О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


kerak.  Jamiyat ko`pdan-Ko`p qishloq xo`jalik-sanoat  ko`rgazmalari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

kerak. 
Jamiyat ko`pdan-Ko`p qishloq xo`jalik-sanoat 
ko`rgazmalari 
tashkil qildi, qish^.oq xo`jalik xodimlarini s`ezdlarini uyushtirdi. (1900 yilda 
Toshkentda
qishloq
xo`jalik muzeyi ochildi, kontrol urug`chilik stantsiyasi va boshqa
yordamchi muassasalar tashkil etdi.
O`lkada hammasi bo`lib 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib bordi (faol ish olib borib, fanda 
iz qoldirgan ilmiy jamiyatlar nazarda tutiladi). Ular geologiya, geografiya, zoologiya, botanika, 
iqtisodiyot (qishloq xo`jaligi, sanoat), tarih sharqshunoslik, arxeologiya, etnografiya, 
antropologiya, ilmiy tibbiyot va shu kabi bilim tarmoqlari va yordamchi ilmiy fanlar sohasida 
tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi o`rtasiga 
yoyilmadi. Ilmiy tibbiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustasnodir.
O`lkada Farg`ona tibbiyot jamiyati (1892—1910 yillar), Turkiston shifokorlar 
jamiyati,(1899 — 1909 yillar), Turkiston tibbiyot jamiyati (1900—1908 yillar), Turkiston o`lka 
tibbiyot, tabiatshunoslar va shifokorlar jamiyati (1913 — 1922 yillar) ish olib bordi.)Bu 
jamiyatlar maxsus tibbiyot kutubxonalari barpo etdi, shifokorlik ishlarini tashkil etish va 
yaxshilash masalasini, kishilarning sog`lig`i va hayotiga zararli bo`lgan o`rta asrchilik 
qoldiqlariga qarshi kurash olib borish masalalarini o`rtaga qo`yib, ularni muhokama qildi.
Toshkentda, Andijonda va o`lkaning boshqa shaharlarida (garchi mablag` yo`qligidan juda 
oz miqdorda bo`lsada) yangi tibbiyot markazlari, erkak va ayollar uchun ambulatoriyalar, 
kasalxonalar ochilganligi, ularda tekinga yoki juda arzon narx bilan mahalliy aholiga tibbiyot 
xizmati ko`rsatilganligi tibbiyot jamiyatlarining xizmatidir. SHu tibbiy muassasalar o`n 
minglarcha betoblarga xizmat ko`rsatdi, bularning ko`pchiligi umrida birinchi marta jur`at etib 
malakali tibbiy yordam so`rab murojaat qilgan edi.
Ilmiy jamiyatlar huzurida faol o`lkashunoslar, mahalliy muxbirlar paydo bo`ldi. 
Masalan, o`tgan asrning 80-90-yillaridayoq Turkistonda ko`proq rus tadqiqotchilari, 
kollektsiyachilari va ilmiy jamiyatlarning ta`siri ostida osori atiqa xavaskorlari, qadimgi 
yodgorliklarni to`playdigan xavaskorlar etishib chiqdi. Bular orasida samarqandlik Mirzo 
Buxoriy, Mirzo Abdulalarning nomi alohida ajralib turadi. Mirzo Buxoriy juda ko`p 
arxeologik-numizmatik kollektsiyalar to`plagan bo`lib, bularning bir qismi ermitaj 
kollektsiyalariga kirgan. Ajoyib san`atkor-xattot Mirzo Barot Mullo Qosimov Samarqand va 
uning atroflaridagi ko`pdan-Ko`p qadimgi zamon yodgorliklari suratini chizgan. Ulug`bek 
madrasasining g`oyat aniq eskizini tayyorlagan edi. 
A.L.Kunning Iskandarko`l ilmiy safarida qatnashgan Mirzo Abdullo Abdurahmon fanga 
qadimgi toshlarga va qabr toshlariga yozilgan xatlar qayd qilingan ajoyib kundalik daftar 
qoldirib ketgan.
Buxoroda qadimgi gilamlar, qo`lyozmalar, nodir sopol idishlar to`plagan Muxdmmad Vafo 
tez orada mashhur bo`lib ketdi. Havaskor geograflardan Olimxo`ja YUnusov, Mirza Hakim va 
boshqalar Rus geografiya jamiyati Turkiston bo`limining xodimlari bo`lib ishlashardi (Bular 
haqida batafsilroq ma`lumot keyingi bandlarda beriladi).


13 
Turkiston o`lkasida tug`ilib o`sgan kishilardan ancha-munchalari foydali qazilmalar topish 
va ularni tavsiflash, qadimgi zamon yodgorliklarini qidirib topish va shu kabi ishlarda 
qatnashdilar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar o`z faoliyatini davom ettirdi. Rus 
geografiya jamiyatining Turkiston bo`limi o`lkani tabiiy-tarixiy jihatdan o`rganish, uning 
o`simlik va hayvonot dunyosini, iqlimini tadqiq etish borasida kattagina ishlar qildi. Jamiyat 
bo`limi tomonidan, olib borilgan ishlar orasida L.S.Bergning (1876—1950) tadqiqotlari katta 
o`rin tutadi. U 1899—1903 yillar ichida O`rta Osiyoning eng katta suv havzalari — Orol dengizi 
bilan Balxash ko`lini tadqiq qilib chiqdi. 1908 yilda L. S. Bergning «Orol dengizi» degan 
monografiyasi bosildi. Unda bu katta ko`lni xdr taraflama o`rganish natijalari bayon qilingan va 
ulardan xulosalar chiqarilgan. L.S.Berg asarida suv rejimi o`zgarishi va dengiz sathi o`zgarib 
turishi munosabati bilan Amudaryo va Orolbo`yi sohillariga aholi joylashtirilishiga oid boy 
tarixiy ma`lumsuglar berilgan.
Jamiyat bo`limi Turkiston muzliklarini o`rganish sohasida katta ishlar olib bordi. 
G.B.Leonov Talas Olatovi muzliklarini, N.L.Korjenevskiy Seldara va qorasel muzliklarini tadqiq 
qildi (bulardan birinchisiga Fedchenko nomi, ikkinchisiga Mushketov nomi berilgan), V. G. 
Gorodetskiy Zailiy Olatov muzliklarini tadqiq qildi. 
V.F.Oshanin o`lka hayvonot dunyosini tadqiq qylishni davom ettirdi; N. A. Zarudniy 
Turkiston parrandalarini o`rgandi; B. A. Fedchenko va uning onasi O. A. Fedchenko o`lkaning 
o`simlik dunyosini tadqiq qildi. Bu ishlar natijasida jamiyat bo`limining asarlarida o`simlik va 
hayvonot dunyosining 80 xil yangi urug`, tur va kichik turlarini ta`riflovchi ma`lumotlar e`don 
qilindi.)
B. A. Fedchenkoning 1915 yilda e`lon qilingan «Turkiston o`simliklari» degan asarida 
O`rta Osiyoda ma`lum bo`lgan 5030 dan ko`proq o`simlik xillari ko`rsatib o`tilgan. 
Turkistonda bo`lgan zilzilalarni B. YA. Korolenko, G. B. Leonov va boshqalar o`rgangan. 
(SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limining faoliyati (1901 — 1913) ham diqqatga 
sazovordir. Bu bo`lim tashabbusi bilan o`lkada tub joy aholining rus tilini o`rganishi uchun bepul 
kechki kurslar tashkil qilingan. Bu kurslarda hunarmand-kosiblar va shahar aholisining quyi 
tabaqasidan bo`lgan boshqa kishilar o`qigan)
1906 yilda jamiyat bo`limi S
l
M. Solov’yovning «Boshlang`ich o`qish uchun rus 
solnomasi»ni nashr qildi, buni o`zbek tiliga N. S. Likoshin tarjima qilgandi. Bu asar 2700 
nusxada bo`lib, rus-tuzem maktablariga bepul tarqatildi. Bunda, albatta, umumiy ta`lim 
maqsadigina emas, shu bilan birga, siyosiy maqsadlar ham ko`zda tutilgan edi. Toshkentda 
sharqshunoslik o`quv yurti ochish yo`lida qilingan xdrakatlardan natija chiqmadi.
1907 yilda bibliograf I. V. Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston to`plami»ni tuzish 
ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to`plam jildlarining soni 394 ga etkazilgan edi 
(hozir to`plam Alisher Navoiy nomli O`zbekiston Davlat xalq kutubxonasida saqlanadi
1
). 
YUqorida ko`rsatib o`tilganidek, bu to`plam juda hdm qimmatli va nodir yodgorlik hisoblanadi.
Unda 1952 yilda Mosqvadagi Davlat xalq kutubxonasida «Turkiston to`plami»ning yana 
29 jildi topildi.
O`rta Osiyo va unga qo`shni bo`lgan SHarq mamlakatlarining tarixi, arxeologiyasi, 
etnografiyasi, adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa masalalariga oid keng 
ma`lumotlar bor.
O`rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila boshlandi. Bunda 
birinchi va rahbarlik o`rnida, shubhasiz, g`oyat bilimdon olim, mashhur sharqshunos akademik 
V. V. Bartol’d (1869-1930) turgan edi. U sharq tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy 
faoliyati markazida turgan.
O`rta Osiyo tarixinigina emas, shu bilan birga, butun «musulmonlar SHarqi» tarixiga ham 
oid juda ko`p birinchi manbalarni puxta o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Uning «Turkiston Mo`g`ullar xuruji davrida»"(1898 — 1900 yillar) singari asarlari puxta 
to`plangan, tadqiq qilingan, asl nusxali ma`lumotlarga boyligi jihatidan O`rta Osiyoning 
o`tmishini o`rganishda fanga qo`shilgan g`oyat katta hissadir. V. V. Bartol’dning «Ulug`bek va 


14 
uning zamoni», «Turkistonning sug`orish tarixiga doir» nomli asarlari va boshqa ko`p kitob, 
maqola, tadqiqot va mulohazalari g`oyat qimmatli va o`z axamiyatini yo`qotmagan asarlardir. V. 
V. Bartol’dda katta tashkilotchilik qobiliyati ham bor edi. Darhaqiqat, O`rta Osiyoning tarixi va 
arxeologiyasini o`rganish sohasidagi biron kattaroq tadbir V. V. Bartol’d ishtirokisiz bo`lmagan.
Polkovnik A. G. Serebrennikov to`plagan O`rta Osiyoni zabt etish tarixiga oid 70 ta katta-
katta jilddan iborat ma`lumotlar O`rta Osiyoning 1839 yildan 1876 yilgacha o`tgan davr tarixini 
o`rganishda ma`lum darajada qiziqarli manbadir. Bular Peterburg, Moskva, Orenburg, Tiflis
va Omsk arxiv ma`lumotlari asosida tanlab olingan. Bulardan faqat 14 jildi nashr qilingan, 
xolos.
Mahalliy arxeologlardan V. L. Vyatkinning (1869 — 1932) ishlari diqqatga sazovordir. Bu 
olim 1908 yilda Samarqanddagi mashhur Ulug`bek rasadxonasining qoldiqlarini ochdi, 
Samarqand yodgorliklarini o`rganish va saqlash bilan shug`ullandi, qadimgi Afrosiyob qo`rg`oni 
va uning atroflarini tadqiq qildi.
V V. Bartol’d o`zining 1894 yilda bosilib chiqqan «Turkistonda arxeologik tadqiqotlar 
masalasiga doir» kitobida o`lkani jiddiy ravishda o`rganish hali oldimizda turibdi, bu ishda bosh 
rolni mahalliy ilmiy kuchlar o`ynamog`i lozim, degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yili oktyabr’ 
oyida Turkiston arxeologiya xavaskorlari to`garagi va uning nizomi tasdiqlandi. Nizomda 
jumladan shunday deyilgan edi:
1.
Turkiston o`lkasidagi qadimgi yodgorliklarni o`rganish; 
a) ularni ta`riflab, o`lkaning arxeologik xaritasida aks ettirish; 
b) arxeologik yodgorliklarni saqlash;
v) hudud egalarining ruxsaty bilan undagi arxeologik yodgorliklarni qazish;
g) arxeologik materiallarni nashrga tayyorlash.
2. To`garak faxriy va xdqiqiy a`zolardan hamda hamkor (xodim)lardan
tuziladi.
3. To`garakning hdqiqiy va hamkorlik a`zoligiga mahalliy arxeologiya masalalari bilan
qiziquvchi, unga a`zolik badallarini to`lab turuvchi har bir kishy saylana oladi.
Saylanuvchilarning unvoniga, kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga qaralmaydi.
4. Haqiqiy a`zolar o`z ichidan bir yil muddatga boshqarma saylaydi. Boshqarma rais, 
kotib va xazinachidan iborat bo`ladi.
5. Boshqarma to`garakdagi ishlarni olib boradi, qaysi yodgorlikni qazish, tadqiq qilish 
kerakligini aniqlaydi, mahalliy idoralar va Rossiya arxeologiya komissiyasi bilan aloqa ishlarini 
olib boradi va hokazo.
6. To`garakning umumiy majlislariga har bir qiziquvchi kishi qatnasha oladi.
7. To`garakning bo`limlarini boshqa shaharlarda ham ochish mumkin.
8. To`garak mablag`i xdqiqiy a`zolar, hamkorlar to`laydigan badallardan hamda 
arxeologiya havaskorlari tomonidan beriladigan hadyalardan tashkil topadi.
To`garakka Turkiston general-gubernatori baron B. A. Vrevskiy faxriy rais qilib 
saylangandi. To`garakning 108 a`zosi bo`lib, bular ichida V. V. Bartol’d, D. M. Levshin, N. S. 
Likoshin, K. V. Aristov, V. F. Oshanin va boshqa mashhur kishilar hdm bor edi. To`garakda 
ilg`or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta`siri kuchli edi. Ular O`rta Osiyo tarixi va qadimgi 
yodgorliklarga hurmat bilan qarab, jiddiy ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish