7-variant
1. Yarimjon, chalajon. Berilgan so‘zlar haqidagi qaysi
fikr xato?
A) ushbu so‘zlar tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so'zlar
sanaladi
B) ushbu so‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
ma’nodosh so'zlardir
C) ushbu so'zlarning tarkibi sifat + ot dan tashkil
topgan
D) ushbu so'zlar kompozitsiya usulida yasalgan
yasama so‘zlardir
2. «Yoshlar kelajagimiz poydevoridir», - ta’kidladi
otaxon.
Quyida berilganlardan ushbu ko'chirma gapli qo‘shma
gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir
bo’ladigan grammatik o'zgarishlar to‘liq ajratib
ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) ko'chirma gapning kesimi tushirib qoldiriladi; 2)
ko‘chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga
aylantiriladi; 3) muallif gapining egasi o‘zlashtirma
gap egasi bo‘lib gap boshida keladi; 4) muallif
gapining kesimi o‘zlashtirma gap kesimi bo'lib keladi.
A) 1, 3, 4
В) 1, 2
C) 2, 3, 4
D) 2, 3
3. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli sirg'aluvchi
til
undoshlari va unlidan tarkib topgan so’zni toping.
A) shamshir B) insonparvar
C) qing’ir
D) suhbat
4. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan
omonim bo‘la oladigan nisbat qo‘shimchasi
qatnashgan?
A) «Daraxtni yer ko'kartiradi, odamni - el», - deydi
dono xalqimiz.
B) Kechikib ekilgan g‘alla ham, chigit ham, keyin
berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi.
C) Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam, Boshim qo‘ysam
kuydirar bolish.
D) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho'lga suv
chiqaribdi.
5. Quyidagi gapda tagiga chizilgan so‘zda urg‘u
qayerga tushadi? Masai, asosan, epik asar turlaridan
bo‘lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar
hayvonlar va o‘simliklarga ko‘chiriladi.
A) xarakteriga
B) xarakterimga
C) xaraktfiriga
D) xar6kteriga
6. Qaysi so‘z(lar)da unlidan so‘ng tutuq belgisi
ishlatilishi lozim?
1) monelik; 2) tamagirlik; 3) etirof; 4) taqiq.
A) 2, 3
B) faqat 3
С) 1, 3, 4
D) 1, 2, 3
7. Portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh kabi talaffuz
qilinadigan so’z qatnashgan gapni toping.
A) Devor ustida musicha turibdi.
B) Oshga sabzi to‘g‘ragani chiqdik.
C) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi.
D) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib, ko‘chaga yugurdim.
8. Urg‘u haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan qatorni
aniqlang.
1) Ikki va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan
so'zlarning talaffuzida bo‘g‘inlardan biri ma’lum
sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz
etilishi ma’no urg‘usi deyiladi; 2) Urg‘u ma’no
farqlash vazifasini bajaradi; 3) Arab, fors-tojik, rus va
boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u
barqaror o‘ringa ega; 4) Urg‘u segment birlik
hisoblanadi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3
C) 2, 3, 4
D) 1, 2, 3
9. Neki bo'lsa menga eng aziz, Eng mo‘tabar bo‘lsa
dunyoda, Borlig‘imni band etsa ne his, Bari edi unda
ifoda.
Ushbu she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
A) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
B) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
C) aralash murakkab qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab
10. 1) O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir. 2) Qizcha
erkalanib, opasining bo‘ynidan mahkam quchdi. 3)
Bolaning ko'ngli o‘ksimasin deb, yumshoq o‘rindiqqa
o‘tqazdi. 4) So‘roq qilingan kishining ayblarini sanab
berdik. 5) Og‘zaki nutq qisqa va ifodali bo‘lishi kerak.
6) Musavvirning bo‘yog‘ida hayot chizgilari aniq
ifodalangan edi.
Berilgan gaplarning qaysilarida so‘z yasovchi
qo‘shimcha ta’sirida yuqori tor unlilar tushib qolgan?
A) 1, 3, 5
В) 1, 5
C) 2, 4, 5
D) 3, 6
11. Asl, simpozium, tadqiqot, vakum, xoynahoy,
taffiq, avf, yarog‘li, tambalamoq. Berilgan so‘zlardan
nechtasi to‘g‘ri yozilgan?
A) oltitasi
B) to‘rttasi
C) uchtasi
D) beshtasi
12. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) u, e
B) i, о
С) a, o‘
D) i, u
13. Shaxs otlari qaysi javobda berilgan?
A) havas, dastgoh, sifatli
B) darvozabon, temirchi, mantipaz
C) soyabon, bolalar, uyatchan
D) oliygoh, o‘yin, terak, suv
14. Biz buyuk Vatanning baxtiyor farzandlarimiz.
Ushbu
gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Qarashlilik ma’nosini ifodalagan egalik
qo’shimchasi ishtirok etmagan.
B) Kesimlik ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl
(munosabat shakli) qatnashmagan.
C) Gapdagi barcha munosabat shakllari shakldoshlik
xususiyatiga ega.
D) Kesim tarkibida 2 ta munosabat shakli qatnashgan.
15. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi?
A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir.
B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi.
C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi.
D) Asabiylashmay yuzma-yuz o'tirib, fikrimizni
tushuntira olamizmi?
16. O‘ynab gapirsang ham o'ylab gapir. Ushbu gapda
nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
17. Yarog‘, dog‘, tog‘ so‘zlariga jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi qo‘shilsa, qaysi yozuv asosida yoziladi?
A) fonetik
B) shakliy
C) morfologik
D) morfologik va fonetik
18. 1) U qasddan Suqsuroyni xonga olib berdi. 2)
Tarixiy joylarni tomosha qilish niyatida Samarqandga
jo’nadik; 3) Otasini ko’rgani qishloqqa ketdi. 4) Ota
bolalari bilimsiz bo‘lmasin deb o‘qitdi. Fe’lning vazifa
shakli bilan ifodalangan maqsad holini toping.
A) 2, 3
B) 4, 1
C) 3, 4
D) 3
19. Meni kutayotir ajib kelajak,
U mening iqbolim, mening baxtimdir.
Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak,
Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir.
Ushbu parchada qatnashgan olmoshlar haqida berilgan
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) III shaxs kishilik olmoshi aniqlovchi vazifasini
bajargan.
B) Ushbu parchada sodda va qo‘shma olmoshlar
qatnashgan.
C) Fonetik o'zgarish asosida yozilgan olmoshlar
kishilik olmoshlari sanaladi.
D) Ushbu parchada kesim vazifasini bajargan gumon
olmoshi qatnashgan.
20. Qaysi javobdagi gaplarda chaqmoq fe’li bir
so‘zning turli ma’nolari sifatida qatnashgan?
A) Iboralarning ma’nolari ko‘p, har birini chaqish
kerak. U yong‘og‘ini chaqish uchun tosh qidirib ketdi.
B) O‘zi yoqadi, puli chaqadi; Osmon gumburlab,
chaqmoq
chaqdi.
C) Odamlarni gapi bilan chaqib oladi-ya. Shu payt
osmonda yashin chaqdi.
D) Hamma narsani pulga chaqish yaxshi emas,
do‘stim. Bu meni ko‘rsa bir gap bilan chaqaman deydi.
21. Janni Rodarining «Shahzoda Plombir» nomli ertagi
qaysi hikoyalar turkumiga kiradi?
A) «Rim ertaklari»
B) «Telefonda aytilgan ertaklar»
C) «Quvnoq she’rlar kitobi»
D) «Osmondagi tort»
22. Munisning «Ishqing o‘tidin o'rtanadur joni
nizorim... » deb boshlanuvchi she’rining janrini
aniqlang.
A) mustazod B) murabba’
C) musaddas D) muxammas
23. R. Tagorning insoniy muhabbat ulug'langan
asarlarini toping.
A) «Roja va Rani», «Chitrangoda»
B) «Tonggi qo‘shiqlar», «Suratlar va qo‘shiqlar»
C) «Chitrangoda», “Hisob-kitob”
D) “Jazo”, «Nur va soyalar»
24. Sharq adabiyotida faqat hikmatli so‘zlar va ibratli
hikoyatlar asosiga qurilgan asarlar to'liq keltirilgan
javobni aniqlang.
1) S. Sheroziy «Guliston»; 2) N. Xisrav
«Sadoqatnoma»; 3) S. Sheroziy «Bo'ston»; 4) A.
Navoiy «Nazm ul-javohir»; 5) A. Navoiy «Mahbub ul-
qulub»; 6) A. Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq».
A) 1, 3, 5
В) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 5, 6
25. 1) “Yatimat ad-dahr”ning 4-qismida 4160 ga yaqin
bayt she’r kiritilgan; 2) Turkiy adiblar va shoirlar
haqidagi birinchi tazkira «Yatimat ad-dahr»; 3)
«Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom uzumni
salsabil bilan sug‘oradi, undan shinni paydo bo‘ldi; 4)
uzliq - mohirlik, ustalik ma’nosini beradi; 5) Ahmad
Yassaviyning onasining ismi Qorasoch momodir; 6)
«Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom uzumni
behishti zanjabil bilan sug'oradi, undan sirka paydo
bo‘ldi; 7) «Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom
uzumni ikki marta sug‘oradi.
Ushbu hukmlarning qaysi biri to‘g‘ri?
A) 2, 3, 4, 5, 7
B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 4, 5, 7
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
26. Senga tashvish va alam yetsa, o‘tib ketar deb sabr
qil. Qo'lingdan ketgan narsa uchun qayg'urma, unga
ozroq achin. Chunki achinish senga (qo‘ldan ketganni)
qaytarib bermaydi. Ushbu iboralar qaysi asardan
olingan?
A) «Qutadg‘u bilig»
B) «Hibbat-ul haqoyiq»
C) «Devon-u lug‘atit-turk» D) “Devoni hikmat”
27. Poshshoxo‘ja lirik shoir sifatida qanday janrda
asarlar yozgan?
A) g’azal, qit’a va fardlar
B) g'azal, ruboiy va muxammaslar
C) g‘azal, ruboiy va qit’alar
D) g‘azal, ruboiy va fardlar
28. Quyida berilgan parchada xalq dostonlarida juda
ko‘p qo‘llaniladigan qanday san’at ishlatilgan?
«Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so‘zli,
bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir».
A) talmeh
B) tajnis
C) saj
D) tazod
29. Qaysi ma’lumot Xo'janazar Huvaydo hayoti va
ijodi bilan bog‘liq emas?
A) Adib «Rohati dil» manzumasi, «Ibrohim Adham»
dostoni muallifidir.
B) O‘g‘li Sirojiddin (Sirojiy) va nabirasi Salohiddin
(Sohib) ham shoir boiishgan.
C) Vosifiyning «Badoye ul- vaqoye», Koshifiyning
“Axloqi Muhsiniy” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima
qilgan.
D) Chimyonda maktabdorlik, shuningdek, kosiblik
bilan shug‘ullangan.
30. “O‘tkan kunlar” romanida qaysi qahramonlarning
qora movut sirilgan sovsar po'stin kiyganligi aytilgan?
A) Qutidor, Otabek B) Qutidor, Yusufbek hoji
C) Homid, Otabek
D) Hasanali, Otabek
Do'stlaringiz bilan baham: |