ulug‘bek» qasidasida 

D) Sayfi Saroyi «Gulistoni bit- turkiy»da  

26. Qaysi ijodkor o‘zining tarjimayi holida bola 

chog‘ida kichkina bir qushchani ko‘rganini va bir 

kattaroq bolaning «bu baxt qushi» degan so'zini 

eshitib, har yili bahorda moviy baxt qushini kutgani 

haqida yozadi?  

A) Janni Rodari 

B) Ernest Seton-Tompson 

C) Hans Kristian Anderson   D) Shavkat Rahmon 

27. Qaysi javobda S.  Yeseninning «Xurosonda bir 

darvoza bor» she’ri haqida to‘g‘ri fikr keltirilgan?  

A) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3 

turoqli) vaznida tarjima qilgan. 

B) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan.  

C) She’r satrlaridagi “choyxona”, “choy”, “tong yuzli 

dildor”, “shohi ro’mol”, “ohu ko’z”, «lolagun» so‘z-

timsollari Sharqni eslatib turadi.  

D) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning 

o‘ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini 

ta’minlagan.  

28. Qaysi javobda nomi keltirilgan asarda har qanday 

zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan 

baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir 

yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo'lib qolaveradi, 

degan fikr ilgari surilgan? 

A) «Shum bola» 

 

B) «Shahzoda Plombir» 



C) «Gulliverning sayohatlari» 

D) «Kichkina shahzoda» 

29. Bir xil janrda yozilgan asarlar qaysi qatorda 

ko‘rsatilgan?  

1) «Falak»; 2) «Qizil durrali sarvqomatim»; 3) «Ruhlar 

isyoni»; 4) «Bahor qaytmaydi»; 5) «Alvido, bolalik»; 

6) «Jenya»; 7) «Qorasoch».  

A) 1, 2, 4, 5  B) 1, 3, 5, 7 

C) 2, 4, 6 

D) 1, 3, 7  

30. «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro kimni ko‘r-

ko‘rona shahar qoziligi mansabiga 




tayinlaydi? 

A) Majididdinni  

B) Xo’ja Afzalni  

C) Shahobiddinni  

D) Muhammad Burnduqni  

 

 





Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish