Ona tili va adabiyot



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/47
Sana20.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#71687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta(1)



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ONA TILI VA ADABIYOT 

Toshkent varianti

 

(2018-yil)

 

 



 

 


1-variant 

1. Shunda men atrofdagi odamlarni sanab sanog‘iga 

yetolmagandim.  

Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida necha o'rinda fonetik 

o‘zgarish sodir bo‘lgan? 

A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta 

2. Vatan xoinlari hech qachon kechirilmas. Bu 

xoinlikning eng og‘ir gunoh sanalishini unutmang. 

Ushbu gapda faqat qo'shimcha qismida tovush 

o‘zgarishi ro‘y bergan so‘zning sintaktik vazifasini 

toping. 

A) hol   

B) aniqlovchi 

C) to‘ldiruvchi va kesim 

D) kesim 

3. So'zlarning ochiq bo‘g‘inlari keng unlilar bilan 

tugagan gapni aniqlang. 

A) Ko‘z qayerda bo‘lsa, aql ham o‘sha yerda. 

B) Uning boyligi sira tugamas ekan. 

C) Kishining hurmati o‘z qo'lida. 

D) Uydan maktabga bora boshladim. 

4. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi tovush 

tushish hodisasi to‘g‘ri izohlangan?  

Sening tug‘ilib o'sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni 

bilar edim.  

A) 2 o‘rinda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha 

qo‘shilishi 

B) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha 

qo‘shilishi natijasida, 2 o‘rinda lug‘aviy shakl 

yasovchi qo‘shimcha qo'shilishi natijasida 

C) 1 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha 

qo'shilishi natijasida, 1 o'rinda lug‘aviy shakl yasovchi 

qo‘shimcha qo'shilishi natijasida 

D) 2 o'rinda sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha 

qo‘shilishi natijasida, 1 o‘rinda so‘z yasovchi 

qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida 

5. Ismlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. 

A) ot, sifat, son, ravish, fe’l, olmosh, taqlid so‘zlar 

B) ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi, 

taqlid so'zlar 

C) ot, sifat, olmosh, fe’l, harakat nomi, ravishdosh, 

sifatdosh 

D) ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, son, taqlid 

so‘zlar 


6. Yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi morfemasi 

ham omonim xarakterda bo'lgan, asosida faqat 

jarangsiz undosh qatnashgan sifatni toping. 

A) ochiq  

B) yasama 

C) tuzsiz  

D) yozgi 

7. Tilshunoslikning leksikolo- giya bo‘limiga oid 

atamalar qaysi qatorda berilgan? 

A) grammatik ma’no, undovlar, 

bog’lovchi  

B) ko’p ma’noli so’z, atama, metafora  

C) ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish so‘z 

D) yordamchi so'zlar, bog‘lama, hol  

8. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida 

tovush o'zgarishiga uchragan yasama so‘z qaysi gapda 

ega vazifasida kelgan? 

A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi 

mashinani to‘xtatdi. 

B) Momaqaldiroq tingan, ahyon-ahyonda chaqmoq 

arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqardi. 

C) Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza qanotlari tez-

tez ochilib-yopilardi. 

D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig'i 

eshitildi. 

9. Tunov kuni biznikida  

Bo‘ldi kattakon hashar. 

Ko‘chib keldi deyman-ov  

Hasharga butun shahar...  

Hashar rosa qizidi. 

Ushbu parchada ma’no ko‘chishining qaysi turlari 

ishtirok etgan? 

A) metafora, metonimiya, sinekdoxa 

B) metafora, metonimiya 

C) metafora 

D) metonimiya, vazifadoshlik 

10. Jon do‘sting jonidan kechsa ham,  

Mol do‘sting molidan kechmas. Ushbu gapda 

ismlarning munosabat shakllari soni nechta?  

A) 5 ta  

B) 6 ta  

C) 7 ta  

D) 8 ta  

11. Qaysi javobda tarkibida faqat unli va jarangli 

undosh tovushlar ishtirok etgan sifat yasovchi 

qo‘shimchalar keltirilgan? 

A) -ma, -siz, -kor, -chan 

B) -ildoq, -bad, -bob, -don 

C) -zor, -g‘ich, -lab, -dor 

D) -don, be-, -bad, -mand 

12. Qaysi javobdagi fe’lda I shaxs birlik ma’nosi 

o‘rnida II shaxs birlik shakli qo'llanishi uchraydi? 

A) «Yigitlar, bir harakat qilsak, marra bizniki, ana 

boshliq ham keldilar», — dedi Yolqinjon. 

B) Kamina xizmatingizni sidqidildan bajaradi, xavotir 

olmang, aka. 

C) «Qani, qizim, marhamat qilsinlar, mehmonlar sizni 

kutib qolishdi», - dedi uy egasi iltifot bilan. 

D) «Bu dunyoning ishlariga hayron qolasan», - dedi 

Nodirjon o‘z-o‘ziga gapirib. 

13. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan ravish so‘z 

tanlang. Har dovon oshganimizda, Oynatog* 

qarshimizda yanada... bo'lib ko‘rinardi. 

A) qop-qora  B) shiddatli  

C) yaqin 

D) go‘zal  

14. Qaysi gapda yetakchi morfemasi jarangli undoshlar 

va unli(lar)dan tashkil topgan yasama ot qatnashgan? 

A) Aravakashga biroz yalinsang, ostonanggacha olib 

borib qo’yadi.  

B) Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha suratga qarab 

qo'yaman. 

C) O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan, tillo bilan? 

D) O‘smalar qo‘ysam, yarashar qoshimga, do'ppilar 

kiysam, yarashar boshimga. 

15. Qaysi paronim juftliklar tarkibidagi fonemalar 

tovushlarning fiziologik tomoni jihatdan 

farqlanmaydi? 




A) xirs-hirs    

B) taxt-baxt 

C) qand-pand   

D) mart-mard 

16. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi ikki xil so‘z 

turkumi doirasida omonim bo‘la oladi? 

A) shox 

B) yod 


C) yoz  

D) boq 


17. Qaysi so‘zlarda u unlisi noto‘g‘ri qo'llangan?  

1) unutmoq; 2) unumli; 3) unub-o‘smoq; 4) 

umumiylik; 5) umum; 6) umurguzaron.  

A) 3, 6  

B) 3, 4, 5 

С) 1, 2, 4, 6   D) 2, 3, 5  

18. So‘zning yumshog‘i g'azabni so'ndiradi, so'zning 

qattig'i esa odamni o‘ldiradi. Ushbu gapda tovush 

almashinish hodisasi so‘zga qanday qo‘shimcha(lar) 

qo‘shilishi natijasida yuz bergan?  

1) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 2) lug‘aviy shakl 

yasovchi qo‘shimcha; 3) sintaktik shakl yasovchi 

qo‘shimcha. 

A) 1, 2  

В) 1, 3 

C) 2 


 

D) 2, 3 


19. Qaysi gapda ko'makchi to’ldiruvchi(lar)ni 

shakllantirgan? 

A) Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma 

yog‘i buzilib-yorilib ketib, mutlaqo yaroqsiz holga 

kelib qolgandi. 

B) Agar o‘sha qizning ro'molchasiga solgan somon va 

qand orqali ularga niraa demoqchiligini bilmasang, bor 

davlatingga o‘t qo‘yaman! 

C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan 

burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. 

D) Klinikaning bosh shifokori Mirsiddiq Jalilov bir 

haftadan beri Namanganda dam olardi. 

20. «Tinchlik buyuk ne’matdir», - ta’kidladi rais. 

Quyida berilganlardan ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma 

gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir 

bo'ladigan grammatik o'zgarishlar to‘liq ajratib 

ko‘rsatilgan javobni belgilang. 

1) ko‘chirma gapning kesimi o‘zlashtirma gap 

kesimiga aylanadi; 2) ko'chirma gapli qo‘shma gap 

sodda gapga aylanadi; 3) ko‘chirma gapning egasi 

aniqlovchiga aylanadi; 4) muallif gapining kesimi 

o'zlashtirma gap kesimi bo‘lib keladi. 

A) 3, 4  

В) 1, 2 


С) 1, 2, 3  

D) 2, 3, 4 

21. Erlari, og‘a-inilari sha’niga ta’na toshlarini 

yog‘dirgan xotin-xalajlar qaysi asarda uchraydi?  

A) Sayfi Saroyi “Guliston bit-turkiy”  

B) Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» 

C) Halima Xudoyberdiyeva «Uyg'on» so‘zin 

aytgach...» 

D) «Kul Tigin» bitiktoshi 

22. X asrdayoq qaysi buyuk alloma Sharq ko'proq 

nasihat bilan, G‘arb esa hayotni real ko'rsatish orqali 

kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib 

o'tgan? 

A) Farg'oniy  B) Abu Ali ibn Sino 

C) Farobiy 

D) Beruniy 

23. Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,  

Kim, bu rasvoyi dijam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. 

Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. 

A) tajnis 

B) radif 

C) iyhom 

D) talmeh 

24. «Men urush vaqtining nozik paytlarida bo‘lgan bu 

o‘ldirishga oddiy o‘ldirish kabi qarayolmay-man... 

Mana shu nuqtalardan qarab, men bu “soddadil”, 

«yuvosh» va «gunohsiz» sart qiziga eng oliy jazo talab 

qilmoqchi bo‘laman». Zebiga qarshi aytilgan 

yuqoridagi mulohazalar «Kecha va kunduz» 

romanining qaysi qahramoniga tegishli? 

A) sud raisi 

 

B) zakunchi 



C) garnizon boshlig’i D) prokuror  

25. Oshiq yuzining bo‘yraga, kiprigining jorub 

(supurgi)ga, husnning mushafga, mengning oyatga 

o'xshatilishi qaysi shoir ijodida uchraydi? 

A) Atoyi 

B) Mashrab 

C) Uvaysiy 

D) Maxmur 

26. Har baytida bittadan xalq maqoli qo‘llangan Lutfiy 

g'azalini aniqlang. 

A) «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azali  

B) «Bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul» radifli g‘azali 

C) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» deb 

boshlanuvchi g‘azali 

D) «Jong‘a» chun dermen: «Ne erdi o'lmakim 

kayfiyati...» deb boshlanuvchi g‘azali 

27. Biror qahramon kechirgan hodisalar shoir 

tuyg‘ulari bilan uyg'unlikda tasvirlangan, she’riy 

yo‘lda yozilgan asarlar nima deb ataladi? 

A) ocherk  

B) poema  

C) drama  

D) povest  

28. Qaysi javobda quyidagi to'rtlik janri keltirilgan? 

Dedim: ayt, umrning ma’nosi nima? 

Dedi: chaqmoq, yo sham, yoki parvona. 

Dedim: bu dunyoga bino qo‘ygan kim? 

Dedi: yo go‘l, yo mast, yoki devona.  

A) qit’a 

B) ruboiy 

C) tuyuq 

D) g’azal  

29. Qanday janrdagi asarlar qahramonlar o‘rtasidagi 

kuchli ziddiyatlar asosida quriladi? 

A) ballada  

B) doston 

C) tragediya   D) roman  

30. Jahon adabiyoti namoyon- dasi Ernest Seton-

Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida 

«Menga qarang, bordi-yu la’nati yo‘rg‘aga duch kelib 

qolsangiz, ayamay otib tashlang», - deb kim aytadi? 

A) Kalon 

B) Montgomer 

C) Berns 

D) Foster  

 




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish