О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik




О`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
“O`ZBEKISTON TARIXI”
KAFEDRASI 
 
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK
»
FANIDAN 

Ma’ruza matnlari 
 
 
 
 
Tuzuvchi :
kat. o`qit. N. Xudoyorov
 
Bakalavriat yo’nalishi: 5220200-tarix(kunduzgi) 
yo’nalishi 3-kurs talabalari uchun 
 
 
 
ANDIJON – 2013 
 



KIRISH 
Bugungi o`z-o`zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan 
sharoitda ona yurtning xdr bir farzandi uchun Vatan tarixini sevish, o`rganish, diliga jo etishdan 
ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak.
Ushbu kitob aynan shu muloxdzadan kelib chiqqan holda yaratilgan. Ota-bobolarimiz, 
ajdodlarimizning aql-zakovati, oltin qo`li ila IX — XII asrlardayoq kishi aqli bovar qila 
olmaydigan darajada nafis va nozik qilib ishlangan naqshlar qadimiy va navqiron Samarqand, 
Buxoro va Xiva devorlarida o`zini ko`z-ko`z qilib turibdi. O`sha davr uslubi bilan yuksak 
mahorat ko`rsatib qurilgan muhtasham binolar va bu binolardagi SHarq uslubiga xos 
o`ymakorlik naqshlari o`z taraqqiyotining cho`qqisiga ko`tarilganligidan guvohlik beradi. 
Bunday o`ymakorlik naqshlari bilan bir qatorda islimiy uslubda ishlangan naqshlar, ya`ni gul va 
novdalarning murakkab uslubdagi naqshlari va hozirgi kungacha yaxshi saqlanib kelayotgan 
tillada qorilib o`yilgan boshqa bezaklar ajdodlarimiz yuksak san`atining timsoli sifatida bugun 
ham hammani lol qoldirib turibdi. Qadimgi va o`rta asrlar me`morchilik obidalarini saqlash, 
o`rganish va muhofaza qilish hozirgi zamon yosh avlodni, mehnatkashlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashda, xalqlarning baynalmilal do`stligini mustahkamlashda katta rol’ o`ynaydi. SHuning 
uchun ham o`tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o`rganish, muhofaza qilishning 
rolini oshirish mua.mmolarini hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
Qo`llanmada o`zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, ma`naviy, moddiy, tarixiy manbalarini 
«O`lkashunoslikda arxeologiyaning roli», «O`lkashunoslikda etnogra-fiyaning ahamiyati», 
«Toponimika — o`lka tarixini o`rganishning asosiy manbai», «O`lkashunoslikni o`rganishda 
arxivshunoslikning o`rni» va «O`lkashunoslikny o`rganishda muzey eksponatlari» deb 
nomlangan asosiy besh qism orqali o`rganishning usullari berilgan. 
“Tarixiy o`lkashunoslik” o`quv qo`llanmasi hozirgi kunda o`z mustaqilligini qo`lga 
kiritgan O`zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy taraqqiyotiga qo`shgan 
hissasini, o`z bag`ridan Muhammad va Ali Qushchi singari mashhur matematiklar, Ahmad 
Farg`oniy va Ulug`bekdek falakiyot bilimdotrlari, Ibn Sino
 
kabi tabiblar, Narshaxiy va 
Abulg`ozixon singari tarixchilar, al-Forobiydek faylasuflar, Zamaxshariy kabi lingvistlarni 
etishtirib, jahon taraqqiyotiga qo`shgan hissasini daliliy ashyolar vositasi bilan isbotlab beradi.
Mazkur qo`llanma yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda tarixiy, ma`naviy yodgorliklar, 
arxeologik, antropologik, etnografik, etnik, toponimik materiallar o`z ifodasini topgan.
O`zbek xalqining tarixiy, madaniy va me`morchilik yodgorliklari jahon madaniy 
merosining tarkibiy qismi bo`lib, jahon taraqqiyotiga qo`shilgan g`oyat katta ulushdir. Mana 
shunday muhim, nodir, qimmatli ahamiyatga molik bo`lgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni 
xar tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan va tahlil qiladigan fan ham «Tarixiy 
o`lkashunoslik»dir.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish