16. Quyidagi gapda sifat yasovchi qo‘shimcha necha
taqozo etiladi. Ochiq yuzli bo‘lish - bekning yaxshi
18. Qachon ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) ega ergash gapning o‘rni bog‘lovchi vositaga
bog‘liq emas
B) nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda
C) -ki yuklamasi yordamida bog‘langanda
D) В, С javoblar to‘g‘ri
19. Qaysi javobda harakat nomidan keyin qo‘shila
oladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri berilgan?
A) egalik, kelishik, zamon, nisbat
B) egalik, kelishik, ko‘plik
C) shaxs-son, zamon, mayl
D) nisbat, bo‘lishsizlik, mayl
20. Yasama ravishning yetakchi morfemasida unli va
birgina jarangsiz undosh qatnashgan gapni toping.
A) Yaxshilikcha quloq soling gapimga.
B) Qiz yer ostidan mayin kulib yigitga qaradi.
C) O‘z fikringizni ochiqchasiga bayon etsangiz,
tushunamiz.
D) Kelajakda yorqin hayotga erishish uchun astoydil
harakat qilmoq lozim.
21.Qaysi shoh sho‘ro davrida ko'plab mevazor bog‘lar,
poliz mahsulotlari, sholi va boshqa dehqonchilik
ekinlari yetishtiriladigan yerlarni yoppasiga paxta
bosib ketgani natijasini aks ettirib, «Bizning joylar
o‘rni hozir paxtazor», deb yozgan edi?
A) Ibroyim Yusupov
B) Saida Zunnunova
C) Asqad Muxtor
D) Mirtemir
22. Bobur g'azalidan keltirilgan quyidagi parchada
qo‘llangan badiiy san’at turini aniqlang.
Qaro zulfing firoqida parishon ro‘zg‘orim bor,
Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u qarorim bor.
Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yamon qildi, men andin bir so'rorim
bor.
A) ruju’
B) talmeh
C) tazod
D) tanosub
23. Usmon Nosirning «Yana she’rimga» she’rining
birinchi misrasi qaysi shoirning satrlarini yodga
soladi?
A) Zulfiyaning «Oydinda» she’rini
B) Cho‘lponning «Go‘zal» she’rini
C) Atoyining «Jamoling vasfini» g‘azalini
D) Maxmurning «Hapalak» g‘azalini
24. Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qig‘onlar bori yaktoyi zamondur.
Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Hamza
B) Avaz O‘tar
C) So‘fizoda
D) Zavqiy
25. Zavqiyning “Hajv ahli rasta” satirasi qofiyalanish
tizimi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) b-a, d-a
B) a-a, b-a, d-a
C) a-a, b-b, c-c
D) a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a
26. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo'nalishda
bitilgan pyesa hisoblanadi?
A) «Qiyshiq oyna» (Chexov)
B) «Tubanlik kishilari» (Jek London)
C) «Maysaraning ishi» (Hamza)
D) “Oltin buzoqcha” (Ilf va Petrov)
27. 1) Sakkokiyning tug‘ilgan va vafot etgan yillari
ma’lum emas; 2) Sakkokiy yozgan asarlar orasida bir
necha qasidalar mavjud; 3) Sakkokiy qasidalari aniq
bir qahramonlarga bag‘ishlangan; 4) Xalil Sultonning
hukmronlik yillari 1405-1409-yillarga to‘g‘ri keladi; 5)
Xalil Sulton Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-
haqoyiq» asarini 1444-yilda Samarqandda
ko‘chirtirgan; 6) Sakkokiy XVI asrning ikkinchi
yarmida, ehtimolki, oxirgi choragida tug'ilgan deb
qaraladi; 7) Sakkokiy qasidanavis shoir; 8)
Sakkokiyning g‘azallarida ishq, oshiqlik, hijron
iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda
ustalik bilan tasvirlanadi. Ushbu hukmlardan qaysi
birlari noto’g’ri?
A) 3, 5, 6, 7
B) 1, 3, 5, 6, 8
C) 1, 2, 3, 4, 6, 8
D) 1, 2, 4, 5, 8
28. «...umid achchiq haqiqat bilan hisoblashishni
istamas edi». Ushbu misralar qaysi asardan olingan?
A) J. London “Hayotga muhabbat”
B) O‘. Hoshimov «Bahor qaytmaydi»
C) Shuhrat “Oltin zanglamas”
D) Ch. Aytmatov «Jamila»
29. Zahiriddin Muhammad Bobur «Qaro zulfing
firoqida...» matla’li g‘azalida qanday she’riy san’atdan
unumli foydalangan?
A) takrir
B) tanosub
C) kitobat
D) tajohuli orif
30. «Men urush vaqtining nozik paytlarida bo‘lgan bu
o'ldirishga oddiy o'ldirish kabi qarayolmayman... Mana
shu nuqtalardan qarab, men bu «soddadil», «yuvosh»
va «gunohsiz» sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi
bo‘laman». Zebiga qarshi aytilgan yuqoridagi
mulohazalar «Kecha va kunduz» romanining qaysi
qahramoniga tegishli?
A) sud raisi
B) zakunchi
C) garnizon boshlig’i D) prokuror