DTM10
1. Men-ku bu haqda о‘ylab ko‘rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turlari ishlatilgan?
A) kuchaytirav-ta’kid, ayimv-chegaralov yuklamalari
B) so‘roq -taajjub, kuchaytirav-ta’kid yuklamalari
C) ayimv-chegaralov, kuchaytirav-ta’kid, yuklamalari
D) so‘roq yuklamalari
2.Ushbu gapda qanday so’z turkumiga oid so’zlar qatnashgan? Mashina bir oz yurib keng paxtazorga qarab buruldi-yu to’xtadi.
A) ot, fe’l, son, sifat
B) ot, fe’l, raish, yuklama, bog’lovchi, olmosh, sifat
C) ot, fe’l, sifat, ko’makchi, modal so’z
D) ot, fe’l, ravish, ko’makchi, yuklama, sifat
3. Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi yasama sifatdan hosil qilingan?
A) Qorboboning ko‘m-ko‘k ko‘zlarida rango-rang
lampochkalarga mahliyo bo‘lib turgan
bolalarni ko‘raman.
B) Qirg‘ovul O‘rta Osiyodagi eng chiroyli
qushlardan biridir.
C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq
suv quygandek jimjit edi.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
4. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so’zlar qatorini ko’rsating.
A) mehr, keng, sen B) yomg’ir, makon, nodon
C) misol, moviy, dengiz D) ro’mol, nom, lola.
5. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishi qaysi javobda berilgan?
A) Qarasam, uyimiz boshqacha bo‘lib, ketibdi; devorlar oqlangan, uyning singan derazasiga yangi ko‘z solingan.
B) Kechga yaqin tog‘ tomondan sovuq shamol esa boshladi.
C) U har to‘g‘rida tinimsiz gapirib, gapni gapga ulab yuboradi.
D) A va C
6.Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo’ya qolgan edi.
Kesimni aniqlang.
A) qo’ya qolgan edi
B) qilib qo’ya qolgan edi
C) edi
D) qabul qilib qo’ya qolgan edi.
7. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsa faqat dam olaylik deysan.
Ushbu gap qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansub?
A) bog‘langan qo‘shma gap
B) ergashgan qo‘shma gap
C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) murakkab qo‘shma gap
8. U- ko’rsatish olmoshi qo’llangan gapni belgilang.
A) U ko’pchilikning fikrini allaqachon sezgan edi.
B) Muattar uning shodlikdan uchqun sochib turgan ko’zlariga qaradi.
C) U uchun atagan qo’shiqlarim bor.
D) U kishi siz haqingizda juda yaxshi fikrlari aytdilar.
9. Orttirma nisbat shaklidan hosil qilingan birgalik nisbatidagi fe’l qaysi gapda mavjud?
A) Ular o‘qishni tugatib qaytishadi.
B) Ona-bola uzoq yig’lashdilar.
C) Kiyim-kechaklaringni joylashtir, hali tushlik qilishimiz kerak.
D) Arz qil, yordam berishadi, yo’l-yo’riq ko’rsatishadi.
10.Paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo‘shimchani toping.
A) -li B) -iy C) –gi D) -simon
1. Qo‘shma sifatlar qatorini toping.
A. Shirin, achchiq, qizil. B. Erksevar, hayotbaxsh.
C. Baqaloq, erinchoq, maqtanchoq. D. Sermeva, baquvvat, beminnat.
2.Ismlarning ko‘plik, kichraytirish, erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi shakllari qanday shakllar sanaladi?
A) egalik shakllari B) sintaktik shakllar C) lug‘aviy shakllar D) so‘z tarkibi
3. Yoshlarimiz bilimdon, negaki ularning bilim olishi uchun ham mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu gapda bog‘lovchining qaysi turi ishtirok etgan?
A) teng boglovchi C) shart bog’lovchisi B) aniqlov bog‘lovchisi D) sabab bog‘lovchisi
4. Qaysi qatordagi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchali so‘z mavjud?
A. Hunar – zar, hunardan rizqing unar.
B. Aql ko‘pga yåtkazadi, hunar ko‘kka.
C. O‘qish yaxshi, uqish undan ham yaxshi.
D. Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu – faoliyatdir. (B.Shou)
5. Qaysi gapda to’ldiruvchi uyushib kelgan?
A) Siz bilan biz ulug’ ishga bel bog’ladik.
B) U dam hazil bilan, dam jiddiy so’zlardi.
C) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo’lga chiqdim.
D) Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko’k, qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir hayotiylik berar edi.
6. Qaysi bandda undov so’zlar berilgan?
A) ehtimol, eh, g’ir-g’ir
B) ofarin, taqir-tuqur, shekilli
C) evoh, hoy, ofarin
D) bej-beh, albatta, afsuski
7. Qanday jarayon turlanish deb ataladi?
A) Otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalari olib o‘zgarishi.
B) Fe’lning shaxs-son shakllari bilan o‘zgarishi.
C) Fe’lning zamon, mayllarda o‘zgarishi.
D) Otlarning grammatik ko‘plikni hosil qiluvchi -lar qo‘shimchasini olishi.
8. Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi yasama sifatdan hosil qilingan?
A) Qorboboning ko‘m-ko‘k ko‘zlarida rango-rang
lampochkalarga mahliyo bo‘lib turgan
bolalarni ko‘raman.
B) Qirg‘ovul O‘rta Osiyodagi eng chiroyli
qushlardan biridir.
C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq
suv quygandek jimjit edi.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri
9.Qaysi gapda kesim uyushib kelgan?
A) Bir necha qo’sh ho’kiz, ot, omoch-bo’yinturuqlar ham shular nomiga yozdirildi.
B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bog’otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
C) Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po’sti yupqa luchchak shaftolilarni, qaymoqqa o’xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay.
D) Shavkat yozdi, o’qidi va dam oldi.
10. Belgilash olmoshlari qaysi qatorda berilgan?
A) hamma, qaysi, allakim
B) hech qaysi, barcha, o’zi
C) qayer, bari, har qancha
D) har kim, bari, hamma
Do'stlaringiz bilan baham: |