4. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri
Rus sharqshunosligi o`zining g`oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy tarixchilikka
shubhasiz katta ta`sir ko`rsatdi. Rus sharqshunoslari O`rta Osiyo tarixi yuzasidan jiddiy tadqiqot
ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan
hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi
va xdvaskorlar o`rtasida yurib va yashab, O`rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma`lumotlar va
asarlarni to`pladilar va shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi
Muhammad Solih qoraxo`ja o`g`li o`zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar
to`ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O`rta Osiyo tarixiga oid
15
ko`p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to`ra aslida Aleksandr Kun bo`lib,
mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi. Faqat A. Kunning emas, balki
O`rta Osiyoga kelgan barcha sharqshunoslarning xam xalq orasida yurib tarixga oid savollar
berishy, ayrim masalalar yuzasidan bahslashishlari hamda ularga yo`l-yo`riqlar ko`rsatishlari,
shubhasiz, erli xalqlar o`rtasida tarixga qiziqish hissini oshirdi. Bunday bahslashuvlar, savol-
javoblar mahalliy xalq o`rtasida «diniy tus berilgan» arxeologik yodgorliklar va tarixiy
hodisalarni aniqlashga, ularning
sirini
ochishga yordam berdi.
Usha vaqtda nashr
qilingan «Turkiston viloyatining gazeti»,
«Turkestanskie
vedomosti»
va boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi va havaskorlar tomonidpn
yozilgan
yodnomalar, yodgorliklar haqidagi kichik-kichik
xabarlar
va maqolalar, arxeologik
kollektsiyalar rus sharqshunoslarining mahalliy tarixchilikka samarali ta`sir ko`rsatganligini va
erli xalq orasida ham tarixga qiziqish avj olganligini ko`rsatadi. Rus sharqshunosligi bu tuyg`u
va intilishlarni qizg`in qarshi olib, qo`llab-quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi
uchun yangi sahifa ochib berdi.
Sattorxon Abdug`afforov ham rus sharqshunosligining bevosita ta`siri ostida tarixchilar
qatoridan o`rin olgan. U 1876 yili Peterburgda chaqirilgan
III
xalqaro sharqshunoslar s`ezdiga
A. Kun, Jo`rabek, toshkentlik Muhammadqulov, Abdulla Niyozov va Buxorolik Musajon
Saidjonovlar bilan birga Turkiston vakili bo`lib qatnashadi. U Turkistonga ruslarning kelishi
bilan o`lkaga rus fani ham kirib kelganligini ta`kidlab, bu orqali Turkiston dunyo fanidan yanada
ko`proq bahramand bo`lishiga ishonch bildirdi. O` o`zining bu nutqi bilan s`ezd
qatnashchilarining diqqatiga sazovor bo`ldi. Rus tilini qunt bilan o`rgangan Sattorxon rus tilida
«Rossiyaning istilosiga qadar Qo`qon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk» nomli
asarini yozib, «Turkestanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 26, 36- sonida va 1893 yil 61-
sonida bostirdi. Asarda Qo`qon xonligining ma`muriy bo`linishi, boshqaruv idoralari, shahar va
qishloqdagi amaldorlar, ularning huquqlari, hokim va beklarning mehnatkash xalqqa nisbatan
tutgan siyosati, gunohkorlarga beriladigan jazolar, qo`shinning tuzilishi, shuningdek, sinfiy
kurashlar, ya`ni Xo`jand va o`ratepada xonlikka qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlar, Toshkent
hokimi Mirzaahmadga qarshi xalq qo`zg`oloni va uning qo`zg`olonchilar talabiga rozi bo`lishi,
Qo`qon xonligining chor Rossiyasi tarafidan bosib olinishi kabi masalalar yoritilgan. Mahalliy
o`zbek tarixchisining rus tilida shunday bir tarixiy asar bilan maydonga chiqishi rus
sharqshunosligining bevosita katta ta`sirini ko`rsatadi. Bu asar rus sharqshunosligi uchun ham
katta axamiyatga ega edi.
Rus sharqshunoslari, jumladan, N. I. Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon
Asqarov kabi xavaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akrom Asqarov Toshkentning
Rossiya tomonidan bosib olinganiga qadar Qo`qon qo`shinida nog`orachi edi. Toshkent bosib
olingach, u 1870 yillarda Toshkentda tashkil qilingan ko`rgazmalarda faol qatnashdi.
SHarqshunoslar ta`sirida Turkistondagi yodgorliklarga qiziqib qoladi. O`zining havaskorligi va
qizyquvchanligi bilan bora-bora Turkistondagi fan ahliga tanila boshlaydi. Akrom Asqarov
1884 yilda arxeologiyaga oid qazish ishlari o`tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor
N. I. Veselovskiyga yoqib qoladi, yordamchi sifatida u bilan birga Buxoroda, Farg`ona
vodiysida va boshqa joylarda o`tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda qatnashadi, tez
fursatda arxeologiya bilimini o`zlashtirib oladi. SHuning uchun xdm u N. I. Veselovskiyning
«tez fursatda arxeologiyaga oid ishlarni o`zlashtirib oldi» degan yuksak bahosiga
sazovor bo`lib arxeologiya sohasida mahdlliy xalq orasidan etishib chiqqan birdan-bir fan
arbobi amaliyotchi bilimdon sifatida tanildi. Akrom Asqarov N. I. Veselovskiydan
Turkistondagi arxeologiyaga oid yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi biri ustida ish
olib borish zarurligini so`raganda, u unga ma`lum ko`rsatmalar berib turdi. N. I.
Veselovskiy Turkistondan ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil
ravishda arxeologiyaga oid tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va
markaziy matbuotda hech narsa yozilmagan bo`lsa-da, ammo uning to`plagan boy va qimmatli
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami o`sha yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko`lamda
ish olib borilganidan dalolat beradi. Akrom Asqarov 1891 yilda vafot etgach, uning boy
16
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami juda ehdiyotlik bilan Peterburgga olib ketilib,
hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
«Turksstanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 31- sonida bosilgan professor
evarnitskiyning «Akrom Asqarovning arxeologiyaga oid ashyolar to`plami» nomli maqolasida
berilgan ma`lumotga ko`ra, ashyolar to`plamida 17 dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13
274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg`a, jezdan yasalgan sulug`, jez oyna, jez iskana, jez
ketmonlar (motiga), turli joylarda to`plangan sopoldan yasalgan odam hdykallari, bir bo`lak
nefrit, isirg`a, krest (but), baldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o`xshash garixiy buyumlar
bo`lgan. Akrom Asqarovning fan uchun qimmatli bo`lgan bu ashyolar to`plamiga professor N. I.
Veselovskiy ham katta baho bergan edi. Rossiya arxeologiya jamiyati 1887 yilda uning
arxeologiya sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, uni kumush medal’ bilan mukofotladi. O`zi
to`plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo`lsa-
da, oddiy bir o`zbekning «o`sha vaqtda
Do'stlaringiz bilan baham: |