3-variant
1. Quyida keltirilgan gapda fonetik o‘zgarish asosida
yozilgan so‘z qanday bo‘lak vazifasida kelgan?
Ularning uyidagi gullarning-ku son-sanog‘i yo‘q.
A) ega
B) sifatlovchi-aniqlovchi
C) murakkab ot-kesim
D) qaratqich-aniqlovchi
2. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish
harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning
o‘zaro ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashiga nima
deyiladi?
A) fonetik hodisalar
B) metateza
C) assimilatsiya
D) tovush moyillashuvi
3. Qaysi gapda barcha yopiq bo‘g‘inlardagi til
undoshlari nisbatan ko‘proq?
A) Guvoh sudga ketdi, qo‘shnim sutga ketdi.
B) «Hamma balo tildan keladi», – deydi bobom.
C) Tursun tomda tursun.
D) Eng buyuk jasorat bu - ma’naviy jasoratdir.
4. yoq (tomon) va o‘rtoq so'zlariga qaysi qo‘shimcha
qo‘shilganda asosda fonetik o'zgarish bo‘ladi?
A) yoq so‘ziga egalik, o‘rtoq so‘ziga egalik va kelishik
qo'shimchasi
B) egalik qo'shimrhasi
C) kelishik qo’shimchasi
D) kelishik va egalik qo’shimchalari
5. “n” va “ng” undoshlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra
farqlanadi?
A) shovqinli yo sonor ekanligiga ko‘ra
B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
C) tilning qaysi qismida hosil bo'lishiga ko‘ra
D) jarangli-jarangsizligiga ko‘ra
6. Egalik qo‘shimchasini qo‘shish natijasida tovush
o‘zgarishiga uchraydigan yasama so‘zlar qatorini
aniqlang.
A) to‘lg‘oq, qistov
B) taroq, bilak
C) tuproq, o'roq
D) qayroq, chanqoq
7. Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday
unli qatnashmagan?
A) tor unli
B) o‘rta keng unli
C) keng unli
D) lablangan unli
8. Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq bo‘g‘in
mavjud?
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy)
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 6 ta
D) 7 ta
9. Lab undoshlarining nechtasi jarangli portlovchi
undosh sanaladi?
A) bittasi
B) uchtasi
C) ikkitasi
D) to’rttasi
10. Quyida keltirilgan gapdagi olmoshning vazifasini
aniqlang. Mana shu Yetti og‘ayni yulduzlari o‘sha
yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga botib
ketardi.
A) to'ldiruvchi
B) hol
C) aniqlovchi
D) ega
11. O‘zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan
kampir qizi bergan qaynoq- qaynoq choydan ichgach,
tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Ushbu gapda nechta
o‘rinda fonetik hodisa yuz bergan?
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 2 ta
D) 5 ta
12. Qaysi gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan
sodda yasama fe’l ot so‘z turkumidan hosil qilingan?
A) U do‘stining bu darajada astoydil harakat qilishidan
juda quvondi.
B) Saroy ahli hovli o'rtasida o‘rnatilgan so‘rida
choyxo‘rlik qilishardi.
C) Shundoq chiroyli qiz ham bunaqa yig‘loqi
bo‘ladimi?
D) Yolg‘iz sen emassan, otam, vujuddagi o‘qdan
qiynalib tolgan.
13. 1) javob qildi; 2) javob berdi; 3) javob ayladi; 4)
javob etdi. Berilgan qo'shma fe’llardan qaysi bir(-lar)i
uslubiy betaraf?
A) 1, 2, 4
В) 1, 2
C) 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |