11
qisman o`zbek gilamlari va boshqalar) ko`rsatilgan edi. Bogolyubov bu al’bomda birinchi marta
ularni ilmiy asosda tasniflashga urinib ko`rgandi. Bogolyubov al’bomidan so`ng A. Fal’kerzam,
S. M. Dudin va boshqalarning O`rta Osiyo gilamlarini mufassal ta`riflagan kitoblari chop etildi.
O`lkani o`rganishda zarur talablar olimlar oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko`ndalang
qilib qo`ydi. Bu vazifalarni xal qilish uchun katta-katta mablag` kerak edi. Biroq o`lkada davlat
ilmiy-tekshirish muassasalari deyarli butunlay yo`q edi. Bu xam o`lkadagi olimlarni, umuman
rus ziyolilari namoyandalarini Moskva va Peterburgdagi yirik olimlarning qo`llab-quvvatlashi
bilan o`lkada ilmiy jamiyatlar tuza boshlashga undadi. Ilmiy jamiyatlarning paydo bo`lishi bu
erda mahalliy turkistonshunos xodimlar paydo bo`lganligidan va ularning ishlarini o`zaro
muvofiqlash zarurligidan dalolat berardi.
Qisqa muddat ichida Turkiston ilmiy jamiyatlari o`lkani o`rganish tarixida mustahkam
o`rin oldilar. Bulardan ba’zi birlari faqat mahalliy axdmiyatga ega bo`lgan jamiyatlar (masalan,
O`rta Osiyo olimlar jamiyati, ilmiy-tibbiyot jamiyati) bo`lsa, boshqalari Umumrossiya ilmiy
jamiyatlarining bo`limlari (Rus geografiya jamiyati, Rus texnika jamiyatining xamda
tabiiyot, arxeologiya, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston
bo`limlari) edi.
1870 yilda O`rta Osiyo olimlari jamiyati paydo bo`ldi. Bu jamiyat o`z oldiga O`rta Osiyo
tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistikasi, iqtisodiyotiga oid ma`lumotlarni to`plash, ishlash
va tarqatishni maqsad qilib qo`ygan edi. O`ning birinchi ochiq majlisi 1871 yil 28 yanvarda
bo`ldi.
SHu bilan bir vaqtda A. P. Fedchenkoning faol ishtiroki bilan tabiiyot, arxeologiya,
antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo`limi ochildi. Bo`lim
a`zolari orasida N. A. Severtsov, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin kabi rus olimlari bor edi.
Bo`lim 1879 yilda «Tabiiyot, arxeologiya, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyati
Turkiston bo`limining xotiralari» degan o`zining birinchi va so`nggi asarini bosib chiqardi. Bu
to`plamga kirgan maqolalar orasida N. A. Severtsovning «Pomir umurtqali faunasidan
ma`lumotlar» maqolasi, N. B. Teyxning o`lka iqlimi ta`rifiga bag`ishlangan ishlari va boshqalar
diqqatga sazovordir. Bo`lim bu jamiyatning Moskvada 1872 yilda tashkil qilingan ikkinchi
politexnika ko`rgazmasida Turkiston bo`limining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan
katta ishlar olib bordi. O`rta Osiyo olimlar jamiyatida bo`lgani singari, bu bo`lim majlislarida
ham qimmatli ilmiy axborotlar va ma`ruzalar tinglandi. Jamiyatning 1878 yilda V. F. Oshanin
rahbarligi ostida tashkil qilingan ilmiy safari natijasida Buyuk Pyotr tizma tog`lari ochildi,
Mug`suv daryosining manbalaridagi muzlik topilib, unga A. P. Fedchenko nomi berildi. Mablag`
yo`qligi tufayli bo`lim juda katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi va taxminan 1893 yilda o`z
faoliyatini to`xtatishga majbur bo`ldi.
O`lkada ishlab turgan havaskor arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya havaskorlari
to`garagiga birlashdi. Fanning boshqa sohalarida bo`lgani singari bunda ham tadqiqot ishlari
rejali tashkil qilinmasdi, mutaxassislar yo`qligi tufayli tadqiqot ishlarini olib borishga imkor ham
yo`q edi. Arxeologiya ishlari asosan yozuv manbalariga qarab qadimgi zamon yodgorliklarini
o`rganishdan, ayrim arxeologiyaga oid manzillarni tekshirib, aniqlashdan iborat bo`lardi, ahyon-
ahyonda arxeologiyaga oid qazishmalar o`tkazilardi. Turkiston
Do'stlaringiz bilan baham: